Falsafa fanining tadqiqot sohasi va predmeti. Dunyoqarash tushunchasi, uning mohiyati va tarixiy shakllari. Falsafa fanining bahs mavzulari va muammolari


Tasavvufning muhim jihatlari yirik musulmon ilohiyotchisi Abu Homid Muhammad ibn Muhammad al-Fazzoliyning



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə18/228
tarix24.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#134762
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   228
FALSAFA MA\'RUZA MATNI

Tasavvufning muhim jihatlari yirik musulmon ilohiyotchisi Abu Homid Muhammad ibn Muhammad al-Fazzoliyning (1059-1111) «Diniy ilmlarning tiriltirilishi» asarida bayon etilgan. Ul zot dunyo qonuniyatlarini aql orqali bilishni e’tirof etgan, lekin Ollohni aql bilan anglash mumkin emasligini ta’kidlaganlar. U faqat qalb, maxsus ruhiy harakatlar — iltijo-ibodatlar ko‘magida bilib boriladi. Mantiq, tabiatni bilish Ollohni tanishga xalal bermasa, ular ahamiyatlidir, agar aksincha bo‘lsa, ularning maqomi chegaralanadi.
Rasmiyatchilik, aqidachilikni tasavvuf ahli qabul qilmagan. Ularning fikricha, iymon-e’tiqodning mohiyati Ollohdan boshqa narsaga muhtoj bo‘lmaslik, hech qanday mulkning quliga aylanmaslik, boriga sabr-qanoat qilib yashashdir. Ollohga yetishish uchun qalbni poklash, nafs balosidan ozod bo‘lish darkor. Ana shundagina inson dili nur bilan to‘ladi, nuqsonlarni boshqalardan emas, o‘zidan izlaydigan darajaga ko‘tariladi, Haq sari yaqinlashadi, bema’ni qarash va tushunchalarning qullik kishanidan o‘zini ozod qiladi, chunki inson qalbi hurdir.
Tasavvufda kubraviya, yassaviya, naqshbandiya tariqat-suluklari keng tarqalgan.
Diniy bag‘rikenglik va dunyoviy bilimlar takomili. Musulmon Sharqi, jumladan islom joriy etilganidan keyin Vatanimiz hududidan yetishib chiqqan buyuk mutafakkirlar ijodida Olloh, inson va tabiat masalalari ilohiyot va dunyoviy falsafaning muhim muammolaridan biri bo‘lib kelgan. Bironta buyuk alloma va mutafakkir islomiy qadriyatlar mavzuini chetlab o‘tmagan.
Diniy ilmlar sohalarida imom Buxoriy, imom Termiziy, imom Abu Hanifa, imom Moturidiy va imom Burhoniddin Marg‘inoniylar peshqadamlik qilganlar.
Imom Buxoriy (810-870yillar) yirik ilohiyotchi, muhaddis sifatida 60 mingga yaqin hadis to‘plagan, ulardan ishonchli deb topganlirini maxsus to‘plam holiga keltirgan. Bu to‘plam «Sahihi Buxoriy» nomi bilan mashhurdir.
Imom iso Termiziydan (824-892) «Payg‘ambarning alohida fazilatlari», «Hadislardagi ixtilof va bahslar haqida risola», «Tarix» va boshqa asarlar meros bo‘lib qolgan. Imom Termiziy hadislarni muntazam ravishda to‘plab, muayyan tartibga solgan va yaxlit bir kitob shakliga keltirgan.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   228




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin