Agnostitsizm - insonning haqiqiy bilimlar chegarasi mavjudligi xaqidagi falsafiy ta’limot. Bu terminning o‘zi birinchi bor ingliz tabiatshunosi Geksli tomonidan 1869 yilda qo‘llanilgan. Uning fikricha, xaqiqiy bilimlar faqat tajribaviy bilimlar doirasidagina mavjud bo‘lishi mumkin. Tajribadan tashqaridagi bilimlarning haqiqatligi mavhumdir va ularni isbotlashga inson ojizdir (D.YUm, I.Kant). Olamni bilish mumkinligini e’tirof etuvchi faylasuflardan bilish jarayonida hissiy bilishning ahamiyatini mutlaqlashtiruvchilar sensualistlar, aqlning ahamiyatini ustun qo‘yuvchilarni ratsionistlar, deb atashgan. Bilish jarayonini ilohiy intuitsiya natijasi sifatida talqin etuvchi falsafiy oqim irratsionalizm nomini olgan.
Falsafa tarixiga murojaat etsak, unda donishmandlarning falsafiy ta’limotlari muayyan bilish usuliga asoslanganligini ko‘rish mumkin. Falsafiy tafakkurning metafizik usuli olamni mexanistik tushunishga asoslangan hamda harakatni oddiy o‘rin almashish, rivojlanishni esa faqat miqdoriy o‘zgarish sifatida talqin etgan (I.Nyuton).
Falsafiy tafakkurning dialektik usuli olamdagi barcha narsa va hodisalarning o‘zaro sababiy aloqadorlikda hamda doimiy harakatda, rivojlanishda ekanligini e’tirof etgan (Gegel). XX asrning 70 - yillaridan boshlab umumfalsafiy usul sifatida sinergetika, ya’ni olamni o‘z-o‘zini tashkil etuvchi sistema sifatida qarash shakllana boshladi.
Falsafa XUP asrdan boshlab mustaqil fan sifatida shakllana boshladi.Uning predmeti konkretlashdi va u quyidagi yo‘nalishlarda rivojlandi:
Ontologiya - borliq xaqidagi yoki butun mavjudotning mohiyati xaqidagi ta’limot,
Gnoseologiya - olamni bilish xaqidagi ta’limot,
Logika - to‘g‘ri, ya’ni izchil, isbotli tafakkur qonunlari haqidagi ta’limot,
Etika - axloq-odob nazariyasi,
Estetika - hayotda va san’atdagi nafosat qonunlarini o‘rganadi,
Ijtimoiy falsafa - jamiyat taraqqiyoti qonunlarini o‘rganadi,
Falsafiy antropologiya - insonning mohiyati xaqidagi ta’limot,
Aksiologiya - jamiyat va inson hayotida qadriyatlarning o‘rni haqidagi ta’limot,
Tarix falsafasi - jamiyat tarixiy taraqqiyotining mazmun-mohiyati, genezisi, omillari, harakatlantiruvchi kuchlari va istiqbollarini o‘rganadi,
Fan falsafasi - fanni mustaqil fenomen sifatida genezisi, taraqqiyot qonunlari, qadriyatlari, maqsad va vazifalari, muammolarini o‘rganadi,
Metodologiya - ilmiy bilimlarni yaratishning umumiy yo‘llari, shakllari haqidagi ta’limot,
Falsafa tarixi - falsafiy ilmning insoniyat falsafiy tafakkuri shakllana boshlagandan to hozirgacha yaratilgan falsafiy ta’limotlarni o‘rganadigan alohida yo‘nalishi.
Umuman olganda, barcha falsafiy ta’limotlarning diqqat markazida turgan asosiy masala “Men va Men emas”, “sub’ekt va ob’ekt”, “ruh va tabiat”, “ong va materiya”, “ma’naviylik va moddiylik” o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganish bilan bog‘liq bo‘lgan.
Sivilizatsiya rivoji va ilm-fan taraqqiyoti bilan falsafiy muammolarning ko‘lami ham kengayib bordi. Antik davr va O‘rta asrlarda ko‘proq ontologik muammolargae’tiborga qaratilgan bo‘lsa, YAngi davrga kelib, sanoat va tabiatshunoslikning rivojlanishi bilan falsafaning gnoseologik, metodologik jihatlari faol o‘rganila boshlandi. Aynan shu davrda F.Bekon bilishning induktiv, empirik usuliga, R.Dekart deduktiv, ratsional usuliga asos soldi. X1X asrda ijtimoiy taraqqiyotning falsafiy masalalari, aksiologiya, falsafiy antropologiya o‘rganlilishiga alohida e’tibor qaratila boshladi. XX asrga kelib, inson mavjud bo‘lishining shartlari hamda istiqbollari muammolarini, bugungi kunda esa, ijtimoiy taraqqiyotning globallashuvi va uning oqibatlari, informatsion va nanatexnologiyalar rivojining inson hayotiga ta’siri falsafiy tafakkur predmetini tashkil eta boshladi.
Falsafa sivilizatsiyaning natijasi bo‘lib, u jamiyat shakllanishi va rivojlanishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
YAshash tamoyillari (asoslari) o‘zgarishi bilan hayotni yangicha fikrlash asosida tushuntiradigan nazariy bilimlarga ehtiyoj tug‘iladi. Bu masalani hal qilishda donolik haqidagi bilim hisoblangan falsafa asosiy o‘rinni egallaydi. CHunki jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida eskicha yashash asoslari o‘zgargandan so‘ng falsafiy fikrlar:
endi qanday yashash kerak;
insonlar qaysi yo‘ldan ketmoqda;
ularning faoliyati nimaga qaratilishi lozim;
odamlarning maqsadi, orzu-umidlari, istaklarini qaysi yo‘l bilan amalga oshirish mumkin;
kabi savollarga javob qidiradi hamda shu asosda nazariy fikrlar tizimini ishlab chiqadi. Bu savollarga topilgan javoblarning har biri ma’lum bir g‘oyaning u yoki bu tamoyillariga asoslanadi hamda o‘sha g‘oyaning mazmuni va mohiyatini aks ettiradi. Inson doim turli hodisalarga duch kelar ekan, uning ma’nosini anglashga qiziqadi. Uning umri tabiiy jarayon, va hodisa sifatida qaralishi mumkin. Ana shu hodisalar umumlashib jamiyat to‘g‘risida, uning turli xususiyatlari haqida tasavvur hosil qilishga, qolaversa, uning qanday nafas olishi, ozuqasi nimaligidan tortib bashariyat taraqqiyotida tutgan o‘rnini aniqlashga imkon yaratadi. Falsafiy dunyoqarash shu tariqa paydo bo‘ladi. Falsafiy dunyoqarash shakllanar ekan, u albatta ma’lum bir g‘oyada vujudga keltiradi. Buyuk faylasuflar ana shunday g‘oyalar, ularning tamoyillari haqida fikr yuritganlar. CHunki g‘oya butun hodisalarning ma’nosi sifatida namoyon bo‘ladi.