5-MAVZU:
FALSAFA - QADIMIY DONIShMANDLIK
REJA:
1. Donishmandlik va muhabbat - falsafaning ikki asosiy jihati
2. Falsafaning qadimiyligi masalasi
3. Donishmandlik va muhabbat -falsafaning ikki asosiy jihati.
1.
Donishmandlik va muhabbat - falsafaning ikki asosiy jihati.
Avvalo, «filosofiya” atamasining ma'nosiga e'tibor beraylik. Bu atamani
yunon faylasufi Pifagor birinchi bo‘lib kiritgan va lug‘aviy ma'nosi ikki
tushunchaning birikuvidan tashkil topadi: «filo’ -muhabbat, “sofiya” -
hikmat, donishmandlik.
“Donishmandlik”, “hikmat” atamasini kundalik ong darajasidan turib
tushunish qiyin. Kundalik ongda “donishmand” deyilganda og‘ir-vazmin,
bosiq tabiatli, mehr-muruvvatli, turmushning har qanday tashvish va
g‘alvalari oldida dovdirab qolmaydigan odam tushuniladi. Va odatda,
20
hayotimizda
shunday
odamlardan
maslahat
socraymiz,
yo‘l -
ko‘rsatmalaridan bahramand boclishni istaymiz. Lekin bu og‘irlik,
vazminlik,
mehr-muruvvatlilik
qanday
shakllanishini
bilmaymiz.
Gyotening (1749-1932) aytishiga ko‘ra: «Go‘dak o‘zini qurshab turgan
voqe-dunyoga sofdillik bilan qaraydi. 0 ‘zini unga ishonib topshiradi.
Yosh yigit esa, unga o‘z ehtiroslari orqali qaraydi. U o‘zini boshqarishi
kerak, aks holda uni ehtiroslari adashtirshi mumkin. YEtuk yoshdagi kishi
har bitta harakatini tekshiruvdan o ‘tkazib bajarishga, skeptitsizmga moyil
bo‘ladi, adashishdan qo‘rqadi. Shuning uchun uning fikrlari juda
o‘zgaruvchan boMadi. Qari odam esa, odatda kocproq ruhiy tajribaga moyil
bo‘ladi. U aql bovar qilmas hodisalaming sodir bolishini, va aksincha aql
bovar qiladigan hodisalaming barbod bo‘lishini ko‘ra oladi. U baxt va
baxtsizlik kutilmaganda bir-biri bilan almashinib, bir-birini muvozanatga
solishini kuzata oladi”.
Bu haqida donishmandlaming oczlari, masalan, Qadimgi yunon
faylasufi Geraklit nima deganini ko‘raylik. Uning uqtirishiga kocra: “Ko‘p
narsani
bilish
hali
donishmand
bo‘lish
emasdir”,
Platon
esa
donishmandlikning mohiyatini bilishda deb hisoblagan. Boshqa yunon
donishmandi, Platonning shogirdi Aristotel donishmand odarnni quyidagi
belgilarga ko‘ra ajratadi: birinchidan deydi u,-donishmand garchi, har bir
a> rim olingan narsalaming barcha ikir—chikirini emas, iloji boricha hamma
narsani biladigan odamdir. Ikkinchidan, odamlar uchun qiyin oson bilish
mumkin bo‘lmagan narsalarni biladigan odam 1 ami donishmand deymiz.
Shunga ko‘ra, donishmand bolishni istagan odam hamma narsani
ikir-chikirlaridan emas, balki hamma narsaning asosida yotadigan, kishini
hayratga soladigan narsalarni bilgisi keladigan odamdir. Bunday savollar
esa, ko‘p va kishini juda band qiladi. Shuning uchun bu yo‘lga kirgan
odam kundalik ikir - chikirlar bilan hayolini band qila olamydi.
Faylasuflik yo‘li ko‘p va chuqur bilishga intilishdan boshlanadi. Uning
bilishdan maqsadi ham boshqalamikidan farqlanadi. Uning bilishdan
maqsadi-bu bilimdan bevosita foydalanish emas, amal yoki shuhrat
qozonish emas, balki dunyo siriga dohil bo‘lishdir.
2.
Falsafaning qadimiyligi masalasi. Falsafa axloqiylikdan ham
oliyroq ma'naviy qadriyatdir. Chunki, faylasuf uchun muhimi yaxshini
yomondan ajratish emas, balki, bilimni nodonlikdan, jaholatdan ham
ajratishdir. Zero, barcha yomonlik, donishmand nazdida bilimsizlik
oqibatidir. Bilimsiz nodonlarni yaxshilikka o‘ratib bo‘lmaydi, deb
hisoblaydi faylasuflar. Ikkinchi tomondan, donishmandlik bilimning
21
o ‘zidan ham iborat emas. Balki barcha odamlarga, yaxshi-yomonni ham
mehr-muhabbat bilan qaray bilishdir.
Demak, donishmandlik faqatgina bilim, bilimning o‘zidangina emas,
balki ko‘proq o ‘z bilimlarini qanday q o llash kerakligini axloqiy baholay
oladigan, odamlar va to ‘rt tabiatga hamdardlik qila oladigan odam hamdir.
Bu ta'rifdan donishmand bilan olim orasidagi farq yaqqol ko‘rinadi. Ya'ni
olim biror kashfiyot qilsa, u bu kashfiyoti odamlarga qanchalik foyda yoki
zarar keltirishidan ko‘ra kocproq bu kashfiyot o‘ziga nima berishini
o‘ylaydi.
Eng
qadimgi
falsafa
mifologiyadan
ayrim
bolgan
emas.
Mifologiyada dunyo majoz (ramz)larda ifodalangan. U bilim sifatida
Odam Atodan Muhammad s.a.v. ga qadar mavjud b o lib kelgan. Xususan,
Gegel shunday yozadi: “Sharqda, ayniqsa, Hindistonda G ‘arbdagi kabi oliy
Haqiqatning tabiatini intellekt orqali aniqlashga harakat qilganlar. Lekin,
ular birinchidan, intellektni Haqiqatni kashf etishning eng yaxshi quroli
darajasiga ko‘tarilgan emaslar, balki uni ikkinchi o‘ringa qo‘yganlar.
Bimehi o‘rinni esa ular hamisha ruhiy intuitsiya va ishroqqa (vahiy
yordamida
yorishuv)
ruhiy
(psixologik)
tajribaga
tegishli
deb
hisoblaganlar. Shu oliy kashfga bilimga zid keladigan har qanday
intellektual xulosani haqiqiy emas”, deb hisoblagan. Ikkinchidan, bu
yerdagi har bir falsafiy ta'limot ongning oliy holatiga erishuv amaliyoti
(meditatsiya) bilan qurollangan bo‘lgan. Shuning uchun, garchi ish fikrlash
jarayonidan boshlangan taqdirda ham, maqsad aqlgan asoslangan tafakkur
doirasida tashqariga chiqadigan holga erishuvdan iborat bo‘lgan. Har qaysi
falsafaning asoschisi (va ularning izdoshlari) bir vaqtning o‘zida
mutafakkir-Yogin (avliyo) sifatiarini o‘zida mujassam etib kelgan.
Faqatgina intellektual faylasuflar o‘qimishli bolganliklari uchun hurmatga
sazovor bolgan. Lekin hech qachon Haqqa erishganlar darajasiga
qo‘yilgan emas. Ruhiy tajribaga erishish uchun yetarli quvvatga ega
bo‘lmagan
falsafiy
ta'limotlar
o ‘limga
yuz
tutuganlar,
tarixga
aylanganlar.. ” . G ‘arbda esa , aksincha ... Bu erda yana shuni alohida
ta'kidlash kerakki, yunon falsafasi ham quruq yerda vujudga kelgan emas.
Qadimgi yunon faylasuflari Geraklit, Pifagor, Suqrot, Platon va boshqalar
“hol”ga
erishuv
orqali
haqqa
yetishgan
donishmandlar
ekanini
tasdiqlaydigan hujjatlar bor.
Demak, faylasuflar ham “ruhiy tajriba” bilan mashg‘ul bo‘lganlar.
Hazrati Muhammad s.a.v. ham Hiro g‘orida 30 kun ro'za tutib birinchi
vahiy kelganida shunday oliy “hoi” darajasida bo‘lganlar
22
Shunday “hoi” (yoki vahiy)ga yetishuv uchun vosita bo‘ladigan
muraqaba (meditatsiya) ruhiy tajribasi juda qadimiy va hamon juda
yoshdir.
3. Donishmandlik va muhabbat - falsafaning ikki asosiy jihati. Biz
о 4m ish
mafkurasi
davrida
YEvropa
falsafasi
Yunon-Rim
sivilizatsiyasidan boshlangan deb ishonib keldik. Toki, XIX asrga kelib
O.Shpengler “YEvropa halokati” asarini yozsa hamki, butun YEvropaning
o‘zi qadimgi yunon sivilizatsiyasi, madaniyatidan oldin ham ko‘plab
buyuk sivilizatsiyalar mavjud bo‘lganini tan olinayotgan va hozirgi davr
olimlari ham oldingi sivilizatsiya qoldiqlaridan izlab topib borayotgan va
Platonning “Atlantida” haqidagi hikoyasi fantaziya emasligi ma'lum bo‘lsa
hamki, hamon falsafa tarixni yunon sivilizatsiyasidan boshlash hollari ko‘p
uchraydi. Vaholanki, nemis falsafa tarixchisi O.Shpenglerdan (1880-1936)
oldinroq yashagan ezoterizm namoyondasi E.P. Blavatskaya (1831-1891)
shunday yozgan edi: “Sivilizatsiya mavjud boclgan deb hisoblanadigan har
bir qadimgi mamlakatda donishmandlik deb ataladigan bilim tizimi,
ezoterik doktrinalardagina mavjud bo‘lgan...”
Bolqon yarim oroliga Hindistondan kelgan Orfey ta'limoti yerda
shakllangan va rivojlangan ko‘p falsafiy maktablar uchun manba b olgan
ekan. Yangiplatonehi Plotin (204-270)ning ustozi, ikkinchi asrda yashab
o‘tgan Ammoniy Saksning fikriga ko‘ra, donishmandlik dinining sirli
talim oti Germes kitobida tolaligicha bor. Pifagor va Platon o ‘z bilimlarini
o‘sha kitobdan olganlar. Bu talim ot esa Sharq donishmandligi bilan aynan
birdir.
Donishmandlikning tabiati
va qadimiyligi tasavvuf mashhur
shayxlaridan biri Suhravardiy tomonidan shunday ochiladi. Uning
tushuntirishiga ko‘ra: «To‘liq (chuqur) va haqiqiy bilim bo‘lgan ishroq
(Nurlanish) nafsni tiyish va zikr orqali erishiladigan bilim bo‘lib, qadimgi
yunonlar bu bilimni Hudoning (Zevsning) o ‘g‘li deb hisoblaganlar.
Xermes osmondan olgan va bu bilim yunon, arab va Eron donishmandlari
bir-birlaridan olib turgan bilimning o‘zidir .
Shunday qilib, ezoterik (sirli, mistik, osmondan olinadigan) bilim
sifatida ilohiy hikmatning tarixi juda qadimiydir. Uning manbai
ilohiyotning o‘ziga borib taqaladi. Shuning uchun uni mana bu davrda
vujudga keldi deb ko‘rsatish qiyin. Lekin, inson vahiyatga erishgandan
buyon bu ilm bor deyish mumkin. Vahiylik esa Odam Atodan Muhammad
s.a.v.gacha mavjud bo‘lib kelgan.
23
|