Xristianlik aqidalari.
1-aqida: Xristianlikning iymon kalimasiga ko’ra dindorlar - ota xudo, o’g’il xudo va muqaddas ruh («muqaddas uchlik») bo’lib gavdalanadigan yagona xudoga e’tiqod qiladilar. Demak, xristianlik monoteistik din ekanligi shu aqidadan ma’lumdir. Ota xudo ko’rinib turgan olam (farish-ta)larni yaratgan, deb hisoblanadi. Iso uning injildagi «tarjimai holi» bilan birlikda O’g’il xudo hisoblanadi. Muqaddas ruh-pravoslavieda ota xudodan, katoliklar esa ham ota-xudodan, ham O’g’il xudodan kelib chiqqan, deb hisoblanadi.
2-aqida: Xristianlik uchun eng muhim aqidaviy g’oya xudoning gavdalanish aqidasi bo’lib, unga binoan Iso xudoligicha qolgan holda, go’yo Mariya ismli qizdan (Bibi Maryam onadan) tug’ilgan payg’ambar deb e’lon etiladi. Bu aqida Isoga mansub deb hisoblanadigan barcha injil pand-nasihatlarga «ilohiy haqiqat»larga xos hurmatni kuchayti-rishga xizmat qiladi.
3-aqida: Gunohni yuvish aqidasiga katta o’rin berilgan, bunga asosan Iso butga mixlanib tortgan azoblari va o’limi bilan o’zini odamlarning gunohlari kasriga ota xudoga qurbon qilgan va shu tariqa bu gunohlarni yuvgan Bu bilan u go’yo odamzoddagi «gunoh hukmronligidan xalos bo’lish» yo’lini ochib bergan.
4-aqida: Isoning qayta tirilishi aqidasi xristian diniy ta’limotida markaziy o’rin egallaydi. Bu tirilish kelgusida odamlarning hammasi tirilishining (islom dinidagi oxirat-qiyomatdagi odamlarni tirilishi kabi) garovi deb ta’kidlangan.
5-aqida: Osmonga chiqib tushish (Islomda me’roj) aqidasi xristianlarni Iso tirilgandan so’ng osmonga, 0ta xudo huzuriga chiqqanligiga ishonish. Mazkur aqida orqali erdagi hayot odamni oxiratda kutadigan mangulikka nisbatan hech narsaga arzimaydi, degan ishonch uqtirildi.
6-aqida: Xristianlikning «xudo oldida hamma odam tengdir», degan bu aqidasi ijtimoiy tengsizlikni bekor qila olmagan tasavvurdagina barchagi tenglik huquqini bergan edi. Bu tenglik oxiratda amalga oshishini kutishga dindorlar da’vat etilgan.
Marosim va bayramlar: a) dindorlarni hamkorlik ruhida tarbiyalaydi; b) dindorlar orasida tartib-intizomni mustahkamlaydi; v) dindorlarning vaqti, moddiy harakat-larini talab qiladi; g) dindorlar iymon va e’tiqodini kuchaytiradi; d) ular milliy va baynalminal madaniyatning bir qismiga aylanib, umuminsoniy qadriyatlarni kuchaytiradi. Bu xususiyatlarning barchasi xristianlik marosim va bayramlarida ham to’la amal qiladi.
Xristianlik marosimlari asrlar mobaynida asta-sekin shakllanib borgan, ular quyidagilardir: cho’qintirish, prichashchenie (non va vino iste’mol qilish), miropomazanie (cherkovlarda chaqaloqni cho’qintirgandan keyin xushbo’y moy surkash), elosvyashchenie (soborga olib kelish), nikoh (gulcham-bar kiydirish, nikoh uzugi taqish kabilar), tavba qilish (gunohlariga pushaymon bo’lish), ruhoniylikka qabul qilish, Pasxa, rojdestvo Xristovo, troitsa bayramlari. Xristianlik marosimlarini tainstvolar deb ataladi. Bu marosim va bayramlar barcha xristian yo’nalishlarida mavjud, faqat ularni shakli va vaqti turlicha xolos.
Cho’qintirish marosimi xristian dinining eng muhim va asosiy marosimidir. Bu marosim cherkovda o’tkaziladi. Marosiming asosiy mohiyati tug’ma gunohdan bolani xalos qilish, uni xristianlikka dohil qilish, unga xristiancha ism qo’yish, uni cherkov qavmiga, ya’ni aholi ro’yxatiga yozib qo’yishdir.
Marosim o’tkazish uchun yangi tug’ilgan bolani cherkovga olib kelishadi. Bu erda ruhoniy uning yuziga qarata uch marta kuf-suflaydi, dajjollarga qarshi afsun o’qiydi. Shaytondan yuz o’girishga, uni puflashga va unga tuflatishga chaqiradi. Bu ishlarning hammasini chaqaloq nomidan cho’qintirayotgan erkak yoki ayol, ya’ni chaqaloqni «cho’qintirayotgan otasi yoki onasi» bajo keltiradi. Shundan keyin pop chaqaloqni uch marta suvga botirib oladi, chaqaloqqa zaytun yog’i surtaydi, uning boshidan bir tutam sochini kesadi va bolaga ism qo’yib beradi. Rivoyatga ko’ra Iso payg’ambarni Iordan daryosida avliyo Ioann Cho’qintiruvchi cho’qintirgan.
Cho’qintirish marosimi qadimgi Hindiston, Rim, Misr, Kichik osiyo va boshqa davlatlar hududlarida yashagan xalqlar orasida ham mavjud bo’lgan. Xristianlikda cho’qintirish marosimi yangi eraning 1-asri oxirlarida paydo bo’lgan. Bi-rinchi xristian jahon soborining (4-asr) qaroriga muvo-fiq, bu marosim har bir xristian uchun majburiy deb topilgan va “e’tiqod simvoli”ga kiritilgan. Shu vaqtdan boshlab “cho’qin-tirilgan” so’zi “xristian” degan so’z bilan teng ma’no kasb etgan. Xristianlar boshqa dindagi hamma kishilarni “cho’qin-maganlar” deb atay boshlaganlar.
Nikoh marosimi ham cherkovda o’tkaziladi. Bu marosim oila qurish marosimidir. Cherkovda o’tkazilgan nikoh xristian oilasining qonuniy asosi hisoblanadi. Nikoh paytida pop kelin-kuyovga oq fotiha beradi, ularni qo’sha qarib, uvali-juvali bo’lishini xudodan tilaydi, kelin-kuyovga shohona jig’a taqadi, ularga yonib turgan shamni ushlab turishni buyuradi. Ularning yuzlariga krest bilan soya soladi, isiriq-buxur tutatadi (yoki isiriqqa o’xshash xushbo’y hid tutuni soladi). Kelin bilan kuyov bir-birlarining barmoq-lariga nikoh uzugi taqishadi, pop ularni bir-biriga vafodor, g’amxo’r, ittifoq bo’lib yashab, turmush kechirishga da’vat qiladi. Oilani buzish, ajralish ham cherkov ruxsati bilangina bo’ladi.
Tavba qilish marosimi ham cherkovda bo’ladi. Tavba qilishda gunoh qilib qo’ygan har bir xristian o’z gunohidan pushaymon bo’ladi. U gunohini kechirishni xudodan so’rab berishni popdan iltimos qiladi. Tavba qiladigan shaxs popga hech bir guvohsiz, u bilan yuzma-yuz, tiz cho’kkan holda o’zining hamma gunohlarini batafsil so’zlab beradi.
Prichashchenie marosimi xristian dinining asosiy marosimlaridan biri hisoblanadi. Bu marosimni go’yoki Isoning o’zi tayin qilgan emish. Prichashchenie marosimidagi asosiy mazmun shuki, non bilan vinoni sirli ravishda dindorlar birgalikda iste’mol qiladi, bunda nonni Isoning go’shti, vinoni esa uning qoni deb tasavvur qilinadi. Isoga yanada yaqinlashish uchun, u bilan bir tan, bir jon bo’lib ketish uchun shu marosim o’tkaziladi. Mashhur ruhoniy va faylasuf olim o’rta asrlarda yashagan Foma Akvinskiy, Prichashchenie-ning har bir zarrasida Iso bordir, deb ta’limot beradi. Xristianlikning prichashchenie marosimi qadimgi zamon-lardagi totemizm dinidagi totem-hayvonni qurbon qilib, uning «muqaddas» qoni va go’shtini iste’mol qilish marosi-mining yangi shaklidan boshqa narsa emas.
Xristianlikda yana dafn marosimi, butlarga, xochlarga, avliyolar jasadiga, muqaddas joylarga, ayrim ikonalarga sig’inish marosim-odatlari ham bor.
Xristianlik bayramlari, ya’ni eng muhim diniy voqea va hodisalar bilan bog’liq bo’lgan alohida kunlar, barcha xristianlar uchun bayram tantanalari mavjud. Cherkovlar bayramlarga jiddiy va katta e’tibor berib kelayotir.
Iso payg’ambar tug’ilgan kuni (rojdestvo) bayrami cherkov hayoti va dindorlarning turmushida ko’zga ko’rinarli o’rinda turadigan, millionlab kishilarning tantanali bayramlaridan hisoblanadi. Cherkov ta’limotiga ko’ra bu bayramni xudo Iso sharafiga bag’ishlab bayram qilishni tavsiya etgan. Katolik ruhoniysi va olimi Dionisiy kichkinaning mo’ljaliga ko’ra Rim shahriga asos solinganiga eramizdan avvalgi 754-yildan boshlangan. Iso tug’ilgan kunni misrliklar 6 yanvarda nishonlaganlar. Rojdestvo bayrami oldidan dindorlar uylaridagi barcha narsalarni yuvadilar, pollarini artib chiqadilar, ustki kiyimlarni qoqadilar, hammomda cho’miladilar, toza kiyimlarni kiyadilar. Italiyada rojdestvo kuni uylaridan eski kiyimlarni, narsalarni, buyumlarni ko’chaga irg’itib yuboradilar, shu qutlug’ bayramda hatto urushlar to’xtatilgan. Ayrim arazlashib yurgan kishilar yarashganlar.
Pasxa bayrami xristianlarda ayniqsa katta tantana bilan o’tadigan bayramdir. Pasxadan oldin ehtirosli hafta deb atalgan hafta keladi, bu hafta davomida dindorlar ro’za tutadilar, zo’r berib ibodat qiladilar. Bu hafta oxiri xudoga ehtirosli, mungli murojaat ohangida ibodat qilish bilan yakunlanadi. Undan keyin pasxa bayrami boshlanadi. Quvonchli hafta deb atalgan bu hafta davomida bayram kun-lari ruhoniylar va cherkov uchun “ish” kunlari bo’lib, ular dindorlarga haloskorlik g’oyalarini, pasxa bayrami qanday kelib chiqqanligini tushuntirib beradilar. Ular pasxa va ehtirosli hafta insonning mashaqqat chekkanligi, o’limi va qayta tirilishini xotirlash uchun belgilangan deb hisoblaydi-lar. Qadimgi o’lib tirilishga, o’ladigan tanayu, o’lmaydigan jon (ruh) ga ishonish to’g’risidagi apima-animizm dinini ta’siri va shu din asosida paydo bo’lgan.
Bir butun din bo’lgan xristianlik turli tarixiy shart-sharoitlar, bu dinning mahalliy hukmdorlar manfaatlariga, quldorlik, feodalizm va kapitalizm tuzumlari sharoitiga moslashtirishga qilingan harakatlar tufayli turli yo’nalish-laru sektalarga bo’linib ketgan. Ichki inqiroz va tashqi hujumlar natijasida (german qabilalari) Rim imperiyasi 3-4 asrlarda G’arbiy va Sharqiy qismlarining ajralib ketishiga olib keldi. Rim imperiyasining G’arbiy qismida mayda mustaqil davlatlar paydo bo’ldi. Ulardagi siyosiy hokimiyatga nisbatan cherkovlar hukmronligi ustunroq bo’lib, ularning Rim shahrida joylashgan bosh cherkovga tobe’ligi saqlanib qoldi. Lekin Sharqiy viloyatlar Vizantiya imperiya-si tizimida yagona davlat bo’lib, davlat siyosiy hokimiyatiga bo’ysinardi. 1054 yilda Vizantiya hududidagi cherkovlar Rim markaziy cherkovidan ajralib ketdi. Shu tariqa xristianlik ikki yo’nalishga - katoliklar va pravoslavie yo’nalishlariga bo’lindi.
16-asrda burjua sinfi va kapitalizm tuzumi manfaatlariga mos keladigan yana bir yangi yo’nalish - protestantizm vujudga keldi. Bulardan tashqari ana shu yo’nalishlar ichida xristian uyushmalari, jamoalari, ya’ni sektalari ham paydo bo’ldi.