2 - MAVZU:
M1FOLOGIK DUNYOQARASh
REJA:
1. Mifologik dimyoqarashning о ‘ziga xosligi
2. Mifni yangicha tiishunish
3. Hozirgi davrda mifologik dimyoqarashga boshqacha yondoshuv
zarurati
1.
Mifologik dunyoqarashning o‘ziga xosligi. Insoniyat dunyoqarashi
turli tarixiy shakllarga ham ajratib qaraladi. Zero, bashariyat tarixining turli
davrlarida turli dunyoqarash shakllari ustunroq o ‘rin egallagani nazarda
tutildi. Shuning uchun dunyoqarashning har bir shaklini alohida ko‘zdan
kechirib chiqish ularning o‘ziga hosligi va bir-biri bilan bog‘liqligini
o‘rganish falsafaning nima ekanini tushunishda juda katta ahamiyatga ega.
Asosan dunyoqarashning quyidagi to‘rt shakli ajratiladi: 1.Mifologik
2.Diniy. 3.Ilmiy 4.Falsafiy. Shulardan birinchisini ko‘rishga kirishamiz:
- “M if’atamasi falsafaga yunon tilidan kirib kelgan bo‘lib “naql”,
“rivoyat”, “doston”, “epos”, “afsona”, “qissa” kabi so‘zlarga ma'nodoshdir.
“Logos” atamasi esa “ta'limot” degan ma'noni bildiradi. Mifologik
dunyoqarash mazmunidan joy olgan miflar xudolar qahramon shaxslar
ruhlar shayton va hokazolar haqida ular orasidagi munosabatlar haqida
hikoya qiladi. Qadimgi Yunonistonda “Oddiseya”, “Illiada” dostonlari,
“Gerakl” qissasi, qadimgi Hindistonda “Mahabhorat”, “Ramayana”
eposlari, 0 ‘rta Osiyoda “Rustam” haqidagi doston, ”To‘maris” va “Shiroq”
afsonalari qolaversa, Payg‘ambarlar va avliyolar amalga oshirgan
m o‘jizalar hamda payg‘ambarlar tufayli dunyoga kelgan muqaddas
kitoblar mazmuni ham mifologik dunyoqarashga misol bo‘ladi.
Mifologiya dunyoqarashning boshqa shakllariga nisbatan ancha oldin
shakllangani hamda ayniqsa, oldingi davr mafkurasining ta’siri tufayli
noto‘g ‘ri talqin etib kelgan. Hozirgi kunda ham u haqida eski qarashlar
saqlanmoqda. Bu hoi miflarga inson ongining keng kam rivojlangan shakli
noreal nojiddiy, faqat hayoliy, fantastik mazmunga ega bo‘lgan bolalar
ongiga mos ertaklar degan qarashlarda namoyon bo‘ladi.
Mifologiyaviy dunyoqarashning ertakka o‘xshab ketishning o‘z
sababi bor. Eski mafkuradan xolis izlanish olib borgan mutaxassislaming
fikriga ko‘ra miliar so‘zlar vositasida odamlarga yyetkazish qiyin b o lg an
g ‘ayrioddiy voqealar, mazmunni maxsus ramzlar, allegorriyalar, qiyoslar
va h.k. vositasida bayon etishga bo‘lgan urinish samarasidir. Shu ma'noda
mifologik dunyoqarashni simvolik dunyoqarash deb atasak ham bo‘ladi.
Shu ma'noda miflarga hamon avvalicha qarashda turish (dogmatizm)
to ‘g‘ri emas. Boshqa tomondan qaraganda mifologiyaviy dunyoqarashni
qadimiy odamlar ongining mahsuli va shuning uchun u tobora barham
topayapti degan qarashlar ham to ‘g‘ri emas. Kishilik tarixining hamma
davrlarida miflar va mifologiya doimo bulgan va bolaveradi. Qadimiy
davrdan keyin yaratilgan mifologik asarlar jumlasiga F.Attorning (1151-
1235) ko‘plab asarlarini xususan «Go‘zal shoh hiko)^ati»ni, «Mantiq ut
tayr» asarini, A.Navoiyning (1441-1501) «Lisonut tayr»asarini va boshqa
asarlarini italiyalik mashhur shoir Dante Aligerining (1265-1331) «Ilohiy
komediya»sini frantsuz shoiri A.Remboning (1854-1891) «Yorishuv» ,
«Doczax ichra o‘tib» asarini, hind mistik faylasufi va shoiri Shri
Aurobindo Gxoshning (1872-1950) Hindistonning beshinehi Vedasi deb
hisoblanadigan «Savitri» eposini keltiri mumkin. Mifologik dunyoqarash
elementlari Ch.Aytmatovning ko‘p asarlarida ham uehraydi. Bulardan
kelib chiqib, mifologik dunyoqarash hozirgi davrda barham topayotgani
yuq, balki, aksincha, qayta kashf etilyapti deyish o ‘rinliroqdir.
4.
Mifni yangicha tushunish. Mifologik dunyoqarashning yana bir
o‘ziga xosligi shundaki, unda inson va borliq, tabiat bir-biridan ajralgan
holda emas, yaxlit, bir butun holda qaraladi. Ba'zi falsafiy adabiyotlarda
miflarda inson borliqning markaziga qo‘yiladi, degan g‘oya oldinga
surilgan. Lekin bu uncha to ‘g ‘ri emas. Zero, mifologiyaga chuqurroq nazar
solsak, unda insonning tabiat ichiga g‘arq bo‘lib ketishni, ya'ni tabiatda
erib ketishini payqashimiz mumkin. Albatta va masala keyinchalik
o‘zining yanada keng va konkret tahlilini kutmokda.
Mifologiyada dunyoning (borliqning) vujudga kelishi (genezisi)
masalalariga alohida e'tibor beriladi, hamda butun borliq mohiyatan ruhiy
deb qaraladi. Xususan, tabiat va jamiyat hodisalaming kelib chiqishi
asoslari, sabablari, kim yo nima tomonidan vujudga keltirilganligi kabilar
keng yoritiladi. Masalan, Gesiodning «Teogoniya», Gomeming «Illiada»,
«Odisseya» kabi mifologik asarlarida olamning paydo boclishi quyidagicha
tushimtiriladi: eng birinchi bor bo‘lgan narsa bu abadiy, tubsiz, cheksiz
qorong‘ulik - xaosdir. Xaos hayot manbai bo‘lgan. Barcha boshqa narsalar,
shu jumladan abadiy Xudolar ham shu xaosdan vujudga kelgan. YYEr
xudosi Geya ham shunday pay do bo‘lgan. Geyadan esa barcha erdagi
narsalarga hayot baxsh etuvchi sevgi-Eros vujudga kelgan. Cheksiz xaos
zulmat-Erebni qorong‘u tun-Nyuktani ham vujudga keltirgan. Tun va
Zulmatdan esa yoruglik-Ifor, hamda kun-Xemora pay do bo‘lganlar. Shu
tarzda yorugMik olam uzra ziyo tarata boshlagan, tun va kun almashinuvi
qaror topgan va h.k. xuddi shunday rivoyatlar Hind, Xitoy, Qadimgi 0 ‘rta
Osiyo, Bobil, Misr mifologiyalarida ham bor. Ushbu miflarda atrof
borliqqa to cg‘ri axloqiy va estetik munosabatda b o lish g ‘oyalari badiiy,
ramziy obrazlar vositasida, hissiy-emitsional vaziyat uyg‘onish orqali
vujudga keltiriladi. Mifologiyani tushunmoq uchun ramzlar (simvollar)
ma'nosini bilish zarur. Aks xolda miflar faqat bolalar ertagi bo‘lib qoladi,
uning teran ma'nosi esa yashirinib qolib ketadi. Shu ma'noda mifologiya
buvuk «sir»larni o‘zida jo etgan dunyoqarashdir. Ilmiy tilda mifologiya
davri simvolik davr deb ham ataladi.
Mifologik dunyoqarashning yana bir muhim jihati shundaki, u keyin
kelib chiqqan dunyoqarashning boshqa sikllari-din, falsafa, ilmiy bilimlar
manbai, ildizidir. Shuning uchun ham uni yaxshi tushunishning ahamiyati
katta. Zero, tarixga (ildizlarimizga) qanchalik to‘g‘ri va teran nazar sola
olsak, biz bugungi axvolimizni to cg‘ri anglash va kelajagimizni to ‘gcri
kocrish imkoniyatiga ega bo‘lamiz.
Mifologik dunyoqarashga Markscha qarashdan mutlaqo boshqacha
yondashuvni rus faylasufi A.F.Losevning falsafiy ijodida yaqqolroq
ko‘rish mumkin. Bu yerda shunga alohida ta'kidlamoq joizki, ushbu
faylasufga totalitar sotsializm davrida mifologiyani o‘rganish ayniqsa
zamonaviy mifologiya haqida asarlar yozish man etilgan edi. Shunga
qaramasdan, u o‘z ijodini to ‘xtatib qo‘ymadi va «Dialektika mifa» (M if
dialektikasi) nomli asarini yozdi, shu tufayli qamoqqa olindi va 10 yil
surganda yashadi. Uni zararli idealist sifatida qoraladilar. Ushbu faktlardan
mifologik dunyoqarashni mustabid tuzum manfaatlariga zid kelgan
jihatlari nimada ekanligini bilish zarurati vujudga keladi. Zero, busiz
mifologiya hususidagi haqiqatni anglash mumkin emas. Shuning uchun
A.F.Losevning
1991
yilda
nashr
ettirilgan
«M if dialiktikasi»ga
bag‘ishlangan asarida bayon etilgan mifga bo‘lgan boshqacha yondashuvni
nazarimizdan o ‘tkazish zarurati bor. Mazkur asarning butun-butun boblari
totalitar sotsializm mafkurasi davrida mifga berilgan ta'rifning noto‘g‘ri
j ihatlarini ochib berishga qaralgan . Ushbu ish asar bob lari ning nomidanoq
10
ko‘rinib turadi. Masalan faylasuf mazkur asaming boblarini «M if to ‘qib
chiqarilgan uydirma emas, hayolot emas, fantastik voqea emas», «M if
hayoliy ezgulik emas». Losevning ko‘rsatishicha, mifga berilgan markscha
ta'rif barcha jihatlardan noto‘g‘ri. Uningcha, mifga mu'jiza nuqtai nazardan
yondashmoq kerak. Vaholanki, totalitar sotsializm mafkurasi mu'jizalarni
inkor etib kelgan edi. Zero mu'jizalaming mavjudligini tan olish markscha
marterializmga uning dinga qarshi tabiatiga (ateizmga) zid edi. Zero,
barcha dinlarda payg‘ambarlar va avliyolarning mu'jizakorlik qobiliyati
mavjudligi haqidagi g ‘oyalar asosiy o‘rinni egallaydi. Masalan, Iso
payg‘ambaming suv ustida cho‘kmasdan tik yurganlari hodisasi, o likni
tiriltirganlari hodisasi va h.k. Huddi shu hodisalar islom diniy
dunyoqarashida ham mu'jizaviy hodisalar tegishli rivoyatlarda berilgan.
Masalan, Muhammad payg‘ambarning sekundning yuzdan bir ulushiga
to ‘g‘ri keladigan lahzasi ichida ham vujudan, ham ruhan Quddusdan
ibodatgohga borib qaytganlari (Me'roj voqeasi), dushmanlari o‘ldirishga
qasd qilib, qoldirganlarida ovozlari bor bo‘la turib, jisman ko‘rinmay
turganlari hodisasi shular jumlasidandir. Shu kabi rivoyatlar avliyolar
haqida ham ko‘plab keltirilgan. Xususan, avliyo Xo‘ja Axmad Yassaviy
namoz vaqtida Bog‘dod shahrining masjidlaridan birida jam oa bilan namoz
o‘qib, namozdan so‘ng o‘z yurtlariga qaytganlari haqidagi rivoyat va h.k.
M oc'jizalarning realligini tekshirmay, netmay, quruq inkor etish
markscha materializmning kamchiligi edi. Hozirgi kunda ushbu masalaga
bu qadar yuzaki va skeptik ravishda yondashuv maqsadga muvofiq emas.
Qolaversa, miflarda, rivoyatlarda ko‘p xollarda oddiy ko‘z bilan ko‘rib
bo‘lmaydigan, oddiy quloq bilan eshitib bulmaydigan, xullas insonning
oddiy sezgi organ lari va aqli orqali qabullab bo‘lmaydigan reallik haqida
ramzlar vositasida hikoya qilinadi. Vaholanki, materialist sezgi va aql
orqali qabullanmaydigan narsalaming realligini aslo tan olmaydi. Zero,
uning uchun o ‘zining sezgi organlari va aqlidan buyukroq qobiliyat yo‘q.
Fikrimizni yaxshiroq tushuntirish uchun Farididdin Attorning «Go‘zal
shoh hikoyasiga»ga murojaat etamiz. Hikoyat keltirishimiz etish mumkin.
Boshqa misollar ham ko‘p.
Bir so‘z bilan aytganda majozlarda, ramzlarda ifodalangan mifologik
hodisaning ertak emas, real ekani A.Navoiy tomonidan «Ayni haqiqatdir
majoz» degan so‘zlarida juda aniq ifodalangan. Shu ma’noda, Attor
asaridagi obrazlar ham ramzlar orqali ifodalangan haqiqatdir. Xususan,
go‘zal shoh obrazi Xudoning ramzidir. Surat esa moddiy borliq, ko‘plik,
xilma-xil narsalar olami. Oyna-inson qalbi. Inson o ‘z qalbiga qarasa,
l i
Ollohning aksini ko‘ra oladi. Surat va Semurg‘ (go‘zal shox) uzviy
birikadi.
Shunday qilib, totalitar tuzim davridayoq miflarga boshqacha,
mafkuraga tamoman qarama-qarshi qarashlar shakllangan ekan. Lekin bu
qarashlar mafkura tufayli keng yorilmadi.
Hozirgi davrda mifologik dunyoqarashga boshqacha yondoshuv
zarurati. Bugungi kunda biz miflarga boshqacha yondashuv imkoniyatiga
egamiz. Lekin shunga qaramasdan ushbu masalaga (falsafaning boshqa
ko‘plab masalalari kabi) dogmatik yondashuv saqlanib turibdi. Buning
sababi endilikda mafkura emas, balki avvalo ongimizning yangilanishga
hali tayyor bo‘lmaganda; ikkinchi muhim sababi shundaki, mifologiya biz
ilgari o‘ylagain mizday oddiy ertak, ermak emas, juda murakkab ma'naviy
qadriyatdir. Uning ramziy-simvolik tabiati shundan dalolat beradi.
Shuningdek, mifologiyani to ‘g‘ri tushunish m oc'jizaning tabiatini ham
anglashni taqazo etadi. Vaholanki, materializmga moslashgan bizning
aqlimimz
mu'jizalar
realligini
inkor
etib
kelgan.
Ongimizda
materializmning qarshiligini
engib
chiqish uchun bizning
oddiy
sezgilarimiz, aqlimizdan buyukroq qobiliyat egalari borligini, hususan,
payg‘ambarlar va avliyolar shunday qobiliyat egalari bolganliklarini
tushunish darajasiga etishimiz kerak.
Materialistik (moddaparastli) va ateistik (xudoning mavjudligini
inkor etish) hamda dinga qarama-qarshi nuqtai nazaming ifodasi sifatida
markscha dunyoqarash mifologik dunyoqarashning asl mohiyatini, ma'no
va ahamiyatini bilisbga intilmagani va uni bilisbga yul qo‘ymagani o‘z
vaqtida tabiiy edi. Lekin yurtimiz, ma'naviyatimiz ozod va mustaqil
bo‘lgan ushbu kunda o‘sha eski tushunchalarda qotib turishimiz hozir ham
manqurtlikdan qutula olmaganimizni, hamon marks ta'limotiga dogmatik
e'tiqodimiz saqlanib turganini bildiradi.
Vaholanki, mifologiyaga nisbatan boshqacha yondashuvni rus
mutafakkiri A.F. Losevgina namoyon etgan emas. Shu kabi qarashlar
G ‘arb dunyoqarashida ancha oldinroq vujudga kelgan edi. Bugungi kunda
esa bunday qarashlar G ‘arb ma'nafiyatida asosan qaror topib bo‘lgan.
Miflarga nisbatan moddiyuncha qarash G ‘arbda ham o‘tgan asrlar
mobaiynida keng avj olgan edi. Ya'ni fan, ilmiy bilimlar mu'jizaviy
xodisalami rad etadi, fan tasdiqlamaydigan har qanday xodisa faqat
hayoliy narsa degan tushuncha ikki-uch asr mobaynida hukm surgan edi.
Lekin G ‘arbda mavjud bo‘lgan erkinlik u yerda mifologiyaga nisbatan
boshqacha qarashlar ertaroq tug‘ilishiga olib keldi. Xususan, nemis
faylasufi, ruhshunos va fiziolog olimi V.Vund (1832-1920) mifning sof
12
aqliy abstraktsiya emasligi masalasiga eng oldin e'tibor berganlardan edi.
Vund mifning asosida kishining kundalik aqli (ongi) emas, balki ruhiyat
jazabasi-muayyan holati yotadi degan fikrni oldinga surdi. Shu ma'noda
miflarning vujudga kelishida aql, miya faoliyati juda kam qatnashadi,
deyarli qatnashmaydi deb kocrsatdi.
Dostları ilə paylaş: |