TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI MOLIYA FAKULTETI SMMT 96/21-GURUH ABDUVOHIDOVA MAHLIYO FALSAFA FANI DIALEKTIKA NIMA? Dialektika [yun. dialektike (techne) — suhbat olib borish, bahslashish sanʼati] — borliqning vujudga kelishi, uning taraqqiyoti haqidagi falsafiy taʼlimot hamda voqelikni bilish va unga asoslangan tafakkur uslubi. "Dialektika" tushunchasi falsafa tarixida dastlab hozirgi maʼnosidan boshqacha tushunilgan. Yunon falsafasida dialektika muxolifning muhokamasidagi ziddiyatlarni ochib tashlash, munozara orqali haqiqatni topish sanʼatini anglatgan. Keyinchalik bu usul tabiat hodisalariga tatbiq etila boshlagan, bilish uslubiga aylangan. Dialektik tafakkur voqelikni bilish jarayoni sifatida inson, jamiyat bilan bogʻliklikda paydo boʻlgan. Voqelikni bilish va uni inson manfaatlari yoʻlida oʻzgartirishning dialektik us-lubini anglashga intilish qadim zamonlarga borib taqaladi. Bu intilish dastlab Sharqda paydo boʻlib, antik davrda oʻz takomiliga yetgan. Falsafa tarixida dialektika turlicha talqin qilingan. "Dialektika" soʻzi ilk bor Sokrat (Suqrot) tomonidan qoʻllanilgan. U dialektikani bir-biriga zid, qarama-qarshi fikrlar toʻqnashuvi orqali haqiqatni topish sanʼati deb bilgan. SUQROT Geraklit fikricha, dialektika— muttasil harakatdagi olam ichki jihatdan ziddiyatli va u doimiy vujudga kelish, rivojlanish hamda tanazzulga yuz tutish — qaramaqarshiliklar birligidan iborat. Mazkur davrda Geraklit va boshqa yunon faylasuflari taʼlimotlari negizida sofistlarning salbiy tusdagi dialektikasi vujudga keladi. Sofistlar haqiqatni borliq dialektikasidan emas, bahslar olami, ruhiyatidan axtarib, ziddiyatli inson tafakkurini harakatga keltirdilar, oxir-oqibatda bilish faqat nisbiy, gumoniy, taxminan ekanligini eʼtirof etishgacha borib yetdilar. Oʻrta asrlardan XVIII asrgacha dialektika oddiy (maktabda oʻqitiladigan) mantiq ilmi sifatida tushunib kelindi. Platon dialektikani narsalarning ideal mohiyatini bilish maqsadida tushunchalarni boʻlak-boʻlaklarga ajratish, soʻng bir-biri bilan oʻzaro bogʻlash uslubi deb hisoblagan. AFLOTUN(PLATON) Falsafa tarixida dialektikaning 3 ta asosiy shakli tarkib topdi: 1) qad. dunyodagi ilk, stixiyali, sodda dialektika (Geraklit, Platon va b.); 2) nemis mumtoz idealistik (xususan, Gegel) falsafasi; 3) K. Marks va F. Engels asos solgan materialistik D. K. Marks, F. Engels va xususan, V.I. Lenin dialektikani voqelikni bilish va uni inqilobiy oʻzgartirish qaqidagi taʼlimot hamda buning tegishli uslubi deb hisobladilar. E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!