Falsafa fanining tadqiqot sohasi va predmeti. Dunyoqarash tushunchasi, uning mohiyati va tarixiy shakllari. Falsafa fanining bahs mavzulari va muammolari



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə17/228
tarix24.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#134762
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   228
FALSAFA MA\'RUZA MATNI

Arab bosqini va islom dini. Movarounnahr arablar tomonidan zabt etilishi arafasida Turk qog‘onoti tizimiga kirar edi. U mayda amirliklardan iborat bo‘lib, ular o‘rtasida tinimsiz to‘qnashuvlar ro‘y berib turar edi. Ayniqsa, Turk qog‘onoti bilan sosoniylar Eroni o‘rtasidagi to‘qnashuvlar o‘ta shiddatli tusda yuz berar edi. XII asrning oxiri va XIII asrning boshlarida bu hudud arab xalifaligi tomonidan bosib olindi. Bunga Movarounnahr hududida yashovchi halqlar, ijtimoiy kuchlar orasida siyosiy hamjihatlikning yo‘qligi, o‘zaro qirg‘in-barotlarning avj olishi sabab bo‘ldi.
Movarounnahrga arablar bosqini bilan birga islom dini ham kirib keldi. Islom so‘zi arabcha tangriga o‘zini topshirish, itoat, bo‘ysunish, tinchlik kabi ma’nolarni anglatadi. Islom dini bayrog‘i ostida keng hududda arab qabilalari birlashgan, mavjud tarqoqlikka chek qo‘yilgan, yagona markazlashgan arab xalifaligi tashkil topgan.
Qur’on va hadislarda islomiy ta’limotning asosi bayon qilingan. Qur’on — muqaddas kitob. Unda islom qonun-qoidalari, iymon-e’tiqod talablari, huquqiy va axloqiy me’yorlar o‘z ifodasini topgan. U 114 sura va ular tarkibidagi oyatlardan tashkil topgan.
«Sunna» esa hadislar majmui bo‘lib, Qur’ondan keyin turadi va uni to‘ldiradi. Unda Muhammad payg‘ambarning so‘zlari, xatti-harakatlari naqllar va hadis shaklida jamlangan.
Qur’on va sunnadan keyingi muhim manba — shariatdir. Shariat (to‘g‘ri yo‘l, ilohiy yo‘l demakdir) — islomda huquqiy, axloqiy me’yor va amaliy talablar tizimidir. Islomdagi asosiy yo‘nalishlar — sunniylik, shialik va xorijiylik. Ular diniy ta’limot, marosimchilik, axloqiy-huquqiy me’yorlarga oid masalalarda o‘zaro farqlanib turadi.
Tasavvuf va uning tariqatlari. Tasavvuf falsafiy oqim va diniy-ma’naviy hodisa sifatida islom dini doirasida (ko‘pgina ichki sabablar va ba’zi tashqi unsurlar — buddaviylik va hindiylikning ilk diniy tasavvurlari, sharqiy xristian tarkidunyochiligi, neoplatonizm kabilarning ta’siri ostida) paydo bo‘ldi. Ushbu ta’limot VIII asrda Iroqda vujudga kelgan . Tasavvuf uchun vahdoniyat — Ollohning birligi, Olloh va olamning porlab turishi, fano bo‘lish, orif shaxsining tangri taolo bilan ruhan birlashib ketishi kabi mushohadalar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu oqim namoyandalari va tarafdorlarini so‘fiylar, deb ataganlar va «so‘fizm» atamasi shundan paydo bo‘lgan. Ilk so‘fiylar aholining kambag‘al toifasi orasida shakllangan. Ularning qarashlari istilochilar zulmi, adolatsizlik, ijtimoiy tengsizlikka qarshi norozilik belgisi sifatida ham yuzaga kelgan.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   228




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin