Evristik – ijodiy, noma’lum narsalar va hodisalarni bilishda sakrashni amalga oshiruvchi.
Egalitarizm – umumiy tenglikni targ‘ib qiluvchi g‘oyaviy-siyosiy oqim.
10-mavzu: Global korrupsiya ijtimoiy-madaniy inqiroz oqibati
Reja:
Korrupsiya tushunchasining ma’nosi va shakllanish tarixi.
Korrupsiyaning salbiy oqibatlari.
Korrupsiya shakllanishining sabablari.
O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashga doir huquqiy asoslarning yaratilishi va takomillashtirilishi.
O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashdagi tub burilish davrining boshlanishi.
O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g’risida” gi Qonuni.
Tayanch so’z va iboralar: Korrupsiya, pora, poraxo’rlik, huquqbuzarlik, jamoat tashkiloti, adolat, aholining turmush darajasi, demokratiya, jamiyat, jamoat birlashmasi, jamoatchilik nazorati, korrupsiyaga oid huquqbuzarlik, manfaatlar to’qnashuvi, fuqarolik, fuqarolik jamiyati.
Insoniyat tarixidan ma’lumki, korrupsiya jamiyatni yemiradigan, shaxsni axloqiy jihatda inqirozga uchratadigan, har qanday davlat iqtisodiyotiga salbiy ta’sir qiladigan ijtimoiy illatdir. Mustaqillik davrida Birinchi Prezident I.A. Karimov rahbarligida tarixan qisqa davr ichida mamlakatda qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlashning, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari shakllantiriidi. Uning “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida qayd etilganidek, totalitarizmdan demokratiya va bozor munosabatlariga o‘tishdagi murakkab ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar jamiyatni bir tekisda rivojlanish sur’atlariga doimo ham ijobiy ta’sir etavermaydi. Bu davrda korrupsiyaning paydo bo‘lishi natijasida axloq va odob me’yorlariga putiir yetadi. Demokratiya va bozor munosabatlariga o‘tish davrida korrupsiyaning avj olishi - bu uzoq davom etgan totalitar tuzumdan keyin shakllanadigan, har bir shaxsning o‘z imkoniyatlari yuzaga chiqishiga shart-sharoitlar yaratadigan demokratik erkinliklar tufayli avj oladigan kasallikdir. Bu kabi sharoitlarda mansabdorlarga encha erkinliklar berilishi oqibatida ularning ba’zilari o‘z manfaatlarini jamiyat hamda davlat manfaatlaridan yuqori qo‘ya boshlaydi. Uning natijasida korrupsiya paydo boiadi.
Prezident Sh.M.Mirziyoev korrupsiya mohiyati va unga qarshi kurashish zarurligi haqida quyidagi fikmi bejiz aytmagan edi: “Jamiyat rivojiga g‘ov boiayotgan yana bir illat - bu korrupsiya balosidir. Bunday xatarga qarshi kurashish maqsadida yaqinda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, Senatga yuborilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunni tezroq amaliyotga joriy etish chora- tadbirlarini ko‘rishimiz lozim. Bularning barchasi, o‘z navbatida, inson huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimini takomillashtirishga, xalqimizning davlat hokimiyatiga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi”,
Korrupsiya - shaxsni mansab mavqeidan shaxsiy maqsadlarda foydalanish bilan bogiiq boigan jinoyat turidir. Korrupsiyaviy faoliyat xufyona iqtisodiyotning asosiy zararli va yemiruvchi turlaridan biri hisoblanadi. Aksariyat hollarda korrupsiya deganda, davlat mansabdorlari tomonidan o‘z shaxsiy manfaatlarni ko‘zlab boylik orttirish maqsadida fuqarolardan pora olishi, qonunga xilof ravishda boylik orttirishi tushuniladi. Lekin, umuman olganda, davlat mansabdorlarigina emas, balki korxona yoki firmalarning menejerlari ham korrupsiyaga doir munosabatlarning ishtirokchilari bo‘lishi mumkin. Bunda ko‘pincha, poralar pul bilan emas, balki boshqa shakllarda olinadi; korrupsiyaga doir jinoyatlarning tashabbuskorlari ba’zan tadbirkorlar boiishi ham mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvarda qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunida “korrupsiya” tushunchaga quydagicha ta’rif berildi: “Korrupsiya” deganda - shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek, bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishi tushuniladi; shuningdek, korrupsiyaga oid huquqbuzarlik deganda - korrupsiya alomatlariga ega boigan, sodir etilganligi uchun qonun hujjatlarida javobgarlik nazarda tutilgan qilmish tushuniladi”. Shuningdek, qonunda manfaatlar to‘qnashuvi tushunchasiga ham izoh berilgan bo‘lib, u shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatayotgan yoxud ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyat anglanadi.
Etimologik jihatdan olganda korrupsiya atamasi “buzish, pora evaziga og‘dirish” degan ma’noni anglatadigan lotincha “corruptio” so‘zidan kelib chiqgan. Yuridik ensiklopediya mualliflarining ta’kidlashicha, “korrupsiya - mansabdor shaxslar tomonidan ularga berilgan huquqlar va hokimiyat imkoniyatlaridan shaxsiy boylik orttirish uchun foydalanishda ifodalanuvchi siyosat yoki davlat boshqaruvi sohasidagi jinoiy faoliyat”dir.
“Yuridik atamalar qomusiy lug‘ati”da korrupsiya tushunchasiga “davlat funksiyalarini bajarish vakolatiga ega bo‘lgan (yoki ularga tenglashtirilgan) shaxslarning noqonuniy tarzda moddiy va boshqa boyliklar, imtiyozlarni olishda o‘z maqomi va u bilan bogiiq imkoniyatlardan foydalanishi, shuningdek, bu boylik va imtiyozlarni jismoniy yoki yuridik shaxslar qonunga xilof ravishda egallashiga imkon berishi”, deb ta’rif berilgan.
Ba’zi adabiyotlarda e’tirof etilishicha, korrupsiya atamasi “siyosat yoki davlat boshqaruvi sohasidagi jinoiy faoliyat bo‘lib, mansabdor shaxslar o‘zlariga berilgan huquqlar va hokimiyat imkoniyatlaridan shaxsiy boyish maqsadida foydalanishidan iborat”, deb tavsiflandi.
BMTning xalqaro miqyosda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha Ma’lumotida shunday deyiladi: “Korrupsiya - bu shaxsiy naf ko‘rish maqsadlarida davlat hokimiyatini suiste’mol qilish”dir. Korrupsiya tushunchasiga berilgan shu kabi ta’rif Jahon bankining hozirgi dunyoda davlatning roliga bag‘ishlangan hisobotida ham berilgan: korrupsiya - bu “shaxsiy naf ko‘rish yo‘lida davlat hokimiyatini suiste’mol qilish”dir.
BMT korrupsiyaga qarshi kurash borasida quyidagi hujjatlarni qabul qilgan:
“Huquqiy tartibotni saqlash bo‘yicha mansabdor shaxslarning xulq-atvor Kodeksi” (BMT Bosh assambleyasining Rezolyutsiyasi bilan 1979-yil 17-dekabrda qabul qilingan);
Huquqiy tartibotni saqlash bo‘yicha mansabdor shaxslarning xulq-atvor Kodeksini samarali amalga oshirilishi uchun rahbariy prinsiplar (BMTning Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashi rezolyutsiyasi bilan 1989-yil 24-mayda qabul qilingan);
Davlat mansabdor shaxslarining Xalqaro xulq-atvor kodeksi (BMT Bosh assambleyasining Rezolyutsiyasi bilan 1996-yil 12-dekabrda qabul qilingan);
BMTning Xalqaro tijorat operatsiyalarida korrupsiya va poraxo‘rlikka qarshi kurash to‘g‘risidagi Deklaratsiyasi (BMT Bosh assambleyasining Rezolyutsiyasi bilan 1996-yil 16-dekabrda tasdiqlangan);
Terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash to‘G‘risidagi xalqaro konvensiya (BMT Bosh assambleyasining Rezolyutsiyasi bilan 1999-yil 9-dekabrda qabul qilingan);
BMTning Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash to‘g‘risidagi Konvensiyasi (BMT Bosh assambleyasining Rezolyutsiyasi bilan 2000-yil 15-noyabrda qabul qilingan);
BMT Forumining ofshorlar bo‘yicha Kommyunikesi (Kayman orollari, 2000-yil 30-31-mart);
BMT Bosh kotibining korrupsiyaga oid ma’ruzasi (Vena, 2001- yil 8-17-may);
Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha chora-tadbirlar to‘plarni (2001-yil iyun);
Korrupsiyaga qarshi kurash choralari. Pulni tozalashga qarshi kurash choralari. Jinoyatchilik va odil sudlov: XXI asr chorloviga javoblar to‘g‘risidagi Vena deklaratsiyasini amalga oshirish harakat Rejasi (BMT Bosh assambleyasining Rezolyutsiyasi bilan 2002-yil 15- aprelda qabul qilingan);
BMTning Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risidagi Konvensiyasi (BMT Bosh assambleyasining Rezolyutsiyasi bilan 2003- yil 31 -oktabrda qabul qilingan).
Shuningdek, Yevropa Kengashi va Yevropa Ittifoqi korrupsiyaga qarshi kurash borasidagi ko‘plab huquqiy normalar va xalqaro hujjatlar qabul qildi.
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) doirasida korrupsiyaga qarshi kurashga doir quyidagi huquqiy normalar qabul qilindi:
Jinoyatchilikka qarshi kurashda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga ishtirokchi davlatlarning hamkorligi to‘G‘risidagi Kelishuvi (Moskva, 1998-yil 25-noyabr);
“Korrupsiyaga qarshi siyosatning qonunchilik asoslari to‘G‘risida”gi Namunaviy qonuni (MDH Parlamentlararo assambleyasining XXII plenar yig‘ilishida qabul qilingan 2003-yil 15- noyabr);
“Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi Namunaviy qonuni (MDH Parlamentlararo assambleyasining XIII plenar yig‘ilishida qabul qilingan 1999-yil 3-aprel);
“G‘ayriqonuniy yo‘ldan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshilik qilish to‘g‘risida”gi Namunaviy qonuni (MDH Parlamentlararo assambleyasining XII plenar yiG‘ilishida qabul qilingan 1998-yil 8- dekabr);
“Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash to‘g‘risida”gi tavsiyaviy qonunchilik akti (MDH Parlamentlararo assambleyasining qarori bilan qabul qilingan 1996-yil 2-noyabr);
Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha Yevrosiyo gumhi to‘g‘risidagi Bitim (Moskva, 2011-yil 16-iyun).
Barcha xalqaro tashkilotlarning korrupsiyaga qarshi kurashga doir huquqiy normalari BMTning “Korrupsiyaga qarshi konvensiya”si tomonidan muvofiqlashtiriladi. Korrupsiyaga qarshi kurash borasidagi eng asosiy xalqaro hujjat bu - shubhasiz, BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi mazkur xalqaro hujjatni ratifikatsiya qilgan: O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan “BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi”ga O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi to‘g‘risida”gi Qonuni 2008-yil 24-iyunda qabul qilindi va 2008-yil 27-iyunda O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Senati tomonidan ma’quilandi va 2008-yil 28-avgustdan e’tiboran kuchga kirdi.
O‘zbekiston Respublikasi mazkur konvensiyaga bir nechta bildirishlar, bayonotlar va shartlar bilan qo‘shildi. Jumladan, Qonunning 1-bandiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Konvensiya 6-moddasining 3-bandi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Adliya vazirligi korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab-chiqish va ularni amalga oshirishda boshqa ishtirokchi davlatlarga yordam ko‘rsatishi mumkin boigan organlar sifatida belgilanganligi keltirildi. Bu qoida Konvensiyaning 6-moddasi 3-bandidagi har bir ishtirokchi Davlat BMTning Bosh kotibiga korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha aniq chora- tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda boshqa ishtirokchi Davlatlarga yordam berishi mumkin boigan organ yoki organlarning nomi va manzilini xabar qiladi, degan talablariga toia javob beradi.
Qonun mazmuniga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Konvensiyaning “Noqonuniy tarzda boylik orttirilishi”ni jinoyat deb baholagan 20- moddasi va “Yuridik shaxslarning javobgarligi”ni nazarda tutuvchi 26- moddasiga qo‘shilmagan.
Qonunning 3-bandiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Konvensiya 44-moddasi 6-bandining “a” kichik bandiga muvofiq, ushbu Konvensiyadan korrupsiya jinoyatlari sodir etgan shaxslarni tutib topshirish masalalarida ushbu Konvensiyaning boshqa ishtirokchi davlatlari bilan o‘zarolik asosida hamkorlik qilish uchun huquqiy asos sifatida foydalanishligini bildirgan.
Uzoq yillar tajribasidan kelib chiqib korrupsiyani bir nechta asosiy turlarga ajratish mumkin:
subyektlarning maqomiga ko‘ra:
hokimiyat organlaridagi korrupsiya;
xususiy sektordagi korrupsiya;
siyosatdagi korrupsiya yoki siyosiy korrupsiya;
darajasiga ko‘ra:
quyi darajadagi korrupsiya;
yuqori darajadagi korrupsiya;
vertikal korrupsiya;
ijtimoiy xavflilik darajasiga ko‘ra:
korrupsiya-qilmish;
korrupsiya-jinoyat.
Korrupsiyaning ko‘rsatilgan turlarini quyida mufassalroq ko‘rib chiqishga harakat qilarniz. Hokimiyat (ijroiya, vakillik va sud) organlaridagi korrupsiya hozirgi vaqtda jahonning deyarli barcha mamlakatlari, shu jumladan, O‘zbekistonda ham muhim muammolardan biri hisoblanadi. Bu turdagi korrupsiya jinoyatlarining o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, ularni o‘zlari qonunga rioya etishlari va uni muhofaza qilishlari lozim bo‘lgan kishilar sodir etadi. Aksariyat mamlakatlarda bu jinoyatlar keng tarqalganligi, davlat apparati xodimlari kormpsiya domiga ilinganligi mazkur mamlakatlarning qonunchilarini poraxo!rlik, mansab mavqeini suiste’mol qilish va boshqa xavfli mansabdorlik jinoyatlariga qarshi qat’iv choralar ko‘rishga va, aksincha, mansabdorlarning uncha xavfli boimagan va ko‘proq darajada tarqalgan jinoyatlariga jiddiy e’tibor bermaslik (masalan, uncha qimmat turmaydigan sovg‘a olish jinoyat hisoblanmaydi) holatlari uchrab turibdi.
Hozirgi davrda nodavlat tashkilotlar yoki xususiy sektordagi korrupsiya ancha keng tarqaldi. Tashkilot (tijorat yoki jamoat tashkiloti) rahbari uning nizomda belgilangan vakolatlariga qat’iy rioya etishi lozim. Lekin u davlat mansabdori kabi o‘ziga qarashli boimagan resurslarni o‘z shaxsiy manfaatlari yoki boshqa ikkinchi tomon foydasiga o‘tkazishi yoki tasarruf etishi, tashkilot manfaatlariga zid bo‘lgan harakatlarni sodir etish imkoniyatlariga ega. Bunga kundalik hayotdan misollar keltirish mumkin: turli tijorat banklarida maqsadi bankdan rnablag1 olish va so‘ngra tezlik bilan g‘oyib boiishga asoslangan turli loyihalarga pora evaziga kreditlar ajratilishi; turli mulk shakliga mansub bo‘lgan korxonalarda davlat va korxonalarning zarar ko‘rishiga olib keladigan moddiy boyliklarni (vino-aroq yoki neft-kimyo mahsulotlari va sh.k.) pora evaziga arzon narxlarda olish imkoniyatlarining mavjudligi.
Ayrim tadqiqotchilar siyosiy korrupsiyani alohida tadqiq etib, uni korrupsiyaviy jinoyatlarning alohida turi sifatida ajratib ko‘rsatadi. Ular asosan korrupsiyaning uchta asosiy shaklini keltiradi:
siyosiy: mansabdor shaxs yuzaga kelgan qarindosh-urug‘chilik munosabatlari tufayli qonunga zid harakat qiladi;
jinoyat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, mansabdor shaxslarni sotib olishga asoslangan. Ular esa mukofot puli olish evaziga g‘ayriqonuniy xizmatlar ko‘rsatadi;
taraflardan biri o‘ziga eng qulay tartib vujudga keltirish uchun jinoyatga mansabdor shaxslarning tegishli toifalarini izchillik bilan jalb etishni nazarda tutadi. Korrupsiyaning bu shakli uyushgan jinoyatchilik bilan mustahkam bogiangan bo‘lib, mansabdor shaxslarga nisbatan sotib olish, provakatsiya qilish va tahdid solishni anglatadi.
Siyosiy korrupsiyaning, ayniqsa ko‘p uchraydigan shakllari - bu pora olish va pora berish hisoblanadi. Bu holat saylovlarda nomzodlar o‘z huquqini qing‘ir yoilar bilan amalga oshirish maqsadida siyosat subektlarini pora evaziga og‘dirib olishga urinadi. Faoliyat ko‘rsatish darajalariga binoan korrupsiya quyi darajadagi, yuqori darajadagi va vertikal jihatlari bilan bir-biridan farqlanadi.
Quyi darajadagi korrupsiya hokimiyat va boshqaruv organlarining o‘rta va quyi darajalarida keng tarqaladi, mansabdorlar va fuqaroiaming muntazam o‘zaro aloqalari bilan bog‘liqdir (masalan, ro‘yxatdan o‘tkazish, jarimalardan qutilish, litsenziyalar hamda turli ruxsatnomalar olish va sh.k.).
Yuqori darajadagi korrupsiya yuqori hokimiyat organlarida ishlaydigan siyosatchilar, oliy martabali mansabdorlarni o‘ziga qamrab oladi va juda katta boyliklar evaziga o‘z foydasiga qarorlar qabul qilish bilan bogiiqdir (qonunlarni ilgari surish va qabul qilish, davlat buyurtmalari, mulk shakllarini o‘zgartirish va sh.k.) Aksariyat hollarda korrupsiyaviy bitimdan manfaatdor boigan ikkaia tomon ayni bir davlat hokimiyati organida ishlashi mumkin. Masalan, quyi turuvchi davlat organining mansabdori o‘zidan yuqorida turuvchi boshliqqa o‘zining korrupsiyaviy harakatlariga homiylik qilishi yoki qo‘shimcha mablagiar, resurslar, vakolatlar ajratishi uchun pora beradi.
Korrupsiyaning pora olish va xizmat mavqeini suiste’mol qilish kabi odatdagi shakllaridan tashqari, yana uning quyidagi amalda namoyon boiishi shakllarini bir-birlaridan farqlash mumkin:
mansabdor shaxs!ar, davlat xizmati xodimlari, deputatlar tijorat faoliyatida shaxsiy yoki korporativ naf ko‘rish uchun bevosita ishtirok etishi; davlat pul mablagiarini o‘zlashtirish niyatida tijorat tuzilmalariga o‘tkazish uchun o‘z xizmat mavqeidan foydalanish;
o‘z korporativ (siyosiy, diniy, milliy va sh.k.) guruhiga davlat resurslari hisobidan imtiyozlar berish; shaxsiy yoki korporativ naf ko‘rish maqsadida ommaviy axborot vositalariga tazyiq o‘tkazish uchun o‘z xizmat mavqeidan foydalanish;
mansabdor shaxslar va davlat xizmati xodimlari shaxsiy boyish maqsadida tijorat tuzilmalarida soxta shaxslardan va qarindoshlaridan foydalanishi; shaxsiy yoki korporativ naf ko‘rish maqsadida axborotni manipulyatsiya qilish (buzib ko‘rsatish, bermaslik, berish muddatlarini cho‘zish va sh.k.) uchun xizmat mavqeidan foydalanish;
tor guruhiy manfaatlarda normativ hujjatlar qabul qilish haqidagi qarorlarni ilgari surish; ayrim nomzodlarning saylov fondlariga davlat moliyaviy va moddiy resurslarini taqdim etish.
AQShda korrupsiyaning “kikbeking” degan shakli ancha keng tarqalgan. Uning sxemasi juda sodda: jinoiy til biriktirish ishtirokchilari muayyan narxlarda bitim tuzishga og‘zaki kelishadilar, rasmiy bitimni esa balandroq narxlarda imzolaydi. Tafovutning bir qismi bitimga ruxsat bergan mansabdor shaxslarga topshiriladi, ya’ni yashirin tarzda pora beriladi. Pora olishning bu kabi shakli so‘nggi yillarda O‘zbekistonda ham uchrab turibdi.
Korrupsiya jinoyati nafaqat xufyona, balki korrupsiyaga doir munosabatlarga kirishgan tomonlarning o‘zaro kelishuviga binoan ochiq tarzda ham sodir etilishi mumkin. Aksariyat hollarda u tegishli hokimiyat organlariga shikoyat berilishiga sabab boimaydi, chunki g‘ayriqonuniy kelishuvdan har ikkala tomon ham naf ko‘radi. Hattoki, jabrlanuvchilar pora so‘ragan mansabdorlar ustidan ham kamdan-kam holda shikoyat qiladi. Chunki odamlar korrupsiyaga qarshi kurash jarayonining samara berishiga unchalik ishonmaydi. Bu holatga doir milliy va xorijiy tajriba bilan bogiiq bo‘lgan muayyan obektiv va subektiv sabablar mavjuddir. Korrupsiya harakatlari odatda davlat faoliyatining mutaxassis boimagan kishilar tushunishi ancha qiyin boigan o‘ziga xos turlarida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham korrupsiya o‘ta moslashuvchan jinoyatdir. U vaziyatga qarab tinimsiz o‘zgarib turadi va takomillashib boradi. Shu bois bu hodisa haqida toiiq, mukammal yoki hech boimasa qandaydir uzuq-yuluq maiumotlar olish ham qiyin masalalardan biri hisoblanadi.
Mustaqillikning dastlabki davridan boshlab mamlakatda huquqiy davlat va fiiqarolik jamiyati barpo etishning strategik maqsadini amalga oshirishda qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, sud-huquq tizimini isloh qilish, korrupsiyaviy jinoyatlarga qarshi kurashish muhim ustuvor va dolzarb vazifalar sifatida qarab kelindi.
Mustaqillik davrida Birinchi Prezident I.A.Karimov tashabbusi bilan tarixan qisqa davr ichida mamlakatda qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlashning huquqiy asoslari shakllantirildi, korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi yaratildi.
O‘zbekiston Respublikasining 2008-yili Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga (2003-yil 31-oktabr, Nyu-York), shuningdek, 2010-yili Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti doirasida qabul qilingan korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha Istanbul harakat rejasiga (2003-yil 10-sentabr, Istanbul) qo‘shilishi korrupsiyaga qarshi kurashning huquqiy asoslarini rivojlantirishda muhim rol o‘ynadi.
O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurash va uning oldini olish bilan boG‘liq huquqiy asoslarni takomillashtirishga qaratilgan qator muhim normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Jumladan, Byudjet, Bojxona kodekslari (yangi tahrirda), “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi, “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi, “Tezkor- qidiruv faoliyati to‘g‘risida”gi, “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi, “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi qonunlar qabul qilindi.
Korrupsiya va uni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan sabablar va omillarning oldini olish maqsadida iqtisodiyotni erkinlashtirish, mehnat jamoalarida ishchanlik va oshkoralik muhitini yaratish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun qulay sharoitlar tashkil etish, ma’muriy to‘siqlarni bartaraf etish hamda davlat organlari tomonidan litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish, davlat xaridlari mexanizmini takomillashtirish, davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalarini tasdiqlashga oid qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Lekin mamlakatimizda 2017-yilga qadar korrupsiyaga qarshi kurashni muvofiqlashtiradigan, bu kurashning qonuniyligi va shafFofligini ta’minlaydigan maxsus qonun qabul qilinmagan edi. Mamlakat Prezidenti Shavkat Mirziyoevning tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi va u 2017-yil 4-yanvardan boshlab kuchga kirdi. Mazkur Qonundan ko‘zlangan asosiy maqsad korrupsiyaga qarsha kurash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat boidi. Unda “korrupsiya”, “korrupsion huquqbuzarlik” va “manfaatlar to‘qnashuvi” kabi tushunchalarga izohlar berildi.
Qonunning 3-moddasida korrupsiyaga doir asosiy tushunchalarga doir quyidagi ta’riflar ifodalandi:
Dostları ilə paylaş: |