Falsafa fanidan tayanch ma’ruzalar matni



Yüklə 1,82 Mb.
səhifə242/360
tarix06.06.2023
ölçüsü1,82 Mb.
#125724
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   360
Falsafa fanidan tayanch ma’ruzalar matni

Axborot texnologiyasi – bu axborotni tanlash, jamg‘arish, tahlil qilish va foydalanuvchiga yetkazib berishga yo‘naltirilgan hisoblash texnikasi, elektr aloqa, informatika imkoniyatlarining uyg‘unligidir.
Ishlab chiqarish jarayoni zamirida yotuvchi har qanday texnologiyani ta'riflashda ishlov berish predmeti, usul va metodlarini, ishlab chiqarish qurollarini, ishlab chiqarish usullarining tavsifini ajratish mumkin. Texnologiya jarayon sifatida tartibga solingan va tashkil etilgan bo‘ladi. Ammo an'anaviy texnologiyalar moddiy-energetik omillarga tayansa, axborot texnologiyasi axborotga asoslanadi. Axborot texnologiyasining negizini moddiy emas, balki ideal omillar tashkil etadi. Axborot texnologiyasi axborotning aylanishi va unga ishlov berish jarayonlari majmui, shuningdek bu jarayonlarni tavsiflash deb ta'riflanadi. Axborot, ma'lumotlarga ishlov berish va aylanish ob'ektlari hisoblanadi. Axborotga ishlov berish jarayonlarining texnologik marshrutlari va ssenariylarini tavsiflashning tarkibiy qismlarini yaratish mumkin. Shu bois axborot texnologiyasi tushunchasi ikki xil – nazariy va amaliy nuqtai nazardan talqin qilinadi. “Nazariy nuqtai nazardan axborot texnologiyasi ilmiy-texnik fan bo‘lib, uning doirasida axborot aylanishi va unga ishlov berish avtomatlashtirilgan jarayonlarini ishlab chiqish va ulardan foydalanish muammolari tadqiq qilinadi. Amaliy nuqtai nazardan axborot texnologiyasi axborot aylanishi va unga ishlov berish avtomatlashtirilgan jarayonlari majmui, muayyan sohaga bog‘liq bo‘lgan va zamonaviy texnik-iqtisodiy vositalarda amalga oshirilgan mana shu jarayonlarning tavsifidir148[148].
Hozirgi zamon axborot texnologiyasi o‘tmishning telegraf, telefon, radio, televidenie singari texnik yutuqlaridan foydalanadi. Ilmiy-texnik tajribadan kelib chiqib axborotni mashina o‘qiydigan tashuvchilarda jamg‘arish vositalari yaratildi. Bunday vositalar vaqt va makonda biron-bir cheklashlarsiz axborotni yer kurrasining istalgan nuqtasiga yetkazishni ta'minlaydi. Nihoyat, belgilangan algoritmlar bo‘yicha kompyuterlar yordamida axborotga avtomatlashtirilgan ishlov berish texnologiyasi ishlab chiqildi.

Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   360




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin