Falsafa fakulteti «falsafa va fan metodologiyasi» kafedrasi falsafaga kiris



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/16
tarix02.01.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#43531
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
17falsafagakirishpdf

9-MAVZU:

FALSAFA VA FAN

REJA:

1.  Falsafaning ilmiyligi muammosi

2.  Stsiyentizm va antistsiyentizm

3.  Falsafa va fan orasidagi bog ‘liqlik masalasiga keng yondoshuv

Falsafaning  ilmiyligi  muammosi.  Dunyo,  borliq  haqida  yaxlit,

umumiy  bilim  sifatida  falsafa  murakkab  tuzilmadir.  Uni  qiziqtiradigan 

muammolar  shu  qadar  rang-barang,  serqirraki,  ularni  o ‘rganish  ko‘p 

hollarda  maxsus  soha  doirasida  olib  borilayotgan  ilmiy  izlanishlar  bilan 

bixtiyor  tutashib  ketadi.  Shuning  uchun  o‘xtin-o‘xtin  falsafa  maxsus  fan 

sohalari  izlanishlariga  noo‘rin  aralashadi,  degan  qarashlar  paydo  bo‘ladi. 

Va  aksincha,  falsafaning  boshqa  maxsus  ilmiy  muammolar  bilan  uzviy 

bog‘liq  tomonlarinigina  ko‘rib,  uning  boshqa  tomonlarini  ko‘ra  bilmaslik

37



oqibatida  uning  fanning  muayyan  sohasimi  yoki  yo‘qmi,  balki  u  «fanlar 

fani»  degan  fikr  tug‘iladi.  Uchinchi  tomondan  esa  falsafa  fan  ham  emas, 

«fanlar fani» ham emas,  balki badiiy  ijod,  san’at yoki  din o‘ziga xos  shakli, 

degan  fikrlar ham bor.

Ushbu  savollarga  muayyan  javob  topmasdan  turib,  falsafiy 

dunyoqarashning asl tabiatini anglab etish qiyin.

Yuqorida  ta'rif etilgan  muammo  «falsafaning  ilmiyligi  muammosi» 

deb  yuritiladi.  Muammoning  mohiyati  shundaki,  falsafa  aslida  faqat 

fanning  xilma-xil  soxalari-fizika,  matematika,  astronomiya,  ximiya, 

biologiya,  tarix,  psixologiya  va  boshqalar  bilangina  emas,  balki  ma'naviy 

madaniyatning barcha shakllari -  san'at,  axloq, xuquqshunoslik,  siyosat,  din 

kabilar  bilan,  shuningdek,  kundalik  hayotiy  tajribalar  bilan  ham  uzviy 

bog‘lanishga  ega.  Shuning  uchun  ushbu  muammoni  yechishda  yakdillik 

yo‘q,  xatto  keskin  qarama-qarshilik  ko‘p  uchraydi  hamda  qarama-qarshi 

nuqtai  nazar  mualliflari  orasida  qizg‘in  baxslar  tinimsiz  davom  etib 

kelmoqda.

2. 

Stsiyentizm  va  antistsiyentizm.  Xilma-xil  yeehimlar  orasida  bir- 



biridan  tubdan  farq  qiluvchi  uchta  qarashni  alohida  ajratish  mumkin. 

Bulardan  biri-stsiyentizm,  ikkinchisi-antistsiyentizm  deb  nom  olgan. 

Birinehisi  falsafaga  fan  bilan  bir  pog‘onada  turadigan  tafakkur  shakli  deb 

qaraydi.  Ushbu  tamoyil  tarafdorlari  falsafaning  ilmiylik  jihatini  boshqa 

maxsus  fanlar,  ayniqsa  tabiiyot  fanlarining  ilmiylik  mezonlari  asosida 

keltirib  chiqarish  (reduksiyalash)  mumkin  deb  hisoblaydilar.  XX  asr G carb 

falsafasida 

bunday 


nuqtai 

nazar 


postpozitivizm 

falsafiy 

oqimi 

namoyandalari,  masalan,  K.  Popper,  Lokatos,  Tulmin  va  boshqalar 



tomondan  oldinga  surilgan  edi.  Sobiq  ittifoq  davridagi  barcha  darslik  va 

ilmiy  adabiyotlarda ham  falsafaga  stsientistik yondoshuv  qaror topgan  edi. 

Bu o ‘sha davrda falsafaga berilgan ta'rifdan,  ya'ni  «falsafa - tabiat, jamiyat 

va  tafakkur  taraqqiyotining  eng  umumiy  qonunlari  haqidagi  fan»  degan 

ta'rifdan ko‘rinadi.

Stsiyentizmga  qarama-qarshi  yondoshuv-antistsiyentizm-falsafani 

san'atga yoki  dinga  ko'proq  tegishli  deb  qaraydi.  Bu  qarashlarga  falsafada 

mantiqiy  tafakkur  emas,  erkin  ijod  ko‘proq  namoyon  boiishi  haqidagi 

fikrlar  asos  qilib  olinadi.  G ‘arb  falsafasida  ushbu  tamoyil  M.  Xaydegger, 

J.P.  Sartr,  A.  Kamyu  kabi  ekzistentsialist-faylasuflarning  qarashlarida  o‘z 

ifodasini topdi.

Uchinchi  nuqtai  nazar  tarafdorlari  (neopozitivistlar)  falsafa  fanga, 

ayniqsa  tabiiyot  ilmiga  (fizika,  ximiya,  biologiya  va  h.k.)  xos  bo‘lgan

38



ilmiylik  mezonlariga javob  bermaydi,  shuning  uchun  uni  fan  deb  hisoblab 

boclmaydi,  degan fikrni oldinga surishdi.

Bu  qarama-qarshi  tamoyillaridan  qay  biri  kocproq  xaqli  yoki  noxaq 

ekanini jo'ngina  aniqlab  bo‘lmaydi.  Buning  uchun  ikkala  tomonning  ham 

fikr-mulohazalarini  chuqur taxlil  etish  zarur.  Zero  harqanday  о 4a  qarama- 

qarshi  fikrlarda  bo‘lgani  kabi,  bu  ikkala  tamoyil  mushohadalarida  ham 

muayyan to ‘g‘ri xulosalar va,  aksincha, biryoqlamaliklar mavjud.

Birinchi  tamoyilning  haqli  jihati  shundaki,  falsafada  chindan  ham 

fanga  xos  bolgan  talay  xususiyatlar  mavjud.  Juda  qadim  davrlardan 

boshlaboq  uning  fan  bilan  bir  xil  bo‘lgan  ko‘pgina  usullari  dunyoni 

bilishga  tatbiq  etib  kelinayotgani,  xususan,  analiz,  sintez,  umumlashtirish, 

tartiblashtirish,  o‘zaro  bog‘lanish  va  ta'sir  qonunlarini  aniqlash  kabilar 

xususiy ilmiy izlanishlarga jalb etib kelingani yuqoridagi fikrni tasdiqlaydi. 

Lekin  falsafa,  ayni  zamonda,  boshqa  maxsus  fanlar  amalga  oshira 

olmaydigan  boshqa  talay  vazifalarni,  masalan,  metodologiya,  oliy 

darajadagi  umumlashmalar  xosil  qilish,  dunyoning  eng  yaxlit  manzarasini 

yaratish  kabilarni  ham  bajaradi.  Demak,  falsafani  fan  deb  bilgan 

taqdirimizda,  ham  uni  oddiy  fanlar  qatoriga  qo‘shib  bo‘lmas  edi.  Zero 

falsafa  fanga  xos  vazifalarni  bajarish  bilan  bir  qatorda  hech  qaysi  maxsus 

fan  bajar  olmaydigan  boshqa  bir  qator  vazifalarni-metodologiyaviy, 

dunyoqarovchanlik, tarbiyaviy,  mafkuraviy va hokazalar ham bajaradi.

Falsafa fan emas,  deydiganlar nuqtai nazaridagi  o ‘rinli  fikr shundaki, 

falsafa  chindan  ham  hozirgi  davrning  eng  rivojlangan  fanlari  -  fizika, 

matematika  va  boshqalar  bo‘ysunadigan  ilmiylik  mezonlariga  qat'iy  rioya 

etmaydi.  Bu  xolat  xatto  yuzaki  qaraganda  ham  ko‘zga  yaqqol  tashlanadi. 

Masalan,  maxsus  ilmda  yagona  klassik  mexanika,  yagona  kvant 

mexanikasi,  yagona  noorganik  ximiya  kabi  sohalar  bor,  boshqa  klassik 

mexanika,  boshqa  nooraganik  ximiya  kabilar  yo‘q,  bolishi  ham  mumkin 

emas.  Lekin  falsafada  bunday  o‘zgarmay  turadigan  ta'limot  yo'q.  Bunda 

ta'limotlar  olami  nihoyatda  xilma-xil,  rang-barang  va  ziddiyatli.  Ulami 

yagona  bir  ta'limot  ostida  birlashtirish  deyarli  mumkin  emas.  Har  bir 

falsafiy  ta'limot  o cz  muallifming  nomi  bilan  atalishi  ham  shundan. 

Masalan,  Aflotun  falsafasi,  Forobiy  falsafasi,  Feyerbax  antropologik 

materializmi,  F.  Bekon  empirizmi,  Berkli  sub'yektiv  idealizmi  va 

hokazolar.

Zero  falsafa uchun  eng muhimi  inson hayotining ma'noyu maqsadini, 

inson  nimaga  intilib  yashashi  lozimligini  aniqlashdan  iboratdir.  Aks  holda 

bu  falsafa  emas,  faqat  fan  bo Mur  edi,  ya'ni  boshqa  fanlardan  vazifalari 

doirasi  birmuncha kengroq b o lg an  «fan» bo‘lur edi xolos.

39



Ayni  shu  maqsadiga  ko‘ra  falsafiy  g‘oya  va  qonunlarda,  faqat 

ob'yektiv,  ilmiy  bilimlargina  emas,  balki  sub'ektiv  ijodiy  yondashuvlar 

ham  keng  qatnashadi.  Boshqa  so‘zlar  bilan  aytganda,  falsafiy  xulosalarda 

ta'limot  muallifming  shaxsiy  tajribalari  va  xis-tuyg‘ulari,  individual  ijodiy 

imkoniyatlari  alohida  ahamiyat  kasb  etadi  va  fandagidan  kuchdiroq  va 

umumiyroq 

doirada 

amal 


qiladi. 

Shu 


ma'noda, 

antistsiyentizm 

namoyandalarining  falsafaga  erkin  ijod  shakllaridan  biri  deb  qarashlarida 

ham etarli asos bor,  albatta.

Lekin, 

ikkala 


tamoyil-stsiyentizm 

va 


antistsiyentizmning 

mulohazalarida  umumiy  kamchilik  ham  mavjud.  Ikkala  tamoyil  ham 

falsafaning  muxim  jihatlaridan  birini  inkor  etib,  ikkinchi  jihatini  ustun 

o‘rniga  chiqarishga  urinadi.  Stsiyentizm  falsafaning  mantiqiy-ratsional, 

ya'ni  ilmiy  jihatini  ustun  bilib,  uning  sub'ektiv  ijodiy  imkoniyatlarini 

nazardan  soqit  qilayotgan  bo Isa,  antistsientizm,  aksincha,  uning  faqat 

erkin  sub'ektiv  ijod  sifatidagi  ahamiyatini  bo‘rttirib,  ilmiyligini  nomuhim 

deb  bilmoqda.  Natijada  falsafaning  asl  tabiati  biryoqlama  yoritilmoqda, 

mazmuni toraytirilmoqda,  sayozlashtirilmokda.

3.Falsafa  va  fan  orasidagi  bog‘liqlik  masalasiga  keng  yondoshuv. 

Stsiyentizmning  ham,  antistsiyentizmning  ham  ijobiy  fikrlarini  saqlab 

qolgan  holda,  ularning  kamchiliklarini  bartaraf  etishga  qaratilgan 

yondoshuv  ushbu  muammoga  haqiqiy  yondoshuv  imkonini  beradi.  Ya'ni 

biz  falsafaning  ilmiyligini  ham,  erkin  sub'yektiv  ijod  shakli  ekanini  ham 

barobar  tan  olishimiz  lozim  degan  xulosa  chiqadi.  Zero  falsafaning 

ilmiyligi  uning  erkin  sub'ektiv  ijodiylik jihatiga,  erkin  sub'ektiv  ijodkorlik 

jihati  esa  ilmiyligiga  zid  kelishi  shart  emas.  Shu  ikkala  jihatni  o ‘zida jo 

qiladigan  falsafa,  albatta,  ilmiylik  mezonlariga  ham  ijodiy  faoliyat 

mezonlariga ham javob bera oladi.  Lekin maxsus  fan tarmoqlari yoki  erkin 

ijod  sohalarining  ayni  o ‘zidagiday  emas,  birmuncha  kengroq  miqyosida, 

boshqacharoq tabiatda javob beradi.

Albatta,  yuqoridagi  mulohazalar  oliy  ma'nodagi  falsafa  haqida 

ketyapti.  Zero,  faylasuflar,  falsafiy  maktablar  o‘z  tadqiqotlarida  butun 

insoniyatning  bilim  va  tajribalariga  tayangan  holda  dunyoning  yaxlit 

manzarasini  chizib  berishga,  «dunyo  o ‘zi  nima»  degan  savolga  javob 

izlashga  urinib  kelganlar.  Bu  savolga javob  berish  uchun  barcha  mavjud 

bilim  va  tajribalarga  tayanishga,  ilmga  xos  bo‘lgan  ko‘pgina  vazifalarni 

ham bajarishga to  g  ri  kelgan.  Ayni  zamonda falsafiy  dunyoqarash nafaqat 

dunyoni  aqliy  bilish,  balki  insonning  dunyoga  munosabati  masalasini, 

inson  hayotining  maqsadini  aniqlashni  pirovard  maqsad  qilib  oladiki,  bu 

yo‘lda 

faylasuf 

o‘z 

shaxsiy 


xulosalari, 

individal 

xis-tuyg‘u,

40



tasavvurlaridan,  ijodiy  imkoniyatlarini  ham jalb  etadi.  Shuning  natijasida 

o laroq  falsafiy  nuqtai  nazarlar  xilma-xilligi  vujudga  keladi,  ya'ni 

plyuralizm namoyon boladi.

Lekin  falsafadagi  ijodiy  xilma-xillik  san'at  sohasidagi  kabi  erkin 

emas.  Falsafaning  ilmiylik  jihati  (  ilm-fanga  tayanishi)  undagi  ijodiy 

erkinlikni  muayyan  doiradan  chetga  chiqmasligini  ta'minlaydi.  Va, 

aksincha,  falsafaning  ijodiylik  jihati  uning  muayyan  ilmiy  xulosalar 

doirasida  qolib  ketmasdan,  falsafiy  fikrning  yangi  manzillariga  erkin 

parvoz  etish  imkoniyatlarini  vujudga keltiradi.  Demak  chin  donishmandlik 

shu  ikki  jihatning  o‘zaro  muvozanatida  namoyon  bocladi.  Falsafaning 

mazkur jixatlaridan  birinchi  tan  olib,  ikkinchisini  inkor  etish  uning  sifatini 

butkul o‘zgarishiga olib keladi.




Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin