Falsafa fanidan tayanch ma’ruzalar matni


Global ongni shakllantirish zaruriyati



Yüklə 1,82 Mb.
səhifə357/360
tarix06.06.2023
ölçüsü1,82 Mb.
#125724
1   ...   352   353   354   355   356   357   358   359   360
Falsafa fanidan tayanch ma’ruzalar matni

Global ongni shakllantirish zaruriyati. Globallashuv jarayonlarini nazariy jihatdan anglab yetish va global muammolarni bartaraf etish nafaqat o‘ta og‘ir va uzoq davom etadigan, balki kutilgan natijalarga qanday erishish mumkinligi xususida hali aniq javoblar va uzil-kesil yechimlarga ega bo‘lmagan ishdir. Ayni vaqtda aksariyat tadqiqotchilar global tangliklarni bartaraf etish imkoniyatini ommaviy ongda yangicha axloqning shakllanishi va mustahkamlanishi, madaniyatning rivojlanishi va uning insonparvarlashuvi bilan bog‘lamoqdalar. Buning uchun jiddiy asoslar bor, zero odamlarning fe'l-atvori, xatti-harakatlari, pirovard natijada esa ular erishishga harakat qiladigan natija asosan ularning hayotga munosabati va fikrlash tarzi bilan belgilanadi.
Darhaqiqat, asrlar mobaynida saqlanib qolayotgan dunyo haqidagi tasavvurlarni o‘zgartirish, qotib qolgan fikrlash andozalarini bartaraf etish va odamlar ongida insoniylikning yangicha tamoyillarini shakllantirishning o‘zi umuminsoniy muammolar yechimi emasligi ham ravshan. Bu mazkur muammolarni bartaraf etish yo‘lidagi zarur, lekin faqat birinchi qadam va u muttasil o‘zgaruvchi vaziyatga mos bo‘lgan va hozirgi davr ruhini aniq aks ettiradigan dunyoqarashning shakllanishi bilan bog‘liq. Bunday yangilangan dunyoqarash zamirida faqat so‘nggi yuz yillikka xos bo‘lgan jamiyat hayoti internatsionallashuvining keskin o‘sishi bilan belgilanadigan ijtimoiy munosabatlarning yangicha mazmuni va shakl-shamoyillarini aks ettiruvchi yangicha insoniylik yotishi lozim. Mazkur yangicha insoniylik global ongni shakllantirishga qaratilishi va uch asosiy negiz: globallik tuyg‘usi, zo‘ravonlikka nisbatan murosasizlik va insonning asosiy huquqlarini tan olishdan kelib chiqadigan adolatparvarlikni o‘z ichiga olishi darkor.
Xalqaro kuchlarning birlashuvi. Odamlar dunyoqarashi nafaqat ularning dunyo haqidagi bilimlarida, balki ular bu bilimni qanday talqin qilishi, qanday xulosalar chiqarishi va qanday ish ko‘rishida ham namoyon bo‘ladi. Shu sababli global muammolarni butun dunyo bahamjihat hal qilishi lozimligi to‘g‘risida so‘z yuritar ekanmiz, insoniyat nazariyada muayyan yutuqlarga va ba'zi bir amaliy natijalarga erishgan holda, dunyo rivojlanishining salbiy jarayonlarini to‘xtatishga hali muvaffaq bo‘lmaganini e'tibordan chetda qoldirishimiz mumkin emas. Xalqaro kuchlarning muayyan darajada birlashuvi, ularning muvofiqlashtirilgan, izchil va eng muhimi, samarali harakatlari ham hali mavjud emas. Nega shunday bo‘lyapti va bunga nima xalaqit beryapti? Hozirgi rang-barang va ziddiyatlarga to‘la dunyoda kelishilgan harakatlarni amalga oshirish mumkinmi? Agar mumkin bo‘lsa, bunga qanday asosda erishish mumkin? Bular bugungi kunda ijtimoiy tafakkur, shu jumladan falsafa yechishga harakat qilayotgan bosh masalalardir.
Tarixiy tajriba turli xalqlarning yaqinlashuvi ularning manfaatlari mos kelgan joyda ayniqsa yaxshiroq yuz berishini ko‘rsatadi. O‘zaro manfaatdorlik turli qiyinchiliklarni tez bartaraf etish, savdo-sotiqni faol rivojlantirish, iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalarni mustahkamlashga ko‘maklashadi.
Odatda bu yo‘lda yengishga to‘g‘ri keladigan eng katta qiyinchiliklar eskicha qarashlar, qotib qolgan fikrlash uslubi, an'analar bilan bog‘liq bo‘ladi. Ular o‘zgarish xususiyatiga ega, lekin bu juda uzoq, katta qiyinchiliklar bilan tashqi yoki ichki omillar ta'sirida yuz beradi. Masalan, tashqi omillar qatoriga ekologik tanglikning kuchayishi, «demografik portlash» oqibatlari, urush xavfi va nafaqat odamlarning turmush tarzini sezilarli darajada o‘zgartirgan, balki ularning ongiga ham o‘z ta'sirini ko‘rsatgan boshqa global muammolar kiradi. Ichki omillar inson manfaati, uning sub'ektiv, shaxsiy asosi bilan bog‘liq. U yoki bu muammolarning keskinlik darajasi, hatto buning uchun zarur shart-sharoit va yetarli asoslar paydo bo‘lgan hollarda ham, nima uchun pasaymayapti, degan savolga javob topishda yuqorida zikr etilgan omillar, ayniqsa manfaat omili albatta hisobga olinishi lozim.

Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   352   353   354   355   356   357   358   359   360




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin