1 - MAVZU:
DUNYOQARASh, UNING INSON
VA JAMIYAT HAYOTIDAGI ROLI
REJA:
/.
Dimyoqarash tushunchasi. Dimyoqarash mazmimiga kiradigan
muammolar doirasi
2. Dimyoqarashning tarkibiy tuzilishi (struktnrasi).
3. Dimyoqarashning miqyoslari. Dimyoqarash va mafkura.
1.
Dunyoqarash tushunchasi. Dunyoqarash mazmuniga kiradigan
muammolar doirasi . Eng qadim zamonlardan to shu bugunga qadar barcha
tarixiy davrlarda har qanday fikrlovchi kishini qiziqtirib kelgan shunday
masalalar borki ularga javob izlash insonning chin insoniy mohiyatini
uning hayvondan keskin farqini belgilaydi. В ularga inson yashab turgan
dunyoning mohiyati tabiati qanday? Bu dunyo o‘zi qanday vujudga kelgan
u nimalardan tashkil topgan? Dunyoda inson qanday o‘rinni egallaydi?
Insonning mohtyati nimada? Inson hayotida biron ma'no bormi yo yo‘kmi?
Inson nimaga intilib yashamogci kerak? I-Iayot nima? O clim nima?
0 ‘limdan so‘ng insonning qanday voqelik kutadi? Yoki hech qanday
voqelik bo‘lmaydimi? Abadiyat nima, u bormi yo yo‘qmi? Agar bor
bo‘Isa, unga qanday erishish mumkin? Inson tafakkuri nima? Tafakkur
yordamida borliqni bilish mumkinmi? Inson tafakkuri o ‘zini kurshib turgan
borliqqa, avvalo ijtimoiy borliqqa qanday munosabatda bo‘lmog‘i lozim?
Ya'ni u tabiatda va jamiyatda o‘zini qanday tutmog‘i kerak? U
zo‘ravonlarcha yashashi kerakmi yo qullarchami? Shu kabi masalalar
insoniyatning barcha avlodlami qiziqtirib kelgan abadiy muammolardir.
Davrlar o ‘tishi mobaynida ushbu masalalar doirasi yangi muammolar bilan
boyib boravergan.
Masalan: “Kommunizm“ davrida jamiyatimiz porloq istiqbolga
intilib yashagan edi, endilikda - mustaqillik sharoitida qaysi marraga
intilmoq kerak? Umuman, er qurrasidagi hozirgi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy
hayotni qanday baholamoq kerak. Hozirgi davr ekologik sharoitini, uning
sabab va oqibatlarini baholamoq va u bilan bog‘liq qaltis ahvoldan qanday
qutilmoq mumkin? Umumbashariy qadriyatlar nimalardan iborat, ularni
qanday aniqlash rivojlantirish va himoyalash mumkin? va shu kabilar
yangi savollar jumlasiga kiradi.
Hayotda uchraydigan boshqa savollardan farqi shundaki, birinchidan
bu savollar shu darajada murakkab va chuqurki, ularga buyuk hikmat
egalari necha asrlardan javob izlab kelganlar va yyechimsiz muammolar
harnon bor; ikkinchidan, bu savollar bir individ hayotiga emas, butun
3
insoniyatga taalluqlidir; uchinchidan, agar bu savollarga to cg‘ri yechim
topilsa, boshqa har qanday savol yechimining kaliti topilgan bo‘ladi;
to ‘rtinchidan, shu savollarga o‘zini qoniqtiradigan javob topilmagunicha
oqil inson o ‘zini chinakam baxtli deb his eta olmaydi.
Masalan: Buyuk donishmand, olim Umar Xayyom bu haqida
shunday yozganlar:
Men tug'ildim, gar dim ко ‘rdimi foyda,
О ‘Isam, mart aba sin oshmog‘i qayda?
Hech kirn tushimtirib bera olmaydi
Dostları ilə paylaş: