Falsafa fanidan sessiya javoblari. Falsafa fanining predmeti


Jonli narsalarning o’ziga xos xususiyatlari



Yüklə 75,3 Kb.
səhifə15/24
tarix19.12.2023
ölçüsü75,3 Kb.
#185401
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24
Falsafa fanidan sessiya javoblari. Falsafa fanining predmeti-fayllar.org

20. Jonli narsalarning o’ziga xos xususiyatlari. Inson borlig‘i uning tabiatning bir qismi sifatida jismoniy mavjudligini va alohida inson borlig‘ini farqlash o‘rinli bo‘ladi. Inson tabiatning bir qismi hisoblanadi va shu ma’noda uning qonunlariga bo‘ysunadi. Tananing mavjudligi inson o‘limga mahkum ekanligini belgilaydi. Inson borliq va yo‘qlik dialektikasi bilan bog‘lanadi, barcha tabiat jismlari kabi vujudga kelish, shakllanish va halok bo‘lish holatlaridan o‘tadi. Barcha tabiat jismlari kabi, inson tanasiga ham modda va energiyaning saqlanish qonunlari o‘z tasirini ko‘rsatadi, yani uning tarkibiy qismlari tabiatning boshqa holatlariga o‘tadi. Inson tanasi mavjud bo‘lishi uchun uni muttasil quvvatlash (ovqatlanish, sovuqdan va boshqa xavf-xatarlardan saqlash) talab etiladi. Fikrlash uchun inson tanasining tirikligini taminlash zarur. Bundan hayotni saqlash, insonning o‘z-o‘zini saqlashi va insoniyatning yashovchanligini taminlash zaruriyati kelib chiqadi, bu oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak, turar joy, sof atrof muhitga ega bo‘lish ehtiyojida o‘z ifodasini topadi.
21. Makon va vaqt – borliqning fundamental shakllari.
Makon va vaqt - cheksiz borliqning shakllari hisoblanadi. Makon va vaqt haqida odamlar rivojlanishning ilk bosqichlaridayoq fikr yuritishgan.
Substansional yo‘nalishda makon va vaqt materiya va ongga bog‘liq bo‘lmagan mustaqil mohiyatlar sifatida qaralgan. Substansional konsepsiya asoschilari Demokrit (makon muammosi bo‘yicha) va Platon (vaqtga nisbatan yondashuvlarda) makon va vaqtni materiyaga ham, bir-biriga ham bog‘liq bo‘lmagan mustaqil mohiyatlar sifatida talqin qilganlar. Demokrit atomlar harakatlanuvchi bo‘shliq amalda mavjudligi haqidagi yondashuvni ilgari surgan. Uning fikricha, bo‘shliqsiz atomlar harakatlanish imkoniyatidan mahrumdir. Demokrit va Epikur makonni atomlardan iborat joy deb tasavvur qilgan va uni bo‘shliq bilan tenglashtirgan. Makon mutlaq, bir jinsli va harakatsiz, vaqt esa bir tekis oqadi deb hisoblangan. Demokrit, Epikur va Lukretsiy Kar talimotiga ko‘ra, makon obektiv, bir xil va Cheksiz . U atomlar joylashadigan joy. Vaqt (zamon)ni abadiyat bilan tenglashtirish mumkin – u o‘tmishdan kelajak sari bir maromda kechuvchi sof davomlilikdan iborat. Vaqt - voqealar yuz beruvchi joy.
Relyasion (lot. relativus – nisbiy) yo‘nalish makon va vaqtni mustaqil mohiyatlar sifatida emas, balki real dunyo obektlari va jarayonlari o‘rtasidagi alohida munosabatlar sifatida tushunish bilan bog‘lanadi.Makonning Demokrit taklif qilgan yondashuvga zid, relyasion konsepsiya Aristotel tomonidan tariflangan. Aristotel bo‘shliqning mavjudligini inkor etadi. Uningcha, makon bir xil emas va cheklidir, u moddiy jismlar egallovchi tabiiy o‘rinlar tizimidir. «Vaqt nima?», degan savolga javob berar ekan, Aristotel shunday mulohaza yuritadi: harakatda ham, vaqtda ham doim muayyan «oldin» va undan farq qiluvchi «keyin» mavjud. Aynan harakat tufayli biz har xil, o‘zaro mos kelmaydigan «hozir»ni farqlaymiz. Vaqt shu «hozir»ning ketma-ketligi, ularning almashuvi, sanog‘i, hisobi, «oldingi va keyingiga bog‘langan harakatlar soni»dir. Aristotelda makon harakatsiz yulduzlar sohasi bilan cheklangan, ularning ortida – makon va vaqtdan tashqarida yotuvchi va hamma narsani harakatga keltiruvchi boqiy, harakatsiz, ilohiy osmon joylashgan. Aristotelning makon va vaqtga talqiniga nisbatan yondashuviga o‘xshash tasavvurlar yangi davrda G.Leybnits va R.Dekart tomonidan rivojlantirildi. Uningcha, borliqning mustaqil asoslari sifatidagi bo‘shliq ham, sof davomlilik ham mavjud emas.
Makon – materiya borlig‘ining ko‘lamlilik, tarkibiylik kabi xossalari va uning o‘zaro tasirlarini ifodalovchi shakli. Vaqt – materiya borlig‘ining barcha obektlar mavjudligining davomiyligini va keyingi holat o‘zgarishlarini tavsiflovchi shakli.

Yüklə 75,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin