Falsafa fanining tadqiqot sohasi va predmeti. Dunyoqarash tushunchasi, uning mohiyati va tarixiy shakllari. Falsafa fanining bahs mavzulari va muammolari



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə145/228
tarix24.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#134762
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   228
FALSAFA MA\'RUZA MATNI

Axloqiy madaniyat. Davlat va fuqarolik jamiyatidagi axloqiy yuksaklik darajasini uning fuqarolari axloqiy madaniyati belgilaydi. Axloqiy madaniyat shaxsning jamiyat axloqiy tajribalarini egallashi va bu tajribalardan boshqa odamlar bilan bo‘lgan munosabatlarida foydalanishi, o‘z-o‘zini muntazam takomillashtirib borishi singari jihatlarni o‘z ichiga oladi. Qisqasi, u shaxs axloqiy taraqqiyotining belgisi hisoblanadi. Zero, axloqiy madaniyat axloqiy tafakkur madaniyatining qator unsurlarini o‘z ichiga olgan tuzilmadir. U shaxsning o‘zgalar bilan o‘zaro munosabatlarida namoyon bo‘ladi.
Muomala odobi Axloqiy madaniyatning eng muhim unsurlaridan biri - muomala odobi. U, mohiyatan, o‘zaro hamkorlikning shakllaridan biri. Inson zoti bir-biri bilan hamkorlik qilmasdan, o‘zaro tajriba almashmasdan, bir-biriga ta’sir ko‘rsatmasdan rasmana yashashi mumkin emas. Muomala odam uchun ehtiyoj, zarurat, sog‘lom kishi usiz ruhan qiynaladi, kayfiyati tushib boradi. Bu o‘rinda buyuk ingliz yozuvchisi Daniel Defo qalamiga mansub mashhur «Robinzon Kruzoning sarguzashtlari» asarini eslashning o‘ziyoq kifoya: Jumaboyni topib olgan Robinzonning naqadar quvonishiga ham sabab ana shunda.
Muomala odobi boshqa kishilar qadr-qimmatini, izzatini joyiga qo‘yishni, an’anaviy axloqiy-me’yoriy talablarni bajarishni taqozo etadi. Shuning barobarida, u insondagi yaxshi jihatlarni namoyon etishi, ko‘zga ko‘rsatishi bilan ham ajralib turadi. Uning eng yorqin, eng sermazmun va eng ifodali namoyon bo‘lishi so‘z, nutq vositasida ro‘y beradi. So‘zlash va tinglay bilish, suhbatlashish madaniyati muomalaning muhim jihatlarini tashkil etadi. Shu bois muomala odobi o‘zini, eng avvalo, shirinsuxanlilik, kamsuqumlik, bosiqlik, xushfe’llilik singari axloqiy me’yorlarda namoyon qiladi.
Darhaqiqat, muomala odobida muloqotning asosiy bo‘lmish til katta ahamiyatga ega. zero odamlar bir-birlarini til orqali tushunadilar. til vositasida o‘z fikrini o‘zgaga yetkazish ma’lum ma’noda san’at. Zarur so‘zni topishi, muayyan holatga mos keladigan ifodaviy vositalarni qo‘llash, fikrni jumlaviy jihatdan to‘g‘ri ifodalash, aniq, bosiq, salobat bilan so‘zlash hamsuhbatingiz yoki tinglovchining diqqatini tortishda muhim rol o‘ynaydi, so‘zlovchining nutq madaniyati darajasini ko‘taradi. Muomala odobida tilning sofligi masalasi ham muhim. Til sofligi buzilishining asosan uch xil ko‘rinishi mavjud. Birinchisi - bir tilda so‘zlashayotib ikkinchi tilga o‘tib ketish, to‘g‘rirog‘i birvarakay «ikki tilda» so‘zlashish. Bunga ikki talabaning so‘zlashayotganda o‘zbek tilidan rus tiliga, rus tilidan o‘zbekchaga muntazam o‘tib turishini misol qilib keltirish mumkin. Bu ba’zilari uchun odatiy xol bo‘lib qolgan. Ikkinchisi - bir tilda so‘zlashayotib ikkinchi tildagi so‘zlarni ayniqsa jargonlarni ishlatish. Masalan, «damingni ol», «karoche», «quri», «harip», «voobshim» v.h. Til sofligining uchinchi buzilishi esa bir tilda so‘zlashgan holda o‘sha tildagi «parazit» so‘zlarni qo‘llashda ko‘rinadi. M., «anaqa» «holiginday» v.h. Muomaladagi bunday til sofligining buzilishlari hamsuhbatlarga bilinmasa ham, chetdan kuzatgan odamga nihoyatda hunuk ko‘rinadi.
Muomaga odobiga «siz» va «sen»ning o‘z o‘rnida qo‘llanilishi ham ahamiyatga ega. Xususan, uchinchi shaxs ota-ona, aka-opa yoki boshqa yoshi katta odamlar bo‘lganida ularga nisban birlikdagi u olmoshini emas, hurmatni anglatuvchi «ular» yoki «u kishi» shaklini qo‘llash odobdan hisoblanadi. Masalan, «Otam shunday dedi» emas, «Otam shunday dedilar», «U kishi shuni hohlayaptilar» v.h.
Suhbat paytida tinimsiz harakatda bo‘lib turish, qo‘lni paxsa qilib gapirish yoki suhbatdoshining yoshini nazarga olmay, uni oyoqni chalkashtirib o‘tirgan holda tinglash, birov jon kuydirib so‘zlayotganda esnash va boshqa shunga o‘xshash holatlar ham muomaladagi odobsizlikni bildiradi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   228




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin