Falsafa fanining tadqiqot sohasi va predmeti. Dunyoqarash tushunchasi, uning mohiyati va tarixiy shakllari. Falsafa fanining bahs mavzulari va muammolari



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə100/228
tarix24.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#134762
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   228
FALSAFA MA\'RUZA MATNI

Tayanch tushunchalar
Belgi – boshqa bir predmet, xossa yoki munosabatni ifodalaydigan va muayyan xabarni uzatish, saqlash yoki unga ishlov berishda ishlatiladigan moddiy, hissiy idrok etiladigan predmet.
Chinlik – bu fikrning real voqelikdagi munosabatlarga mos kelish-kelmasligini ifodalaydi.
Deduksiya – tadqiqot yoki tavsiflash metodi, usuli bo‘lib, bunda ayrim qoidalar umumiy xulosalar, aksiomalar, qoidalar, qonunlardan tadrijiy yo‘l bilan keltirib chiqariladi.
Denotat – nomning mazmuni predmetini ifoda qiladi va mantiqdagi nom.
Deskriptiv atamalar - Gapda predmetlarni ularning xossalari va munosabatlarini aks ettiruvchi ifodalar.
Entimema – asoslardan biri yoki xulosasi qoldirilib ifoda etilgan sillogizm.
Epixeyrema – qisqartirilgan murakkab sillogizm.
Formallashtirish - konkret mazmunga ega bo‘lgan fikrlarni simvollar bilan almashtirish.
Kategoriya – tushunchaning maxsus turi.
Klassifikatsiya – tasnif.
Kontsept – nomning ma’nosi, predmetni muhim umumiy belgilarini ifodalaydi.
Mahsulot – ko‘rish, eshitish, umuman besh sezgi tomonidan qo‘lga kiritilgan bilimlar.
Mantiq – tafakkur qonunlari, shakllari va usullarini o‘rganadigan fan.
Mantiqiy anliz – tadqiq etuvchi obyektni fikran tarkibiy qismlarga ajratish.
Mavhumlashtirish – (abstraksiyalash) – bilishda obyektiv reallikdagi predmet, hodisalarning eng muhim, asosiy, umumiy tomonlarini aniqlash.
Pragmatika - kishilarni belgilarga munosabatini, belgilar yordamida kishilar o‘rtasida vujudga keladigan munosabatlarni o‘rganadi.
Predikatlar mantig‘i – mulohaza jarayonini hukmlarning ichki tuzilishini xisobga olgan xolda o‘rganuvchi formallashgan mantiqiy sistemadir.
Predikatorlar – predmet xossalari va munosabatlarini aks ettiruvchi ifodalar.
Psixologiya – insonning ruhiy taraqqiyoti qonunlarini o‘rganuvchi fan.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   228




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin