Falsafa fanining tadqiqot sohasi va predmeti. Dunyoqarash tushunchasi, uning mohiyati va tarixiy shakllari. Falsafa fanining bahs mavzulari va muammolari



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə134/228
tarix24.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#134762
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   228
FALSAFA MA\'RUZA MATNI

Ezgulik va yovuzlik. Asosiy tushunchalar orasidagi yana bir juftlik - ezgulik va yovuzlik. Ezgulik Etikadagi eng muhim kategoriyalardan. U inson faoliyatining asl mohiyatini anglatadi - Tangri irodasining inson qalbidagi tajassumi sifatida namoyon bo‘ladi. «Ezgu o‘y, ezgu so‘z, ezgu a’mol» uchligi «Avesto» dan tortib barcha muqaddas kitoblarda yetakchi o‘rinni egallashi ham shundan.
Ezgulik - insonga eng kuchli ma’naviy lazzat bag‘ishlaydigan, uni ijtimoiy shaxsga aylantirib, haqiqiy baxtga olib boruvchi fazilat; shaxsni komillikka, jamiyatni esa yuksak taraqqiyotga yetkazuvchi yuksak qadriyat. U insonning axloqiy faoliyati tufayli muayyanlashadi, yuzaga chiqadi. Uni sinfiylik yoxud partiyaviylik qobig‘iga o‘rash mumkin emas. Chunonchi, «sinfiy dushmanni», ya’ni biror bir shaxsni yoki guruhni faqat boshqa sinfga mansub bo‘lgani uchun jisman yo‘qotish, qanchalik bo‘yab-bejalmasin, ezgulik bo‘lolmaydi. U tom ma’nodagi yovuzlikdir. Totalitar tuzumlar mafkurasida ezgulikni bunday talqin etishning noilmiyligi, soxtaligi hozirgi kunda hammaga ayon.
Ezgulik va uning ziddi yovuzlik odatiy, kundalik hayot mezonlari bilan o‘lchanmaydi, ular ham muhabbat singari qamrovli va ijtimoiylik xususiyatiga ega. Ezgulikning axloqiy ideal bilan bog‘liqligi shundan. Shu tufayli u amaliyotda qahramonlik, vatanparvarlik, insonparvarlik, jasurlik singari tamoyillarni o‘z ichiga oladi.
Shuni ham aytish kerakki, muhabbat va nafrat juftlik tushunchasida nafrat muhabbatni inkor etmay, aksincha, uning barqarorligidan dalolat bersa, ezgulik va yovuzlik juftligida har ikki tushuncha bir-birini tamomila inkor etadi. Nafaqat inkor etadi, balki ular orasida hayot-mamot kurashi ketadi va bu kurash abadiy kurash sifatida, olamni harakatga keltiruvchi kuch tarzida namoyon bo‘ladi.
Ezgulik va yovuzlikning yana bir o‘ziga xos tomoni shundaki, bu juftlik tushuncha inson faoliyatini baholash xususiyatiga ega. Uni odam bolasining ulug‘ligi va tubanligini o‘lchaydigan muqaddas tarozuga o‘xshatish mumkin. Insonning komilligi, jamiyatning takomilga erishgan-erishmagani shu mezon bilan o‘lchanadi. Chunonchi, Lenin, Stalin, Hitler, Pol Potlarni yovuz insonlar, sobiq sho‘rolar ittifoqini esa jamiyat sifatida «Yovuzlik saltanati» deb baholanishi buning yorqin misolidir.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   228




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin