Falsafa fanining tadqiqot sohasi va predmeti. Dunyoqarash tushunchasi, uning mohiyati va tarixiy shakllari. Falsafa fanining bahs mavzulari va muammolari



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə137/228
tarix24.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#134762
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   228
FALSAFA MA\'RUZA MATNI

Qadr-qimmat. Qadr-qimmat tushunchasi inson o‘z qadrini, bu dunyoda uning hayoti oliy qadriyat ekanligi, o‘z shaxsi oldida o‘zi ma’sul ekanligini anglash uchun xizmat qiladigan hissiyot. U nomus, g‘urur tushunchalari bilan bog‘liq, bir tomondan insonning o‘z qadrini har qanday holatda ham yerga urmasligini taqozo etadi. Masalan, iste’dodli, vijdonli, ziyoli odam biror bir shaxsiy ishini hal qilishi uchun nokas boyvachchaga yoki to‘pos rahbarga yalinsa, garchand o‘z maqsadiga yetsa ham, bu o‘zi tomonidan o‘z qadrini yerga urishdir. Pirovard natijada o‘zini kamsitilgan xis qiladi, bundan afsus bilan yashaydi.
Qadr-qimmatning yana bir jihati – insonning boshqalar yoki jamiyat tomonidan kamsitilishi bilan bog‘liq. Bunda kishining hayotida egallagan haqiqiy o‘rinni atayin tan olmaslik, boshqa birov, guruh yoki jamiyat tomonidan ko‘ra - bila turib, uni chetga surib qo‘yish va shu orqali uni iztirobga sloshi kabi usullarni qo‘llashdir. Bunday usullar ma’naviy saviyasi past odamlar orqali, qonunlari ishlamaydigan totalitar va avtoritar boshqaruv hukumronlik qilgan jamiyatda ro‘y beradi. Bunga misol tarzida Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon kabi buyuk siymolarning qamashga, otishga hukm etilishini yoki iste’dodli ziyolilarga atayn unvonlar bermaslik, iloji boricha ular nomini xalqqa yetkazmaslikka harakat qilish hollarini keltirishimiz mumkin. Faqat bugina emas, Sho‘rolar tuzumida «sovet xalqi» deb atalgan millionlab fuqarolarning qadr-qimmati oyoq osti qilindi: ular ochlikka, suriznlarga, konsentratsion lagerlar azoblariga mahkum etildilar, qiynoqlarga solindilar. Bularning hammasi faqat iqtisodiy qiyinchiliklar oqibati emas, balki mustabid tuzum tomonidan inson g‘ururini oyoqosti qilib, uni qo‘rqoq, bo‘ysunuvchi jonzotga aylantirish uchun olib borilgan mash’um siyosat edi. Chunki g‘ururini yo‘qotgan kishida qadr-qimmat hissi o‘ladi, u haqiqat , adolat va insoniy huquqlar tantanasi uchun kurashdan o‘zini olib qochadi. Zotan qadr-qimmat insoniy g‘ururning jamiyatdagi ijtimoiy-axloqiy munosabatlarda in’ikos etish shaklidir.
Lekin g‘urur me’yorida bo‘lishi kerak, ya’ni kishining asl qadr-qimmatiga mos kelishi lozim. G‘ururdagi me’yorning buzilishi kishini kibrga olib keladi: u o‘zining va boshqalarning qadr-qimmati to‘g‘risida noto‘g‘ri tasavvurga ega bo‘lgani uchun kibrlanadi, manmanlikka beriladi. Kibrli kishi o‘zini zo‘r deb biladi. Bu shunchaki ro‘y bermaydi. Aslida u o‘z qadr-qimmatining boshqalarnikidan past ekanligi tufayli, uni sun’iy ko‘tarishga harakat qiladi, ma’naviy bo‘shliqni boshqalarga past nazar bilan qarash orqali to‘ldirishga intiladi, bu yo‘lda yolg‘on va maqtanchoqlikdan toymaydi. Pirovard natijasida u atrofdagilardan ajratib qoladi, o‘zgalarning nafratiga sozovor bo‘ladi., asl o‘zligini topolmagan axloqsiz kimsaga aylanadi. Shu bois doimo insonning «o‘z o‘rnini»- qadr – qimmatini real bilishi, o‘zgalargagina emas, birinchi navbatda o‘ziga baho bera olishi muhimdir. Xullas, qadr-qimmat – insonning o‘zi, o‘zgalar va jamiyat tomonidan oliy qadriyat sifatida e’tirof etilishi, uning ma’naviy huquqlarining tan olinishidir.
Ideal. Bir qaraganda, idealda ham baholash xususiyati mavjuddek tuyuladi. Lekin aslida u qiyoslashga asoslanadi. Antiqa tomoni shundaki, idealda nomavjud, xayoldagi insonga voqelikdagi real, mavjud inson, hayotdagi hodisalar qiyoslanadi, ya’ni bor narsa yo‘q narsa bilan o‘lchanadi. Zero, ideal hayotda mavjud bo‘lishi mumkin emas - bu hammaga ayon gap. Buning ustiga, ideal, yirik ma’noda, hozirgi zamonda ham, kelajakda ham bo‘lmaydi, uning mavjudlik sharti - o‘tgan zamon. Shunday qilib, idealga intilish shaxsning o‘z zamonasidagi odatiy sharoitga sig‘maslik, uni tezroq kengaytirish uchun qilingan xatti-harakatidir. Bu xatti-harakat uchun namunani inson, hozirgina aytganimizdek, kelajakdan topolmaydi, chunki namuna tarixiylikni, tajribaviylikni talab etadi; axloqiy idealga aylangan shaxs tarixiy tajribadagina mavjud bo‘ladi va muayyan zamonga kelib, u ma’lum ma’noda mubolag‘aviy hamda afsonaviy ta’rif-tavsif bilan boyitiladi, ya’ni ideallashtiriladi. Bunga ideal odil podsho No‘shiravon, odil yoki ideal sahovat egasi, jo‘mard inson Hotam Taiy Yamaniy siymolari yorqin misol bo‘la oladi.
Inson ideal sari intiladi, o‘z hayotini unga qiyoslaydi, unga taqlid qiladi. U inson hayotidagi eng oliy axloqiy talabki, uning bajarilishi shaxsni komillikka yetkazadi. Albatta, hayotda bunga to‘la erishib bo‘lmaydi, lekin inson ana shu komillikni o‘ziga namuna bilib, idealga intilib yashashi jarayonida nisbiy-hayotiy komillikni qo‘lga kiritadi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   228




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin