Falsafa fanining tadqiqot sohasi va predmeti. Dunyoqarash tushunchasi, uning mohiyati va tarixiy shakllari. Falsafa fanining bahs mavzulari va muammolari



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə147/228
tarix24.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#134762
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   228
FALSAFA MA\'RUZA MATNI

Etikaning global muammolari
Axloqiy muhit. Etikaning hozirgi kunda umumjahoniy global muammolarni hal qilishdek muhim vazifasi ham borki, u haqda alohida to‘xtalmaslikning iloji yo‘q. Bu muammolardan biri, eng muhimi, sayyoramizda etosfera - axloqiy muhit davrini yaratish bilan bog‘liq.
Ma’lumki, yuzlab asrlar mobaynida inson kichik biologik olam sifatida katta biologik olam ichida, uning bir parchasi, jonli organizmlar podshosi, oqil va hukmron qismi sifatida yashab keldi. XIX asrning oxiridan boshlab, ayniqsa XX asrda u o‘z tafakkur quvvati bilan, ilmiy-texnikaviy yuksalishlar tufayli ana shu biosfera ichida noosferani - texnikaviy muhitni yaratdi. Mana, hozirgi kunda, qarang, ertalabdan kechgacha biz o‘z texnikaviy kashfiyotlarimiz ichida yashaymiz - yeymiz, ichamiz, yuramiz, uxlaymiz, ularsiz hayotimizni tasavvur qila olmaymiz. Bular metro, avtobus, televizor, radio, telefon, eskalator, pleyer, lift, kompyuter, poezd, teploxod, gaz plitalari, elektr asboblari, zavodlar, lokatorlar, kimyoviy dori-darmonlar va h.k. Bugun videotelefonda gaplashar ekanmiz, yuzlab chaqirim naridagi suhbatdoshimizni ko‘rish va u bilan gaplashish uchun ot-ulovda yoki piyoda boradigan bo‘lsak, necha kunlab yo‘l bosishimiz kerakligi haqida o‘ylab o‘tirmaymiz, to‘g‘rirog‘i, bu esimizga ham kelmaydi. Chunki texnika bizning yashash muhitimizga aylanib qolgan.
Faqat bugina emas. Inson endilikda o‘zi yashayotgan butun boshli sayyoraga ta’sir ko‘rsata boshladi. Yer tarixida inson birinchi marta ulkan geologik kuch bo‘lib maydonga chiqdi. Insoniy tafakkur biosferadagi o‘zgarishlarning asosiy sababiga aylandi. Noosfera ta’limoti asoschilaridan biri buyuk rus olimi V.I.Vernadskiy ilmiy tafakkur va inson mehnati ta’siri ostida biosfera yangi holat bo‘lmish noosferaga o‘tayotganligini, butun geologik davr mobaynida yaratilgan, o‘z muvozanatlarida barqarorlashgan biosfera inson ilmiy tafakkuri bosimi ostida tobora kuchliroq va teranroq o‘zgarishga kirishganini ta’kidlaydi: «Sayyoramiz yuzi - biosfera inson tomonidan ongli va asosan ongsiz ravishda keskin kimyoviy o‘zgarishlarga duchor etilmoqda, - deb yozadi u. -Inson quruqlikning fizikaviy va kimyoviy havo qobig‘ini, uning barcha tabiiy suvlarini o‘zgartirmoqda... Hozir biz biosferadagi yangi geologik evolyusion o‘zgarishlarni boshdan kechiryapmiz. Biz noosferaga kirib boryapmiz».31
Ana shu nuqtadan tafakkur o‘zi nima degan muammo paydo bo‘ladi. Bu haqda V.I.Verkadskiy shunday mulohaza bildiradi: «Tafakkur energiyaning shakli emas. U qanday qilib moddiy jarayonlarni o‘zgartira oladi? Bu masala hanuzgacha ilmiy jihatdan yechilishi topgan emas»32.
Vernadskiy hayratga solgan masala hozir ham o‘sha–o‘sha, hol etilmagan.
Xo‘sh, tafakkur o‘zi nima? U biologik hodisa bo‘lmish insonda, uning ruhiy-fiziologik yaxlitlikdan iborat miyasida tug‘iladi, lekin tug‘ilishi bilan biologik qobiqdan chiqadi va tashqi muhitda energiyaga o‘xshab nimanidir yaratadi. Endi inson bilan uning tafakkuri orasida muayyan masofa paydo bo‘ladi, masofa uzoqlashgani sari tafakkurning mohiyati ayon bo‘lib boradi: inson kutgan oqibat kutilgandan boshqacha mazmun kasb eta boshlaydi. Nega? Bizningcha, ….
Noosferada, yuqorida aytganimizdek, inson fikri narsalashadi, o‘z intellektimiz narsalarga aylanib, bizni o‘rab oladi. Insonning ichki tabiati muhit mavqeini egallab, tashqi tabiatga ta’sir ko‘rsata boshlaydi va ko‘p hollarda bundan eng avvalo insonning o‘zi ozor chekadi. Tafakkur biologik xususiyatga ega bo‘lmagani uchun biologik muhitning o‘rnini egallashga, uni asta-sekin siqib chiqarishga harakat qiladi. Bu harakat ma’lum nuqtadan o‘tganidan so‘ng esa o‘z ijobiy xususiyatini yo‘qota boradi va insoniyat uchun salbiy hodisaga aylana boshlaydi. Atom, vodorod, neytron bombalarining kashf etilishi, yadro kallakli ballistik raketalarning yaratilishi ana shunday salbiy hodisalardandir. Bundan tashqari, noosferaning paydo bo‘lishi atmosferani, olamiy okeanni, yer osti va yer usti suvlarini, nabototni, hayvonotni, hatto insonni ich-ichidan kimyoviy zaharlanishga olib kelmoqda. Hozirgi kunda tirik organizmlarning, o‘simliklarning, hayvonlarning ko‘pgina turlari jisman yo‘q bo‘lib ketish arafasida turibdi. Ayniqsa, joy topolmay, okean bo‘ylab kemalarda suzib yurgan radioaktiv chiqindilar yoki ularning kimsasiz go‘zal orollarga ko‘mib tashlanishi, kislota yomg‘irlarining ko‘payib borishi singari hodisalar bag‘oyat xatarli. Afsuski, inson ko‘ra-bila turib, o‘zi o‘tirgan shoxga bolta urishni to‘xtatmayotir.
Bu muammolarning hal etilishi faqat atrof-muhitni kimyoviy zahardan ekologik tozalashnigina emas, balki, eng avvalo, global ma’noda, XXI asr kishisi ongini texnokratiya zaharidan forig‘lantirishni taqozo etadi. Ya’ni ular insoni-yat oldida endilikda ekologik hodisa emas, balki tom ma’nodagi axloqiy muammolar sifatida ko‘ndalang bo‘lib turibdi. Mashhur avstriyalik etolog olim, Nobel mukofoti laureati Konrad Lorensning: «Yoppasiga va tez yoyilib borayotgan jonli tabiatga begonalashish hodisasi uchun asosan sivilizatsiyamiz kishisidagi estetik va axloqiy to‘poslik aybdordir», - degan so‘zlari shu nuqtai nazardan diqqatga sazovordir.33
Yuqorida aytilganlardan chiqadigan xulosa bitta: kelajakda inson o‘zini va o‘z sayyorasini muqarrar halokatdan qutqaraman desa - XXI asrdan boshlab etosfera davriga o‘tishi kerak; axloqiylik har birimiz uchun har qadamda bugungi texnikaviy muhit kabi zaruratga aylangandagina bunga erishish mumkin. Bunda Etika fanining o‘rni nihoyatda beqiyos.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   228




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin