Falsafa fanining tadqiqot sohasi va predmeti. Dunyoqarash tushunchasi, uning mohiyati va tarixiy shakllari. Falsafa fanining bahs mavzulari va muammolari



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə195/228
tarix24.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#134762
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   228
FALSAFA MA\'RUZA MATNI

11-mаvzu. Din madaniyat fenomeni
Reja:

  1. Dinshunoslik fanining predmeti va vazifalari, dinning paydo bo’lishi masalasi.

  2. Din, din falsafasi va dinshunoslik tushunchalarining ma’nosi. Dinning funksiyalari.

  3. Diniy ong asoslarining shakllanishi ijtimoiy ildizlari. Dinlar tasnifi. Urug‘-qabila va milliy dinlar.

  4. Qadimgi Xitoy milliy dinlari: konfutsiychilik va daosizm.

  5. Qadimgi Xindiston milliy dinlari: xinduizm va jaynizm.

  6. Yaponiya milliy dini: Sintoizm (Shintoizm).

  7. Yaxudiylik dini.

  8. O’zbekistonda Vijdon erkinligi haqidagi qonun qabul qilinishining ijtimoiy madaniy ahamiyati.

Tayanch so‘z va iboralar: Din, dinshunoslik, teologiya, Totemizm, Animizm, Fetishizm, politeizm, magiya, ma’budlar, zaroastrizim, induizm, jaynizm, sikxizm, parsizm, konfusiychilik, daosizm, sindo, iudaizm, vijdon erkinligi.
O’zbekiston o’z mustaqilligini e’lon qilgach, dastlab milliy ma’naviy tiklanishi siyosatini amalga oshira boshladi. Xususan, demokratik va insonparvar jamiyat qurayotgan O’zbekistonda diniy e’tiqod erkinligi amalga oshirildi. Juda ko’plab masjidlar, madrasalar, diniy maktablar, uyushmalar va jamoalar vujudga keldi, ko’plab diniy adabiyotlar chop etilmoqda, diniy bayramlar, marosimlar, urf-odatlar tiklanib, amal qilmoqda. Bu ma’naviy yangiliklar xalqimizning ruhiyatiga (psixologiyasiga) ijobiy ta’sir ko’rsatdi. “Xalqimizda bo’layotgan o’zgarishlarning ildizi, ­ deb yozgan edi Birinchi prezidentimiz Islom Karimov, ­ xalqimizning ma’naviy uyg’onishidadir. Ona tilimizning azaliy haq-huquqlari tiklangani, haqiqiy o’zbekona urf-odatlarimizning hayotdan o’rin olayotgani ham odamlar kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda. O’zbekistonda o’zlikni anglash boshladi. Milliy Navro’z bayramimizni tiklangani, hayitlar tiklangani savobli ishlar bo’ldi”36
Jamiyat hayotida din o’ziga hos funksuyani bajaradi. Bugungi kunda xalqimizning ko’nglini ko’tarishda, uning qaddini rostlashda ko’pchilik din vakillari, yuzlab imom- xatiblar davlatimizga yaqindan yordam bermoqdalar, ular xalqni birlashtirishni, o’zaro nizo va nifoqlardan yiroq turishni targ’ib etmoqdalar.
“Dinshunoslik” fanining maqsadi talabalarga dinning falsafiy, nazariy, tarixiy va amaliy xususiyatlarini o’rgatishdir. Modomiki, ming yillardan buyon mavjud bo’lgan turli dinlar, diniy dunyoqarash, urf-odatlar mavjud ekan, bu jahon xalqlarida dinga ehtiyoj mavjudligini, dinning odamlar uchun foydasi hadsiz ekanligini ko’rsatadi. “Dinshunoslik”ning maqsadi din to’g’risidagi ob’ektiv haqiqatni tushuntirib, izohlab berishdir. “Dinshunoslik”ning mazmuni dinlarning falsafiy, nazariy jihatlarini ochib berish, dinlar tarixini yoritib berish, dinlarning ijtimoiy funktsiyalarini turli jihatda tushuntirishdir.
“Dinshunoslik” fani orqali talabalar ahloqan va ma’naviy jihatlardan o’z ongini kengaytiradilar; ular dunyo voqea va hodisalariga, jamiyatdagi murakkab insoniy munosabatlar mohiyatini yanada sinchkovroq bo’lib tushunadilar; ular dinlarning jamiyat hayotida tutgan o’rnini yaqqolroq anglab etadilar; o’zlarida iymon-e’tiqod erkinligiga ongliroq munosabatni shakllantiradilar, ya’ni bu fanning talabalar dunyoqarashi uchun ahamiyati beqiyos.
“Muayyan dunyoqarash, dunyoni anglash nuqtai-nazaridan ifoda etilgan g’oyalar, dasturlar, ahloq-odob maromlari aqlli odam ishonchi (imoni) ga aylansa qadrlanadi, e’zozlanadi. Imonli odam o’z ixtiyori bilan qabul etgan g’oyalar, timsollarni muqaddas bilib, hayotini ularsiz tasavvur eta olmaydi, och, yalang’och qolishga, barcha mahrumliklarga, hatto o’limga ham rozi bo’ladi, ammo o’z iymoniga xilof keladigan xatti-harakatlarga yo’l qo’ymaydi”37.
Dinshunoslik” fani quyidagi xususiyatlarga ega:
1. “Dinshunoslik” fani dinlarning mohiyatini va din tushunchasini ta’riflab, uni izohlab, tushuntirib beradi. Diniy ong, ijtimoiy ong shakllaridan biri sifatida olib qaralib, uni tarixiy hodisa deb hisoblaydi; bu bilan barcha dinlar insoniyat tarixi bilan bog’langanligi, odamlarning dinga bo’lgan ehtiyoji tufayli kelib chiqqach, ular asta-sekin bir tizim qiyofasiga kirib davom etayotganligi ta’kidlab o’tiladi.
2. Dinlarning kelib chiqish, rivojlanish va evolyutsiyasi o’zining tub sabablariga, ya’ni ildizlariga egaki, “Dinshunoslik” shu xususiyatni ham nazarda tutadi va ularni ko’rsatib beradi. Bu bilan hozirgi zamonda mavjud bo’lib turgan turli dinlar qadim zamonlarda vujudga kelgan bo’lsalar ham, nima uchun ular hamon mavjud bo’lib turibdi degan savolga aniq javob beradi.
3. Diniy ong har bir dindor odamning yoki diniy jamodagi kishilarning yakka shaxs yoki ijtimoiy ongi bo’lib, bu ongning asosi ilohiy kuchlarda, ilohiylikka asoslangan dunyoqarash, mafkura, g’oya, fikr, tushuncha, tasavvur, xotira, xayol, iroda, idrok, iymon, e’tiqod, ahloq va psixika kabilar yaxlitligidan iborat ma’naviyatdir.
Diniy ong ko’pchilik dindorlarning onggi, yakka shaxs onggi xususiyatiga ega bo’ladi. Yakka shaxsning diniy ongining darajasi o’sha dindor kishining yashash tarzi, shaxsiy qobiliyati, qiziqishi kabilar bilan bog’liq. Bu hol dindorlar psixikasini keltirib chiqaradi.
4. Diniy dunyoqarash, umuman, dunyoqarashning tarixiy turla-ridan biri bo’lib, uning asosiy belgisi ilohiy, g’ayritabiiy kuchlarga ishonish va ularga sig’inish, butun olam, barcha mavjudot, insoniyat dunyosini xudo yaratganini va boshqari-shini e’tirof etish, xudoga, ruhlarga e’tiqoddan iboratdir. Diniy dunyoqarash quldorlik tuzumidan boshlab rivojlantirib orilgan. Ayniqsa, insoniy fazilatlarga yot va zararli bo’lgan ichkilikbozlik, giyohvandlik, buzuqlik, qon to’kish, o’g’irlik kabi yaramas illatlar diniy ahloqda qoralanadi, ularga qarama-qarshi halolik, ezgulik, o’zaro hurmat ko’rsatish; kattalarni, ota-onalarni izzat qilish kabi fazilatlar ulug’lab kelingan.
Din ibtidoiy jamiyatning quyi bosqichida, taxminan bundan 50-40 ming yil avval shakllangan. U keyingi jamiyatlarda turli tarixiy tip hamda shakllarda rivojlanib kelgan. Dinni keltirib chiqargan tub sabablar, ya’ni ildizlar uchta: ijtimoiy, psixologik va gnoseologik ildizlari mavjud.
Har kanday dinning gnoseologik, ya’ni dunyoni bilish nazariyasi bilan bog’liq ildizi ham mavjud. Dinning bu ildizi olamdagi voqea va hodisalarning kelib chiqish sabablarini, ularning ichki mohiyatini bilish murakkab va qiyin bo’lishi bilan bog’liq. Tabiat va jamiyatda ro’y beradigan o’zgarishlar sababli ko’p ming yillar mobaynida insonlar uchun sirli tuyilgan; natijada odamlarning aqli zaif va cheklangan, dunyoning barcha sirlari birgina xudoga ma’lum, undan boshqa hech kim dunyoni bilmaydi degan xulosa kelib chiqqan.
Dinning psixologik ildizi, bunda odamlardagi tashqi olam voqealaridan, jamiyatda ro’y berayotgan turli hodislardan iztiroblanishi, ezilishi, g’am-tashvishga tushib qolishi, qo’rquv vahima, umid va ishonch, shodlanish yoki ruhan tushkinlik holatlari dinning kelib chiqish va mavjud bo’lib turishida katta kuch hisoblanadi. Diniy pand-nasihatlar, turli diniy marosimlar ham diniy psixologiya bilan bog’liqdir.
Shunday qilib, har qanday dinning kelib chiqishi, yashab turishi va amal qilishi ijtimoiy, gnoseologik va psixologik ildizlari bilan izohlanadi.
Jamiyat hayotida amal qilib kelinayotgan dinlar o’z tashkiliy tizimiga ega bo’lgan murakkab va o’ta moslanuvchan g’oyalardan iborat bo’lib, din jamiyatni uyushtiruvchi, yo’naltiruvchi, safarbar etuvchi, intizomga soluvchi g’oyaviy kuch hisoblanadi. Diniy shiorlar ayrim inqilobiy harakatlarni, ba’zi davrlarda g’azovot va salb urushlarini, milliy-ozodlik harakatlarining bayrog’iga aylangan. Dinning jamiyatda: 1.Kompensatorlik, 2.Legitimlovchilik 3. Integratorlik, 4. Kommunikativlik 5. Regulyatorlik degan ijtimoiy funktsiyalari bor.
Turli diniy manbalarda din azaldan mavjud bo’lib kelgan, xudo esa hamma narsalarni: osmon va Erni, koinotni, barcha odamlarni, mo’’jizaviy yo’qlikdan bor qilib yaratgani aytilgan. Demak, dinning tarixi jamiyat tarixidan avval boshlangan, degan xulosa kelib chiqadi.
Ilmiy adabiyotlarda ko’rsatilishicha, dinning tarixi 50-40 ming yildan ko’p emas, jamiyatning tarixi esa 3 million yildan ziyod. Demak, u tarixiy hodisa, din ibtidoiy jamiyatning quyi bosqichida kelib chiqqan. Biz bu ikkinchi qarashni analiz qilsak, dinning paydo bo’lishidan darak beradigan arxeologik va etnografik ashyoviy dalillarga murojaat etmog’imiz kerak. Arxeologiya fani odamlar yashagan turli tarixiy davrlarda er ostida qolib ketgan qadimiy manzilgohlarni kovlab topadi, ulardan uy-ro’zg’orga, zeb-ziynatga, ish qurollariga , kiyim kechaklarga, me’morchilikka, san’atga oid turli buyumlar, noyob topilmalarni aniqlaydi-lar, ba’zan ko’hna qabrlardan dafn qilish qoidalari, qabrdagi jasad yonida ov qurollari, eb-ichish idishlari, taqinchoqlarga ham duch kelingan, ba’zan esa qush va hayvon-larning, afsonaviy mahluqlarning, farishta, ma’budalarning haykallari, turli narsalardan yasalgan shakllari, niqoblar topilganki, ularning ayrimlari diniy mazmunga ega bo’ladilar.
Eng qadimgi dinlar tabiat kuchlarini ilohiylashtirish asosida kelib chiqqan bo’lib, ularda xudolar, payg’ambarlar, ilohiy rivoyatlar shakllangan emas edi. Lekin boshidanoq o’sha dinlarda tabiatdagi hayvonlarni, o’simliklarni, ayrim daryo-lar, tog’lar, osmon jismlari, avlodlar ruhini ilohiylash-tirish, ularga bag’ishlangan turli marosimlar mavjud bo’lgan.
O’sha davrda totemizm, animizm, fetishizm, zardo’shtiy-otashparastlik, magiya (sehrgarlik) dinlari kelib chiqqan.
TOTEMIZM – Shimoliy Amerikada yashovchi Ojibva qabilasiga mansub alkonginlar tilidan olingan bo’lib “uning urug’i” ma’nosini bildiradi. Totem atamasi 1791 yil Dj. Long tomonidan ilmiy muomilaga kiritilgan. XIX-XX asrlarga kelib Dj Mak Lenan, Robertson Smit Frezerlar tomonidan keng tadqiq qilingan. Bugungi kunda e’tiqodning ushbu shakli Avstraliyada, Xindistonda va Afrikaning bir qator hududlarida keng tarqalgan. Etnograf olim A. Zolotarevning tarificha “totemizm – qarindoshlik munosabatlarining diniy anglashning dastlabki shaklidir”
Ma’lumki, odamlar tirikchiligi ibtidoiy jamiyatda dastlabki davrlarda tabiatda mavjud bo’lgan o’simliklarga va yovvoyi hayvonlarni ovlab ist’emol qilishga bog’liq edi. Ovchilar eng ko’p ovlagan hayvon yoki qushlarni, jonivorlarni alohida hurmat qilganlar. Asta-sekin odamlar o’z urug’-avlodlari ana shunday hayvonlar bilan qon-qarindosh bo’lgan, hatto shu hayvonlardan kelib chiqqanmiz deb, o’ylaganlar.
Totem hisoblangan hayvon yoki o’simlik odamlar urug’ining homiysi deb, totemning “yordamiga” ko’z tikkanlar, raqs sehri bilan, ba’zan esa marosimlar qilish yo’li bilan totemga ta’sir qilish mumkin deb tasavvur qilganlar. Masalan, maxsus marosimda totem hisoblangan hayvonni so’yib, uning qoni va go’shtidan tabarruk va muqaddas taom sifatida iste’-mol etishgan. Bundan asosiy maksad totem bilan qon-qarindoshlikni yanada mustahkamlash bo’lgan.
Totem bo’lgan hayvon yoki qushlar, o’simliklar turli mintaqalarda, turli urug’larda turlicha bulgan. Ko’pincha kenguru, tuyaqush, ayiq, sher, yo’lbars, maymun, sigir, tog’ echkisi, baliq, ilon, hakka, qaldirg’och, fil, ho’kiz, ot, xo’roz, burgut, kiyik, musicha kabilar totem hisoblangan. Urug’lar nomi totem bo’lgan hayvon, qush yoki o’simlik nomi bilan atalgan. Hozir avstraliyalik tub-joylik aholi urug’lari kenguru, oq xo’roz, qora ho’kiz deb nomlanadi. Amerikadagi hindu urug’lari Katta Ilon, Burgut ko’z, Qora sirtlon kabi nomlar bilan atalgan.
Totem shamol, quyosh, yomg'ir, momaqaldiroq, suv, temir, hattoki alohida hayvonlar yoki o'simliklarning qismlari, masalan, kaplumbağa boshi, cho'chqaning oshqozoni, barglarning uchlari va boshqalar bo'lishi mumkin, lekin ko'pincha bu - hayvonlarning sinflari va boshqalaran umumiy foydalanilgan. Masalan, Shimoliy Amerikadagi Ojibva qabilasi 23 ta avloddan iborat bo'lib, ularning har biri o'z totemini maxsus hayvon (bo'ri, ayiq, qunduz, sazan, baqajon, o'rdak, ilon va boshqalar) deb hisoblaydi; Ganada anjir daraxti va makkajo'xori urug'i totem bo'lib xizmat qiladi. Totemizm ayniqsa gullab-yashnayotgan Avstraliyada, hatto butun tashqi tabiat ham mahalliy aholi totemlarining timsolidir. Shunday qilib, Gambir tog'idan kelgan avstraliyaliklar orasida yomg'ir, momaqaldiroq, chaqmoq, bulutlar, do'l qarg'a to'dasiga, ilonlar - baliq, muhrlar, ba'zi daraxt turlari ilon totemiga tegishli; Port Makkaydagi qabilalar orasida quyosh kanguroning totemini, oy alligator totemini anglatadi.
O’rta Osiyo xalqlari orasida ot, it, mushuk, laylak, musicha, qarg’a, qaldirg’och, ilon kabi hayvon va qushlar to’g’risida turli diniy mazmundagi rivoyatlar mavjudki, bu ham totemizm qoldig’i hisoblanadi.
Totem bilan bog’liq bir qator urf-odatlari ham mavjud bo’lib masalan, badanni totem qoni bilan ishqalash vaqt o'tishi bilan rang berish va shunga o'xshash xarakatlar urf-odatlarga aylandi. Totemning g'ayritabiiy himoyasini qo'llashning muhim vositasi uning doimiy ravishda mavjudligi hisoblanadi. Shuning uchun ko'pincha totem masalan, Formozaning tog'li hududlarida, ularning hujaliklarida ilon va qoplon bo'lgan yoki o'z uylarida ilonlarni ushlab turadigan Samoa orollari aholisinida saqlanib qolgan. Keyinchalik, hayvonlarni ma'badlarda saqlash va ularga ilohiy izzat-ikrom ko'rsatish uchun, masalan Misrda, odat paydo bo'ldi. Totem bilan aloqa qilishning eng muhim vositasi uning tanasini eyishdir (teofagiya, shuningdek, prospira, hamjamiyat). Vaqti-vaqti bilan nasl a'zolari totem hayvonini o'ldiradilar va tantanali ravishda, bir qator marosimlar va marosimlarga rioya qilgan holda, uni ko'pincha izsiz, suyaklari va ichaklari bilan iste'mol qiladilar.
Robertson Smit va Jevons vaqti-vaqti bilan totemni tatib ko'rish odati antropomorf xudolarga keyinchalik keltiriladigan qurbonliklarning prototipi va uni olib kelgan qurbonlarni o'zi eyish bilan birga olib borish odati deb hisoblashadi. Ba'zan diniy qotillik urf-odati totemni uning sinf a'zolarini o'ldirish misolida qo'rqitishga yoki totemning ruhini yaxshiroq dunyoga borishga majburlashga qaratilgan. Shunday qilib, Omaxa (Shimoliy Amerika) qabilasining qurtlarning jinsida, agar qurtlar makkajo'xori maydonchasini suv bossa, ular bir necha qismlarga bo'linib, don bilan o'ralgan va keyin egan, chunki bu makkajo'xori dalasini bir yil davomida himoya qiladi. Yiliga bir marta Zuni qabilasi totem toshbaqalar uchun yurish-turish marosimini yuboradi, ular eng iliq tabriklardan so'ng, o'lib, go'sht va suyaklarni daryoga tashlab, abadiy hayotga qaytishlari uchun ularni dafn qilishadi. Avstraliyaning ikki tadqiqotchisi B. Spenser va Gyllen totemizmning yangi dalillarini-intitsuma marosimlarini topdilar. Ushbu marosimlarning barchasi bahor fasli, gullarni o'simliklar va hayvonlarning ko'payish davri boshida bo'lib, totem turlarining ko'pligiga sabab bo'ladi. marosimlar shu joyda har doim amalga oshiriladi, oila va totemlarga ruhlarining diyori, yo bir tosh yoki erga (individual xudolar va tasvirlar o'tish) bo'yicha uning sun'iy tasvir bo'lgan totemlarga, ma'lum bir vakili nomiga, deyarli har doim bir tantanali bilan qon totemistlar bir jabrlanuvchi bilan birga taqiqlangan totemni iste'mol qilish; shundan keyin odatda oziq-ovqat mahsulotlarida undan o'rtacha foydalanish ruxsat etiladi.
ANIMIZM. Animizm tushunchasini fanga kiritgan ingliz etnografi va madaniyatshunosi Edvard Teylor ham buni umuman din taraqqiyotidagi dastlabki bosqich deb tushungan. Boshqa tomondan, u yuqori madaniyatli xalqlarning dunyoqarashida animistik vakilliklarning yanada rivojlanishini kuzatishga harakat qildi. Birinchi marta bu atamani nemis olimi G. E. Shtal ishlatgan. “Theoria medica” (1708) asarida u animizmni o'zining jon haqidagi ta'limotini barcha hayotiy jarayonlarning asosi bo'lgan shaxsiy hayot printsipi deb atagan. Teylorning ta'kidlashicha, animizm - bu "dinning minimal darajasi", ya'ni uning fikriga ko'ra, har qanday din eng ibtidoiydan eng rivojlangangacha - animistik qarashlardan kelib chiqadi. Biroq, to'plangan ma'lumotlar bir qator yangi, preanimistik yoki pre-animistik tendentsiyalarni keltirib chiqardi, ularga ko'ra, animizm davri sehrgarlik asridan oldin bo'lgan (J. Fraser) degan fikrlar bor. Animizm davri, barcha tabiatning animatsiyasi (R. Marett, L. Ya. Sternberg) va ibtidoiy prelogik tasavvur (L. Levi-Bruhl) davridir degan nazariyalar yaratilgan.
Animizm jamiyatda qachon va qaerda ana shunday tasavvurlar paydo bo’lgan bo’lsa, o’sha joyda va davrda kelib chiqqan dindir. Animizm bundan 40-30 ming yil ilgari paydo bo’lgan.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   228




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin