Konfutsiylikning bosh Xudosi – osmon Xudosi edi. Keyinchalik Konfutsiyning o‘zi ham ilohiylashtirilgan.Uning sharafiga, xatto imperatorning o‘zi ham diniy marosimlarni bajo keltirar edi. Bu bejiz emas edi, albatta. CHunki, konfutsiylik oddiy xalq ustidan aslzodalarning hukmronligini oqlar edi. Bu dinga ko‘ra, ayni vaqtda imperatorning o‘zi oliy xudoning erdagi vakili hisoblanadi. Konfutsiylikda imperatorga qarata yozilgan quyidagi maslahat ham bor: “agar imperator biror katta maqsadni amalga oshirmoqchi bo‘lsa, u albatta, ajdodlari ibodatxonasiga borishi lozim. Qilmoqchi bo‘lgan ishidan, o‘zining maqsadidan avlodlarini xabardor etmog‘i kerak. SHu paytda u osmonda yulduzlarning holatiga qaramog‘i, ular qulay joylashganligiga ishonch hosil qilganidan so‘ng o‘zining maqsadini amalga oshirishi mumkin”.
Konfutsiylik tarafdorlari diniy kitoblardagi ta’limotga qatiy rioya qiladilar; bu ta’limot mavjud tuzumning engilmasligini targ‘ib qilganligi uchun Xitoy feodalizmining asosiy mafkurasi bo‘lib qolgan.
Sintoizm (sinto – xudolar yo‘li demakdir). YAponiyada keng tarqalgan, an’anaviy milliy xarakterdagi dinlardan biri. Bu din ilk feodalizm davrida (VI-VII asrlar) rivojlangan va urug‘chilik, kabilachilikka xos animistik va shomonlik marosimlari yig‘indisidan iborat holda vujudga kelgan. Sintoizm ta’limotida YAponiyada joriy etilgan ijtimoiy-siyosiy tartibning mustahkamligi va o‘zgarmasligiga, quyosh tangrisi-Amaterasuning naslidan deb hisoblangan yapon imperatori-Mikado hokimiyatining iloxiyligiga ishonish, imperator ajdodlarini muqaddas deb tan olish, ajdodlar sharafiga tayinlangan oila-urug‘ marosimlarini bajarish kabilar asosiy o‘rin egallaydi.Sintoizmning puxta ishlangan aqidalari yo‘q. Diniy marosimlarni kannushlar deb ataladigan aloxida koxinlar ijro etadi. Kannushlik vazifasi nasldan naslga o‘tadi.Hozirgi vaqtda yaponlarning yarmidan ko‘pi sintoizm bilan buddizmni teng ko‘rib, xar ikkalasiga e’tiqod kiladilar; hayotiy marosimlar – tug‘ilish, nikoh kabilar sintoizm ibodatxonalarida bajarilsa, dafn etish va marhumni xotirlash marosimlari Buddizm ibodatxonalarida o‘tkaziladi. Sintoizm bilan Buddizmning bir-biriga ta’siri kuchli. Sintoistlar Buddizm dini uchun ibodatxonalar qurish bilan cheklanmadilar, balki o‘rta asrlarga kelib sinto-budda qo‘shma ibodatxonalari vujudga kela boshlagan.Sintoizmning o‘ziga xos xususiyati o‘zi targ‘ib qilgan xudoga sig‘inish, boshqa millat kishilarining bu dinga sig‘inishini ma’n etishdan iborat. Sintoistlarning muqaddas kitobi bo‘lmagan, ammo ibodatxonalarda yozilgan diniy afsonalar uchrab turadi. VIII asrga kelib og‘zaki diniy afsonalar asosida "Kodziki" (qadimgi ishlar to‘g‘risida yozuvlar) nomli diniy kitob paydo bo‘ldi. Unda asosan imperatorlar sulolasining kelib chiqishi ilohiylashtirilgan. VIII-X asrlarda sig‘inish qoidalari ishlab chiqilgan va xudolar nomi ro‘yxatga olingan edi.
1886 yildan to XX asrning 40 yillarigacha sintoizm YAponiyaning davlat dini hisoblanar edi. Natijada dinning strukturasi ham o‘zgara boshladi, ilohiy ruxlar o‘rniga imperator shaxsi ulug‘landi. Sintoizmda milliy ibodatxonalar ko‘plab qurildi. XIX asrning oxirlariga kelib mohiyatini yo‘qota boshlagan sintoizm 1945 yilda davlatdan ajratildi. Xozirga paytda sintoizm tarafdorlari unchalik ko‘p emas, ammo uni zamonga moslashtirishga urinishlar davom etmoqda.