Falsafa fakulteti «falsafa va fan metodologiyasi» kafedrasi falsafaga kiris



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/16
tarix02.01.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#43531
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
17falsafagakirishpdf

7-MAVZU:

FALSAFA VA DIN

REJA:

1.  Dinning mistik va falsafaning ezoterik jihatlarining aynan tengligi

2.  Din va falsafaning ratsional tamoyillari orasidagi munosabat

3.  Diniy va falsafiy dimyoqarashning istiqboli masalasi

Dinning  mistik  va  falsafaning  ezoterik jihatlarining  aynan  tengligi. 

Oldingi mavzuda falsafaning differentsiallashuvini va shunga mos ravishda 

uning  predmetining  o‘zgarib,  torayib  borayotganini  ko‘rdik.  Endi 

falsafaning  dunyoqarash  va  umuman,  butun  ma'naviyat  bilan  boglanishda 

b o ‘lgan sintetik jihatlariga e'tibor berishga e'tibor beramiz.

Butun  insoniyat tarixi  din,  falsafa va  san'at tarixidan  iboratdir.  Diniy 

dunyoqarash  nazariyotchilarining  fikriga  ko‘ra, 

Odam  atodan  to 

Muhammad  s.a.v.ga  qadar  payg‘ambarlar  bu  dunyoga  tinimsiz  kelib, 

insonlarga  to‘gcri  yo‘l  ko‘rsatib  turganlar.  Agar  dinshunoslar  tadqiqotiga 

asoslansak,  yana  shu  narsa  ma'lum  boMadiki,  garchi  dinlar  ekzoterik 

jihatdan  har  xil  bo‘lsa  hamki,  ezoterik jihatdan  ular  birdir.  Ezoterik jihat 

o‘z  ichiga  maxsus  oliy  bilimni  oladi.  Bu  maxsus  bilim  bizlar  erishgan  va 

erishishimiz  mumkin  bo‘lgan  bilimdan  anchagina  keng  bo‘lib,  katta  qismi 

sir saqlangan.  Barcha dinlarda “ichki maktab”lar mavjud bo‘lib, ularda sirli 

bilim  (mistika)  mazmunidagi  ramzlar  va  majozlar  nimalarnidir  bildirilishi 

tushuntirilgan hamda ezoterik falsafa,  yoki Xudo,  inson va koinot orasidagi 

munosabat haqidagi  ilm, ya'ni magiya (m o‘jiza) o‘rganilgan.  Bu maktablar

29



dunyoviy  fanlar  vujudga  kelgunicha  va  undan  keyin  ham  birqancha  asrlar 

mavjud bolgan.

Lekin  bilim  qancha  yashirin  boclmasin,  sirli  ta'limot  bilimdonlari 

unga  doxil  boclishga  loyiq  kishilami  bilimdan  xabardor  qilishni  o ‘z 

muqaddas  burchlari  deb  bilishgan va bu yo‘lda  masofa  uzoqligi  ham  halal 

bermagan.  Bu  bilimni  tegishli  odamlarga,  turli  yurtlarga  yetkazishni 

oczlarining  muqaddas  burchlari  deb  bilishgan.  Sirli  bilim  insonni  Xudo 

bilan  bog‘aydigan,  uni  bu  dunyodagi  azob-uqubatli  hayotdan  qutqaradigan 

yo‘l deb hisoblagan.

Dinlaming  sirli  ilmi  bilan  falsafaning  ezoterik  jihati  aynan  tengdir. 

Zero,  biz  donishmandlikning  ta'rifmi  keltirganimizda  bu  masalaga 

to ‘xtalgan  edik.  Ya'ni,  falsafada  ham  yashirin  (ezoterik)  bilim  mavjud 

bo‘lgani  haqida  aytilgan  edi.  Shu  ma'noda  “diniy  mistika”  kabi  “falsafiy 

mistika”  ham,  hamisha  mavjud  boMgan  va  ular  bir-biri  bilan  hamisha 

bog‘liq turganlar.  Xatto  shu  darajada ular tocldirilib,  tenglashib  ketgan.  Bu 

ularning ratsionallashgan ta'limotlari mazmunida yorqin aks  etgan.

Qadimgi 

yunon 


falsafasining 

ezoterik 

aspekti 

“Xususiy 

metafizikada”  (Aristotel)  o‘z  falsafasidan  topgan  bu  “teologiya”  edi. 

Keyinchalik  Platon  dialoglarida,  ayniqsa  “Teatef’da  va  neoplatonizmning 

borliq  haqidagi  ta'limotida  va  boshqalarda  ham  bu  hoi  namoyon  bo‘ladi. 

Falsafa  tarixida  “Xristian  neoplatonoizmi”,  “islom  neoplatonizmi” 

tushunchalarining  kelib  chiqishi  shu  fikrni tasdiqlaydi.  Bu tushunchalar bir 

tomondan, 

ezoterik 

falsafiy 

ta'limotning 

tolerantligidan, 

ikkinchi 

tomondan, buyuk dinning o‘zaro bog‘langanligidan dalolat beradi.

Bundan  tashqari,  “Pifagorchilar  hayoti”ga  bag'ishlangan  Yamvlix 

hikoyasida  ham  aytiladiki,  «Pifagor  ta'limotining  juda  sir  tutilgani 

kishilarni  hayratga  soladi:  bir  qancha  avlodlar  hayotdan  o ‘tdilar  hamki, 

ta'limot 

yot 

kishilar 



qo‘liga 

tushmadi. 

Faqatgina 

Filolay  juda 

qashshoqlashib  qolib,  pifagorchilarlar  kitoblaridan  uchtasini  Platon 

iltimosiga  ko‘ra  100  minga  sotgan  edi.  Filolayning  o‘zi  pifagorchilardan 

bo‘lganligi uchun unda bu kitob bor bo‘lgan”.

Shunday qilib,  o ‘zlarining ezoterik  (oliy)  cho'qqilarida din va falsafa 

ayni birdirlar.  Shunday ekan,  ma'naviy madaniyat mazmunida ularning qay 

biri  ustun  degan  savolni  qo‘yish  yoki  birini  ikkinchisidan  muhimroq, 

asosiyroq  deb  hisoblash  noo‘rin.  Vaholanki,  shunday  qiluvchilar  hamisha 

bolgan.  Lekin  bunday  qarashlami  chuqurroq tahlil  etilsa,  bunday  qarama- 

qarshilik yo‘qligini ko‘rish mumkin.

Masalan,  taniqli  G ‘arb  sotsiologi  M.Veber  (1864-1920)  dinni  barcha 

qadriyatlarning  eng tub  asosi,  degan  fikrni  oldinga  surgan  edi.  Misr yogasi

30



haqida  asar  yozgan  M.Eshbi  esa  Misr  falsafasini  yaxudiylik  va  xristian 

dinlarining asosi bo‘lganligi haqida yozadi.

Bularning  ham  ikkisi  ham  aslida  bir  narsani,  ya'ni  din  va  falsafa 

uchun  umumiy  bolgan  ezoterik  mazmunni  nazarda  tutmoqdalar.  Shu 

ma'noda har ikkisini ham haqli  deyishimiz mumkin.

Din  va  falsafaning  ratsional  tamoyillari  orasidagi  munosabat.  Har 

qanday din Vahiy kelishidan  boshlanadi.  Qadimgi  Yunonistonda “Falsafa” 

deb  atalgan  ezoterik  (sirli,  irratsional)  bilim  haqida  ham  deyish  mumkin. 

Har  qanday  ezoterik  bilim  faqat  ratsional  tafsirlangandan  keyingina 

ta'limotga  aylanadi.  Ezoterik  bilimni  ratsional  ta'limotga  aylantirishning 

zarurati  shundaki,  barcha  insonlar  o ‘z  onglariga  ko‘ra  bir  xil  emaslar. 

Vahiy -  payg‘om  esa  shunday “habar”ki,  uni  boshqalarga yetkazish kerak. 

Vahiyni  hamma  odamlarga yetkazish  vositalari -   rivoyatlar,  ilgari  mavjud 

bo‘lgan  ilmiy,  falsafiy  va  amaliy  bilimlar  ularning  hammasi  Vahiydek 

buyuk  hikmatni  tushunishga  jalb  etiladi.  Ikkinchi  tomondan,  aqlda, 

ruhiyatida  ancha ilgarilab  ketgan  insonlarga tuban  nafslari poklanish  orqali 

irratsional  (mistik)  bilimga  erishish  haqida  ta'lim  beriladiki,  bunday 

kishilar  komillikka  erishib,  maxfiy  bilimni  manbaning  o‘zidan  oladigan 

darajaga  (Anal  Haqlikka)  etishlari  mumkin.  Bu  ilmining  Turkiyadagi 

bilimdoni 

M.A.Jo‘shon 

tushuntirishicha: 

“Ilm 

bevosita 



Allohdan 

bandasining  ko‘ngliga  quyilmasa,  oqmasa,  doimiy  bo‘lmas,  balki 

kelinchakning yuzidagi  atir-upalar kabi bir qarashda o‘chib ketadi.  limning 

davomiyligi,  ijtihodning  (g‘ayratning)  mustahkamligi,  insonning  asl  inson 

b o ‘lib  hammaga  namuna  bolishi  uchun,  shubhasiz,  kishi  (o‘z)  qalbini 

zikrulloh  bilan  qoplashi  kerak...  insonning  eng  qadrli  vaqti  Parvardigor 

ibodati  zikriga  bag‘ishlangan  vaqtidir”  (M.A.Jo‘shon  Tasavvuf  va  nafs 

tarbiyasi,  51-b.).

Vahiyni  tushunishlari,  unga  etish  darajalari  bo‘yicha  insonlami  3 

toifaga ajratish mumkin:

Vahiyni bevosita qabul qiluvchilar.

Nazariyotchilar, ulamolar.

Dinni rasman tushunuvchilar.

Birinchi darajada payg‘ambarlar,  soTiylar,  avliyo (valiylar) turadilar.

Ikkinchi  darajada  turganlarning  ham  ahamiyati  katta.  Ular  orasida 

birinchi  darajaga  yaqinlari  ham,  uchinchi  darajaga  yaqinlari  boladi. 

Ikkinchi  darajadagilaming  asosiy  vazifasi  ezoterik  bilimlarni  ekzoterik 

tafsirlashdan iborat.

Dinda  bu 

uch 


daraja 

o ‘zaro 


bog‘lanishda  bo‘lishi 

uning 


mustahkamligini  ta'minlaydi.  Lekin  odatda  dinning  aqidaviy  avtoritar

31



qatlami  boshqa  qatlamlaridan  tobora  ajralib,  jaholatga  moyillashib, 

agressivlashib  boradi  (salib  yurishlari,  diniy  ekspansiyalar,  “missiya” 

shiori  ostida qon to ‘kishlar,  “Karbalo” fojeasi kabilar bunga misol bo‘ladi.

Pifagor  “Insoniyatni  juda  katta  havf-hatar  kutadi.  Ruhoniylarning 

johilligi,  olimlaming  materializmi,  demokratiyada  intizom  boim asligi  ... 

bular  hammasi  despotiyani  (zulmga  asoslangan  hokimiyatni)  vujudga 

keltiradi”,  degani  insoniyatning  hayotini  oldindan  bashorat  qilgani 

ko‘rinadi.

Lekin  olimlaming  materializmi  qaror  topishidan  oldinroq  XIV-XV 

asrlarda  YEvropada  “Uyg‘onish”  (renessans)  deb  atalgan  muhim  tarixiy 

bosqich bolgan.  YEvropa ma'naviy madaniyati tarixida bu davrning o‘ziga 

xosligi  shunda  ediki,  u  bir  tomondan,  sxolastik  falsafaning  (diniy 

falsafa)ning  teotsentrizmdan  iborat  biryoqlamaligini,  ikkinchi  tomondan, 

aqidaparstlikka moyilligini fosh qildi.

“Teotsentrizm”  falsafasining  diqqat  markazida  “Teos”  -   Xudo 

yotadi.  Inson  esa  diqqatdan  chetda  qoladi,  uning  rivojlanishiga  e'tibor 

berilmaydi va u faqat ko‘r-ko‘rona ijroehi bo‘lib qoladi.  Aqidaparastlik esa 

falsafiy tafakkurning to ‘xtalishi,  o ‘limi boladi.

Bu  davrda  falsafa  bilan  din  orasidagi  munosabat  juda  ziddiyatli, 

ayovsiz  janglar  ostida  qolgan.  Dinning  aqidaparastlikka  moyilligi  ortib 

ketgan  va  endi  ko‘pchilikdan  iborat  bo‘lgan  qatlami  «Din  ilohiy,  sirli 

bilim,  unga  falsafa  kerak  emas”,  deyish,  endi  shakllana  boshlagan  maxsus 

fanlarga  esa  nafrat  bilan,  shirk  sifatida  qarash  darajasiga  etadilar.  Mistik 

bilimga moyil kishilarni esa sehru-jodugarlikda ayblab,  olovda yondirdilar.

Ratsional  falsafa tarafdorlari  esa,  ratsional  tafakkur huquqlarini  talab 

qilib  chiqib,  Ibn  Sino,  Ibn  Rushd  kabi  arab  faylasuflari  ilgari  surgan  “Ikki 

haqiqat  nazariyasi”ga  suyanib,  falsafa  san'at  va  fanlar  taraqqiyotiga  ham 

yo‘l  ochishga  intildilar,  falsafani  dindan  ajralib,  mustaqil  rivojlanishi 

kerakligi  g‘oyasini oldinga surdilar.

Shu  tariqa  dinning  ekzoterik  mazmuni  kuchayib  ketishi  din  bilan 

falsafa orasida katta ajralish va ziddiyatlar vujudga keldi.

Yuqorida  ekzoterik  aspektlarida  din  bilan  falsafa  murosasiz  ziddiyat 

vujudga  kelganigini  ko‘rdik.  Shuningdek,  dinda  ham,  falsafada  ham 

mazhablarga  bo‘linish,  differensiallashuv  benihoya  kuchayib  borib,  bu  hoi 

ohir-oqibatda  1)  ateistik  (Xudoni  inkor  etuvchi)  falsafiy  ta'limotlarni 

keltirib  chiqarganini;  2)  falsafaning  ham  differentsiallashib,  ilmiy 

dunyoqarash  tarafdorlari  tomonidan  xuddi  din  kabi  inkor  etilganligini 

kuzatdik.

32



3.Diniy  va  falsafiy  dunyoqarashning  istiqboli  masalasi.  Din  va 

falsafada  bunday  ajralish  (differensiallashuv)  sodir  bolishi  ham  ijobiy, 

ham  salbiy  xodisa  deb  baholanishi  mumkin.  Bu  jarayonning  ijobiyligi 

shundaki,  diniy  va  falsafiy  bilimlar  butun  insoniyat  ongiga  singib  kirishi, 

ulami  omma  qabul  qila  oladigan  bo‘lishi  uchun  parchalanish  holini  ham 

chetlab  o‘tishi  mumkin  emas.  Zero,  hali  insoniyat haqiqatni to ‘laligicha va 

chuqur  qabul  qilishga  tayyor  emas  ekan,  bu  bilimlarning  parchalanishi, 

bo‘lak-bo‘lak  holda  anglanishi  jarayon  boclishi  tabiiy.  Buning  natijasida 

albatta,  haqiqat  o‘zining  asl  qimmatini  saqlab  qola  olmaydi,  u  tobora 

sayozlashib,  zulmat  ichiga  cho‘kib  boradi.  Ayni  shu  hoi  “Kali  Yuga” 

davrida  kuchayadi:  Haq-haqsizlik  bilan,  adolat  adolatsizlik  bilan,  mehr- 

muhabbat  qahru  adovat  bilan,  ezgulik  tubanlik  bilan,  xudojo‘ylik  ateizm 

bilan,  teran  bilimlar yuzaki,  sayozlik  bilan  almashadi.  Lekin  bu  hoi,  majoz 

tili  bilan  aytganda,  ezgulik  (haqiqat)  uruglarining tuproqqa  sepilgan  davri 

uchungina  xos.  Tabiatdagi  har  qanday  boshqa  urug‘  kabi  ezgulik  urug‘i 

ham  tuproq  (zulmat)  qa'rida  bocladigan  davrni  boshdan  kechiradi.  Shu 

ma'noda  bu  davming  ham  o‘z  ahamiyati  borki,  buni  dehqonlar  yaxshi 

biladilar.  Ma'naviy  ma'noda  esa  bu  davr  insoniyat  ratsional  tafakkurining 

shakllanishi va rivojlanishi uchun kerak bo‘ladigan zaruriy shart-sharoitdir. 

Zero  shu  davr va  shu  sharoit  insoniyat  kundalik  ongining  rivojlanib  borib, 

nazariy  darajaga  chiqishi,  ya'ni  uning  intellektual  qobiliyat  kasb  etib  olishi 

uchun  kerak.  Ayni  shu  qobiliyat  haqiqatni  teran  anglash  uchun  zarur.  U 

insoniyat  ongi  idrok  bosqiehi  bilan  mistik-irratsional  ong  bosqichi 

orasidagi  boglovchi  xalqa vazifasini  octaydi.  Demak,  butun  insoniyat  Oliy 

Haqiqatni 

anglab 


etmog‘i 

uchun 


avval, 

bu 


Oliy 

Bilimning 

differentsiallashuvi,  ratsionallashuvi,  mantiqiylashuvi  jarayoni  sodir 

bo‘lishi  tabiiy  edi.  Va  ommaviy  ravishda  butun  insoniyat  ratsionallik 

bosqichini  o ‘tib  bo‘lgach,  irratsionallik  maqomini  egallashi  mumkinligi 

ham  bashorat  etiladi.  Zero,  “Beshikdan  to  qabrgacha  ilm  izlang”  kabi 

xodisalar va barcha  avliyo  va  faylasuflarning  o‘gitlari  shundan  dalolat  edi. 

Barcha  dinlaming  ezoterik  aspektida  haqiqatga  (irratsional  bilimga)  olib 

beruvchi yo‘l ko‘rsatilgani bejiz emas.

Endilikda  insoniyat  tafakkuri  barcha  dinlarning  asl  mazmunlari  bir- 

biriga  zid  emasligini,  dinlar  bir  haqiqatning  birqancha  tarixiy  shakllari  va 

zaruriy qismlari ekanini tushunishga qodir bo‘la boshladi.




Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin