3.Vahy nozil bo‘lishining boshlanishi. Makka davri Muhammad payg‘ambar 40 yoshga etganida ko‘proq yolg‘izlikni qo‘msaydigan bo‘lib qoldi. SHunday paytlarda Makkadan 3 mil uzoqdagi Hiro tog‘ida joylashgan g‘orga chiqib ketar, erlik aholi odaticha ramazon oyini u erda ibodat bilan o‘tkazardi. G‘amlagan ozuqalari tugagach, Xadicha oldiga qaytib, bir oz vaqtdan so‘ng yana o‘sha g‘orga ketar edi. U erda o‘zini sukunatga berib, chuqur o‘yga tolar, g‘oyibdan quloqlariga “Sen Allohning elchisisan” degan tovushlar eshitilar edi. Ko‘p tush ko‘rar, tushida ko‘rgan narsalari o‘ngida to‘g‘ri chiqar edi.
Ba’zi tadqiqotchilarning fikricha, shu holda nozil qilingan “Alaq” surasining boshidagi besh oyat ilk vahiydir. Xadicha bu xabarni yaxshilikka yo‘yib, Varaqa ibn Navfal nomli samoviy kitoblardan boxabar bo‘lgan amakisining huzuriga borib, bu voqeaning tafsilotini so‘radi. SHundan so‘ng Muhammad payg‘ambar yashirin da’vatga o‘tdi. Birinchi bo‘lib Xadicha bint Xuvaylid va amakivachchalari Ali ibn Abi Tolib islomni qabul qilishdi. Vaqt o‘tishi bilan musulmonlar soni 30 kishiga etdi. Ular o‘z dinlarini yashirin saqladilar. Bu holat uch yil davom etdi. SHunday qilib, Muhammad payg‘ambar qiyomat oldidan yuborilgan oxirgi payg‘ambar – nabiy va rasul deb tan olindi.
Nabiy – arabcha so‘z bo‘lib, “xabarchi”, “xabar etkazuvchi” ma’nolarini beradi. Payg‘ambarlar orasida ularga alloh tomonidan alohida kitob va shariat nozil qilinmagan va avvalgi payg‘ambarning kitob va shariatini insonlarga targ‘ib qilganlari – nabiylar deyiladi. Masalan, Ismoil, Isxaq, YA’qub, zakariyo, Sulaymon kabi payg‘ambarlar.
Rasul – arabcha so‘z bo‘lib, “elchi” ma’nosini anglatadi. Alloh tomonidan alohida kitob va shariat berilgan payg‘ambarlar – rasullar deyiladi.
SHu o‘rinda shuni alohida ta’kidlash joizki, rosul nabiy bo‘la oladi. Lekin nabiy rosul bo‘la olmaydi. Muhammad payg‘ambar ham nabiy, ham rosul edilar.
Ochiq da’vatdan so‘ng Makka mushriklari Abu Bakr, Usmon ibn Affon kabi islom qabul qilgan ulug‘ va badavlat zotlarga hech narsa deya olmas ham, ammo zaif, kambag‘al, himoyasiz musulmonlarni qattiq siquvga oldilar. Habashistonga borishni istagan 11 erkak va 4 ayoldan iborat bo‘lgan birinchi guruh Makkadan yashirin ravishda chiqib, Qizil dengiz bo‘ylab ketdi. Ularning ichida Usmon ibn Affon va xotini Ruqiyya (Payg‘ambarning qizi), Abu Huzayfa va xotini, Zubayr ibn al-Avom, Abdurrahmon ibn Avf, Abdulloh ibn Mas’ud bor edilar. Guruh boshlig‘i Usmon ibn Maz’un edi. Bu 15 kishi vahiyning beshinchi yili Habashistonga (Oqsum podshohligi) etib keldilar. Ularni Habashistonda xristianlar juda yaxshi kutib oldilar. U erda yaxshi, sokin hayot kechira boshladilar. Ularning bunday osoyishta hayot kechirayotganliklarini eshitgan boshqa musulmonlar ham bir yildan so‘ng ikkinchi guruh holida u erga hijrat etdilar. Bu guruhning boshida Ja’far ibn Abi Tolib (Alining akasi) bo‘lib, ular 80 kishi edilar. Habashiston xalqi va uning podshohi Najoshiy muhojirlarga juda yaxshi munosabatda bo‘ldilar.
Makkaliklarning qattiq qarshiliklaridan ko‘p ozor chekkan Payg‘ambar Toifga yo‘l oldi. Biroq toifliklardan hech kim islomni qabul qilmadi. SHu qiyinchilik yillarida «Isro va Me’roj» voqeasi yuz berdi. Qur’ondagi «Isro» va «Najm» suralarida bu hodisa haqida so‘z yuritilgan.
Da’vatning o‘ninchi yili haj mavsumida Payg‘ambar Makkaning shimolida «Aqaba» deb ataladigan bir tepalikda YAsrib (Madina) shahridan kelgan olti kishini uchratib, ularni islomga da’vat etdilar. Ular islomni qabul qildilar. Ushbu uchrashuv islom tarixida «Birinchi Aqaba bay’ati» deb nom oldi. Unda As’ad ibn Zarora, Rafi’ ibn Molik, Avf ibn Horis, Qutba ibn Omir, Uqba ibn Omir, Jobir ibn Abdullohlar Payg‘ambarga din shartlarini bajarishga «bay’at» (qasamyod) qildilar. Keyingi ikki haj mavsumida ham Aqaba bay’ati bo‘lib o‘tdi. Ikkinchi uchrashuvda madinaliklardan 12 kishi, uchinchisida esa 75 kishi ishtirok etdilar. Bu voqealardan so‘ng Payg‘ambar Madinaga hijrat qilmoqlikka qaror qildi.