Falsafa fakulteti «falsafa va fan metodologiyasi» kafedrasi falsafaga kiris


-MAVZU: FALSAFANING  INTEGRALLAShlShl  MUAMMOSI



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/16
tarix02.01.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#43531
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
17falsafagakirishpdf

11-MAVZU:

FALSAFANING  INTEGRALLAShlShl  MUAMMOSI

REJA:

1.  Materializmga asoslangan mafkuraning cheklanganligi

2.  Cheklanmagan falsafiy dunyoqarashni shakliantirish muommosi

3.  Integral!ashgan falsafaning vujudga kelishi

Materializmga  asoslangan  mafkuraning  cheklanganligi.  Barcha  tub 

falsafiy  masalalarga  materialistik  nuqtai  nazardan  qarash  hukm  surgan 

yaqin  o‘tmish  mafkurasida  inson  ma'naviyati,  ongi,  ruhiyati  masalasiga 

ikkilamehi  o ‘rin  ajratilgan  edi.  Bugun  esa,  ayni  shu  materialistik  nuqtai 

nazarni  to ‘g‘riligi  masalasini  yechish  dolzarb  ahamiyatga  ega.  Ya'ni 

markscha  dunyoqarashning  asosiy  paradimasiga  moddiy  borliq  ong,  ruh, 

tafakkuriga  nisbatan  birlamchi  degan  qoidasiga  o‘z  munosabatimizni 

keskin  aniqlay  olmasdan  turib  hozir  oldinga  surilayotgan  komil  inson 

kontseptsiyasi (g‘oyasi) haqida fikr yuritib bo‘lmaydi.

Hozirgi  kunlarda  misol  tariqasida  qaysi  yoshni  olmang,  u  kitob 

o‘qish,  chuqurroq  bilim  egallash,  ijod  bilan  shug‘ullanish  yoki  ahloqiy 

muammolar haqida gap ketsa,  avvalo  iqtisodiy jihatdan mustahkam oyoqqa 

turib  olish  kerakligi  haqidagi  fikrni  oldinga  suradi.  Bu  hoi  hozirgi  davrda 

iqtisodiy  muammolar  dolzarb  o ‘ringa  chiqqani  tufayli  sodir  bo‘lganday 

kcfrinadi.  Lekin  masalaga  yuzaki  qaraganda  shunday.  Aslida  boshqa, 

ko‘rinmayotgan  sabab  bor.  Ayni  shu  sabab,  bizningcha  asosiy  bo‘lib, 

birinchisi  uning  natijasi  ekanini  payqash  qiyin.  Zero  bu  g ‘oya 

ko‘pchililming  ruhiyatida  hamon  o ‘z  hukmronligini  saqlab  kelayotgan 

o‘sha  eski  g ‘oya,  ya'ni  moddiy  munosabatlar  birlamchi,  ruhiyat,  ong 

ikkilamehi 

degan 


materialistik 

g'oyaning 

o‘zi. 

Amalparastlik, 



shuhratparastlik,  ahloqiy  va  maishiy  buzuqlik,  nashavandlik  kabi,  bir  so‘z 

bilan  aytganda  «to‘qlikka  sho‘hlik»  oqabatida  kelib  chiqayotgan,  vatanni 

sotib  b o lsa   ham  shunday  «to‘qlikka»  boigan  kuchli  intilish  mayli  ayni 

shu qoidaning hamon amal qilib turganidan dalolat bo‘ladi.

Cheklanmagan falsafiy dunyoqarashni  shakllantirish muommosi.  Shu 

ma'noda  yoshlar  tarbiyasi  yo'lida  falsafiy  dunyoqarash  sohasida 

qilinadigan  ishlar  orasida  eng  dolzarbi  ana  shu  qoidani  tag-tomiri  bilan

44



sug‘urib  tashlash  bo‘lishi  kerak.  Lekin  buni  yoshlami  tarkidunyochilikka 

undash,  ulami  faqatgina  ruhiy  kamolotgina  intilishlarini  ta'minlash  kerak 

degan  ma'noni  tushunish  kerak  emas.  Zero  asketizm  ham  masalaning  chin 

yechimini  emas  va  u  tarixan  o ‘zini  oqlagan  ham  emas.  Bunda  ham  gap 

moddiy  va  ma'naviy  yuksalishini  birgalikda,  uyg‘un  ravishda  amalga 

oshirish haqida ketadi.  Ya'ni,  nafs hohishlariga mukkadan ketishi ham,  nafs 

dunyosidan mutloqo voz ketish ham biryoqlama tamoyillar b o lib ,  har ikki 

biryoqlamalikdan  ustun  bocla  oladigan,  ya'ni  yangi  uchinchi  paradigmani 

oldinga  sura  oladigan  falsafiy  dunyoqarashni  shakllantirish  zarur.  Ushbu 

paradigmaning  tezisi  allaqachon  buyuk  Naqshband  tomonidan  «Dil  ba 

yoru,  dast  ba kor»  tarzida bayon  etilgan.  Endilikda  gap  faqat  shu tezisning 

batafsil  namoyon  etadigan,  ilmiy  asoslangan  falsafiy  ta'limotni  ishlab 

chiqish  va  uni  yoshlar  tarbiyasiga  tatbiq  etishdadir.  Zero  avliyolar  o‘z 

fikrlarini  qisqa  va  chuqur  bayon  etishadi.  Hozirgi  fan  va  falsafa  esa 

batafsilroq  va  konkretroq  fikrlashga  odatlangan.  Maktabdan  tortib  oliy 

o‘quv dargohlariga qadar barcha o ‘quv dasturlari shunday ratsional fikrlash 

asosida olib borilmoqda.  Bu tabiiy,  ehunki  insoniyat,  shu j umladan bizning 

millatimiz  ham  o‘z  ongi  taraqqiyotida  intelektual  tafakkur  darajasiga 

erishgan.  Lekin avliyolarga xos  irratsional darajaga hali erishganicha yocq.

Integrallashgan 

falsafaning  vujudga  kelishi. 

Lekin 


ratsional 

tafakkuriga  xos  bo‘lgan  bir  illat  borki,  u  komil  insonni  tarbiyalash  ishiga 

halal  berib  kelmoqda.  U  ham  boclsa,  har  bir  masalaga,  shu  jumladan 

yoshlar  tarbiyasi  ishiga  ham  differentsiallashgan  munosabatda  bo‘lishidir. 

Ya'ni  ratsional  falsafa  ko‘p  sohalariga  bo‘linib  ketgan  bo‘lib,  borliq 

(ontologiya),  rivojlanishi,  bilish  (gnosologiya),  axloqshunoslik,  badiiy  did, 

ijtimoiy muammolar,  ruhshunoslik va hokazolar bir-biridan ajralib qolgani. 

Komil  inson  tarbiyasida  esa  bular,  kompleks  ravishda  amal  qilishi  kerak. 

Chunki,  masalan,  yaxshi  ahloq  g ‘oyalarini  yoshlarga  singdirish  uchun 

borliq  va  unda  insonning  o‘mi,  hayotining  ma'nosi  masalasini  batafsil 

yoritish  va  asoslash  taqazo  etiladi.  Shundan  keyingina  tarbiyalanuvchi 

ahloqiylik  nima  uchun  zarur  ekanini  anglab  etadi.  Inson  ruhiyati 

evolyutsiyasi  masalasini  ham  izchil  falsafiy  kontseptsiyalar  tahlilsiz 

amalga  oshirish  mumkin  emas.  Busiz  ish  olib  borish  esa  hech  nima 

qilmaslik  bilan  teng  bo‘ladi  yoki  yuzaki  gapirishdan  boshqa  narsa 

bo‘lmaydi.  Badiiy didni tarbiyalash va shu kabi boshqa sohalar haqida ham 

xuddi shunday fikrlardan aytish mumkin.

Bir  so‘z  bilan  aytganda,  falsafa  o‘zining  integral  mavqeini  tiklab 

olishi  kerak.  Vaholanki,  fanda  shunga  o‘xshash  jarayon  sodir  bo‘layapti. 

Masalan,  sinergetika,  sistemalar  nazariyasi,  genetika  kabi  yangi  fan

45



sohalari  ikki  va  undan  ortiq  fanlarning  integrallashuvi  oqibabatida  yangi 

metafanlar kelib  chiqayapti.  Qolaversa,  Platon,  Aristotel,  Kant,  Gegel  kabi 

faylasuflar  ham  o‘z  ta'limotlarini  iloji  boricha  integral  ta'limot  sifatida 

ishlab  chiqqanlar.  Hozirgi  kunda bunday  ishni  amalga oshirish uncha oson 

ish  emas,  albatta.  Lekin  ongimizni  avvalgidan  bir  pog‘ona  yuqoriga 

ko‘tarish  uchun  shu  ishni  amalga  oshirmaslik  va  busiz  komil  inson 

shakllantirishni  amalga oshirish mumkin emas.

Ma'naviyatning 

turli 

sohalarida 



ishlayotgan 

faylasuflar 

va 

olimlarning  fikrlash darajalari,  usul va uslublari bir xil va bir tekis  emas va 



ayniqsa bugungi  kunda bu xilma-xillik va xaos juda  avjida.  Shunday  ekan 

barchaninig  fikrini  uyg‘un  bir  mahrajga  keltira  oladigan  tamoyilga 

muhtojlik katta ekani ravshan.


Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin