XXI asrda global etosfera (axloqiy muhit)ni yaratishning zaruriyati.
Nikoh – eng qadimgi axloqiy munosabat shakli sifatida.
Axloqiy tarbiya va madaniyat uyg‘unligi.
Tayanch so‘z va iboralar: Axloqshunoslik, etika, odob, xulq, axloq, noosfera, etosfera, fazilat, illat, axshilik va yomonlik, axloq ideal, baxt, muhabbat va nafrat, ezgulik va yovuzlik, hayotning ma’nosi, adolat, vijdon, burch, or-nomus, ideal, qadr-qimmat, baxt, axloqiy tamoyillar, vatanparvalik, fidoiylik, erkparvarlik, tinchlikpa
rvarlik, muomalalilik, jo‘mardlik, hushmuomalalilik, odoblilik, soddalilik, axloqiy me’yorlar, sabr-toqat, rostgo‘ylik, halollik, poklik, kamtarlik, oila, nikoh, axloqiy madaniyat, axloqiy tarbiya, davlat, mahalla, fuqarolik jamiyati, kasbiy odob, axloqiy madaniyat, “Ommaviy madaniyat”, kosmopolitizm, bioetika, evtanaziya, klonlashtirish, transplantatsiya, ksenotransplantatsiya, axloqiy kamolot.
Jamiyatdagi har bir inson yakka holda, tashqarida yashamaydi. U odamlar orasida o‘sadi, ulg‘ayadi, hayot kechiradi, uning butun hayoti va faoliyati davomida har-xil toifadagi ko‘plab insonlar bilan muloqotda bo‘ladi. Bu insonning kundalik hayotiy ehtiyojlarini qondirish zaruratidan kelib chiqadi.
Jamoa bo‘lib yashash jamiyatda qabul qilingan urf-odat, an’ana va qonun – qoidalarga amal qilishni talab etadi. Ana shu jarayonda inson va jamiyat o‘rtasida yuzaga keladigan obyektiv aloqadorlik, ya’ni ijtimoiy munosabat – xulq atvor, odob, xatti-harakat, prinsip va normalarning majmuasi axloqning mazmun mohiyatini tashkil etadi. Binobarin, axloqning manbai jamiyat ehtiyoji va manfaatlaridan iborat.
Etika axloqning kelib chiqishi va mohiyatini, kishining jamiyatdagi axloqiy munosabatlarini o‘rganadi. «Axloq» so‘zi arabchadan olingan bo‘lib, insonning muomala va ruhiy xususiyatlari majmuini, fe’lini, tabiatini anglatadigan «xulq» so‘zining ko‘plik shaklidir. «Axloq» iborasi ikki xil ma’noga ega: umumiy tushuncha sifatida u fanning tadqiqot obyektini anglatsa, muayyan tushuncha sifatida inson fe’l-atvori va xatti-harakatining eng qamrovli qismini bildiradi.
Axloq inson va jamiyat o‘rtasidagi obyektiv aloqadorlik tufayli kelib chiqadigan, shaxsiy va umumiy manfaatlarni muvofiqlashtirib turish asosida har bir shaxsning hayoti va faoliyatini boshqaradigan, tartibga soladigan muayyan xulq atvor, odob, xatti-harakat prinsip va normalarning majmuidir.
Axloqni umumiy tushuncha sifatida olib, uni doira shaklida aks ettiradigan bo‘lsak, doiraning eng kichik qismini odob, undan kattaroq qismini - xulq, eng qamrovli qismini axloq egallaydi.
Odob - inson haqida yoqimli taassurot uyg‘otadigan, lekin jamoa, jamiyat va insoniyat hayotida burilish yasaydigan darajada muhim ahamiyatga ega bo‘lmaydigan, milliy urf-odatlarga asoslangan chiroyli xatti-harakatlarni o‘z ichiga oladi.
Xulq - oila, jamoa, mahalla-ko‘y miqyosida ahamiyatli bo‘lgan, ammo jamiyat va insoniyat hayotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydigan yoqimli insoniy xatti-harakatlarning majmui.
Axloq - jamiyat, zamon, ba’zan umumbashariy ahamiyatga ega, insoniyat tarixi uchun namuna bo‘la oladigan ijobiy xatti-harakatlar yig‘indisi, insoniy kamolot darajasini belgilovchi ma’naviy hodisa.
Dostları ilə paylaş: |