Falsafa fanidan tayanch ma’ruzalar matni



Yüklə 1,82 Mb.
səhifə331/360
tarix06.06.2023
ölçüsü1,82 Mb.
#125724
1   ...   327   328   329   330   331   332   333   334   ...   360
Falsafa fanidan tayanch ma’ruzalar matni

Xulosalar. Axloq shaxs erkinligini, uning o‘zini, o‘z ehtiroslarini boshqarish qobiliyatini, insonning o‘z qilmishlari uchun avvalo o‘zi oldida javobgarligini nazarda tutadi. Axloq inson aqlini ezgu ishlarga yo‘naltiradiki, bu shaxsiy manfaatdorlik tuyg‘usidan xoli yaxshi niyatlarda namoyon bo‘ladi. Individ erkinligi va axloqiy qadriyatlarning mos kelishi axloqqa xos xususiyatdir. Jamiyatning axloqiy qoidalari shaxsga bu qoidalarga rioya etish majburiyatini yuklaydi, shu sababli burch axloqiy qilmishlarga turtki beradigan muhim ichki omil hisoblanadi. Bundan xulq-atvor me'yorlari va andozalariga oddiy rioya etish nari borsa ijtimoiy jarayon bir maromda kechishini ta'minlash imkonini beradi. Uning rivojlanishi uchun esa ijod imkoniyat yaratadi. Bunda ijodning vazifasi tarix talablariga javob berish, faoliyatning mutlaqo yangi dasturlarini topishdan iboratdir.


24 – MAVZU IJTIMOIY PROGNOZLAShTIRISh MUAMMOLARI

O‘zining, o‘z farzandlarining, o‘zi yashayotgan mamlakatning kelajagi haqida bilishni istamagan odam bo‘lmasa kerak. Shu sababli qadim zamonlardan boshlab turli xalqlarda ertangi kunga nazar tashlash, kelajakni bashorat qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan kishilar katta izzat-ikromga sazovor bo‘lgan. Forslar ularni afsungarlar, bobilliklar va assiriyaliklar – xaldeylar, qadimgi Misr aholisi – kohinlar deb atagan. Bashoratgo‘ylar qadimgi Yunoniston aholisining hayotida alohida o‘rin egallagan. Kelajakni bashorat qilishga falsafa tarixida ham, ijtimoiy tafakkurda ham turli ko‘rinishlarda alohida e'tibor qaratilgan. Tarixning o‘tish davrlarida, keskin ijtimoiy konfliktlar yuz bergan davrlarda bashoratning ahamiyati ayniqsa oshgan. Bu insoniyat hayotining barcha jabhalarida olamshumul o‘zgarishlar yuz berayotgan hozirgi davrga ham xos. Yuzaga kelgan sharoitda ijtimoiy bashorat masalalari o‘ta muhim nazariy va metodologik ahamiyat kasb etmoqda, ularni ishlab chiqish esa falsafiy tafakkurning dolzarb vazifalaridan biriga aylanmoqda. Darhaqiqat, kelajak bilan shug‘ullanmagan falsafaning kelajagi yo‘q.


Ushbu mavzuning maqsadi bashoratga umumiy tavsif berish, uning asosiy turlarini ko‘rib chiqishdan; ijtimoiy prognoz nimaligini, uning metodlari va tiplarini aniqlashdan; davrimizning olamshumul muammolar bilan belgilangan asosiy futurologik konsepsiyalarini tahlil qilishdan iborat.

Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   327   328   329   330   331   332   333   334   ...   360




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin