Vandalizm – madaniy yodgorliklarni, qadriyatlarni vaxshiylarcha vayron, oyoq osti qilish, yo‘qotish; madaniyatsizlik, jaholat, nodonlik.
San’atda «ommaviy madaniyat» Hozirgi zamon madaniyatshunosligida, odatda, ommaviy madaniyatning uchta asosiy darajasini ko‘rsatadilar:
Kitch-madaniyat (past darajadagi, vulgar, behayolar madaniyati)- «Kitch» so‘zi nemislarning «kitschen» olmoshidan hosil bo‘lgan va saviyasi past, arzon va jo‘n asar yaratib, sotishni bildiradi. Bunday asarlar haqiqiy san’at durdonalari soyasida paydo bo‘ladigan bo‘sh, esdan tez chiqib, unutiladigan madaniyat mahsulotlaridir.
Muammolarni cheklangan, hayotdan uzoq qilib tasvirlash, obrazlarni, g‘oya va syujetlarni qolipga solish, mayda turmush tashvishlariga o‘ralashib qolgan qatlamga mo‘ljallangan madaniyat asarlarini yaratish.
2. Mid-madaniyat («o‘rtamiyona» madaniyat)- Mid-madaniyatning qamrovi keng, darajasi ancha baland. U an’anaviy madaniyatning ayrim xususiyatlarini aks ettirsa ham, ommaviy madaniyatga bevosita taalluqlidir.
3. Art-madaniyat (ma’lum badiiy mazmun va estetik qiymatga ega madaniyat)- Art madaniyati odatda, aholining bilimli qismiga mo‘ljallangan ommaviy madaniyatdir. Uning vazifasi ommaviy madaniyatni maksimal darajada an’anaviy madaniyat standartlariga yaqinlashtirishdan iborat.
Bundan tashqari ba’zi bir mutaxassislar ommaviy madaniyatning yana ikki alohida turini – popmadaniyat va rokmadaniyatni ham ko‘rsatadilar, chunki hayot ularning ham yashovchanligini hamda muayyan tabaqadagi kishilarning ongini egallaganligini ko‘rsatdi.
Buning boisini amerikalik siyosatshunoslar ham tan olishdi. Bu haqda Zbignev Bjezinskiy shunday degan edi: «Agar Rim dunyoga – huquqni, Angliya – parlamentni, Fransiya – madaniyat va milliy respublikachilikni bergan bo‘lsa, AQSh – dunyoga ilmiy-texnika revolyusiyasini va ommaviy madaniyatni tortiq qildi».
Tayanch iboralar Prognozlash - biror-bir hodisaning istikbollarini maxsus ilmiy taqiq etish. O‘z predmetiga ko‘ra tabiiy - ilmiy va prognozlash jarayonini tafovutlash qabul qilingan. Prognozlashda asosiy manba vazifasini tajribadan olingan ma'lumotlar, bashorat qilinayotgan hodisaning istiqboliga doir analogiyaga asoslangan baholar, ma'lum tendensiyalar ekstropolyasiyasi, hodisalarning kelajakdagi holatiga doir modellar va boshqalar o‘taydi. Prognozlashning uch asosiy uslublari sinfi mavjud:
1. Subyektiv fikr - mulohazalarni obyektivlashtirish maqsadida aholi so‘rovini amalga oshirish.
2. Ekstrapolyasiya va interpollashtirish - bashorat qilinayotgan jarayon ku‘rsatkichlarining o‘zgarib borish xususiyatlarini aniqlash.
3. Modellashtirish - bashorat qilinayotgan hodisaning ehtimolligi me’yorlarini tuzish.