Falsafa fakulteti «falsafa va fan metodologiyasi» kafedrasi falsafaga kiris



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/16
tarix02.01.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#43531
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
17falsafagakirishpdf

4- MAVZU:

ILMIY DUNYOQARASh

REJA:

1.  Fan haqida tushuncha

2.  Fanning kelib chiqishi shart-sharoitlari

3.  Ilmiy  dimyoqarashning  o ‘ziga  xosligi, 

lining  yutuq  va 

kamchiliUari

1. 


Fan  haqida  tushuncha.  Fan  (tashqi)  dunyoni  aqliy  (ratsional) 

bilishning  oliy  (nazariy)  shaklidir.  Aqliy  bilishning  quyi  shakli-farosat, 

ya'ni kundalik idrok hisoblanadi.

Fan o‘zining kelib  chiqishi va rivojlanishida,  bir tomondan farosat va 

tajribalarga,  ikkinchi  tomondan  mustaqil  mantiqiy  evolyutsiyaga tayanadi. 

Boshqacha  aytganda,  fanga  quyidagicha  ta'rif berish  mumkin;  Fan-tashqi 

dunyo  haqida  ob'ektiv  bilimlar  hosil  qilish  va  ulami  tartiblashtirish  bilan 

shug‘ullanuvchi ratsional faoliyat shaklidir.

Fan  o‘z  faoliyatida  mantiq  va  faktlar  bilan  ish  ko‘radi.  Mantiq-bu 

to ‘g‘ri,  izchil  tartibda  filer  yuritishni  anglatadi.  Mantiqiy  tafakkur  chiziqli 

anglash hisoblanadi.  0 ‘z o‘rnida mantiq sof va amaliy qismlarga bo‘linadi. 

Sof mantiq-tushunchalarni  ta'riflash,  fikrlarni  isbotlash,  uslublar  haqidagi 

ta'limotdir.  Amaliy  mantiq-muayyan  fan  aksiomalar,  tushunchalari,  hukm 

va xulosalaridan iborat.

Fakt  -  ro‘y  bergan  hodisa,  amalga  oshgan  ishni  ifodalaydigan 

mantiqiy  tushuncha  bo‘lib,  unda  sub'ektivlik  qonunlari  ustuvor  boladi. 

Masalan,  YYEr  sharining  shar  shaklida  ekanligi-fakt.  Suyuqlikka  (gazga 

ham)  botirilgan  har  qanday  jism   uni  yuqoriga  itaradigan  va  og‘irligi  u 

tomonidan siqib chiqariladigan suyuklik miqdoriga teng boMgan kuch ta'sir 

etadi.  Bunda qonun fakt vazifasini bajaradi.

Fan  tarixini  o ‘rganuvchi  olimlaming  tasdiqlashlariga  ko‘ra,  fan 

borliqni  maxsus  o‘rganish  samarasi o‘larok vujudga kelgan.  Ya'ni fan kelib 

chiqishidan  oldin  dunyoni  yaxlit  bilish  shakllari  mavjud  bo‘lgan,  bu 

mifologiya,  din,  falsafa.  Fan  esa  dunyoni  turli  qirralarga bo‘lib  ayrimlikda 

o‘rganish  bilan  shug‘ullanadigan  faoliyat  sohasidir.  Shu  ma'nodan  fan 

dastlab  borliqni  tahliliiy  (analitik)  o‘rganadigan  bilim  sohasi  sifatida 

shakllandi.  Masalan,  avval  yaxlit  bolgan  bilimlardan  dastlab  astronomiya, 

geometriya,  arifmetika,  mexanika  kelib  chiqdi,  XIX  asr  o‘rtalarida 

biologiya,  ximiya  va  jamiyat  haqidagi  fanlar  ajralib  chiqdi.  Dunyo 

haqidagi  dastlabki,  yaxlit  bilimning  sohalarga  ajralib  ketishi-bilimning 

differensiallashuvi  deb  yuritiladi.  Dastlab  olimlar  qomusiy  bo‘lganlar, 

keyin esa bu barham topib,  differentsiallashuv yanada kuchaygan.

16



Shuning  natijasida  ilmiy  bilim  bilan  mashg‘ul  bo‘lgan  olimlar 

orasida  mehnat  taqsimoti  vujudga  kelgan.  Qomusiylik  esa  juda  noyob 

holga  aylangan.  Umumiyatni  o‘rganish  bilan  shug‘ullanuvchi,  xususiy  ilm 

sohalarida  faoliyat  bajaruvchilar  orasida  keskin  ajralish  sodir  bo‘ldi. 

Natijada,  umumiyatni,  yaxlitlikni  biladiganlar  ayrimlikni  bilmasligi, 

ayrimlikni  biladiganlar  esa  umumiyatni  bilmasligiga  olib  keldi.  (Fil 

haqidagi  hikoya,  umumiyat  haqidagi  bilim  bo‘lgan  falsafani  safsata  deb 

hisoblash, uning kerakligini  inkor etish-pozitivizm).

Buning ustiga,  fanni  har bir  sohalaming o‘z  ichida differansiallashuv 

sodir  bo‘lib,  buning  natijasida  mayda  soha  mutaxassislari  paydo  bo‘ldi  va 

ular  boshqa  sohalarni  tushuna  olmasligi  ob'ektiv  va  sub'ektiv  holatga 

aylanib bordi.

Fanning  kelib  chiqishi  shart-sharoitlari.  Insoniyatning  hozirgi  ongi 

umuman  olganda,  eski  sivilizatsiyadan  qolgan  buyuk  yutuqlarni  ham,  fan 

sifatida  yangidan  shakllangan  yutuqlarni  ham  o‘zida  jo  etadi  deyish 

mumkin.  Masalan,  bu  ezoterik  falsafa  (xususan,  tasavvuf ta'limoti)  aslida 

bitta buyuk  ilm  bor.  Bu  Xudoga xos  bo‘lgan  bolgan  buyuk yaxlit  Hikmat 

bo‘lib,  oddiy  odamlarga,  hatto  buyuk  payg‘ambarlarga  ham  muqaddas 

kitoblar orqali ularning faqat bir qismi beriladi,  nozil  etiladi.

Falsafa  tarixining  guvohlik  berishiga  ko‘ra  ham  Hikmat  «falsafa» 

deb  ataladigan  yaxlit  bilim  bo‘lgan.  Shu  falsafa  bir  vaqtning  o‘zida  ham 

mistik-mifologik  mazmunni,  ham  diniy  (Xudo  bilan  bog‘lanishga  xos) 

mazmunni,  ham  aqliy  bilimlarni  o ‘z  ichiga  qamrab  olgan.  Maxsus  fanlar 

shu  yaxlit  bilimlar  ajralib  chiqqanlar  (differensiallashuv).  Nemis  faylasufi 

Gegel ta'limotida ham  shu filer namoyon bo‘ladi; tezis-antitezis-sintez.

Fan-dunyoni  ob'yektiv  (sub'yektiv)  nazariy  bilishga  asoslangan 

dunyoqarash  sifatida  dunyoqarashning  boshqa  shakllaridan  quyidagilar 

bilan farqlanadi;

Ob'yektiv

Tashqarigayunalgan (makrokosmni, materiyani bilish kabilar)

Faktlarga tayanadi

Mantiqka tayanadi

Analitik ehtiyojlar birlamchi turadi

Aniq  ish  ko‘radi  (ko‘rinadigan,  seziladigan  borliqni  aql  bilan  idrok 

etadi,  mantiqiy tushunchalar va qonunlarga tayanadi)

Xususiy bilimlar ishlab chiqadi va h.k.

Sh ubilan bir qatorda kamchiliklar ham mustasno emas, jumladan;

Sub'yektiv emas

Ichkariga, ya'ni  o‘z - o‘zini bilishga qaratilmagan

17



G ‘ayb olami  bilan bog‘lanmagan 

Ruhiy ehtiyojlar ustuvor emas 

Majoz,  obrazlardan foydalanilmaydi 

Umumiylik miqyosi,  darajasi tor va qisqa kabilar.

Umuman,  fan  inson  va jamiyat  evolyutsiyasida juda  katta  salmoqqa 

ega  bo‘ladi  va  hamon  shunday  bo‘lib  qolmoqda.  Fanning  erishgan  juda 

yuqori  marralari  eng  oddiy  er  olchash,  kasalliklarni  davolash,  tabiat 

hodisalarini  tasvirlash  darajasidan  to  hozirgi  davrda  klonlashtirishga  borib 

yetadi.  Hozirgi  sivilizatsiya asosan,  fan yaratgan  sivilizatsiyadir.

Bular  barchasi  fanning  obro‘-e'tiborini  ta'minlaydi.  Shuning  uchun 

ham  XX  asr-ilmu  fan  davri  bo‘ldi.  Ilmiy  dunyoqarash  dunyoqarashning 

boshqa  shakllaridan  ustuvorligini  namoyon  etadi.  Siyosat  ham  ilmiy 

mafkuraga  asoslanadigan  b oldi.  Xatto,  falsafa,  gumanitar  fanlaming  ham 

ratsionallashuvi  sodir bo‘ldi.

Siyosat,  falsafa,  ruhiyat-barchasida  aqliy munosabat ustuvorligi  keng 

tus  oldi,  jumladan,  hisob-kitob  bo‘yicha,  shartnomaviy  turmush  qurish, 

kompyuter  orqali  tanishuv  asosida  dunyoga  kelgan  muhabbat-bulaming 

barchasi  ilmiy  dunyoqarash  miqyosining  yanada  kengayganligidan  dalolat 

beradi.  His-tuyg‘u,  ular  bilan  bog‘liq  psixologik  kechinmalar  noratsional 

bo‘lganligi  uchun  o‘zining  asl  mazmunidan  yiroqlasha  boshladi  va 

nazardan qoldi.

Shu  bilan  birga,  fanning  taraqqiyotida  faqat  ijobiy  emas,  salbiy 

xodisalar ham kuzatildi va kuzatilmoqda.  Jumladan:

Fan  va  uning  amaliy  shakli  bo‘lgan  texnika  va  ilmiy  dunyoqarash 

bilan 

qurollangan 



sivilizatsiya 

YYEr 


yuzidagi 

hilma-hil 

hayot 

shakllarining  mavjud  bolish  imkoniyatini  tobora  cheklab  bormoqda. 



Sichqon,  fil,  chivin,  odamlar  kabi  barcha  tirik  mavjudotlar  avlodlar 

almashinuvi  tarzida  yashash  maqsadiga  ega.  Buning  oqibatida  tabiatning 

qonuniyatli  o‘zaro  bog‘liqligi,  muvozanatiga  putur  yetmoqda.  Texnika 

sohasi  biosferani  batamom yutib yubormoqda,  endigi  navbat esa odamning 

o‘ziga etib keldi.

YYEr,  suv,  havo  (ekinlar)  ifloslanishi,  ozon  himoya  qatlamining 

yorilishi  va  kengayib  borayotganligi,  umuman,  YYEr  yuzidagi  bio- 

ekologik  hayot  havf  ostida.  Eksperimental  meditsina  tabiat  nafaqat 

insonning  yashash joyi  edi,  balki  ozuqa  manebai,  dori-darmon  toza  havo 

manbai  ham  edi  (YYErning  o‘pkasi  edi).  Yozuvchilar  ko'pdan  beri  fan- 

texnika  taraqqiyoti  tufayli  vayron  bo ig an   tabiat  taqdiri  haqida  bong 

urishmoqda.  Har bir  giyoh,  daraxt,  hayvon  taqdiriga  achinmoqda.  Xalqaro 

nodavlat  tashkiloti  sifatida  faoliyat  yuritayotgan  Rim  klubi  60-yillardan

18



buyon  YErdagi  hayotning  barcha  sharoitlarini  jiddiy  o‘rgamshni  o‘z 

zimmasiga  olgan.  Bu  tashkilot  60-yillardan  boshlab  YErdagi  axoli  soni, 

tabiati,  resurslari,  atrof-  muhitning  bulg‘anishi,  kishi  boshiga bir yil  uchun 

ketadigan  oziq-ovqat  va  sanoat  mahsulotlari  miqdorini  o‘lchash,  ulami 

ilmiy  tahlil  qilish  bilan  shug‘ullanadilar.  Foydali  qazilmalar,  energiya 

zahiralari  20-30  yillarga  kelib  tezlik  bilan  halokatli  vaziyatlarni  keltirib 

chiqarishi  bashorat qilmoqda.

3.  Texnika  taraqqiyoti  insonni  nafaqat  jismoniy,  balki  sogcligini 

inqirozga  olib  kelishi  faqat  tabiatga  salbiy  ta'sir  orqali  yetkazilmayapti, 

balki  bevosita  sodir  bulyapti.  Muskul  kuchlari,  aqliy  gimnastika  o‘miga 

texnika  bu  o ‘rinlami  zabt  etmoqda.  Avtomatlar,  robotlar,  kompyuteriar 

tobora inson hayotiga ham jismonan,  ham aqlan tajovuz qilib bormoqda.

4.  Energiya,  suv,  tuprok,  havo,  foydali  qazilmalar  tabiyligiga  putur 

etib  kamayib  ketgan.  0 ‘z  navbatida  iqtisodiy,  siyosiy,  axloqiy  inqirozlar 

keskinlashuvi kuzatilmoqda.

5.Aqliy  (ratsional)  bilimgagina  rnutloq  e'tibor  kuchayib,  ruhiyat 

(ma'naviyat)ga  e'tiborning  siqib  qocyilishi  oqibatida  inson  evolyutsiyasida 

to ‘xtalish, )^a'ni  insoniy tuygcularning emirilishi  sodir bo‘lmoqda.

Ilmiy dunyoqarashning o‘ziga xosligi,  uning yutuq va kamchiliklari.

Ba'zi  zamonaviy  mutafakkirlaming  ta'kidlashiga  ko‘ra,  fanning 

texnikaviy  taraqqiyot  yo‘lining  boshi  berk  (tupik). 

Aslida  inson 

evolyutsiyasi  boshqa  o‘zgacha yo‘ldan  borishi  kerak.  Bu yo‘lda  Atlantida, 

Nux  a.s.  davridagi  kabi  halokat  (magnit  qutblarini  o ‘zgarishi)  kuzatilishi 

mumkin.

Nemis  faylasufi  I.Kant  fan  ikki  kasallikka  mubtalo  ekanligini  qayd

etadi;

Fan 


gorizontining 

(ufqlarining) 

torligi, 

tafakkur 

(aql)ning 

biryoqlamaligi

Uning maqtagulik (arzigulik maqsadga emasligi)

Fan 


ufqlarining  torligi 

shundaki, 

insonning  sezgi 

organ] ari 

cheklangani kabi,  aqliy faoliyat imkoniyatlari ham cheklangan,  ojiz.

Turli  asboblar  yordamida  bu  texnikaviy  aqliy  (kompyutemi) 

takomillashtirishga  qaramay,  u  bari-bir  cheklanganicha  qoladi.  Chunki  bu 

p ay g" am bar  ongi  quvvati  emas.  Fan  nari  borsa  faktlar  to'plab,  ularni 

tartiblashtirib, ular haqida umumiy hulosalar chiqarish bilan shug‘ullanadi

Aql  o‘z  tabiatiga  ko‘ra  ajratish  bilan  shug‘ullanadi,  shuning  uchun 

umumiyatni,  mohiyatni  ko‘ra  olmaydi.  Ko‘rganida  ham,  juda  tor  doira 

amal  qiladigan,  yuzaki  konunlarni  kashf etadi,  teran,  chuqur  mohiyatlarni 

emas.  Chunki,  inson  evolyutsiyasining  bosqichlaridan  biri  bo‘lgan  aqlning

19



bosh vazifasi  o ‘zining yashashi  (saqlanishi) uchun bo‘lgan tabiatdan  o ‘zini 

ajratish  edi.  Bu  ajratish  vazifasini  u  zo‘r  berib  rivoj lanlirdi  (har  yoqlama) 

insonni  tabiatdan,  koinotdan,  dindan,  mifdan,  bir-biridan  ma'lum  ma'noda 

ajratishga  muvaffaq  buldi.  Bu  esa  butun  borliq  uchun  birdan  umumiy 

bo‘lgan chuqur haqiqatni bilishga olib kelmasligi  rost.

Ilmiy  bilimlaming  nazariylashuvida  matematikaning  roli  muhim 

Zero,  barcha  fanlar  orasida  matematika  sof  konkret  faoliyat  bilan 

shug‘ullanadi. 

Shuning 

uchun 


fanlaming 

nazariylashuvi 

ularning 

matematikalashuvi  darajasi  bilan  belgilanadi.  Masalan,  fizika  V*SG't2 

in ate in at ikalas hg an. 

Boshqa 


fanlarda 

ham 


shunday 

jarayonlar 

kuzatilmoqda  va  uning  natijasida juda  ko‘p  fan  sohalarida  nazariylashuv 

avj  olgan.  Hozirgi  kunda  fan  taraqqiyotining  asosiy  tamoyillari  quyidagi 

sabablarga ko‘ra farqlanadi:

Differentsiallashuv;

Matematikalashuv  (nazariylashuv,  ya'ni  aqliy  faoliyatning  oliy 

bosqichga ko‘tarilishi);

Integrallashuv;

Ekologiyalashuv (Yashillar partiyasi,  EKOSAN);

Gumanitarlashuv (sinergetika).

So‘nggi  ikkita  tamoyil  hali  mukammal  shakllanmagan,  faqat  orzu 

darajasida.  Bu  orzuga  yetishmoq  uchun  hali  fan  sohasida  ko‘plab  ishlarni 

amalga oshirish zarur.  Buning uchun fan dunyoqarashning boshqa shakllari 

bilan faol munosabatlami yo‘lga qo‘yib, vaziyatni uyg‘unlashtirshi  lozim.


Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin