Falsafa fakulteti «falsafa va fan metodologiyasi» kafedrasi falsafaga kiris



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/16
tarix02.01.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#43531
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
17falsafagakirishpdf

8-MAVZU:

FALSAFA VA SAN'AT

REJA:

33



1.  San'at va lining shakllari

2.  Ezoterik falsafa va san'at

3.  Ratsional falsafa va san'at

San'at  va  uning  shakllari.  “Butun  insoniyat  tarixi  bu  din,  falsafa  va 

san'at  tarixidir”  deyilgan  edi.  Xo‘sh,  San'at  o ‘zi  nima?  Bu  savolga 

falsafaning  nima  ekanini  aniqlab  olib,  keyin  yondashmoq  tabiiy,  albatta. 

Kocp  ommalashgan  va  qadimiy  ta'rifga  ko‘ra  “falsafa  tafakkurda 

ifodalangan  davrdir”.  U  holda  san'atga  ham  shunga  mos  ta'rif  bersak, 

“San'at  bu  his-tuyg‘ularda  qamrab  olingan  davr”  boladi.  Ushbu  ta'riflar 

falsafa  va  san'at  bir-biridan  farqlantiradigan,  ajratadigan  ta'riflardir. 

Vaholanki,  eng  chuqur  manbada  ular  bir,  bir-biridan  ajralmasdir.  Ya'ni 

mifologik dunyoqarashda ham falsafa,  ham  san'at birgalikda mavjud.  Zero, 

mifologiya  bu  ham  falsafa,  ham  san'atdir.  Sofoklning  “Shox  Edip”, 

Gomerning  “Odisseya”,  “ffiada”  dostonlari,  “Go‘r  o‘g cli”,  “Alpomish”  va 

boshqalar barchasi  bunga misoldir.  Lekin  keyinchalik  san'at va  falsafa bir- 

biridan ajralishgan.

San'atning  asosiy  shakllari:  adabiyot,  musiqa,  raqs,  san'atkorlik, 

naqqoshlik, teatr va boshqalar.

2. 

Ezoterik  falsafa  va  san'at.  Chinakam  san'at  ham  ezoterik  ilm  kabi 



transtsendental  hodisadir.  Ya'ni,  “h o rn in g   natijasidir.  Lekin  keyingi 

davrda  “hol”ga  mutlaqo  aloqasi  bo‘lmagan  ishlarni  ham  san'at  deb 

ataladigan bo‘ldi.  Shuning uchun bu masalaga aniqlik kiritish kerak.

Qadimgi  yunon  mifologiyasida  musiqa  asbobini  ixtiro  etgan, 

sozanda,  shoir  va  ashulachi,  argonavtlar  yurishlarining  qatnashchisi, 

Xudolami  maftun  etgan  va tabiat yovvoyi  kuchlarini  bo‘ysundirgan  Orfey 

haqida  hikoya  qilingan.  Shunday  obrazlar  barcha  xalqlarda  bor.  Dovud 

s.a.v.  hamdu  sanolariga  yirtqich  hayvonlar  qanday  sarmast  bo‘lganlari 

haqidagi  rivoyatlar  bor.  Majnun  Layli  ishqida  xonish  qilganida  yovvoyi 

hayvonlar oshiqning oyog‘i ostida o‘tirganini tasvirlagan rasmlar ham bejiz 

emas.  Hozirgi  davr  olimlari  esa  musiqaning  o ‘simliklarga  ham  ta'sirini 

aniqlaganlar.

Jahon  adabiyoti  klassigi  Stendal:  “Musiqa  -   inson  qalbi  tub-tubiga 

kirib  borishga va undagi  kechinmalami  ifodalashga qodir bolgan  yakkayu 

yagona  san'atdir”,  degan bo‘lsa,  J.Rumiy:  “Dunyoda hech narsa musiqa va 

raqs  yanglig‘  inson  ruhining  yashirin  quvvatlarini  oshkor  etolmas, 

musiqachalik  turmush  tashvishlaridan  xalos  etib,  o‘z  ruhiy  olami  sari 

boshlay  olmas.  Musiqa  xotin  kishiga  o‘xshaydi.  Uni  cho‘ri  deb  istifoda 

etarkansan,  o‘zingda insonni  uxlatib,  hayvonni uyg‘otursan”.

34



A.R.Beruniy  she'r  shaklida  berilgan  bilim  yaxshi  o ‘zlashtirlishi, 

xotirada  yaxshi  qolishiga  e'tibor  qaratib,  “Ruh  tartiblashtirigan  narsalarni 

yaxshi  qabullaydi”,  “Vazn,  qofiyalar,  ritm-bulaming  hammasi  asosida  esa 

shoiming  ezgulikni,  Xudoni  sevishi  yotadi”,  degan  boclsa,  frantsuz 

yozuvchisi  Balzak esa “Yozuvchi  butun koinotni  bir so‘zda,  butun  falsafiy 

ta'limotni bir obrazda ifodalay olishi  kerak”,  degan edi.

Qolaversa,  muqaddas  kitob  “Qur'on”  juda  nafis  poetik  shaklda 

ifodalangan.  Shuningdek,  Sharqning  dunyoga  mashhur  mutafakkirlarining 

aksariyati,  masalan,  Nizomiy  Ganjaviy,  Xusrav  Dehlaviy,  Jaloliddin 

Rumiy,  Alisher  Navoiy,  Bedil,  Hofiz,  Sa'diy,  Umar  Xayyom,  Yassaviy, 

Mashrab  va  boshqalar  o‘z  falsafiy  gcoyalarining  nafis  she'rlar  orqali 

ifodalaganlar.  Gyote  “Sharqda  7  ta  yorqin  yulduz  bor,  men  ulardan  eng 

kichigining  bir  zarrachasiday  ham  emasman”,  deganida  ayni  shunday 

buyuk san'atni nazarda tutgan.

Ikkinchi  tomondan  qaraganda,  o‘z  falsafiy  g‘oyalarini  badiiy  ijodda 

aks  ettirgan  G‘arb  badiiy  ijod  sohiblari  ham  kam  emas.  Masalan,  Dante, 

Shekspir,  Leonardo  da  Vinchi,  V.Gyugo,  O.Balzak;  Rossiyada  Pushkin, 

Tolstoy,  Didro,  Dostoevskiy,  Chexov,  Gersen.  Qadimgi  yunon  falsafsida 

bu  hoi  keng  namoyon  boclgan:  Gomer,  Orfey,  Esxil,  Safokl,  Ezop,  Verdi, 

Chaykovskiy,  Mosart va boshqalar.

Hozirgi  darda  G ‘arb  ekzistensialistik  falsafsi  g ‘oyalari  A.Kamyu, 

F.Kafka va boshqalaming badiiy  ijodi shaklida namoyon bo‘lmoqda.

Ayni  shu  gaplami  rassomlik,  me'morchilik,  grafika,  musiqa  haqida 

ham aytish mumkin.

Nafis  san'atning  bu  qadar  buyuk  kucbga  egaligini  rus  yozuvchisi 

F.Dostoevskiy  “Dunyoni  go‘zallik  qutqaradi“  deganida  ana  shunday  pok 

tuyg‘ulami nazarda tutgan edi.

Inson  qalbini  poklashdagi  musiqaning  ahamiyati  ham  bundan 

qolishmaydi.  Agar  nazm  bilan  qoeshilsa,  u  yanada  buyuk  kuchga  aytiladi. 

Geyne  Sharqning  buyuk  yulduzlari  deya  ulugclangan  shoirlaridan  biri 

Alisher  Navoiyning  bosh  qahramoni  Oshiq  inson  ekani  ham  bejiz  emas. 

Zero,  Navoiyning,  uqtirishicha  aynan  ishq  inson  qalbini  bulg‘anishlardan, 

zangdan tozalaydi va Xudoning borligini xis etishga olib keladi.

T asaw u f ta'limotida ramz,  majozlar ayniqsa ko‘p  ishlatiladi,  bu bejiz 

emas.  Chunki,  yuksak xis-tuyg‘ularni  oddiy  so‘z bilan  ifodalab  bo‘lmaydi. 

Shuning uchun shoir timsollardan,  qiyoslardan, ramzlardan foydalanadi.

Umuman,  mifologik  dunyoqarash  majoziy  bo‘lib,  bu  murg‘ak 

insoniyatning hali  etarli  shakllanmagan ongiga  buyuk  ilohiy haqiqatni  ham 

tuygcu,  ham  ramziy  ifodalar  vositasida  yetkazish  san'ati  edi.  Mifdan

35



Logosga  ramzlarda  ifodalangan  tuyg‘ulardan  ratsional  ongga  o‘tish 

jarayoni  esa ruhan  ancha tuban tushish  edi.  Lekin,  ilgari  kocrgamizday,  bu 

“tushish” ham kerak edi.

3.Ratsional  falsafa  va  san'at.  Mistik  «Hol”atda  nozil  bo‘lgan,  buyuk 

san'at zavqu-shavqi  osmoniga (jannatga) ko‘tarilgan  insonni moddiy dunyo 

tashvishlariga  qaytishi  og‘ir.  Shuning  uchun  ham  Sh.A.Gxosh  to cg‘ri 

aytganidek  Sharqda  ruhiyat  osmonlariga,  tarkidunyochilik  (asketizm) 

kuchli  bolgan,  G carbda  esa  aksincha,  ratsional  tafakkur,  tashqi  bilimlar, 

tashqi  olamni,  tabiatni  o‘rganish,  o‘zlashtirish,  hattoki,  uni  o ‘ziga 

bo‘ysundirish mayli kuchli bo‘lgan.  Va,  albatta, bulaming har ikkisida ham 

muayyan  ma'noda,  biryoqlamalik,  ya'ni  bir  narsadan  kechib,  boshqa 

narsaga intilish mavjud.  Mavlaviy  atyganidek,  :

Sharq Haqni topdi  dunyodan kechib,

G ‘arb dunyo topdi Ollohdan kechib.

Vaholanki,  pay g‘am bar  Muhammad  s.a.v.  aytganlaridek,  “Bu 

dunyoni  deb  u  dunyodan,  u  dunyoni  deb  bu  dunyodan  voz  kechmaslik 

kerak”  va  Iso  a.s.  aytganlariday,  aynan  shu  dunyoda  “YErda  Iloh 

saltanatini  tiklamoq  kerak”  va  A.Gxosh  aytganiday  inson  o ‘zligini  bilish 

orqali ham u dunyoda ,  ham bu dunyoda mavjud bo l a  oladigan komillikka 

erishuvi  kerak.  Bu  esa  insoniyatni  tuban  holda  yashaydigan  shart- 

sharoitlarini  o ‘zgartiradigan,  «hol”ga  qadar  bosib  octilishi  kerak  bo‘lgan 

tayyorgarlik,  ya'ni  «qoralama”  ishlami  ham  bo‘lishini  taqozo  etadi.  Bu 

“qoralama”  ish  ratsional  tafakkur,  nazariy  ilm  va  kundalik  amaliy  faoliyat 

zimmasidadir.  Bu  ishda  eng  yuqori  pog‘onada  ratsional  falsafa  turishi 

mumkin.  Keyin esa proza,  ekzistentsial  asarlar may donga chiqadi.

Endilikda,  ratsional  tafakkur  o‘z  tarixiy  missiyasini  bajardi. 

Ma'naviyatning  barcha  sohalari,  hatto  san'at  ham  muayyan  darajada 

ratsionallashdi.  Eng  kulgilisi  shundaki,  temirdan,  simdan  va  boshqa 

narsalardan  yasalgan jonsiz  mashinalarga  musiqa,  she'r  yozish,  bolalarga 

enagalik  qilish,  mana  hozir  talabalar  bilimini  baholash  ishlarini  bajarish 

vazifalari  yuklatilyapti.  Bir  tomondan  qaraganda  bu  mashinalar  inson 

intellektual  qobiliyati  erishmagan  hayratlanarli  “ishchanlik”ni  marralami 

namoyish  etyapti.  Ikkinchi  tomondan  esa  mashina  hech  qachon  qalbning 

o‘rnini  bosa  olmasligi,  uning  ijodi  chin  ijod  bilan  bo‘la  olmasligi  yaxshi 

anglab  etilmaydi.  Garchi,  mashina  talaba  intellektual  qobiliyatini  balki 

“adolatli»  baholay  olsa  hamki,  u  hech  qachon  uning  uning  qalbidagi  ijod 

imkoniyatini  uyg‘ota olmaydi.

G ‘arbda  ratsional  tafakkur  tantanasi  XVIII  asr  oxiri  XIX  asr 

boshlaridayoq  sodir  b o ld i  va  bu  Sharqqa  ham  ta'sir  ko‘rsatdi.

36



Ratsionallashuvning  ham  ijobiy,  ham  salbiy  jihatlari  mavjuddir.  Yaxlit 

bilimning  differentsiallashuvi,  juda  mayda  sohalarga  bo‘linishi  oqibatida 

insoniyatning  keng  qatlami  intellektual  qobiliyati  rivoj  topdi,  insoniyat 

poda  holida  stixiyali  yashashdan  shaxs  sifatida  yashash  darajasiga 

ko‘tarilgani  ijobiy  jihatdir.  Salbiy  jihati  esa,  Fil  haqidagi  rivoyatda 

ko‘rsatilganidek,  filning  mayda  qismlari,  dumi,  quloqlarinigina  ко‘rib,  uni 

yaxlit  jonivor  sifatida  qandayligini  bila  olmagan  ko‘rlarga  o‘xshab, 

differentsiallashgan fan ham ojiz ekanida.

Mashinalar  informatsiyaning  boy  zahirasiga  ega,  shuning  uchun  ular 

juda  ko‘p  bilim  bera  oladilar.  Lekin  ular  hech  qachon  talabalarga  dildan 

ma'ruza  o‘qiydigan  lektorning  o‘mini  bosa  olmaydi.  Chunki,  chin  bilim, 

ijod samarali  boMib,  faqat qalbdan qalbga uzatiladi,  uni eng yuksak texnika 

ham bera  olmaydi.  Vaholanki,  chin ustozning bir nigohida bir  olam  ilm jo 

bocla oladi.

Shunga  qaramasdan,  ratsionallashuvning  insoniyat  ham  qismatida 

borligi  bejiz  emas.  Albatta,  bu  davr  san'ati  ham  ratsionallashuv  hukmron 

mavqeda  holm agan  vaqtdagidan  ancha boshqacha  rivoj  topdi  (Aruz vazni 

o‘rniga  barmoq  vazni,  barmoq  vazni  o ‘rniga  oq  she'riyat,  romanchilik 

o‘rniga  publitsistika  kelganiday,  inson  ichki  go‘zalligini  madhtyalari 

o‘rniga tashqi  go‘zallik madhtyalari ustuvor bo‘la boshladi).

Biz  yashayotgan  davrning  talabi  shundaki,  chin  falsafa  (ezoterik  va 

ekzoterik,  ratsional  va  irratsional  falsafa)  chin  san'at  bilan  uyg‘un  birlikda 

bo‘lishi kerak.  Buning uchun san’atda tegishli ma'no teranligi,  falsafada esa 

chin qalb hikmati yuzaga chiqishi  kerak.




Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin