Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu: Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə157/171
tarix12.01.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#78985
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   171
Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu Falsafa fanining predmet

2. SHofi’iy mazhabi. Uning asoschisi imom ash-SHofi’iy (767-820) kuchli ilohiyotchi faqhlardan biri bo‘lgan; Makkada yashagan, YAmanda qozilik qilgan. Ali avlodlari bilan yaqinlashganligi uchun 803 yilda qamoqqa olingan. Avf etilganidan so‘ng Misrga kelib, Molikning shogirdi sifatida faoliyat boshlagan. 810 yildan Bog‘dodda o‘z ta’limotini targ‘ib qilgan. Uning “Kitob al-umma” to‘plami islom huquqini an’anaviy tartib-qoidalar bilan bog‘lashga qaratilgan, fiqh asoslariga to‘la tavsif berib, ijmo’dan foydalanishga alohida e’tibor qilingan.
SHofi’iy mazhabining usuli hanafiya va molikiya usullarining o‘zaro murosasiga tarafdorlik qilishga uringan bo‘lsa hamki, asosan molikiyaga moyil edi. Ular qiyosining qo‘llanishida muayyan chegaraga yo‘l qo‘yardilar. Istihson usuli ko‘p xulosaviy imkoniyatlarni yaratish va u shaxsiy (g‘arazli) fikrlarga asoslangan hukmlarga olib borishidan hadiksirardilar. SHuning uchun ular qiyosga tayanib istihsoh – muayyan holatning qo‘llanishiga muvofiq ravshan isbotini beruvchi, fikh qoidasini ishlab chiqqanlar. Masalan, safarda bo‘lgan shaxsning o‘lik yoki tirikligini bilmasdan uning mol-mulkiga merosxo‘rlik egalik qilishlari mumkinmi, degan savolga shofi’iylar rad javobini berardilar. Bunga sabab meros egasining o‘limi haqida isbotlovchi dalilning yo‘qligidir. Suriya va Misrda shakllangan bu mazhab hozirgi vaqtda Indoneziya, SHarqiy Afrikaning ba’zi mamlakatlarida, janubiy arab sultonliklari musulmonlari orasida tarqalgan bo‘lib, sunniylikdagi musulmonlarning 27 foizini tashkil etadi.
3. Molikiy mazhabi. Asoschisi Molik ibn Anas (713-795) “Ashob al-Hadis” (Hadis tarafdorlari) oqimining yirik namoyandasi bo‘lib, Muhammad payg‘ambar davridagi diniy huquq tartibini yoqlab chiqqan. O‘zining “Al-Muvatto’” (Ommaviy, Barchaga tushunarli) asarida Qur’on va Sunnani aqlga asoslangan holda talqin qilishga qarshi chiqqan. U muhofazakor ilohiyotchi faqihlardan biri edi. Bu mazhab tarafdorlari o‘zlarining nomo‘‘tadilligi bilan ajralib turardi. Ular hanafiylarga nisbatan qiyosni qo‘llashda ancha chek qo‘yishardi. Ammo o‘zlarining istisloh qoidalari bilan hanafiyaning istihsoniga yaqin turardilar. Hozirgi davrda Molikiya mazhabi Tunis, Jazoir, Marokash, Liviya va boshqa mamlakatlarda tarqalgan bo‘lib, sunniylikdagi musulmonlarning 17 foizini tashkil etadi.

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin