Falsafa fanining tadqiqot sohasi va predmeti. Dunyoqarash tushunchasi, uning mohiyati va tarixiy shakllari. Falsafa fanining bahs mavzulari va muammolari


Etika fanining maqsadi va vazifalari



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə131/228
tarix24.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#134762
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   228
FALSAFA MA\'RUZA MATNI

Etika fanining maqsadi va vazifalari. Milliy mustaqillikni mustaxkamlash jarayonida Etikaning jamiyat ijtimoiy-ma’naviy hayotidagi o‘rni. Vatanparvar, millatparvar, halol shaxsni – zamonaviy barkamol insonni voyaga yetkazish va XX1 asrda umumjahoniy miqyosda axloqiy muhitni yaratishga hizmat qilish Etika fanining eng dolzarb vazifalaridan ekanligi haqida ma’lumot berish.
Jamiyatimizdagi hozirgi yangilanish jarayonida Etikaning o‘z o‘rni bor. Uning oldida yangi demokratik va huquqiy davlat barpo etishga kirishgan mamlakatimiz fuqarolarining, ayniqsa, yoshlarning axloqiy darajasiga mas’ullik va har tomonlama kamol topgan zamon kishisi tarbiyasini nazariy asoslashdek ulkan vazifalar turibdi. Ularni faqat qadimiy va har doim zamonaviy bo‘lib kelgan axloqqa yangicha yondashuvlar asosidagina amalga oshirsa bo‘ladi.
Yangicha yondashuvlardan biri-Etikada milliy g‘oya va mustaqillik mafkurasiga e’tiborni kuchaytirish bilan bog‘liq. Chunki zamonaviy komil inson an’anaviy axloqiy qadriyatlar bilan yo‘g‘rilgan yangicha mafkuramizni o‘zida mujassam etgan, milliy g‘oyani o‘z ruhiy olamiga singdirgan yetuk shaxs bo‘lmog‘i lozim. Uning qalbida axloq mafkuraviylikni va mafkura axloqiylikni uyg‘unlashtirgan ma’naviy hodisalarga aylanmog‘i kerak. Chunki mafkura bir yoqlama, mahdud, o‘ta siyosiylashtirilgan g‘oyalar tizimi emas, u ham xuddi axloq kabi, axloq bilan yonma-yon turib, insonni yuksak ma’naviy parvozlarga da’vat etuvchi botiniy kuchdir.
Etika oldida qator global muammolarni ham qilishidek o‘ta muhim vazifalar ham bor. Ulardan biri va birinchisi ilm-fan taraqqiyoti tufayli vujudga kelgan texnikaviy bosini bartaraf etish. XX va XXI asrda erishilgan fan-texnika yutuqlari hozirgi paytda inson va u yashayotgan sayyoraning kelajagiga tahdid solmoqda. Atom, vodorod, neytron bombalari, ballistik raketalar, eng yangi texnikaviy ko‘rsatkichlarga ega qiruvchi, bombardimon harbiy uchoqlar, suv osti va suv usti kemalari, eng yangi rusmdagi tanklar hamda turli-tuman qurollar hammasi insonni yo‘q qilishga qaratilgan. Ularni ishlab chiqarish korxonalari va sinov maydonlari ekologik buhronlarning manbaidir. Bular bir yoki bir necha mamlakat uchun emas, balki global, umumsayyoraviy falokat hisoblanadi. Ularning oldini olishni faqat bir yo‘l bilan-biz yashayotgan texnikaviy muhitda (noosferada) axloqiy muhitni (etosferani) barqaror etish orqali hil qilish mumkin. Shuningdek, biologik Etika, ekologik Etika, o‘lim jazosini bekor qilish muammolari ham global tabiatga ega.



Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   228




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin