Animizm – lotincha jon rux 1708 yilda nemis olimi Shtal muomilaga kiritgan 1871 yilda Teylor tomontdan etnografiyada qo’llanilgan XIX asrning 70-80 yillarida uni o’rganish keng yo’lga qo’yildi XX asrning 90 yillaridan boshlab ayrim katolik cherkovi vakillari (Shmidt) olimlardan (Marett, Vundt) animizmni cheklanganlik va bir tomonlamalikda ayblashlarga qarshi kurash olib bordilar. Is chiqarish, xudoyi va hokazo.
Animizmga ko’ra jon va ruh har bir narsa va predmetda, har bir o’simlik va hayvonda, har bir odamda mavjud. Jonning kuchi ruhiy bo’lishi, abadul-abad barhayot qolishida-dir. Animizm har bir kishida uning hayoti va ongining manbai jon va ruhiy quvvati bo’lib, jon bilan ruh odam tug’ilmasdan avval mavjud bo’ladi, tana paydo bo’lgach unga kirib hayot bag’ishlaydi, deb ta’kidlaydi.
Dastlabki davrlarda animistik tushunchada jonni soya yoki nafas olish bilan aynan bir narsa deb bilar edilar. Jon turli xalqlarda turlicha tasavvur etilgan. Masalan, Shimoliy Amerikaning tub joy xalqlarida soya nomi bilan, nafas olish nomi bilan atalgan.
Jon va ruhlar to’g’risidagi animistik din o’zidan keyin kelib chiqqan ko’pgina dinlarga ta’sir qilgan. Buddizm dinida olam uch qavatdan iborat hisoblanadi. Birinchi qavatdagi olam eng yuqori olam bo’lib, unda mutlaqo ruhiy osoyishtalik hukmron. Unda faqat sof poklangan ruhlargina mavjud deyiladi. Ruhni aslo bilib bo’lmaydi. Ikkinchi olam qavatida ruh qafasdan chiqib poklanadi, uchinchi qavat olamda odamlar va hayvonlar mavjud bo’lib, bu olamda ruh qafasda yashaydi.
Islom dinida o’lgandan keyin tirilish to’g’risidagi ta’limot berilgan. Oxiratda barcha vafot etgan kishilar qayta tiriladi. Ular xudo tomonidan so’roq kilinadi, ular savob yoki gunoh ishlariga qarab jannatga yoki do’zaxga dohil bo’ladi-lar, deyilgan. Hozirgi davrda O’zbekiston, Tojikiston va boshqa musulmon mamlakatlarida o’lgan kishilarning arvohiga atab qurbon-lik marosimi o’tkaziladi, xayr- ehson, sadaqa berish odatlari mavjud.
Animizm dini tarixi yanada chuqurroq o’rganish lozim bo’lgan ilmiy muammo bo’lib, bu masalada jiddiy tadqiqotlar olib borish lozim, deb o’ylaymiz.
Shunday qilib, bundan 30-40 ming yillar avval animizm dini kelib chiqqan bo’lib, bu din undan keyin paydo bo’lgan dinlarga ta’sir qiladi, hozirgi davrdagi dindorlar onggida animizmga xos tasavvurlar hamon mavjud.
FETISHIZM tushunchasi (fr. Fétiche " tumor, " port.) XV asrdan beri ma'lum, portugaliyalik dengizchilar G'arbiy Afrikaning tub aholisi bilan uchrashganlaridan ko’rishgan. Fetish, ya’ni odamlar qo’li bilan yasalgan ayrim narsa va predmetlarda sirli ilohiy kuch-qudrat mavjud, deb o’shalarga sig’inishni keltirib chiqargan. Fetishlarda kasallik, ins-jinslarni daf qilish, yomon ko’zdan saqlash, yaxshilik qiladigan, omad keltiradigan xosiyatli xususiyatga ega bo’lgan sirli tomonlar bo’ladi, deb tasavvur qilingan. Fetishlar xilma-xil predmetlar; but, xoch, afsonaviy farishtalar, ma’budalar, avliyolarning rasmlari, haykallari payg’ambarlarning soch tolalari, kiyimlari; tumor, ko’zmunchoq, tasbeh, ayrim maqbaralar, sag’analar, qabrlar, chorvadorlar orasida hayvon kalla suyaklari, shoxlari, ko’z tikan, isiriq, do’lana kabi o’simliklar, daraxt shoxlariga bog’langan alaf deyiladigan turli rangdagi lattalar.
Shuningdek, ilmi-amal, irim-sirimlarga oid: qaychining ochilib qolishi, supurgini tikka qo’yish, kechki paytda tirnoq olish, kechasida uy supurish, jasadni tunab qolishi ham fetish bo’lishi mumkin.
Duolar yozilgan qog’ozni lattaga tikib uch, to’rtburchak shaklida tumor qilib taqadilar. Go’yo shu tumor “yomon ko’z”dan, “ins-jins”lardan, xavfli kasalliklardan saqlaydi, omad keltiradi. Tumor yosh bolalar kiyimiga tikib qo’yiladi, chaqaloqlar beshigiga osib qo’yiladi, xotin-qizlarning bo’yniga taqiladi, hatto mashinalarga osiladi.
Eng ko’p tarqalgan fetishlardan biri ko’zmunchoqdir. Ko’z-munchoqlar toshdan qilinadi. Tosh teshiladi, bo’yaladi, qora rangga oq ko’z qilinadi. Ko’zmunchoqlar bolalar bilagiga, beshigiga, kiyimlariga osiladi, tikib qo’yiladi, bog’lanadi. Xotin-qizlar isirg’asiga bir-ikkita ko’zmunchoq qo’shib taqa-dilar. Shaxsiy engil mashinalarga ham isiriq, tumor, ko’z-munchoq osish rasm bo’lgan.
Xristian dinida Iso payg’ambarning but-xochga mixlab o’ldirilishi ifodalangan, but-xochga sig’inish keng tarqalgan. Bunday butlar deyarli barcha cherkovlarda, xristian ruhoniylarining kiyimlarida, dindorlarning uylarida uchraydi. Xoch kichik hajmda bo’yinga taqiladi, xochni o’pib tavob qilinadi.
Isoning onasi Bibi Maryam rasmiga sig’inish ham keng tarqalgan. Xoch ham eng ko’p tarqalgan fetishlardan hisob-lanadi. Barcha xristianlar, ayniqsa katoliklar xochga ixlos qo’yishgan. Salibchilar, ritsarlar kiyimida xoch rasmi solin-gan edi. Poplar kiyimida ham xoch rasmi bor. Cherkovlar, ibodat uylari, monastirlar peshtoqida xoch bor. Xristian qabrlari ustiga xoch qo’yiladi. Fetishizm dini garchi qadim zamonlarda paydo bo’lgan bo’lsa-da, hozir ham o’z kuchida. Masalan, Turkiya, Pokiston, Saudiya Arabistoni, Eron, Misr, Suriya kabi davlatlarning bayrog’ida yarim oy, yulduzlar tasviri bor, chunki osmon jismlari ilohiy kuch sifatida islomgacha bo’lgan davrlarda fetishlar edi. Masjidlar, madrasalar ustiga yarim Oy ramzi qo’yilgan. Qabrlar ustiga ham ba’zan oy, yulduz rasmi tushirilgan toshlar yoki yog’och o’rnatilganki, bularda ham fetish ma’nosi mavjud, Ma’lum ma’noda ulug’ siymolar, olimlar, sarkardalar, dohiylarga o’rnatilgan haykallar, mavzoleylar ham fetishlar hisoblani-shi mumkin.
Fetish hisoblangan ko’pgina asotirlar, kamyob buyumlar, predmetlar ayni paytda san’atga mansub bo’lib madaniyat yutuqlariga kiradi. Masalan, rus rassomlari ishlagan avliyolar rasmi tushirilgan ikonalar ana shunday san’at asarlaridir. Shuning uchun fetishga kiradigan ko’zmunchoq, tumor, xoch kabilarni ayrim yoshlar dinga ishongani uchun emas, balki bir taqinchoq, zeb-ziynat buyumi deb taqib yuradilar.
SHOMONIZM ibtidoiy jamoa tuzumi emirilishi davrida paydo bo’lgan qadimgi diniy e’tiqodlardan biridir. Uning o’ziga xos xususiyati - kishilar orasida go’yo turli ruhlar bilan munosabatda bo’la oladigan shomonlar (bizning mahalliy sharoitda shomonlar - baxshilar, folbinlar, parixonlar, ko’chirikchilar, duoxon, azoyimxonlar deb ataladi) qobiliyatiga ishonishdir. Shomonlarda kasalni davolash, odamlar qismatini karomat qilish, tabiatda xohlagan o’zgarishlar qilish kabi mo’’jizakor sirli qobiliyat bor, deb o’ylashgan.
Sehrgarlar magiya, ya’ni afsungarlik hatti-harakatlari bilan kishilarda ruhiy ko’tarinkilik holatini yuzaga keltirishlari mumkin. Afsungarlar odatlari va duolari hunar-kasbda, harbiy ishlarda, chorvachilik, dehqonchilik, savdo ishlarida, tibbiyotda keng qo’llanilgan.
Shomon do’mbirasi yoki boshqa musiqiy asboblarda muno-jot kuylari, sirli duolar, g’ayriodatiy raqs harakatlari, turli rasm-rusumlar jazavasi tutib, holdan toyguncha bajariladi. Masalan, zikr tushish hushdan ketguncha davom etadi.
MAGIYА (Sehrgarlik). Shomonizm bilan magiya-sehrgarlik juda yaqin bo’lgan dinlar hisoblanadi. Magiya diniy psixologiyaning o’ziga xos amal qilishi bo’lib, bu din sehr, afsun kuchi bilan insonga, hayvonga yoki tabiat hodisalariga ta’sir ko’rsatish maqsadida bajariladigan sehrgar hatti-harakatidir.
Sehrgarlik harakatining shakllari turlicha bo’lib, ular hayotning har xil sohasida qo’llanilgan. Muhabbat sehri, ishlab chiqarish magiyasi, dushmanni engish sehri-avrash kabi turli ibodat va harakatlar ancha keng tarqalgan. Mehnat va ishlab chiqarish magiyasiga turli sehrli marosimlar bag’ishlangan. Oila-nikohga bag’ishlangan ko’pgina sehrgarlik marosimlari, rasm-rusumlar va odatlar mavjud. Masalan, kelin-kuyov boshidan tangalar, qandlar sochish, ularning oyog’i ostiga oq poyondoz solish, shirin choy ichirish, kelinning oyog’ini kuyov bosishi yoki aksincha, kelin kuyov oyog’ini chaqqonlik bilan bosib olishi kabi qiziq odatlarda kelajakda oilaviy hayotni yaxshi, ahl, shirin, boy-badavlat bo’lishiga ko’maklashadi degan maqsadlar ko’zda tutilgan.
Ovga borishdan avval hayvonlar rasmiga yoki terisiga ustalik bilan nayza sanchish mashqi yoki sehrli harakat raqsi eng qadimgi ovchilar hayotida keng tarqalgan.
Xalqimiz o’rtasida chilyosin qilib kasalni davolash odati ham tez-tez o’tkaziladi. Bu marosim sehrgar-baxshilar tomonidan o’tkaziladi. Odatda birorta qo’y yoki echki so’yiladi, uning qoni bemor kishining ko’kragiga, qorniga, oyoq-qo’llariga, peshonasiga surtiladi, nim qorong’u xonada Qur’onning Yosin surasini qirq marta tilovat qilib, kasal kishiga dam solinadi, uning atrofida «ha chiq, ha chiq!» deb zikr raqsiga tushiladi, sirli duolar o’qilib musiqa chalinadi, xipchin bilan kasalni engilroq darajada savalab, «uning ichiga kirib olgan ins-jinslar» haydaladi. Kasal ruhiga ta’sir qilishga mo’ljallangan bu sehrli marosimdan so’ng kasal yo tuzaladi yoki vafot qiladi. “Chilyosindan chiqibdi yoki chiqa olmabdi” degan xabar el orasida shu odat tufayli kelib chiqqan.
Sehrgarlik dini hozirgi zamonda ham folbinlik shaklida; dam solish, isitma-sovutma, qaytarma qilish, “ilmi-amal”, “oldini boylash” kabi shakllarda xalq orasida saqlanmoqda.
Umuman ibtiodiy jamiyatda totemizm, anemizm, feti-shizm, shomonizm va sehrgarlik kabi dastlabki dinlar paydo bo’lgan, ular asosan tabiat kuchlarini ilohiylashtirgan, ammo bu dinlarda xudolar, payg’ambarlar, muqaddas kitoblar paydo bo’lmagan edi. Ibtidoiy dinlar ulardan keyin kelib chiqqan dinlarga kuchli ta’sir qilgan, ularning ayrim ko’rinishlari hozir ham mavjud. Ov bilan, chorvachilik bilan shug’ullangan xalqlarga ayrim o’simliklar va osmon jismlarini ilohiylashtirish xos bo’lsa, hunarmandlar uchun pirlarga, ma’budalarga sig’inish xos edi.
Afsungarlik, jodu, duoxonlik, avlodlar ruhiga sig’inish ham o’sha davrdagi dinlarga xos edi. Din madaniyat tizimiga kirgan ko’pgina marosimlarni o’sha ilk davrlarda vujudga keltirgan.
Insoniyat tarixida quldorlik tuzumida dastlabki sinfiy antogonistik munosabatlar, xususiy mulkchilik munosabati hukmronlik qilgan, dastlabki davlat darajasidagi siyosiy kuchlar paydo bo’lgan edi.
Ishlab chiqarish jarayonida ovchilik, chorvachilik, dehqonchilik, hunarmandchilik, savdogarlik, me’morchilik, harbiy kuchlar, urush harakatlari, oilaviy munosabatlar, ijtimoiy hayotda sinfiy va tabaqaviy bo’linish, san’at turlari, sport musobaqalari, aqliy va jismoniy mehnat turlari paydo bo’lishi natijasida diniy tasavvurlarda ham keskin o’zgarishlar yuz berdi.
Tarixiy jarayonlarning ob’ektiv rivojlanish qonuniyat-lari hali inson tomonidan anglab etilmaganligi, tabiat va jamiyatda sodir bo’layotgan yaxshi va yomon voqea-hodisalar sabablari odamlar uchun noma’lum bo’lganligi uchun ana shu sabablar ilohiyotdan qidirilgan, shunga muvofiq keladigan mifologik obrazlar, rivoyatlar to’qilgan. Shu tariqa ilohiyotning oliy obrazlari-xudolar to’g’risida, ma’budalar haqida tasavvurlar paydo bo’lgan.
Politeizm, ya’ni grekchada poli-ko’p, teos-xudo - ko’p xudolik dini quldorlik davrining klassik dini edi. Siyosiy hokimiyat, hukmron tabaqalar, quldor zodagonlar, sarkarda-lar, podsholar siyosatiga va ijtimoiy mavqeiga mos keladigan xudolar va ilohiy homiylar ham to’qilgan. Natijada Osmon, Quyosh, yulduz, yorug’lik va zulmat, oy, yil fasllari, suv, shamol, o’rmon, tog’, bo’ron, dengiz, Er osti, dehqonchilik, uzumchilik, o’tloqlar, hayvon va o’simliklar, urush, adolat, omad, oila, muhabbat, go’zallik xudolari, ma’budalari, bosh xudolar, yaxshilik, yovuzlik xudolari kabi ko’pdan ko’p xudolarga sig’inish vujudga kelgan.
Qadimgi greklar dini (xristian dinigacha bo’lgan davrlardagi) politeizm - ko’p xudolikning klassik namunasi-dir. Osmon egasi, bosh (pontion) xudo Zevs qadimgi greklarning oliy xudosi edi. Uning ukasi Poseydon dengizlar xudosi edi, yana bir ukasi Aid er osti xudosi, Zevsning rafiqasi (xotini) Gera er-xotinlikning homiysi edi. Ares - urush xudosi, Afina - donolik ma’budasi, Apollon - Quyosh xudosi va san’at homiysi, Artemida - Oy ma’budasi va ovchilik homiysi, Dionis - uzumchilik, vinochilik va ayshu ishrat, hosil, dehqonchilik xudosi edi. Grek xudolarining “hayot yo’lini” o’zlarining hayot yo’lidan kam farq qiladi. Masalan, grek jangchilari jang oldidan Xudo - Aresga sig’inib undan g’alaba qozonishga ko’mak-madad kutadilar. Agar urushda zafar qozonsalar Ares sharafiga katta, tantanali, bayramona Marosim o’tkazadilar. Er osti xudosi Aid saltanatida vafot qilgan oliy tabaqa vakili joni-ruhi yaxshi nufuzli o’rinni egallasa, qullar, qashshoq kishilar joni-ruhi ayanchli ahvolda yashaydi. Ya’ni Er yuzida tenglik bo’lmaganidek, oxiratda, Er ostida ham tenglik bo’lmaydi. Qadimgi rimliklarda ham greklarniki kabi ko’p xudolar mavjud edi. Rimliklarning bosh xudosi Yupiter, urush xudosi Mars, Yupiterning xotini Yunona, Donolik ma’budasi Venera, eng e’zozlanadigan xudolar edi. Rimliklar ajdod ruhiga ham sig’inganlar. Rimliklar tomonidan bosib olingan eronliklar xudosi Mitra, Misr ma’budasi Isida ham Rim xudolari qatorida hurmat qilingan. Milliy dinlar uzoq evolyutsion o’zgarishni boshidan kechirganlar.
Dostları ilə paylaş: |