Falsafa fanidan tayanch ma’ruzalar matni



Yüklə 1,82 Mb.
səhifə166/360
tarix06.06.2023
ölçüsü1,82 Mb.
#125724
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   360
Falsafa fanidan tayanch ma’ruzalar matni

Xususiylik tushunchasi zikr etilgan kategoriyalar mazmunini ochib beruvchi asosiy tushunchadir. Xususiylik – «narsa» tushunchasining sinonimi, ya'ni borliqning nisbatan mustaqil, sifat jihatidan muayyan parchasi. U xossalar to‘plamiga ega. «Xususiylik» yakkalik va umumiylik o‘rtasidagi oraliq kategoriya hisoblanadi. Xususiylik – yakkaga nisbatan umumiy bo‘lgan va umumiyga nisbatan yakka bo‘lgan narsa yoki hodisa. Masalan: modda (qonun moddasi) – yakka; qonun – xususiy; huquq - umumiy. «Qonun» tushunchasi «modda» tushunchasiga nisbatan umumiydir. O‘z navbatida «qonun» tushunchasi «huquq» tushunchasiga nisbatan yakkalikni aks ettiradi.
Yakkalik, umumiylik va xususiylik kategoriyalari bilish jarayonida uning tayanch nuqtalari, bilimsizlikdan bilim sari bosqich rolini o‘ynaydi.
Mohiyat va hodisa. Bu kategoriyalar bilishning turli bosqichlarini belgilaydi va ularning har biri ob'ektni anglab yetishning o‘ziga xos darajasini aks ettiradi.
Mohiyat ob'ektiv borliqning ichki, nisbatan yashirin va barqaror tomonini ifodalash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u narsa, jarayonning tabiatini va ularga xos bo‘lgan qonuniyatlarini belgilaydi.
Hodisa – bu narsa, jarayonda qarshimizda bevosita namoyon bo‘luvchi xossalar, tomonlar yig‘indisini ifodalash uchun mo‘ljallangan kategoriya.
Hozirgi falsafiy adabiyotlarda mohiyat predmet borlig‘i barcha rang-barang va qarama-qarshi shakllarining barqaror birligidan iborat bo‘lgan predmetning ichki mazmuni sifatida tavsiflanadi. Mohiyat har qanday tizimning asosiy jihatlari va tendensiyalarini belgilovchi teran aloqalar, munosabatlar, xossalar va ichki qonunlar majmuidir. Muayyan mohiyatsiz jism, jarayon bo‘lmaganidek, muayyan hodisada o‘z ifodasini topmagan mohiyat ham bo‘lishi mumkin emas.
Falsafada hodisaning ikki ma'nosi shakllangan. Birinchidan, hodisa voqyea, tabiat va jamiyatdagi jarayonladir. U mazkur jarayonlar bizning ongimiz, idrokimizda aks etishini anglatadi. Masalan, momaqaldiroq, kamalak, qor yog‘ishi, suv toshishi, yer qimirlashi, vulqon otilishi – bularning barchasi tabiat hodisalaridir. Inson tabiat hodisalarini tushunish, tushuntirishga harakat qilgan va ularning o‘z ongidagi in'ikosi bilan amaldagi ifodasi o‘rtasida muayyan farq mavjudligini aniqlagan. Tabiat hodisalarini ularning inson birinchi navbatda idrok etadigan va pirovard natijada uni aldaydigan yuzaki, o‘zgaruvchan jihatlari tavsiflaydi. Shu tariqa hodisa kategoriyasining mohiyatning ziddi sifatidagi falsafiy ma'nosiga ega bo‘ladi.
Ikkinchidan hodisa – mohiyatni aniqlash usuli. U, odatda, narsalar o‘zaro ta'sirga kirishganida, mohiyat o‘zini namoyon etishi natijasida yuz beradi. Narsa qanday bo‘lsa, ko‘rsatilgan aloqalar va o‘zaro ta'sirlar xususiyati ham shunday bo‘ladi. Masalan, yirtqich hayvon uni o‘txo‘r hayvonga aylantirishga qancha urinmasinlar, baribir yirtqich bo‘lib qoladi. Ammo u qanday muhitda va o‘z ishtahasining qaysi potensial qurboni bilan to‘qnash kelishiga qarab, uning xulq-atvori o‘zgaradi. Ayni shu sababli hodisa narsaning mohiyatini, uning muayyan ichki va muhim xossasini u yoki bu tarzda namoyon etadi.
Haqiqiylik mezoniga javob beruvchi bilimni olish bilishning muhim vazifasidir. Bunday bilim o‘rganilayotgan narsaning mohiyatiga kirish demakdir. Mohiyatni bilish rivojlanishning asosiy jihatlari va tendensiyalarini belgilaydigan teran aloqalar, munosabatlar va qonunlarni aniqlashni nazarda tutadi. Tabiatning mohiyati cheksiz-chegarasiz bo‘lgani bois, uni bilish jarayoni ham cheksizdir. Mohiyat tushunchasi bilishni to‘liq, mukammal bilimga erishishga yo‘naltiruvchi tartibga solish tamoyili ahamiyatiga egadir. Hodisa tushunchasi mohiyatni bilish usulini ko‘rsatadi va shu boisdan metodologik ahamiyat kasb etadi. O‘rganilayotgan ob'ekt o‘zi uchun g‘ayritabiiy shart-sharoitlarga solinadigan ilmiy eksperiment butunlay yangi hodisalarni qayd etish va shu tariqa o‘z shakllanishi va faoliyatining ilgari noma'lum bo‘lgan qonunlarini kashf etishi tasodifiy bir hol emas.

Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   360




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin