Falsafa fanidan tayanch ma’ruzalar matni



Yüklə 1,82 Mb.
səhifə302/360
tarix06.06.2023
ölçüsü1,82 Mb.
#125724
1   ...   298   299   300   301   302   303   304   305   ...   360
Falsafa fanidan tayanch ma’ruzalar matni

Baholash. Aksiologiyaning asosiy kategoriyalari qatoriga qadriyat bilan bir qatorda hajman juda keng tushuncha – «baholash» ham kiradi. Baholash – buyumning inson faoliyati, uning ehtiyojlarini qondirish uchun ahamiyatini anglab yetish vositasi. Baholash sub'ektning o‘z hayoti va faoliyati uchun hodisalarning ijtimoiy ahamiyatini aniqlashidir. U insonga hodisalar dunyosida mo‘ljal olish imkonini beradi, uning faoliyatini yo‘lga soladi. Baholash universaldir: u sezgilar va aql-idrok darajasida, emotsiyalar va tuyg‘ular, tasavvurlar, idroklar, mulohazalar, mayllar, istaklar, intilishlar, afzalliklar va, albatta, faoliyat ko‘rinishida ro‘yobga chiqib, inson hayot faoliyatining barcha turlariga ta'sir ko‘rsatadi.
Baholashning mohiyatini teranroq anglab yetish uchun uni «qadriyat» bilan solishtirish o‘rinli bo‘ladi. Baholash va qadriyat – bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan tushunchalar, lekin ularning o‘rtasida jiddiy farq ham mavjud. Xo‘sh, bu farq nimalarda ko‘rinadi?
Birinchidan, qadriyat biz baho berayotgan narsa, ya'ni baholash predmeti bo‘lsa, baholash – bu baho berish jarayoni, ya'ni aqliy faoliyat bo‘lib, uning natijasi o‘laroq borliqning muayyan predmeti biz uchun qanday qimmatga ega ekanligi aniqlanadi. Predmetni yoki uning xossasini foydali, yoqimli, yaxshi, chiroyli deb topib, biz baholashni amalga oshiramiz.
Ikkinchidan, faqat ijobiy ahamiyat kasb etuvchi qadriyatlardan farqli o‘laroq («salbiy qadriyatlar» bo‘lishi mumkin emas), berilgan baho ijobiy bo‘lishi ham, salbiy bo‘lishi ham mumkin. Biz muayyan predmetni yoki uning xossasini foydali emas, balki zararli deb topishimiz, muayyan xatti-harakatni yomon, axloqqa zid deb baholashimiz, ko‘rilgan filmni mantiqsiz deb qoralashimiz mumkin. Bunday fikrlarning barchasi baholash hisoblanadi.
Uchinchidan, qadriyat amaliy munosabat mahsuli sifatida ob'ektiv hisoblanadi. Baholash esa sub'ektivdir. U ob'ektiv qadriyatning sifatigagina emas, balki baholovchi sub'ektning ijtimoiy va individual fazilatlariga ham bog‘liqdir. Ayni shu sababli ayni bir hodisa ayni bir davrda yashayotgan odamlar tomonidan turlicha baholanishi mumkin.
Bu yerda haqiqiy va soxta baholar to‘g‘risidagi masala yuzaga kelishi mumkin.
Baholash ilmiy bilimlarga tayanishi ham, odatdagi bilimlarga, an'analarda, odatlarda mujassamlashgan ijtimoiy tajribaga va hatto turli xurofiy aqida va bid'atlarga tayanishi ham mumkin. Kezi kelganda shuni qayd etib o‘tish lozimki, baholashning fanga oddiy mansubligi uning muqarrar tarzda haqqoniyligidan dalolat bermaydi, xuddi shuningdek oddiy ong darajasida baholash o‘z-o‘zidan uning soxtaligini anglatmaydi.
Berilgan bahoning haqqoniyligi sub'ekt qadriyatning ob'ektiv ahamiyatini qay darajada aniq anglab yetgani bilan belgilanishini tushunish muhimdir. Haqiqat to‘g‘risidagi masalada bo‘lganidek, bu yerda ham amaliyot bosh mezon hisoblandi.

Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   298   299   300   301   302   303   304   305   ...   360




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin