Falsafa fakulteti «falsafa va fan metodologiyasi» kafedrasi falsafaga kiris



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/16
tarix02.01.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#43531
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
17falsafagakirishpdf

Kelib - ketishimningfoydasi qayda?

Shunday  masalalarni  umumlashtirib,  bir  so‘z  bilan  dunyoning 

mohiyati  va  unda  insonning  tutgan  o‘rni  haqidagi  yoki,  qisqa  qilib, 

dunyoning  (shu  jumladan  inson  ichki  dunyosining)  mohiyati  haqidagi 

masalalar yoki, yana ham qisqacha:  dunyoqarash masalalari deyiladi.

Mazkur  savollarga  berilgan  javobdan  kishining  dunyoqarashi 

qandayligi  ko‘rinadi.  Dunyoqarash  inson  ma'naviyatining,  uning  ichki 

ruhiy dunyosining muhim, zaruriy qismidir.

2. 

Dunyoqarashning 



tarkibiy 

tuzilishi 

(strukturasi). 

Tirik 


mavjudotlaming  hech  biri  o ‘z  hayotining  ma'no-mohiyati  xususida  bosh 

qotirmaydi.  Zero,  odam  bolasidan  b o la k   hech  qaysi  jonzot  o ‘zining 

jismoniy  ehtiyojlaridan  yuqoriroq  ko‘tarilgan  emas.  Yuqoridagi  savollarni 

umumlashtirsak,  ular  dunyoning  mohiyati  va  unda  insonning  tutgan  o ‘rni 

haqidagi  masalaga  aylanadi  va  dunyo  deganimizda  fakat  tashqi  dunyoni 

emas, balki  ichki, ruhiy dunyoni ham tushunish kerak.

Inson  dunyoqarashi  o ‘z-o‘zidan  (stixiyali)  shakllanishi  ham  mumkin 

yoki  yaxshi  tashkil  etilgan,  maxsus  bilimlarni  tartib  bilan  o ‘zlashtirish 

yordamida 

hosil 


qilinishi 

ham 


mumkin. 

Birinchi 

holda 

inson 


dunyoqarashini  atrof-muhit  va  o‘z  ruhiy  kechinmalari  tarbiyalanadi. 

Ikkinchi  holda  esa,  u  o ‘ziga  qadar  dunyoqarash  masalalarida  oldinga 

surilgan  g ‘oyalar  bilan  izchil  tanishib  borib,  ularni  tahlil  etib,  taqqoslab, 

o‘z  xulosalarini  chiqarib  borish  imkoniyatiga  ega  bo‘ladi.  Shu  ma'noda 

inson  dunyoqarashining  shakllanishida bilimning  roli  katta.  Bilimning  o‘zi 

ham  murakkab  hodisa  b o lib ,  uning  shakllari,  darajalari,  ko‘plab  xillari 

bor.  Shakllariga  ko‘ra  bilim  ilmiy,  diniy,  falsafiy,  ijtimoiy,  gumanitar, 

tabiiy-ilmiy,  texnikaviy  va  boshqalarga  bo‘linadi.  Maxsus  bilishga  ko‘ra - 

matematik,  fizika,  boshqalar.  Darajalariga  ko‘ra  esa,  kundalik  ratsional 

(aqliy)  va  irratsional  (mistik-sirli)  ilmlar  mavjudligi  malum.  Bundan 

tashqari,  amaliy  va  nazariy,  dunyoviy  va  ruhiy  bilimlar  ham  ajratiladi. 

Bilimning  har  bir  shakli,  xili  yoki  darajasi  o ‘z  o‘mi,  ahamiyatga  ega.




Donishmandlarning  ta'kidlashiga  ko‘ra,  bilimlar  ichida  eng  oliysi-o‘zlikni 

bilmoq  ilmidir.  Chunki  o  zini  bilmagan  inson  o ‘zga  hech  nimani  xaqiqiy 

bila  olmaydi.  Ayni  shu  o ‘zlikni  bilish  eng  qiyin,  lekin  muhim  ish 

hisoblanadi.  Zero  o‘zini  bilmagan  inson  o‘ziga  yoqmaydigan  barcha 

ishlami  boshqa odamlardan, tashqi  sabablardan izlaydi.  0 ‘zini bilgan inson 

sababni  o‘zidan  izlay  oladi.  Bilim  e'tiqod  bilan  uzviy  bogcliq.  E'tiqod 

tushunchasi  ishonch,  iymon  degan  ma'nolar  bilan  uyg‘un.  Kishida  ba'zan 

e'tiqod,  ba'zan  bilim  ustun  o‘mida  chiqadi.  Bilimsiz  e'tiqod  ko‘r-ko‘rona 

e'tiqod  bo‘ladi  va  fanatizm deb  ataladi.  Ezgulikka,  yaxshilik,  go‘zallika va 

h.  k.  lar  e'tiqod  bilan  bog‘lanmagan  bilimni  razolatga,  qabohatga,  katta 

fojialarga  olib  keladi.  Bilimni  deb  e'tiqoddan,  e'tiqodni  deb  bilimdan  yuz 

o‘girmaslikda katta hikmat yashiringan.

Dunyoqarash shakllanishida faqat bilimning,  g ‘oyalarning,  emas,  his- 

tuyg‘ulaming  ham  roli  katta.  Ko‘p  hoiarda  chuqur  bilim  orqali  tushunib 

etilmagan  masala  his-tuyg‘u  orqali  tez  va  yaxshi  oydinlashadi  va  kichik 

dunyoqarashda o‘chmas  iz  qoldiradi.  Lekin  duyoqarashning  shakllanishida 

bilimning  ham,  xis-tuygcularning  ham  rolini  bir-biridan  ortiq  yo  kam 

hisoblab 

bolm aydi. 

Zero, 


bilimsiz 

faqat 


xis-tuyg‘ular 

behad 


rivojlanaversa,  buning  telbalikdan  farqi  qolmaydi.  Aksincha,  bilimi  kuchli 

odamlar  ko‘pincha  behis,  loqayd,  dili,  qalbi  qattiq,  berahm,  beshavqat 

bo‘ladilar.  Insonda  unisi  ham,  bunisi  ham  uygcun va  rivojlanishda bo‘lishi 

muhim  ahainiyatga  ega.  Jamiyatdagi  barcha  ziddiyatlar  bilimning 

sayozligi, 

his-tuyg‘ularning  tubanligidan 

kelib 

chiqadi. 



Bilimdagi 

yuzakilik,  to ‘xtalishlar  inson  dunyoqarashining  cheklanib  qolishga  olib 

keladi.  Bu  hoi  ilmiy  tilda  dogmatizm  deyiladi.  Demak,  inson  bilimlari 

hayotining o‘zi bilan hamohang ravishda hamisha o‘sib borishi kerak.

Payg‘ambar  Muhammad  a.s  o ‘z  hadislarida  “Ilm  istamoq  har  bir 

musulmonga  farzdir” ,  ” Bir  soat  ilm  o‘rganmoq,  bir  tun  uyg‘onib  namoz 

o‘kimoqdan  hayrliroqdir” ,  ‘’Beshikdan  qabrgacha  ilm  izlang” ,  c,Ilmni 

Xitoydan 

bo‘lsa 

ham 


oling” , 

’’Odamzotning 

kamchiligi 

uning 


bilimsizligidadir” ,  ’Avvalo  olim  bo‘ling  yuqsa,  ta'lim  oluvchi  bo‘ling, 

loaqal  ulamolarni  (olimlami,  ilm  egalarini)  sevuvchi  bo‘ling,  to ‘rtinchisi 

bo‘lmang,  halok  bo‘lasiz” ,  ’Ilm  o ‘rganmok  Olloh  huzurida  namozdan, 

ro‘zadan,  sadoqatdan,  hajdan  va  Azizu  Jalil  bo‘lgan  Olloh  yo‘lida  jang 

qilishdan 

ham 


afzaldir” 

degan 


qator 

hadislami 

insoniyatga 

qoldirmaganlari  bejiz  emas.  Inson  bilimlari  tinimsiz  o‘sib  borishi  kerak. 

Lekin  ayni  zamonda  uning  axloqiy  qiyofasi,  his-tuyg‘ulari  ham  shu  bilan 

teng,  barobar  rivoj  topishi  kerak.  Zero  axloqiylik  bilan  uyg‘un,  payvasta 

bolm agan  bilim  qancha  ko‘p  bo Isa,  shuncha  zararlidir.  Chunki  axloqh

5



inson  o ‘z  bilimidan  boshqalar  zarariga  foydalanmaydi,  axloqsiz  insonning 

esa  bilimi  qancha  ko‘p  bo‘lsa  boshqa  insonlarga jamiyatga  zarari  shuncha 

ko‘p  bo'ladi.  Demak  bilimning  dastlabki  sharti  ham  axloqiylikdir. 

Axloqiylikning  oliy  shakli  esa o‘z yaqinlariga va o‘zgalarga bo‘lgan mehr- 

muhabbatdir.  Zero  inson  bilimsiz  ko‘rlarcha  yashasa,  ishqsiz  bir-birlariga 

begonalarcha  shavqu-zavqsiz,  quvonchlarsiz,  o‘z-aro  ziddiyat  va janjallar 

ichida yashaydi.  Ayni  zamonda bilim ham muhabbat ham axloqiy zaminga 

tayanishi  kerak.  Mashhur  yunon  donishmandi  Arastu  aytganiday,  “Kimki 

bilimda ilgarilab,  axloqda  oqsaydigan bo‘lsa,  bilingki u  oldinga emas  katta 

tezlik  bilan  tubanlik  sari  ketyapti”  yuqorida  yuritilgan  mulohazalardan 

inson  o ‘z  hayotida  nimalarni  qadrlashi  kerakligi  ham  kelib  chiqadi. 

Qadriyat  haqidagi  tasavvurlar  ham  inson  dunyoqarashini  mazmuniga 

kiradi.  Insoniyatga  quyidagi  qadriyatlar  m alum :  hayot,  erkinlik  (ozodlik), 

adolat,  sogMiq,  bilim,  muhabbat,  tinchlik,  vaqt,  farovonlik,  vatan  va  h.k. 

Bular hammasi  o ‘zaro  bog‘liq.  Masalan,  adolat yuq joyda hayotning  qadri 

qolmaydi,  tinchlik  bo‘lmasa,  farovonlik  bo‘lmaydi,  erkinlik  bo‘lmasa  ijod 

yuksalish  farovonlik  bo‘lmaydi  va  h.k.  Inson  o ‘z  hayot  yo‘lida  qaysi 

qadriyatni  ustun  o ‘ringa  qoVishi  uning  axloqiyligiga  bog‘liq.  Axloqiylik 

yo‘q  joyda  har  qanday  qadriyat  o‘zining  asl  mohiyati dan  uzoqlashadi, 

buziladi.  Shunday  qilib,  dunyoqarash  mazmuniga  bilim  xis-tuygcular, 

axloqiylik  sifatidan  kelib  chiqadigan  qadriyat  haqidagi  tasavvurlar  kiradi. 

Inson  o ‘z  bilimi,  tuyg‘ulari,  axloqi,  qadriyat  haqidagi  tasavvurlardan  kelib 

chiqib muay^ an  faoliyat sodir etadi.

3.  Dunyoqarashning miqyoslari.  Dunyoqarash va mafkura

Demak  dunyoqarash-bilim  va  qadriyatlarni  dunyoni  anglash  va  xis 

etishning  turli  darajadagi  ishonch  va  ikkilanishlarning  hamda  ularga  mos 

keladigan  hatti-harakatlaming  ziddiyatli  birligidan  tashkil  topadigan 

murakkab 

tuzilmadir. 

Dunyoqarashning 

mazmunini 

bundan 


ham 

chuqurroq  ochish  mumkin.  Buning  uchun  dunyoqarash  darajalarini  ham 

farqlab  olish maqsadga muvofiqdir.  Zero,  dunyoqarash  insonning  kundalik 

hayotiy tajribalari va ko‘nikmalariga asoslangan bo‘lishi mumkin yoki turli 

xil  ilmiy  bilim,  nazariyalariga tayangan  maxsus  tayyorgarlikka  asoslangan 

bo‘lishi  ham  mumkin.  Birinchisini  amaliy  yoki  “hayot  falsafasi”  deyiladi. 

Ikkinchisi  nazariy  darajadir.  Birinchisi  o‘z-o‘zidan  (stixiyali)  shakllanadi 

va rivojlanadi,  ikkinchisi  maxsus  nazariy tayyorgarlik  orqali xosil  qilinadi. 

Birinchi  daraja  ommaviy  bo‘lsa,  ikkinchisi  ommaviy  emas.  Jamiyat 

hayotida  har  ikkala  darajani  ham  to‘g‘ri  hisobga  olish  jamiyat 

osoyishtaligi,  farovonligi,  ma’naviy sog‘lomligini  shartidir.  Hayotiy amaliy 

daraja  hamma uchun  bir  tekis  bolm aydi.  Zero  uning  egalari  bir xil  emas.




Ularning  tabiati  aqliy  qobiliyatlari,  xis-tuyg‘ulari  har  xil.  Ular  orasida 

jamiyatning  u mu man  butun sivilizatsiyaning ma'naviy h ay otiga jiddiy ta'sir 

eta  oladiganlari  ham  bor.  Masalan;  Amir  Temur,  yozuvchilardan 

A.Qodiriy,  Oybek,  davrining  jahonga  mashhur  yozuvchisi  Chingiz 

Aytmatovlar shular jumlasidandir.

Shuni  alohida  ta'kidlash  kerakki,  “hayot  falsafasi”  ning  mazmuniga 

faqat  ijobiy  tajriba,  malaka,  an'analargina  kirmaydi,  balki  turli  hildagi 

zararli  tajribalar,  aynishlar,  adashuvlar  ham  aralashab  qoladi.  Zero, 

kishilaming  kundalik  hayoti  xilma-xil  xatoliklardan,  salbiy  xis  tuyg‘u, 

hatti-harakatlardan  forigc  emasdir.  Shu  tufayli  dunyoqarashning  mazkur 

darajasi  umuman  olganda  noizchil  bo‘lish  mumkin.  Shunga  ko‘ra  uni 

chuqur, jiddiy boMimlar,  ilm-fanning boy ma'lumotlarini jalb etishni taqozo 

etadigan,  murakkab dunyoqarovchanlik muammolami yechishga ко‘pinch a 

juda yaroqli bo‘la olmaydi.

Dunyoqarashning  nazariy  darajasi  dunyo  haqidagi  nafaqat  amaliy, 

balki  maxsus  nazariy  ilmiy  bilimlar  majmuasini  ham  aqlning  tanqidiy 

hukmi  orqali  o ‘tkazgan,  umumlashtirgan,  tartiblashtirilgan  tizimidir. 

(Bunday  tizimga  falsafa  misol  bo‘ladi).  Demak,  dunyoqarashning  kamida 

ikki  xil  kundalik  hayotiy  (amaliy)  hamda  nazariy  darajalari  mavjudligini 

ham  hisobga  olsak,  dunyoqarash-bu  dunyoni  anglash  va  his  etishning, 

qadriyat  haqidagi  mos  hatti-harakatlarining  ziddiyatli  birligidan  tashkil 

topadigan murakkab ma'naviy tuzimdir.

Inson o ‘z hayoti mobaynida dunyoqarashning har ikki darajasini ham 

mujassam  etish  imkoniyatiga  ega.  Buning  uchun  dunyo  haqidagi  maxsus, 

chuqur  nazariy  bilimlami  kundalik  hayotiy  tajribalar  bilan  tugYi  payvand 

eta  borishning  ahamiyati  katta.  Bunday  inson  donishmandga  aylanishi 

mumkin.  Xalq  bunday  insonlami  donishmandlar,  hikmat  ahli  deb  atagan. 

Dunyoqarash  tushunchasiga  miqyos  nuqtai  nazaridan  ham  yondoshilishi 

kerak.  Zero  goho  gap  faqat  bir  individning  dunyoqarashi  (individual, 

shaxsiy  dunyoqarash)  haqida  borsa,  goho  oila,  guruh,  ijtimoiy  tabaqa, 

urug‘,  millat,  elat  va  umuman  butun  insoniyat  dunyoqarashi  haqida  ham 

ketadi.  Lekin  bu  miqyoslar  bir-biridan  mutlaqo  farqli  emas,  balki  o ‘zaro 

bog‘likdir.Bu bog‘lanish  individ,  oila,  guruh vah.k.  laming qanchalik keng 

qamrovligidan  kelib  chiqadi.  Masalan,  Suqrot  va  Navoiy  kabi  zotlaming 

dunyoqarashlari  individuallik  miqyosidan  shuncha  yuqoriki,  ularning 

dunyoqarashini 

umumbashariy 

deyiladi. 

Ya'ni 

ularning 



g'oyalari, 

qarashlari butun insoniyatning ma'naviy boyligidir va aksincha shunday tor 

dunyoqarashli  individlar  borki,  qarashlari  o‘zlarining  kundalik  nafslari 

doirasidan  chetga  chiqa  olmaydi.  Har  bir  insondagi  kabi,  har  bir




jamiyatning 

tarixiy 


dunyoqarashi 

o‘zgarib, 

rivojlanib 

turadi. 


Dunyoqarashning  ijtimoiy  hayotni  tartiblashtirishga  oid  g ‘oyalari  mafkura 

nomini  olgan.  Mafkura davlat  siyosatining birinchi  asosini tashkil  etadigan 

g‘oyalar  tizimidir.  Yoki  boshqacha  aytganda,  mafkura  dunyoqarashning 

ijtimoiy  amaliyotda  qollanishidir.  Dunyoqarashi  yaxlit  tizim  holiga 

kelmagan jamiyatda  mafkura  plyuralistik  xarakterda  boladi.  Mafkuraning 

asosida  yotgan  dunyoqarash  o‘zgarishi  bilan  mafkura  ham  o ‘zgaradi. 

Dunyoqarashning  oczgaruvchanligi  individ,  millat  va  butun  insoniyatning 

tinimsiz taraqqiyoti tufayli sodir bo‘ladi.




Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin