Falsafa fanidan ma’ruza matnlari Mavzu Falsafa fanining predmet
Istihson (arabcha – yaxshilash, ma’qullash) shariatning chalkash, murakkab masalalariga qiyosini qo‘llanishning yo‘li bilan musulmon jamoasi yoki davlati uchun mumkin qadar yaxshiroq, foydaliroq, ma’qulrog‘ini qo‘llash tarzi hisoblanadi. Bu ikki yoki undan ortiqroq imkoniyati mavjud bo‘lgan mantiqiy xulosalardan foydalirog‘i, ma’qullarini ajratib olishdir.
Hanafiylar mahalliy zodagon va hukmdorlar qabul qilgan nizom va qonunlar, mahalliy urf-odatlarga tayangan odatiy an’analar hamda mahalliy elatlarning urf-odati asosida kelib chiqqan odat maqomiga keng tayanishlari islomning ko‘chmanchilari orasida ham tez tarqalishga olib kelgan. CHunki bular o‘zlarining ibtidoiy urf-odatlarini hisobga olgan islomni, xususan hanafiya mazhabini o‘zlariga ma’qul topganlar. Abu Hanifa fiqhning asoschisi va ulug‘ sifat ilohiyot mutaxassisi bo‘lgan. “Agar diniy e’tiqod Zuhrogacha yiroqlashib ketsa ham, uni imom Abu Hanifa erga qaytarib keladi”26, deyishardi. Uning “Al-Fiqh al-Akbar” asari boshqa mazhab tarafdorlari orasida ham mashhur bo‘lgan. Olimning yozishicha, u huquqiy masalalalrga oid 500 mingdan ortiq misollar yaratgan va diniy ibodat hamda huquq masalalariga oid 64 fatvo nashr etgan. Abu Hanifa zo‘r taqvodor kishi bo‘lib, zohidlikda yashagan. U haqda maxsus rivoyatlar yaratilgan.
Mujtahid imom SHofi’iy aytganidek, agar Imom A’zam biror narsani oltin deb atashni xohlasa, uni isbot etish uchun uning mahorati ham, iste’dodi ham etardi. Umuman hanafiya boshqa shariat mazhablariga qaraganda xristian va yahudiylarga nisbatan mo‘‘tadillik nuqtai nazarida turgan. Hanafiya mazhabi qonunlari Abu YUsuf YOqub (vafoti 795 yil), ash-SHayboniy (vafoti 804 yil), Qodiriy (vafoti 1036 yil) asarlarida ham ishlab chiqilgan. Hamyurtimiz Marg‘inoniy ar-Rishton (vafoti 1157 yil)ning fiqhga oid asarlaridan eng mashhuri “Hidoya fi-l-furur-SHariat sohalari bo‘yicha qo‘llanma” hanafiya mazhablari tomonidan qonunlar majmuasi (kodeks) sifatida foydalanilgan. Marg‘inoniyning “Hidoya”si fors, ingliz va rus tillariga tarjima qilingan bo‘lib, hozir ham SHarq mamlakatlarida (Hindiston, Turkiya va boshqa) hanafiya mazhabi shariat sohasidagi asosiy qo‘llanma hisoblanadi. Hanafiya mazhabi sunniylik yo‘nalishiga mansub bo‘lgan musulmonlarning 47 foizini o‘z ichiga oladi. Hozir ham respublikamizda sunniylarning oila, nikoh, taloq va boshqa masalalarida shu mazhabga tayanadilar.