Menda bir tuyg‘u bor bo‘lmas aytmasam, Buni har yurtdoshim sezsa qaniydi… Dunyoda o‘zbekni bilmaganlar ham Islom Karimovni yaxshi taniydi



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə1/10
tarix16.12.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#181880
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Test


Menda bir tuyg‘u bor bo‘lmas aytmasam, Buni har yurtdoshim sezsa qaniydi… Dunyoda o‘zbekni bilmaganlar ham Islom Karimovni yaxshi taniydi!
Inson – hayot gultoji. Uning qadri, hurmati har doim e'zozga loyiq. Xalqimizga xos xislatlar haqida gap ketsa, albatta, qadr-qimmat, mehr-oqibat kabi fazilatlar tilga olinadi. Keksalarni ardoqlash, ko'makka muhtojlarning hurmatini joyiga qo'yish qon-qonimizga singib ketgan fazilat. Ayniqsa, o'tganlarni xotirlash, aziz otaxonu-onaxonlarning duosini olmoqlik saodati o'zgacha.
Xotira shunday ruhiy-ma'naviy qudratki, u insonning insonligini anglatuvchi, uni o'tmish va istiqbol bilan bog'lab turuvchi buyuk qadriyat, ilohiy qudratdir. Xotirlash – xalq manfaati uchun kurashgan, el-yurt hurmatiga sazovor bo'lgan kishilarni eslashdir. U olamdan o'tgan ajdodlarni eslashgina emas, asrlar mobaynida Vatan uchun kurashda halok bo'lganlar xotirasini hurmatlash hamdir. Xotirani asrash, xotirani ehtiyot qilish – bu bizning o'zimiz va avlodlar oldidagi axloqiy burchimizdir. Xotira – bizning boyligimizdir.
Kechagi kun saboqlarini, xalqimiz kelajagi yo'lida jonini fido qilgan insonlarni xotirlash bugungi kunimizni qadrlashga o'rgatadi. Xotira bu – tarixdir. U kechagi o'tmishni, ajdodlar o'gitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi – muqaddas kitob zarvaraqlaridek hayotimizni yoritib turadi. Shu bois, inson o'z xotira boyliklarini qadrlaydi.
O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimov o'z ma'ruzalaridan birida shunday degan edilar: “Tarixiy xotira – bu avvalo, hayot mazmunini, avlodlar o'rtasidagi vorisiylik tuyg'usini anglash demakdir”. Bugun har bir siymo, O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Abdig‘aniyevich Karimovning qutlug‘ 80-yillik yoshini nishonlash arafasida turibmiz.
Oʻzbekiston xalqi istiqlol yillarida erishilgan barcha yutuqlarni haqli ravishda Karimov nomi va faoliyati bilan bogʻlaydi. U sobiq sovet tuzumidan keyin paydo boʻlgan beqaror, notinch davrda Oʻzbekiston jamiyatida barqarorlik va ishonchni paydo qila oldi, xalqi oldiga millatni yuksaklarga koʻtaradigan ulkan maqsad va vazifalar qoʻydi. Karimov Oʻzbekistonda amalga oshirilgan ulkan ishlar, tarixiy oʻzgarishlarning tashabbuskori va rahnamosi, mamlakatning istiqol dasturini ishlab chiqqan va milliy taraqqiyot yoʻlini belgilab bergan atoqli davlat arbobidir. Islom Karimov demokratik talablar va xalqaro mezonlarga toʻla javob beradigan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy muallifi va uni hayotga tatbiq etishning kafolatidir. U markaziy hokimiyat va uning joylardagi boʻgʻinlarini isloh qilish, davlat, jamiyat va inson munosabatlarini uygʻunlashtirishga qaratilgan yangi siyosiy-ijtimoiy tizim tamoyillarini ishlab chiqdi va amalga oshirdi. Oʻzbekiston xalqining oʻziga xos xususiyatlari hamda ilgʻor jahon tajribalarini mujassamlashtirgan iqtisodiy islohotlarning yangi modelini ishlab chiqdi. Bu rivojlanish yoʻli iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi, qonun ustuvorligi, oʻtish davrida davlatning bosh islohotchilik roli, islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish, kuchli ijtimoiy himoyadan iborat 5 tamoyilni oʻz ichiga oladi va u dunyoda "oʻzbek modeli" deb eʼtirof etilgan. Islom Karimov rahbarligi va bevosita ishtirokida Oʻzbekiston turli-tuman "sakrash"lar, "falaj qilib davolash"lardan voz kechib, bozor iqtisodiyotiga oʻtishda oʻziga xos yoʻldan bordi va puxta oʻylangan dastur asosida mamlakat iqtisodiy poydevorini qura boshladi. Qisqa vaqt ichida mamlakat neft va neft mahsulotlari, gʻalla mustaqilligiga erishdi. Oʻzbekiston Respublikasida yuksak sifatli oltin va gaz qazib olish keskin darajada koʻpaydi, ishlab chiqarishning yangi sohalari, avtomobilsozlik sanoati barpo etildi. Birinchi prezidentimiz Islom Karimov Oʻzbekiston davlatining hududiy yaxlitligini, sarhadlari daxlsizligini himoya qilishga qodir qurolli kuchlar, chegara va ichki qoʻshinlarni zamonaviy islohotlar asosida tashkil etish ishiga rahbarlik qildi. Oʻzbekistonda adolatsizlik va tazyiqlarni avj oldirgan yillarda oʻzbek nomini nohaq tahqir va haqoratlardan himoya qilish, xalqning or-nomusini, milliy gʻururini tiklashda fidoyilik namunasini koʻrsatdi. Sobiq yurtboshimiz Islom Karimov jahon siyosat olamida hamisha ilgʻor fikrlarni ilgari suradigan, tashabbuskor, oʻz nuqtai nazarini qatʼiy himoya qilib, oldiga qoʻyilgan maqsadga erisha oladigan shaxs sifatida tanilgan. U sobitqadamlik bilan tinchlik va hamjihatlik siyosatini yuritib keldi. U yuksak xalqaro uchrashuvlarda birinchilardan boʻlib 21-asr vabosi hisoblanmish terrorchilikka va u bilan chambarchas bogʻliq narkobiznesga qarshi faqat hamjihatliqda kurashish zarurligini, mazkur dahshatli tahdid manbalarini bartaraf etish va Markaziy Osiyo mintaqasida "xavfsizlik kamari"ni shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimini yaratish kerakligini taʼkidlab keldi. Xalqaro maydonda Oʻzbekistonning obroʻ-eʼtiborini yuksaltirish, uning qadimgi boy madaniyati va bugungi ulkan salohiyatini dunyoga tanitishda buyuk xizmat qildi. Oʻzbekiston BMTga aʼzo boʻlib kirdi, deyarli barcha nufuzli xalqaro tashkilotlar va mintaqaviy uyushmalarga qabul qilindi, 120 dan ortiq davlat bilan diplomatik aloqa oʻrnatdi, oʻzaro manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻydi. Oʻzbekiston oʻzining tinchliksevar tashqi siyosati, Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni taʼminlash, mintaqa mamlakatlari oʻrtasida yagona iqtisodiy makonni vujudga keltirish, Orol dengizi muammolarini jahon hamjamiyati koʻmagida har tomonlama hal etishga qaratilgan bir qator tashabbuslari bilan xalqaro maydonda tanildi, oʻz nufuziga ega boʻldi. Jamiyatda maʼnaviy poklanish va yuksalishga erishish, eski aqidalardan xalos boʻlish, shu asosda milliy istiqlol gʻoyasini yaratish va hayotga tatbiq etish uchun maʼnaviy qadriyatlarga hurmat-ehtirom bilan munosabatda boʻlish, ularni asrab-avaylash va rivojlantirish, xalqqa oʻzining muqaddas dini, urf-odatlarini qaytarib berish, tarixiy merosini tiklash, sogʻlom avlodni voyaga yetkazish vazifalarini Islom Karimov yurtimizda davlat siyosati darajasiga koʻtardi. Uning 21-asr boʻsagʻasida oʻzbek millatining oʻzligini anglashi, uning qadr-qimmatini joyiga qoʻyish, oʻzbek nomini butun dunyoga tarannum etishda qoʻshgan hissasi ayniqsa beqiyosdir. U odamlarning tafakkurini oʻzgartirish, ularning ongida yangi milliy gʻoya, milliy mafkura asoslarini shakllantirish va mustahkamlash, kadrlar tayyorlash milliy dasturini yaratish va uni amalga oshirishga rahnamolik qildi. Mahallaning davlat va jamiyat boshqaruvidagi nufuzini oshirish, vakolat va huquqlarini kengaytirish, fuqarolarning oʻz-oʻzini boshqarish tizimi sifatida uni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash tashabbuskori boʻldi. Birinchi prezidentimiz mustaqil Oʻzbekiston davlati va davlatchiligini barpo qilish, demokratik fuqarolik jamiyati qurish asoslarini yaratdi, yangi asrda mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqdi, yorugʻ istiqbol yoʻlida xalqni birlashtirib, uni ulugʻ maqsadlar sari boshlab borgan. O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov 78 yillik umri davomida o’zining mangulikka tatigulik betakror siyosati bilan xalqimizning ko’ngil manzillaridan mahkam joy egalladi. Joriy yilning 2-sentabr kuni Prezidentimizning dunyodan o’tishi yosh-u qarining yuragida birdek katta qayg’uli yo’qotish bo’ldi. 3 kun davomida Respublikamizda hammamiz uchun qadrli yurtboshimiz, biz yoshlarning eng katta va mustahkam tayanch tog’imiz bo’lgan otamiz xotirasiga motam kunlari o’tkazildi. Betakror qalb egasi, o’z kitoblari bilan o’z xalqiga dilidagi so’zlarini yo’llagan I.A.Karimov har bir O’zbekiston farzandini Vatan deb atalmish muqaddas qo’rg’onga ergashtira bilgani uchun ham bu 3 kun davomida yurtboshimizning go`yo “Men sizlarga ishonaman!” deb kulib turgandek portretiga bosh egib, ta`zim qilib, ko’z yoshlarini to’xtatolmay turgan yosh-u qarining izi uzilmadi. Mustaqilligimiz asoschisi faqatgina mamlakatni odilona siyosat bilan boshqarib qo’ymasdan, insonlarni odamiylikka, go’zallikka, insofga, shukronalik qilib yashashga chaqirib keldi. Mana shularning natijasida osmonimiz musaffo, yurtimiz tinch, turmushimiz obod, 130 dan ortiq millat vakillari bir oila farzandlaridek totuvlikda turmush kechirib kelmoqda. Yurtboshimizning Vatan, mustaqillik, ona va muhabbat mavzularida har bir bayonotidagi yoshlarga qarata aytgan “O’zbekistonning har bir yigit-qizi qaysi bir eng chekka hududlarda yashashiga qaramasdan ular mening bolalarim!”, “Yoshlarimiz bugungi va ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchi!”, “Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning dunyodagi obro-e’tibori, avvalo, farzandlarimizning unib-o’sishi, voyaga yetishi, qanday inson bo’lib hayotga kirib borishiga bog’liq. Biz bunday o’tkir haqiqatni hech qachon unutmasligimiz kerak”, va albatta “Bolalarimizni, farzandlarimizni haqiqatan yaxshi ko’raman, kerak bo’lsa jonimni berishga tayyorman!” degan fikrlari har birimizning yuragimizda mangu yashaydi. Haqiqatan ham, asrlarga teng umri davomida bu insonning amalga oshirgan ishlari o’zidan keyin ham milliy madaniyatimizni rivojlantirish, ma`naviyatimizni boyitish, ayniqsa, yoshlarda o’zligimizni anglash, milliy g’urur tuyg’ularini shakllantirishga namuna maktabi bo’lib xizmat qila oladi. Bugun O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimov yaratgan imkoniyatlari orqali bizdan kimdir qaysi yurtdansiz?- deb so’rasa mag’rurlanib “O’zbekistondan!” deb javob beramiz. Hurmatli Prezidentim, mehribon otam o’zim va butun tengdoshlarim nomidan biz kelajakda albatta sizning ishonchingizni oqlab buyuk yurtning kelajagi uchun fidoyi mehnat qiladigan inson bo’lamiz deb so’z beraman.



Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin