8-MAVZU:
FALSAFA VA SAN'AT
REJA:
33
1. San'at va lining shakllari
2. Ezoterik falsafa va san'at
3. Ratsional falsafa va san'at
San'at va uning shakllari. “Butun insoniyat tarixi bu din, falsafa va
san'at tarixidir” deyilgan edi. Xo‘sh, San'at o ‘zi nima? Bu savolga
falsafaning nima ekanini aniqlab olib, keyin yondashmoq tabiiy, albatta.
Kocp ommalashgan va qadimiy ta'rifga ko‘ra “falsafa tafakkurda
ifodalangan davrdir”. U holda san'atga ham shunga mos ta'rif bersak,
“San'at bu his-tuyg‘ularda qamrab olingan davr” boladi. Ushbu ta'riflar
falsafa va san'at bir-biridan farqlantiradigan, ajratadigan ta'riflardir.
Vaholanki, eng chuqur manbada ular bir, bir-biridan ajralmasdir. Ya'ni
mifologik dunyoqarashda ham falsafa, ham san'at birgalikda mavjud. Zero,
mifologiya bu ham falsafa, ham san'atdir. Sofoklning “Shox Edip”,
Gomerning “Odisseya”, “ffiada” dostonlari, “Go‘r o‘g cli”, “Alpomish” va
boshqalar barchasi bunga misoldir. Lekin keyinchalik san'at va falsafa bir-
biridan ajralishgan.
San'atning asosiy shakllari: adabiyot, musiqa, raqs, san'atkorlik,
naqqoshlik, teatr va boshqalar.
2.
Ezoterik falsafa va san'at. Chinakam san'at ham ezoterik ilm kabi
transtsendental hodisadir. Ya'ni, “h o rn in g natijasidir. Lekin keyingi
davrda “hol”ga mutlaqo aloqasi bo‘lmagan ishlarni ham san'at deb
ataladigan bo‘ldi. Shuning uchun bu masalaga aniqlik kiritish kerak.
Qadimgi yunon mifologiyasida musiqa asbobini ixtiro etgan,
sozanda, shoir va ashulachi, argonavtlar yurishlarining qatnashchisi,
Xudolami maftun etgan va tabiat yovvoyi kuchlarini bo‘ysundirgan Orfey
haqida hikoya qilingan. Shunday obrazlar barcha xalqlarda bor. Dovud
s.a.v. hamdu sanolariga yirtqich hayvonlar qanday sarmast bo‘lganlari
haqidagi rivoyatlar bor. Majnun Layli ishqida xonish qilganida yovvoyi
hayvonlar oshiqning oyog‘i ostida o‘tirganini tasvirlagan rasmlar ham bejiz
emas. Hozirgi davr olimlari esa musiqaning o ‘simliklarga ham ta'sirini
aniqlaganlar.
Jahon adabiyoti klassigi Stendal: “Musiqa - inson qalbi tub-tubiga
kirib borishga va undagi kechinmalami ifodalashga qodir bolgan yakkayu
yagona san'atdir”, degan bo‘lsa, J.Rumiy: “Dunyoda hech narsa musiqa va
raqs yanglig‘ inson ruhining yashirin quvvatlarini oshkor etolmas,
musiqachalik turmush tashvishlaridan xalos etib, o‘z ruhiy olami sari
boshlay olmas. Musiqa xotin kishiga o‘xshaydi. Uni cho‘ri deb istifoda
etarkansan, o‘zingda insonni uxlatib, hayvonni uyg‘otursan”.
34
A.R.Beruniy she'r shaklida berilgan bilim yaxshi o ‘zlashtirlishi,
xotirada yaxshi qolishiga e'tibor qaratib, “Ruh tartiblashtirigan narsalarni
yaxshi qabullaydi”, “Vazn, qofiyalar, ritm-bulaming hammasi asosida esa
shoiming ezgulikni, Xudoni sevishi yotadi”, degan boclsa, frantsuz
yozuvchisi Balzak esa “Yozuvchi butun koinotni bir so‘zda, butun falsafiy
ta'limotni bir obrazda ifodalay olishi kerak”, degan edi.
Qolaversa, muqaddas kitob “Qur'on” juda nafis poetik shaklda
ifodalangan. Shuningdek, Sharqning dunyoga mashhur mutafakkirlarining
aksariyati, masalan, Nizomiy Ganjaviy, Xusrav Dehlaviy, Jaloliddin
Rumiy, Alisher Navoiy, Bedil, Hofiz, Sa'diy, Umar Xayyom, Yassaviy,
Mashrab va boshqalar o‘z falsafiy gcoyalarining nafis she'rlar orqali
ifodalaganlar. Gyote “Sharqda 7 ta yorqin yulduz bor, men ulardan eng
kichigining bir zarrachasiday ham emasman”, deganida ayni shunday
buyuk san'atni nazarda tutgan.
Ikkinchi tomondan qaraganda, o‘z falsafiy g‘oyalarini badiiy ijodda
aks ettirgan G‘arb badiiy ijod sohiblari ham kam emas. Masalan, Dante,
Shekspir, Leonardo da Vinchi, V.Gyugo, O.Balzak; Rossiyada Pushkin,
Tolstoy, Didro, Dostoevskiy, Chexov, Gersen. Qadimgi yunon falsafsida
bu hoi keng namoyon boclgan: Gomer, Orfey, Esxil, Safokl, Ezop, Verdi,
Chaykovskiy, Mosart va boshqalar.
Hozirgi darda G ‘arb ekzistensialistik falsafsi g ‘oyalari A.Kamyu,
F.Kafka va boshqalaming badiiy ijodi shaklida namoyon bo‘lmoqda.
Ayni shu gaplami rassomlik, me'morchilik, grafika, musiqa haqida
ham aytish mumkin.
Nafis san'atning bu qadar buyuk kucbga egaligini rus yozuvchisi
F.Dostoevskiy “Dunyoni go‘zallik qutqaradi“ deganida ana shunday pok
tuyg‘ulami nazarda tutgan edi.
Inson qalbini poklashdagi musiqaning ahamiyati ham bundan
qolishmaydi. Agar nazm bilan qoeshilsa, u yanada buyuk kuchga aytiladi.
Geyne Sharqning buyuk yulduzlari deya ulugclangan shoirlaridan biri
Alisher Navoiyning bosh qahramoni Oshiq inson ekani ham bejiz emas.
Zero, Navoiyning, uqtirishicha aynan ishq inson qalbini bulg‘anishlardan,
zangdan tozalaydi va Xudoning borligini xis etishga olib keladi.
T asaw u f ta'limotida ramz, majozlar ayniqsa ko‘p ishlatiladi, bu bejiz
emas. Chunki, yuksak xis-tuyg‘ularni oddiy so‘z bilan ifodalab bo‘lmaydi.
Shuning uchun shoir timsollardan, qiyoslardan, ramzlardan foydalanadi.
Umuman, mifologik dunyoqarash majoziy bo‘lib, bu murg‘ak
insoniyatning hali etarli shakllanmagan ongiga buyuk ilohiy haqiqatni ham
tuygcu, ham ramziy ifodalar vositasida yetkazish san'ati edi. Mifdan
35
Logosga ramzlarda ifodalangan tuyg‘ulardan ratsional ongga o‘tish
jarayoni esa ruhan ancha tuban tushish edi. Lekin, ilgari kocrgamizday, bu
“tushish” ham kerak edi.
3.Ratsional falsafa va san'at. Mistik «Hol”atda nozil bo‘lgan, buyuk
san'at zavqu-shavqi osmoniga (jannatga) ko‘tarilgan insonni moddiy dunyo
tashvishlariga qaytishi og‘ir. Shuning uchun ham Sh.A.Gxosh to cg‘ri
aytganidek Sharqda ruhiyat osmonlariga, tarkidunyochilik (asketizm)
kuchli bolgan, G carbda esa aksincha, ratsional tafakkur, tashqi bilimlar,
tashqi olamni, tabiatni o‘rganish, o‘zlashtirish, hattoki, uni o ‘ziga
bo‘ysundirish mayli kuchli bo‘lgan. Va, albatta, bulaming har ikkisida ham
muayyan ma'noda, biryoqlamalik, ya'ni bir narsadan kechib, boshqa
narsaga intilish mavjud. Mavlaviy atyganidek, :
Sharq Haqni topdi dunyodan kechib,
G ‘arb dunyo topdi Ollohdan kechib.
Vaholanki, pay g‘am bar Muhammad s.a.v. aytganlaridek, “Bu
dunyoni deb u dunyodan, u dunyoni deb bu dunyodan voz kechmaslik
kerak” va Iso a.s. aytganlariday, aynan shu dunyoda “YErda Iloh
saltanatini tiklamoq kerak” va A.Gxosh aytganiday inson o ‘zligini bilish
orqali ham u dunyoda , ham bu dunyoda mavjud bo l a oladigan komillikka
erishuvi kerak. Bu esa insoniyatni tuban holda yashaydigan shart-
sharoitlarini o ‘zgartiradigan, «hol”ga qadar bosib octilishi kerak bo‘lgan
tayyorgarlik, ya'ni «qoralama” ishlami ham bo‘lishini taqozo etadi. Bu
“qoralama” ish ratsional tafakkur, nazariy ilm va kundalik amaliy faoliyat
zimmasidadir. Bu ishda eng yuqori pog‘onada ratsional falsafa turishi
mumkin. Keyin esa proza, ekzistentsial asarlar may donga chiqadi.
Endilikda, ratsional tafakkur o‘z tarixiy missiyasini bajardi.
Ma'naviyatning barcha sohalari, hatto san'at ham muayyan darajada
ratsionallashdi. Eng kulgilisi shundaki, temirdan, simdan va boshqa
narsalardan yasalgan jonsiz mashinalarga musiqa, she'r yozish, bolalarga
enagalik qilish, mana hozir talabalar bilimini baholash ishlarini bajarish
vazifalari yuklatilyapti. Bir tomondan qaraganda bu mashinalar inson
intellektual qobiliyati erishmagan hayratlanarli “ishchanlik”ni marralami
namoyish etyapti. Ikkinchi tomondan esa mashina hech qachon qalbning
o‘rnini bosa olmasligi, uning ijodi chin ijod bilan bo‘la olmasligi yaxshi
anglab etilmaydi. Garchi, mashina talaba intellektual qobiliyatini balki
“adolatli» baholay olsa hamki, u hech qachon uning uning qalbidagi ijod
imkoniyatini uyg‘ota olmaydi.
G ‘arbda ratsional tafakkur tantanasi XVIII asr oxiri XIX asr
boshlaridayoq sodir b o ld i va bu Sharqqa ham ta'sir ko‘rsatdi.
36
Ratsionallashuvning ham ijobiy, ham salbiy jihatlari mavjuddir. Yaxlit
bilimning differentsiallashuvi, juda mayda sohalarga bo‘linishi oqibatida
insoniyatning keng qatlami intellektual qobiliyati rivoj topdi, insoniyat
poda holida stixiyali yashashdan shaxs sifatida yashash darajasiga
ko‘tarilgani ijobiy jihatdir. Salbiy jihati esa, Fil haqidagi rivoyatda
ko‘rsatilganidek, filning mayda qismlari, dumi, quloqlarinigina ко‘rib, uni
yaxlit jonivor sifatida qandayligini bila olmagan ko‘rlarga o‘xshab,
differentsiallashgan fan ham ojiz ekanida.
Mashinalar informatsiyaning boy zahirasiga ega, shuning uchun ular
juda ko‘p bilim bera oladilar. Lekin ular hech qachon talabalarga dildan
ma'ruza o‘qiydigan lektorning o‘mini bosa olmaydi. Chunki, chin bilim,
ijod samarali boMib, faqat qalbdan qalbga uzatiladi, uni eng yuksak texnika
ham bera olmaydi. Vaholanki, chin ustozning bir nigohida bir olam ilm jo
bocla oladi.
Shunga qaramasdan, ratsionallashuvning insoniyat ham qismatida
borligi bejiz emas. Albatta, bu davr san'ati ham ratsionallashuv hukmron
mavqeda holm agan vaqtdagidan ancha boshqacha rivoj topdi (Aruz vazni
o‘rniga barmoq vazni, barmoq vazni o ‘rniga oq she'riyat, romanchilik
o‘rniga publitsistika kelganiday, inson ichki go‘zalligini madhtyalari
o‘rniga tashqi go‘zallik madhtyalari ustuvor bo‘la boshladi).
Biz yashayotgan davrning talabi shundaki, chin falsafa (ezoterik va
ekzoterik, ratsional va irratsional falsafa) chin san'at bilan uyg‘un birlikda
bo‘lishi kerak. Buning uchun san’atda tegishli ma'no teranligi, falsafada esa
chin qalb hikmati yuzaga chiqishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |