Falsafa fanining tadqiqot sohasi va predmeti. Dunyoqarash tushunchasi, uning mohiyati va tarixiy shakllari. Falsafa fanining bahs mavzulari va muammolari



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə149/228
tarix24.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#134762
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   228
FALSAFA MA\'RUZA MATNI

Tayanch tushunchalar
Axloq (arab. xulqning ko‘pligi; lot. moralis — xulq-atvor) — ijtimoiy ong shakllaridan biri, ma’naviy hayot hodisasi, ma’naviyat sohasiga oid tushuncha. Axloqiy qadriyatlar – kishilarning xulq-atvorida asrlar davomida shakllangan o‘zaro munosabatlar, yurish-turish qoidalari: xushxulqlik, xushmuomalalik, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, halollik, pokizalik, ezgulik, mehnatsevarlik, insonparvarlik, vatanparvarlik.
Axloqiy ideal – axloq me’yorlarining yuksak, orzu qilingan darajadagi tasavvufi, barcha eng yaxshi xislatlarga ega, har tomonlama tarbiyalangan inson obrazi.
Axloqiy madaniyat axloqiy tarbiyaga doir asarlar, qarashlar, g‘oyalar, ko‘nikmalar va ularga amal qilinish.
Axloqiy me’yorlar – jamiyatda o‘rnatilgan xulq-atvor qoidalari, ular urf-odat, ko‘nikma, marosim qoidalari sifatida namoyon bo‘ladi, axloqiy qadriyatlar sifatida qaraladi, ularga amal qilmaslik jamoatchilik tomonidan qoralanadi.
Axloqiy tafakkur – axloq masalalariga bag‘ishlangan fikrlar, qarashlar g‘oyalar, har bir insonnning axloqiy me’yorlar va qadriyatlarni anglash, ilmiy mushohada qilish jarayoni.
Axloqsizlik – jamiyatda qabul qilingan axloqiy me’yorlardan chetga chiqish: boqimandalik, yolg‘onchilik, ichkilikbozlik, fohishabozlik, o‘g‘rilik, hasad, g‘iybat, tuhmat, vatanfurushlik, e’tiqodsizlik va shular kabi barcha salbiy xislatlarning namoyon bo‘lishi.
Adolat — yuksak ma’naviy tushuncha bo‘lib, uning ezgulik va yovuzlik hamda yaxshilik va yomonlikdan asosiy asosiy farqi shundaki, adolatning o‘zi biror bir qadriyatni anglatmaydi, lekin qadriyatlar orasidagi nisbatni belgilaydi, ularni baholash maqomiga ega.
Baxt – ma’naviy axloqiy tushuncha. Kishi o‘z faoliyati natijalaridan hayotda qo‘lga kiritilgan yutuqlaridan to‘la qoniqish, yashash tarzidan mamnunlik, muayyan maqsadga yetganlik, orzu-umidning ushalishi, bearmonlik holati sifatida namoyon bo‘ladi. Baxt nisbiy tushuncha, mutloq baxt yo‘q. Baxtni qanday ma’noda tushunishning shaxsning ijtimoiy o‘rniga, bilimi, yoshi, dunyoqarashiga bog‘liq.
Bioetika – hozirgi zamon etikasining muhim yo‘nalishlaridan biri. Bioetika inson hayotini eng oliy axloqiy qadriyat sifatida qaraydi, shu bilan birga, inson hayotini saqlash muammosini – yaxshilik va yomonlikni farqlashning muhim mezoni, deb hisoblaydi. Hozirgi zamon fanida bioetika tirik mavjudotlar, shu bilan birga, insonga ham bo‘lgan munosabatlarning ma’naviy-axloqiy regulyativi, deb qaraladi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   228




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin