Falsafa fanidan tayanch ma’ruzalar matni


Insonning paydo bo‘lishi va evolyusiyasi



Yüklə 1,82 Mb.
səhifə84/360
tarix06.06.2023
ölçüsü1,82 Mb.
#125724
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   360
Falsafa fanidan tayanch ma’ruzalar matni

Insonning paydo bo‘lishi va evolyusiyasi. Inson faol asos sifatida o‘z shakllanish jarayonining ilk bosqichlaridanoq o‘zini qurshagan muhitga o‘zgartiruvchi ta'sir ko‘rsata boshladi. Arxeologik qazishlarning natijalari va antropologik tadqiqotlar «aqlli odam» mehnat qurollari yasab, nafaqat tabiat va uning predmetlaridan foydalangan, balki uni o‘z manfaatlari yo‘lida o‘zgartirishga harakat qilganligi 2-4 million yil muqaddam yuz berganini ko‘rsatadi. Inson o‘zini qurshagan dunyoga bungacha tabiatda mavjud bo‘lmagan predmetlarni olib kira boshladi. Avvaliga bu mehnat, ro‘zg‘or va turar joy predmetlari edi. So‘ngra ariqlar, to‘g‘onlar, binolar, inshootlar va inson faoliyatining shunga o‘xshash natijalari paydo bo‘ldi.
Endilikda, uchinchi ming yillikda inson butun sayyora bo‘ylab joylashib, o‘zining o‘zgartiruvchi imkoniyatlarini ko‘p karra ko‘paytirib, tabiatda ilgari hyech qachon mavjud bo‘lmagan yangi narsalar va hodisalarning katta bir dunyosini yaratdi. U shiddat bilan, shaharlar va aholi yashaydigan joylar, sanoat korxonalari va texnik qurilmalar, yo‘llar, mashinalar, aerodromlar va shu kabilardan iborat infratuzilma tarmog‘ini yaratib, yerning tabiiy shakl-shamoyilini tanib bo‘lmaydigan darajada o‘zgartirdi. Bularning barchasi ham jonsiz tabiatdir, ammo inson tomonidan yaratilgani bois, u tabiiy emas, balki sun'iy xususiyat kasb etadi. Shu bois, u tadrijiy rivojlanadigan, insonning xohish-istagi va aralashuvidan qat'iy nazar mavjud bo‘lgan «birlamchi» tabiatdan farqli o‘laroq, «ikklamchi tabiat» sifatida talqin qilinadi.
Inson yaratgan narsalar borlig‘i ko‘p jihatdan insonning o‘z borlig‘i bilan bog‘lanadi, zero u bunyod etgan «ikkilamchi tabiat» avvalo uning turli-tuman ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. Shu sababli «ikkilamchi tabiat»ning aksariyat predmetlari borlig‘i odamzot borlig‘i kabi o‘tkinchidir. Umuminsoniy ahamiyat kasb etadigan muhim asarlar, odamlarning ko‘plab avlodlari uchun qimmatli bo‘lgan moddiy madaniyat mahsullarigina o‘z borlig‘ini ma'lum darajada uzaytirish imkoniyatiga egadir.
Ammo tarix «birlamchi tabiat»ga xos bo‘lgan vayronkor jarayonlar parchalanish, yemirilish, oksidlanish va sh.k., shuningdek tez-tez takrorlanib turadigan tabiiy ofatlar va ijtimoiy tangliklar bu oz sonli imkoniyatni yanada kamaytiradi. Shunga qaramay insonning yangi narsalar yaratish jarayoni ularning yo‘q bo‘lish jarayonidan ildamroq kechmoqda. Shuningdek, kuni bitgan eski narsalar o‘zining avvalgi borlig‘ini yo‘qotib, asosan chiqindi, axlatga va tabiiy muhitga yot bo‘lgan o‘zga lash-lushlarga aylanadi.
Pirovardda sun'iy muhit tinimsiz yangilanib, hajman ko‘payadi va kengayadi, tabiiy muhitni chetga chiqarib, uning o‘rnini egallay boshlaydi. yerda odamlar soni o‘sgani sari bu jarayon tobora faollashib boradi.
Ammo yer, ayniqsa uning inson yashashi uchun yaroqli hududlari sayyoraning olti milliarddan ortiq aholisi uchun torlik qilmoqda. Holbuki, ko‘rsatilgan vaziyatga qaramay, yer aholisi soni jadal sur'atlarda o‘sishda davom etmoqda. Bu nomutanosiblik so‘nggi vaqtda «birlamchi» va o‘ta kattalashgan «ikklamchi» tabiat o‘rtasida yuzaga kelgan ziddiyatni yanada kuchaytirmoqda.

Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   360




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin