Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu: Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli


Bundan ko‘rinib turibdiki, islom huquqi vaqtiga, o‘ringa, sharoitga qarab muayyan xildagi o‘zgarishlarga uchragan, har xil sharhlarga duchor bo‘lgan



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə159/171
tarix12.01.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#78985
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   171
Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu Falsafa fanining predmet

Bundan ko‘rinib turibdiki, islom huquqi vaqtiga, o‘ringa, sharoitga qarab muayyan xildagi o‘zgarishlarga uchragan, har xil sharhlarga duchor bo‘lgan.
YUqoridagi mazhablarning faoliyatida faqatgina sof huquqiy masalalar bilan cheklanmaganliklari tufayli bular shariat qonunlarining keng tarqalishiga olib kelgan. Ular qonunchilik tartib-qoidalari majmuiga nafaqat huquqiy masalalarni, balki diniy marosimchilik, savdo-sotiq, xulq-atvor masalalarini ham kiritganlar. Islom huquqshunoslari shariat qozilaridan boshqa sudlovchi tashkilotlar bo‘lmaganidan, musulmon huquqshunoslari barcha huquqiy va diniy masalalarni o‘zlari hal etardilar.
Keyinchalik islom xududida rivojlangan davlatlarning mustaqil taraqqiyoti jarayonida ularning manfaatlarini qo‘riqlovchi turli-tuman dunyoviy qonunlar vujudga kela boshlagan. Qur’onda turli-tuman joiz va ta’qiqlarning bir turkumi mavjud. Ular keyinchalik kengaytirgan va bu elementlardan qonunlar majmui yoki islom huquqi tarkib topgan. Amalda shariatning asosiy yo‘nalishi hayotning turli masalalariga diniy nuqtai nazardan baho berishdir. Sof yuridik qarashlar unga keyinchalik kiritilgan.
3.SHialik: sekta, mazhabi.
SHia”- guruh, partiya, tarafdorlari degan ma’nolarni beradigan arabcha so‘zidan kelib chiqqan.
SHialik o‘z ahamiyati va tarafdorlari soniga ko‘ra islomdagi ikkinchi yo‘nalishdir. U VII asrning ikkinchi yarmida musulmonlarning maxsus va siyosiy guruhi sifatida yuzaga kelgan. U choryorlarning to‘rtinchisi Ali tarafdorlarini birlashtirgan. U juda ko‘p sektalarga bo‘linib ketgan. Bular orasida ismoiliylar hozir 35 millionga yaqin tarafdorga ega bo‘lib, otahonlar boshchiligida hozir ham islom doirasida katta rol o‘ynamoqda.
SHialar Arabistonda paydo bo‘lgan teokratik davlat-xalifalikdagi oliy hokimiyat uchun olib borilgan keskin kurash jarayonida kelib chiqqan. Xalifalikning barcha bosh lavozimlari 644 yildan boshlab quraysh qabilasiga mansub bo‘lgan xalifa Usmon boshliq makkalik oqsuyaklar-muhojirlar qo‘liga o‘tgan.
Islomda jabr-zulm qoralansa-da, baribir, ular islomga bo‘ysundirilgan boshqa xalqlardan tashqari musulmon arablarning o‘zlarini ham qattiq ekspluatatsiya qilishaveradi. Bundan norozi bo‘lgan arablar Xalifa Usmonga qarshi qo‘zg‘alon ko‘tarib, uni Madinada o‘ldirishgan. Xalifalik lavozimiga Ali ko‘tarilgan. Biroq, u o‘z hokimiyatini quraysh oqsuyaklaridan himoya qilishga majbur edi. Ali tarafdorlari u payg‘ambarning amakivachchasi va kuyovi bo‘lganligi uchun musulmonlarning boshlig‘i bo‘lishi kerak, uning vafotidan keyin esa bu lavozim uning avlodlariga meros bo‘lib o‘tishi kerak, deb chiqishgan. Biroq taxt uchun kurashda Suriya hokimi Muoviya boshliq quraysh zodagonlari g‘olib chiqqan. Ali tiriklik chog‘idayoq Muoviya xalifa deb e’lon qilingan.
SHialar Alidan boshqa barcha sunniy xalifalarning uzurpatorlar, ya’ni siyosiy hokimiyatni zo‘ravonlik bilan qo‘lgan olgan kishilar deb hisoblaydilar. Bular Alining avlodi bo‘lgan 12 imomdan iborat o‘z sulolalarini ularga qarshi qo‘yganlar. Ular Alini, uning o‘g‘illari-Hasan va Husaynni hamda ularning avlodlarini shahid, deb hisoblashgan.
Islom tarqalgan mamlakatlardagi iqtisodiy va siyosiy o‘zgarishlar natijasida turli davrlarda musulmonlarning har xil guruhlari, ayniqsa ko‘proq sektalar paydo bo‘la boshlagan. Bular sunniy va shia yo‘nalishlaridan ajralib chiqqan bo‘lib, musulmon sektalari deyiladi. Bularning islomdagi hanafiy, hanbaliy, shofi’iy, molikiy kabi mazhablar bilan aralashtirmaslik kerak.
Islom sektalari musulmonlarning diniy uyushmalari bo‘lib, ularning soni juda ko‘p, islom mamlakatlarining deyarli hammasida mavjud. CHunonchi, ahmadiy, alaviy, ibodiy, idrisiy, qodiriy, muridiy, rashidiy, tijoniy, hamoliy, shodiliy va boshqalar sunniylar yo‘nalishidan ajralib chiqqan sektalardir. Xorijiy, ismoiliy, zaydiy, nizoriy, isna’ashariy, druz, bahoiy va boshqa mazhablar esa shialar oqimidan ajralib chiqqan. Ularning ko‘plari tarqab ketgan. Islom sektalaridan ba’zilariga qisqacha to‘xtalamiz.

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin