Falsafa fanining tadqiqot sohasi va predmeti. Dunyoqarash tushunchasi, uning mohiyati va tarixiy shakllari. Falsafa fanining bahs mavzulari va muammolari



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə139/228
tarix24.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#134762
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   228
FALSAFA MA\'RUZA MATNI

O‘lim va o‘lmaslik. O‘lim va o‘lmaslik Etikadagi eng murakkab tushunchalar sirasiga kiradi. Avvalo shuni aytish kerakki, o‘lim shu paytgacha axloqiy tushuncha sifatida «rasmiy» olib qaralmagan. Vaholanki, uni eng katta yovuzlik, eng ulkan baxtsizlik tarzida talqin etish odat tusiga kirgan. Mantiqan olib qaralganda, ezgulik va baxtning ziddi bo‘lgan tushuncha axloqqa taaluqli, ya’ni illatdir. Zero o‘lim oliy qadriyat bo‘lmish inson hayotini kesib qo‘yadi, uning ezguliklar, yaxshiliklar qilishga bo‘lgan imkoniyatini yo‘qqa chiqaradi. Masalan, Ibn Sino, juda bo‘lmaganda, yana o‘n yil yashaganida, 67 yoshga kirganida qanchadan - qancha ezgu ishlar qilgan, falsafa, tibbiyot va badiiy adabiyot sohasida ko‘plab buyuk asarlar yaratgan bo‘lur edi. O‘lim uni, u orqali bizni ham ana shu ma’naviy ezguliklaridan mahrum qildi. Demak, o‘lim, faqat biologik yoki tabiiy tushuncha emas, uning mohiyati axloqiylik bilan chambaras bog‘liq. To‘g‘ri o‘lim – haq. Lekin bu yerda o‘limning turlari mavjudligini unutmaslik lozim.
O‘limning birinchi turi, bu tabiiy, tashqi tabiat va inson ichki tabiati bilan bog‘liq o‘lim. U ikki xil bo‘ladi: birinchisi – odatiy o‘lim, u qarilik tufayli, inson a’zolarining hayotni davom ettirishga yaroqsizligi tufayli ro‘y beradi. Ikkinchisi – halokat, u biror bir tabiiy ofat, yoki tasodiflar tufayli voqe bo‘ladigan o‘lim.
Ikkinchi turdagi o‘lim – jamiyat bilan bog‘liq, u ham ikki xil bo‘ladi. Birinchisi – majburiy o‘lim, u odatda jazo shaklida amalga oshiriladi. Ikkinchi xili – bu dunyodagi azob–uqubatlardan, ular hoh ruhiy, hoh jismoniy bo‘lsin, qutilib, uyqu bilan mangu orom olish uchun ixtiyoriy tarzda amalga oshiriladigan o‘lim, totli o‘lim yoki evtanaziya deb ataladi. Ayni ana shu ikkinchi turdagi o‘lim axloq bilan bog‘liq. Chunonchi ikkinchi turdagi o‘limning birinchi xili – ulkan yovuzlik hisoblanadi. Shunga ko‘ra o‘lim jazosi yovuzlikka qarshi yovuzlik ko‘rsatishdir. Bu haqda keyinroq bafurja to‘xtalamiz.
Etikaning asosiy tamoyillari
Asosiy mezoniy tushunchalar (kategoriyalar) singari axloqiy tamoyillar ham axloqiy anglash shakllaridan hisoblanadi. Ularda axloqiy talab nisbatan umumiy tarzda ko‘zga tashlanadi. Ular jamiyat tomonidan shaxsga qo‘yiladigan talab tarzida namoyon bo‘lib, insonning axloqiy mohiyatini, uning hayoti mazmunini, odamlar bilan o‘zaro aloqalaridagi asosiy jihatlarni belgilab beradi. Natijada tamoyillar, inson xatti-harakatining umumiy yo‘nalishini ko‘rsatgan holda, ko‘pgina axloqiy me’yorlar uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Insonparvarlik. Axloqiy tamoyillarning eng qadimiy va eng muhimlaridan biri - insonparvarlik. U - insonning yuksak ijtimoiy vazifasini belgilaydigan va barqaror etadigan g‘oyalar, qarashlar va e’tiqodlar majmui, shaxs erki, qadr-qimmati, uning baxtli bo‘lish huquqini talab etish imkonining mavjudligiga yengilmas ishonch. Insonparvarlik tamoyilini dastlab Ovro‘pa Uyg‘o-nish mutafakkirlari ilgari surganlar, degan fikr mavjud. Aslida, insonparvarlik dastavval Sharqda o‘rtaga tashlangan, insoniylik, insonparvarlik degan ma’noni bildiruvchi «namlulu» so‘zi bundan 3-4 ming yillar avvalgi Qadimgi Somir mix xatlarida uchraydi.
Erkparvarlik. Agar insonparvarlik tamoyili shaxsning barcha insoniy haq-huquqlari himoyasida tursa, ya’ni ancha keng qamrovli va umumiy intilish bo‘lsa, erkparvarlik tamoyili uning ma’lum ma’noda muayyanlashgan bir qismi hisoblanadi. Erkparvarlik insonning eng oliy huquqi - erkin, ozod yashash huquqini himoya qilishi bilan muhimdir. Zero, erksiz inson - asir, erksiz millat - qul, erksiz mamlakat - mustamlaka. Erkparvarlik, avvalo, o‘z millati, o‘z Vatani erki uchun, qolaversa, boshqa millatlar va vatanlar erki uchun kurashni hayotining maqsadi qilib qo‘ygan insonlar tamoyilidir.
Erkparvar inson qullikning, mutelikning har qanday ko‘rinishini inkor etishi barobarida inson huquqlarining tom ma’nodagi jangchisiga ham aylanadi. Bu jangchi bir tomondan, har bir shaxsning so‘z erkinligi, o‘z fikrini erkin bayon qilishi, saylash huquqi, vijdon erkinligi uchun kurashadi, ikkinchi tomondan, butun-butun millatlar erki masalasini o‘rtaga tashlar ekan, ma’lum ma’noda milliy ozodlik harakatlari uchun ham turtki beradi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   228




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin