Falsafa fanining tadqiqot sohasi va predmeti. Dunyoqarash tushunchasi, uning mohiyati va tarixiy shakllari. Falsafa fanining bahs mavzulari va muammolari



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə144/228
tarix24.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#134762
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   228
FALSAFA MA\'RUZA MATNI

Davlatning axloqiy mohiyati
Buyuk olmon faylasufi Hegel davlatni axloqiy g‘oyaning voqe bo‘lishi deb ta’riflaydi va tabiiy munosabatlarni ma’naviy munosabatlar bilan muqoyasa qilib, oilani - hissiyotga, fuqarolik jamiyatini - asabning ta’sirlanish qobiliyatiga, davlatni esa o‘zi uchun asab tizimiga o‘xshatadi; u o‘z ichida botinan tashkil topgan, biroq uning yashashi o‘zida ikki holatning taraqqiy topishiga bog‘liq, bular - oila va fuqarolik jamiyati. Davlat aqlning ro‘yobga chiqishi sifatida har bir shaxs ixtiyoriga mosdir. Odatda, davlatning maqsadi o‘z fuqarolarini baxtli qilish deb hisoblanadi. Agar fuqarolar qiynalsa, ularning subyektiv ehtiyoj-maqsadlari qondirilmasa, davlatning mustahkamligi shubha ostida qoladi. Davlatning asosi – siyosiy tuzum. Uning taqdiri ham ana shu siyosiy tuzumga bog‘liq.30
Ko‘pdan-ko‘p turli-tuman boshqaruv va tashkiliy institutlardan iborat bo‘lgan davlatning eng muhim axloqiy vazifalaridan biri - tarbiya. Agar mazkur tarbiyada ommabop usullarning toshi bosib ketsa, u hol maqtarli emas; yoshlarning o‘zligini anglagan shaxs bo‘lib yetishuvi mushkullashadi. Shu bois, imkon boricha, tarbiyada individual yondashuvga intilish maqsadga muvofiq.
Demokratik tamoyillarni amalga oshirish jarayonlarida davlat, hamma fuqaro baravariga teng, degan usulda ish ko‘rmasligi lozim, hammaning huquqiy tengligini tan olgan holda, ijtimoiy tenglashtirish tamoyiliga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Davlatning mavjud bo‘lish sharti, eng avvalo, uning suverenitetida. Bunda xalq tashqi olamga nisbatan mustaqil bo‘ladi va o‘z davlatini shu mustaqillik asosida tuzadi. Shu bois suverenitet to‘g‘risida alohida to‘xtalib o‘tish joiz. Davlat suvereniteti eng avvalo millat suvereniteti demakdir. U shaxs mustaqiligini, huquqlarini kafolatlaydigan va millat hukmronligini to‘liq ta’minlaydigan ijtimoiy-siyosiy hodisalar. Millat suvereniteti birinchi navbatda ularning siyosiy jihatdan o‘z - o‘zini boshqarishda qadimdan egallab kelgan hudud va undagi foydali qazilmalarga egalik qilishda, o‘zi tanlagan davlat hokimiyatida hamda milliy fuqarolikda namoyon bo‘ladi. Shuningdek, inson suvereniteti ham davlat suverenitetining muhim qismi hisoblanadi. U fuqaroning yashashga, mustaqil dunyoqarashga bo‘lgan huquqi bilan belgilanadi va zulmga, adolatsizlikka, ochlikka, shaxs erkinligining buzilishiga qarshi kafolatlar majmuini o‘z ichiga oladi.
Shunday qilib suveren davlat inson huquqlarini, shaxs nomusi va qadr - qimatini himoya qilishni o‘zining asosiy vazifasi, deb biladi. Uning yuksak axloqiy mohiyati ham ana shunda. Biz mustaqillikka erishganimizdan keyin o‘z davlatimizni qadimiy davlatchiligimizning eng yaxshi an’analari bilan birga zamonaviy demokratik tamoyillar asosida qurishga kirishdik.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   228




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin