Falsafa (Etika,Estetika, Mantiq) fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Reja


Har qanday dinning negizini uchta element tashkil etadi. Bular - iloh xaqidagi tasavvurlar, diniy e’tiqod va shu e’tiqodni namoyon qiluvchi diniy rasm-rusumlar



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə4/140
tarix23.05.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#120388
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   140
Фалсафа маъруза матнлари 2019 2020 ТПИ охирги лот

Har qanday dinning negizini uchta element tashkil etadi. Bular - iloh xaqidagi tasavvurlar, diniy e’tiqod va shu e’tiqodni namoyon qiluvchi diniy rasm-rusumlar.Mavjud dinlar bir-biridan eng avvalo ilox xaqidagi tasavvurlari bilan farq qiladi. Masalan, buddaviylik, xristianlikda xudoga antropomorf, ya’ni insoniy sifatlar xos deb ko‘rsatilsa, islom dinida Ollox bunday sifatlardan xoli sof ruhiy ilohiy borliqdir.
Ishonch, e’tiqod diniy dunyoqarashning muhim elementlari bo‘lib, insonning ichki kechinmalari, kayfiyatlari va ruhiy xolaitni ifodalaydi. Diniy ishonch, e’tiqod o‘zining tashqi ifodasini diniy ibodatlar, rasm-rusumlar, urf-odatlar, bayramlarda topadi. Umuman olganda xaqiqiy diniy dunyoqarash, inson va jamiyatga hayotning ma’no-mazmunini topishga, o‘tkinchi va mukammal bo‘lmagan dunyoda axloqiy fazilatlar orqali ma’naviy komillikka etishishga yordam bergan. SHuning uchun ham XX1 asrga kelib, fan va texnologiyalarning so‘nggi yutuqlari asosida sivilizatsiyaning eng yuqori cho‘qqisiga erishgan mamlakatlarda ham mavjud ijtimoiy-axloqiy muammolarni diniy dunyoqarash yordamida hal etishdan boshqa yo‘l istiqbolda ma’lum emasligi ochiqchasiga tan olinmoqda. Bundan tashqari, diniy tasavvurlarni nazariy jihatdan asoslash, diniy e’tiqodni mantiqiy yo‘llar bilan mustahkamlash maqsadida din falsafasi ham rivojlana boshladi.
Dunyoqarashning uchinchi tarixiy shakli - falsafiy dunyoqarash ilmiy bilim kurtaklarining paydo bo‘lishi va ularni mantiqiy asoslashga qaratilgan nazariy tadqiqotlarga ehtiyoj bilan birga vujudga keldi. Bu esa insoniyat tarixining ibtidoiy jamiyatning o‘rniga yangi quldorlik tuzumining shakllanishi va xususiy mulkning rivojlanishi, aqliy mehnatning jismoniy mehnatdan ajralishi bilan bog‘liq edi.
Falsafiy dunyoqarash, uning strukturasi va asosiy yo‘nalishlari. Falsafiy dunyoqarash dunyoqarashning shunday shakliki, u muayyan mantiqiy tizimga ega bo‘lagan olam va unda insonning tutgan o‘rni to‘g‘risida gi nazariy bilimlar majmuidan iborat. YUqorida qayd etganimizdek, dunyoqarash falsafiy dunyoqarashga nisbatan kengroq. Har qanday falsafa dunyoqarashdir. Lekin har qanday dunyoqarash falsafa emas. Falsafa har qanday dunyoqarashning nazariy asosini tashkil etadi. Ilm-fan rivojlanib borishi bilan uning yutuqlariga tayangan falsafa ilmiy falsafaga aylanib boradi.
Insonning olamga bo‘lgan har qanday munosabatini falsafa deb atash mumkin emas. Buning uchun unda albatta quyidagi to‘rtta jihati mavjud bo‘lishi shart. Uni quyidagi sxemada aks ettirish mumkin:
ontologik munosabat
gnoseologik munosabat

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin