Falsafa fanining tadqiqot sohasi va predmeti. Dunyoqarash tushunchasi, uning mohiyati va tarixiy shakllari. Falsafa fanining bahs mavzulari va muammolari



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə202/228
tarix24.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#134762
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   228
FALSAFA MA\'RUZA MATNI

Tarixiy geografik tasnif
O’rta yer dengizi xavzalari dinlari; yunon, rim, ellin
Qadimiy Yaqin va O’rta Sharq dinlari; misr, shumer, akkad, somiy islomgacha bo’lgan arab dinlari
Yaqin va O’rta sharq payg’ambarli dinlar; zardushtiylik, yaxudiylik, xristianlik, islom
Hindiston dinlari; Vedalar, Hinduizm, Buddizm, Jaynizm
Sharqiy va Janubi Sharqiy Osiyo dinlari; Buddizm, Xitoy dinlari, Koreya va Yaponiya dinlari
Amerika xindulari dinlari; toltek, atstek, ink, mayyalar
Etnik tasnif; urug’ qabila dinlari, millat dinlari, jahon dinlari
12-mаvzu. Buddaviylik va xristian dini tarixi va falsafasi
Reja:

  1. Jahon dinlari xususiyatlari.

  2. Buddizmning vujudga kelishi, ta’limoti va uning asosiy manbalari.

  3. Buddaviylikdagi oqimlar.

  4. Xristianlikning vujudga kelishi va ta’limoti.

  5. Xristianlikdagi oqimlar: vujudga kelishi, o’ziga xosligi.

  6. Xristianlikning asosiy manbalari.

Tayanch so‘z va iboralar: Budda, Maxayana, Xinoyana, Tripitaka, Injil, Issus Xristos, Provaslaviya, Katolik, Pasxa.
Jahon dinlarining kelib chiqishi turli xalqlar hayotida yuz bergan jiddiy tarixiy o’zgarishlarga bog’liq edi. Masalan, buddizm, eramizdan oldingi VI asrda Shimoliy Hindistonda tashkil topgan quldorlik davlatining g’oyaviy mafkurasi sifatida paydo bo’lgan edi. Jahon dinlarining ikkinchisi xristianlik esa eramizning I asri o’rtalarida Rim imperiyasi inqirozining oldini olish, bu omonat imperiya xududlaridagi turli-tuman xalqlarni, qullarni birlashtirish, ularning ozodlik harakatlarini bostirish orqali imperiyani saqlab qolishning mafkuraviy vositasi sifatida IV asr o’rtalarida imperator Konstantin tomonidan davlat dini, deb e’lon qilingan.
Islom dini arablarning turli qabilalarini birlashtirib, markazlashgan arab davlatini barpo qilish ehtiyojining ma’naviy quroli sifatida vujuda keltirilgan.
Jahon dinlari vujudga kelishining tarixiy yo’llari ikki yo’nalishda bordi:
Birinchidan, avval biror millatning davlati olib borgan bosqinchilik (ko’pincha bu urushlar din yo’lidagi muqaddas jihod urushi deb hisoblangan) urushlarida bosib olingan xalqlarga majburan o’sha dinni qabul qildirish orqali jahonga tarqalgan.
Ikkinchidan, jahon dinlari ayrim xalqlar messionerlar tashviqoti, shu dinning o’sha xalqlarga ma’qul bo’lganligi oqibatida ixtiyoriy ravishda qabul qilganligi uchun shakllan-gan. Rossiya xalqlari 988-yilda Vizantiya davlatidan xris-tianlikni ixtiyoriy ravishda qabul qilgan. Boshqirdlar ham islomni ixtiyoriy qabul qilganlar. Hozirgi davrda Yaponiyada islom dini ixtiyoriy tarqalmoqda.
Jahon dinlarining har biri o’z hududlarida madaniyatga ijobiy, ayrim san’at turlariga esa salbiy ( masalan, fanga, islom esa haykaltoroshlik, jonli narsalarning rasmini olishga qarshi kurashdi) ta’sir qildi. Umuman dinning ma’naviy va moddiy madaniyatning ajralmas qismi bo’lib qolishi jahon dinlari davrida yaqqol sezildi.
Jahon dinlari xalqlarni bir-biriga yaqinlashtirdi, savdo ishlarini kuchaytirdi (masalan Buyuk ipak yo’li), nisbatan tinchlik o’rnatdi, o’zaro urushlarni kamaytirdi, ko’pgina xalqlarni birlashtirdi. Bu jahon dinlaridagi ijobiy xususiyatlardir.
Buddaviylik - eng qadimgi dinlardan biri. U eramizdan oldingi VI asrda( ruhoniylar hisobida 544 yil - dinning afsonaviy asoschisi vafot etgan yil) shimoliy Hindistonda rivojlangan quldorlik jamiyati yuzaga kelib, yirik davlatlar tashkil topayotgan sharoitda vujudga keldi.
Buddaviylikka hozirgi davrda 450 mln (ba’zi manbalarda 1mlr 400 mlndan, ayrimlarida esa 700 mlndan ortiq) kishi e’tiqod qiladi. Hozirgi vaqtda Buddizm Janubiy, Janubi-Sharqiy, O'rta Osiyo va Uzoq Sharq mamlakatlarida tarqalgan va yuz millionlab izdoshlariga ega. Buddizm Butan davlati dinidir, Kambodja, Laos, Myanma va Tailand Shri-Lankada buddizm davlat dini sifatida tan olinmagan, ammo konstitutsiya buddizmga "ustuvor maqom" beradi39.
Gautama haqida aniq ma’lumotlar yo’q. Rivoyatlarga ko’ra, u hind qabilasi hukmronlaridan birining o’g’li bo’lgan va zurriyodsiz malika Mayya g’oyibdan homilador bo’lib, uni 45 yoshida tuqqan. Gautama tug’ilishida mo’’jiza ro’y bergan. Tabi-iy hodisalar - er qimirlashi, chaqmoq chaqishi, momaqaldiroq guldirashidan tashqari, chaqaloq tug’ilgan zahoti etti qadam qo’ygan va gapira boshlagan.
Qadimiy Hindistonda buddaviylik shakllangunga qadar murakkab sinfiy munosabatlar mavjud edi. Kishilar oliy, o’rta va quyi tabaqalarga ajratilib, oliyga - braxmanlar, harbiylar, o’rta tabaqalarga - hunarmandlar, savdogarlar, dehqonlar, eng quyi tabaqaga esa qora xalq, xizmatkorlar kiritilardi. Quyi tabaqa kishilarining hayoti nihoyatda og’ir edi. Ular ijtimoiy tenglik u yoqda tursin, diniy tenglikka ham erishish huquqiga ega emas edilar. Bu xol katta noro-zilikka sabab bo’ldi. Bundan tashqari, jamiyatni kastalarga, oliy va past toifalarga ajratish mavjud bo’lib, braxmanizm dini kastachilikning himoyachisi va g’oyaviy quroli edi.
Buddaviylik diniy ta’limotining asosiy manbai tripitaka (lug’aviy ma’nosi “uch savat” donolik) deb nom olgan diniy yozuvlarda aks etgan. Diniy ta’limotda Budda uchta savatda ta’limot qoldirgan, deb tasavvur etiladi. Birinchi savat -Vinaya-Pitaka deyiladi va u budda rohiblik jamoasini tashkil etish tartib-qoidalari, pand-nasihatlar, ahloq normalari bayonidir; ikkinchi savat - Sutta-Pitaka deyilib, unda duolar, dostonlar, afsonalar bayon etilgan; uchinchi savat - Atxidamme-Pitaka bo’lib, diniy falsafiy-ahloqiy g’oyalar bayonidan iborat. Buddaviylik, hamma narsaning asosida bilib bo’lmaydigan ruh yotadi, deydi. Dunyo real mavjud emas, u faqat kishilarning xayolida, bilib bo’lmaydigan ruhning namo-yon bo’lishida, deb ta’lim beradi. Buddaviylikdagi Nirvana ta’limoti “muqaddas haqiqat” deb ataladi. Unga ko’ra: 1) hayot va turmush azob-uqubatlarining sababi - kishilarning istaklari va nafslarida; 2) azob-uqubatdan qutulish uchun kishilar o’zlarining istak va nafslarini tiyishlari, Budda kashf etgan aqidalarga amal qilishlari zarur. Buddaviylik azob-uqubat tushunchasini mutlaqlashtiradi, borliqning barcha ko’rinishlarini, uning mohiyatini, har qanday hayot tarzini azob-uqubat deb hisoblaydi. Shuning uchun ham buddaviylik Nirvanani borliqning intihosi, deb ham tushunadi.
Buddaviylik ta’limotiga ko’ra, jonli mavjudotlarning o’lishi uni tashkil etgan dharma (element, zarracha)larning ajralib ketish jarayonidir. Bu dharmalarning yangidan birikishi ilgari qilingan «savob va gunoh»lar bilan bog’liq deyilgan. Dharma Nirvana darajasiga etgandagina qayta tug’ilishlarga barham berilib, azob-uqubatdan butunlay xalos bo’ladi.
3) Buddaviylik ta’limotiga ko’ra azob-uqubatlardan xalos bo’lishning eng maqbul yo’li rohiblik (zohidlik) jamiyatiga (sangxa) o’tish hisoblanadi. Odam joni-ruhi gunohdan tozalangach, mutlaq sokinlik olami bo’lgan Nirvanaga dohil bo’ladi.
4) Rohiblik boshqa dinlarga qaraganda buddaviylikda avvalroq vujudga kelgan bo’lib, hozirgi kunda buddaviylik mazhablaridan bo’lmish Xinayana tarqalgan mamlakatlar xalqlarining ijtimoiy hayotida muhim rol o’ynamoqda.
Rohiblar buddaviylikka e’tiqod qiluvchilar orasida juda katta obro’ va hurmatga sazovor bo’lib, ularga itoat etish va aytganini bajarish zarur, deb hisoblanadi. Buddizmda bir nechta mazhablar paydo bo’ldi. Bulardan eng yirigi I asrda ajralgan Hinoyana (Kichik arava - tor yo’l ma’nosida) Shri-Lanka, Birma kabi mamlakatlarda keng tarkalgan. Mahayana (Katta arava - keng yo’l ma’nosida) Tibet, Yaponiya, Mo’g’uliston hamda Oltoy va Uzoq Sharqda yashovchi ba’zi xalqlar o’rtasida keng tarqalgan. Buddaviylik Tibet va Mo’g’ulistonda ham tarqalgan bo’lib, u lamaizm degan nom bilan yuritiladi. Buddaviylikning bu mazhabi mahalliy xalqlar o’rtasida qadimdan mavjud bo’lgan diniy tasavvur va urf-odatlarni o’zlashtirgan. Lamaizmda buddaviylikka xos tasavvurlar bilan bir qatorda, Buddaviylikning yana qaytib kelishi va er yuzida adolatli hokimiyat o’rnatishi to’g’risidagi bashoratga keng o’rin berilgan. Lamaizmni ko’chmanchi xalq hayotiga moslashlashtirishga urinish mavjud. Undagi ibodat qilish tartibi ham ancha soddalashtirilgan.
Buddaviylik ta’limotida olam uch bosqichli deb ta’riflanadi. Birinchi olam eng yuqori olam bo’lib, unda mutlaqo osoyishtalik hukmron. Unda faqat sof ruhgina mavjud deyiladi. Bu olam ruhning makonidir. Buddaviylikning ta’lim berishicha, ilohiy ruhni mutlaqo bilib bo’lmaydi. Birinchi olamda ruh materiyadan tashkarida, u harakatsiz osuda yashaydi. Ikkinchi olam, rivoyatlarga ko’ra, ruhiy mavjudotlar bilan to’la jannat bo’lib uni bodisatva deyiladi. Bu olamning hokimi Amitabadir. Amitaba olamida ruh gunohidan xalos bo’lgan, lekin eng oliy olamga, ya’ni nirvanaga - mutlaqo bo’shliq va osoyishtalik olamiga ko’tarilmagan avliyolar yashaydi. Buddalar kishilarga budda ta’limotini o’rganish, yaxshi yo’ldan boshlab borish uchun erga yuborilar ekan. Uchinchi olam eng quyi olam bo’lib, unda odamlar va hayvonlar yashaydi. Bu olamdagi ruh qafasda yashaydi. U materiyaning changalida turadi va ozod bo’lish hamda yuqori olamga ko’tarilishga harakat qiladi. Ruhning yuqori olamga ko’tarilishi odamlar qiladigan savobli ishlarga bog’liq. Agar odam budda ta’limotiga e’tiqod qilsa, yaxshilikka intilsa, uning joni qayta tug’ilishlardan so’ng jannatga va undan nirvanaga ko’tariladi. Yomonlikka mansub gunohkor kishilarning ruhi esa quyi dunyoda azoblanib, kafan ichida yuraveradi, yuqori olamga hech qachon ko’tarila olmaydi. Agar insonning budda ta’limotiga zid ishlari ko’payib ketsa, xirs yoki tovlamachilikka berilib, undan qutila olmasa, bunday odamning ruhi bir necha qayta tug’ilishlardan keyin er ostidagi do’zaxga tushadi va unda abadiy azoblanadi. Buddaviylikda qayta tug’ilish deganda yangidan paydo bo’lish tushunilmaydi, balki ilgari o’lgan odamlarning jismidan tarqalgan dharmalarning yangi asosda birlashib, kelajak avlodga o’tishi tushuniladi. Shuning uchun, budda dini inson kelajak avlodi uchun ham javobgar deb hisoblaydi.
Hindistonda quldorlik barham topishi bilan buddaviylik braxmanizmga tobora yaqinlashib bordi, keyinchalik hinduizmga qo’shilib ketdi. XI-XII asrlarda buddaviylik Hindistonda o’z ta’sirini deyarli yo’qotdi.
Markaziy Osiyo va Sharqiy Turkistonda buddaviylikning yopilishi Kushonlar saltanati ravnaq topgan davrlar (er.av.II asr. yangi er. I asrlari) bilan bog’liq. U hozirgi Markaziy Osiyo, Afg’oniston, Pokiston, Shimoliy Hindiston va Sintszyan hududlarini o’z ichiga oladi. Kushonlar davrida buddaviylik Hindistondan Markaziyo Osiyoga, bu erdan esa Buyuk ipak yo’li orqali Uzoq Sharqqa yoyilgan. Buddaviylikni Hind savdogarlari, sayyohlari, missionerlari dunyoga tarqatganlar.
Lamaizm (tibet tilida lama-oliy samoviy, degan ma’noga ega bo’lib, zohidlarni shunday deb ataladi) VII-XIV asrlarda tarkib topgan.
Tibetda buddaviylikning Mahayana yo’nalishidagi oqimi bo’lib, u erda hukmron din bo’lib kelgan. XVI asrning oxirlaridan boshlab lamaizm Mo’g’ulistonda, XVIII asrning boshidan esa Buryatistonda keng tarqalgan. 1741 yilda barcha lamalar Rossiyaga sodiq fuqaro bo’lib qolishga qasam ichadilar va o’z diniy ta’limotini targ’ib qilishga rasmiy ijozat oladilar. Dastlabki lamalar XVII asr o’rtalarida Jungoriyadan Rossiyaga ko’chib kelgan qalmiq qabilalar bilan birga kelganlar va Rossiya fuqaroligini qabul qilganlar. Qalmig’iston, Buryatiston ruhoniylaridan Tuva ruhoniylari -lamalari VII asrlaridayoq payd bo’lganligi bilan farq qiladi. Biroq tuvaliklar lamaizmni ularning azaliy dini bo’lgan shomonizm bilan qismangina qo’shishgan xolos. Lamaizm ta’limotida 7 ta asosiy aqida bor.
Birinchi aqida: burxonlar to’g’risidagi ta’limot. Lamaistlarning xudolari va surati burxonlar atamasi bila ataladi.
Ikkinchi aqida: muqaddas kitoblar to’g’risidagi ta’li-mot. Lamachilar ikkita to’plam kitobni «muqaddas» bilib e’zozlaydilar. Ularning birinchisi Ganjur (tibetcha-vahiy-lar) 108 jildli va ikkinchisi Danjur (tibetcha-sharhlar) 225 jildli. XIV asrda tibet tilida yozilgan bu matnlar Tripitakadan qilingan tarjimalarni ham, lamachi ruhoniylar yaratgan asarlarni ham o’z ichiga oladi.
Uchinchi aqida - eng mayda, g’ayritabiiy o’lmas zarralar bo’lmish draxmalarning birikishidan iborat jon to’g’risidagi ta’limot.
To’rtinchi aqida - dunyoning manzarasi to’g’risidagi, narigi dunyodagi hayot to’g’risidagi ta’limotdir. Lamaizm ta’limotiga ko’ra, narigi dunyo ikki bosqichga bo’linadi: sansara - kishi joni o’zgarib turadigan cheksiz zanjir. Nirvana - bunda ayniqsa, taqvodor joni orom topadi.
Beshinchi aqida - dindorlar bilan burxonlar o’rtasidagi zarur vositachi sifatidagi lolalar to’g’risidagi ta’limot. Bularning ko’plari jonli xudolar yoki xubliganlar - boshqacha shaklda gavdalanuvchilar deb qaraladi.
Oltinchi aqida - muqaddas urush to’g’risida bo’lib, bu urush oqibatida buddist bo’lmagan kishilarning hammasi yo’q qilinishi kerak.
Ettinchi aqida - azob chekish to’g’risidagi aqida, Lamaizm ham buddizm kabi Erdagi hayotni azob chekish deb hisoblaydi. Uning sabablarini esa aslo yo’q qilib bo’lmaydi, deb ta’kidlaydi. Lamaistlar faoliyatini amalga oshiradigan markazlar datsanlar bo’lib, ularda lamalar har kuni ibodat qiladilar.
Hozirgi paytda Birmada 17-asrda qurilgan ibodatxona va 6 metrli oltindan yasalgan budda haykali bulib, butun dunyo buddistlari shu ibodatxonaga hajga boradilar. Buddaviylik ta’limotini tartibga solish maqsadida 1971 yilda Birmada buddistlarning maxsus ibodatxonasida Tripi-takaning turli tarjimalari va Variantlarini taqqoslash natijasida yagona matn ishlab chiqildi. Yangi matn mazmuni 729 marmar plitaga tushirildi. Bu yozuvlar saqlangan ibodatxona butun dunyo buddistlarining muqaddas va ziyoratgoh joyiga aylantirildi. Buddizm ruhoniylari halqaro miqyosda buddizm mavqeini kuchaytirishga harakat qilmoqdalar. Shu maqsadda buddizmning turli tashkilotlarini birlashtirmoqdalar, buddistlarning halqaro konferentsiyalari, s’ezdlarini o’tkazmoqdalar.
Buddaviylikning bir necha halqaro tashkilotlari mav-jud, shulardan eng yirigi 1950 yilda tashkil topgan, jahon buddistlari qardoshlaridir.
Buddaviylik Xristian va Islom dinlariga kuchli ta’sir ko’rsatgan. Xususan, oxirat to’g’risidagi, qayta tirilish, ruh va jonning o’lmasligi, hayvonlarni azoblash gunohligi, qon to’kmaslik kabi ta’limotlar buddaviylikdan keyingi dinlarga o’tgan.
Jahon dinlaridan biri Xristianlik bo’lib, Xristianlik (yunoncha Χριστός - "Moylangan", "Masih") - bu Yangi Ahdda tasvirlangan Iso Masihning hayoti va ta'limoti atrofida Falastinda taxminan 33 yil davomida paydo bo'lgan dunyo dinidir. Nasroniylarning nasroniylik Iso Masih, Xudo O'g'li va insoniyatning Qutqaruvchisi ekanligiga ishonishadi. Masihiylar uning tarixiyligidan shubhalanmaydilar. Xristianlik diniga 2,4 milliardga yaqin odam e’tiqod qiladi BMT ma’lumotlariga ko’ra xristianlik dinining yillik o’sishi 1,4 % ni tashkil etmoqda.
Xristianlikning asosiy yo'nalishlari: katoliklik (1,2 milliardga yaqin dindorlar), pravoslavlik (taxminan 280 million), protestantizm (800 millionga yaqin), qadimgi Sharqiy pravoslav cherkovlari (Monofizitizm) va Sharqiy Ossuriya cherkovi (nestorianizm) (70-80 million) .) yo’nalish va tarafdorlarga ega. 1054 yilda xristian cherkovi katolik va pravoslavlarga bo'lingan (qadimgi Sharq cherkovlari bundan oldin ajratilgan). Protestantizmning paydo bo'lishi XVI asrda katolik cherkovidagi islohotlar harakatining natijasi edi.
Xristianlik 325 yilda Rim imperiyasida rasmiy mafkura va davlat dini deb rasmiy ravishda e’lon qilingan edi. Xristianlik rasman tan olingan davrdagi tarixiy shart-sharoit quyidagicha edi:

  1. Rim quldorlik davlatining qullarga va bosib olingan mazlum xalqlarga nisbatan qattiq jabr-zulm qilishiga qarshi olib borilgan ozodlik urushlari va qo’zg’olonlar birin-ketin mag’lubiyatga uchrab, ulardan shafqatsiz o’ch olinib jazolashlar oqibatida umumiy ruhiy-ma’naviy inqiroz paydo bo’lgan. Qullar sinfidan bo’lgan Spartak etakchiligida eramizdan avvalgi 73-71 yillarda Rimdagi qo’zg’olon bostirilgach, 6 ming qul Rimga olib boradigan yo’llar chetiga qurilgan xochlarga mixlab tashlangan. O’sha fojea oqibatida umumiy umidsizlik avj olgan. Spartakning mag’lubiyati, - degan edi tarixchi Sharl Enten, - Isoning g’alabasi edi.

  2. Qachonlardir shon-shuhratga, kuch-qudratga to’lib-toshgan Rim quldorlik davlati eramizning I-III asrlariga kelib inqirozga yuz tutdi. Qulchilik o’rniga feodal tartiblar o’rnatila boshlandi. Quldorlar va boshqa yuqori tabaqalar orasida ijtimoiy aynish kuchayib, ma’naviy buzilish, ayshuishratga berilish o’sib bordi.

  3. Rim davlati hududlarida yashayotgan turli urug’lar, qabilalar, elat va xalqlar o’z xudolariga, payg’ambarlariga, urf-odatlariga sig’inar edilar. G’oyaviy-mafkuraviy birlik bo’lmaganligi ham Rim qudorlariga xalq ustidan siyosiy va g’oyaviy hukmronlik qilishni tobora qiyinlashtirardi.

Xuddi ana shu uchta tarixiy sababga ko’ra xristianlik nisbatan tezroq shakllanib bordi, u ko’pchilik orasida keng tarqaldi, yuqori va quyi katlamdagi kishilar orasida e’tiqod, iymonga aylandi. Yangi din yuqori tabaqa uchun mazlumlar ustidan hokim bo’lish yo’llarini ochib berdi, xalqni esa tinchlantirdi.
Xususan, faylasuf olimlar Seneka bilan filonlarning falsafiy-ahloqiy qarashlarining xristianlik mafkurasini ishlab chiqishga ko’rsatgan ta’siriga alohida to’xtalib o’tish kerak.
Seneka (er.av. 4 yilda tug’ilgan va yangi eraning 65 yilida vafot etgan) o’z falsafasida moddiy boyliklar to’plash, noz-ne’matlarni iste’mol qilish kabilarni bu dunyoning behuda ovoragarchiliklari deb e’lon qilib, ulardan voz kechishni targ’ib kiladi. U bu talabni jonni qutqarib qolish yo’lidagi birinchi qadam deb bildi. Dunyo, Senekaning fikricha, insoniyatni kelayotgan halokatdan qutqarib qolishga qudrati bo’lgan ilohiy hokimga muhtojdir. Filon (eramizdan avvalgi 1 asrning oxiri, yangi eraning birinchi yarmida yashagan) grek-rim falsafasini yahudiy dini bilan qo’shishga urinib, xudo bilan odamlar o’rtasida turuvchi ilohiy vositachi borligi haqidagi ta’limotni ishlab chiqqan edi. Bu vositachi «Kaloni xudo» bo’lib, u kishilarni to’g’ri yo’lga solib yuborish va ularni hammadan qudratli xudo bilan tanishtirish uchun tangrining erga yuborgan farzandidir.
Bibi Maryamning Isoga g’oyibdan homilador bo’lishi haqidagi ta’limoti ham sharqiy dinlar ta’sirida paydo bo’lgan. Masalan, Budda, Suriya podshosi Sargos, Misr xudosi Gor va boshqalar g’oyibona homila natijasida tug’ilganliklari haqidagi rivoyatlar ta’sirida Bibi Maryamda g’oyibona homila paydo bo’lib keyin Iiusis Xristos (Iso) tug’ilgan, degan tasavvur vujudga kelganligiga hech shubha qilinmasa ham bo’ladi.
Xristianlik yashirin jamoalariga yuqori tabaqa vakillari ham kirgandan keyin ular bu jamoalarda rahbarlikni qo’lga oldilar. Ularda klirlar, ya’ni episkop, pop, d’yakon, prasviter - ruhoniy otaxonlar ta’siri kuchayib bordi. Dastlabki davrlarda Xristian jamoalarida, asosan, kambag’al kishilar, xususan, qullar ko’pchilikni tashkil etgan. Klirlar rahbarligida o’rmonlarda, tashlandiq vayronalarda, ayrim xonadonlarda yashirin o’tkaziladigan yig’ilishlarda g’oyibdan samoviy haloskor payg’ambarning kelayotgani to’g’ri-sida suhbatlashganlar, muqaddas kitoblarni o’qib muhokama qilib, izohlash, ehsoniy ovqatlanish marosimlari, ya’ni kechki paytdagi birgalikda ovqatlanishlar o’tkazib kelingan.
Imperator Konstantin 313 yili xristianlarning ta’qib qilishni bekor qildi va 325 yili xristianlikni Rim imperiyasining davlat dini darajasiga ko’tardi. 325 yili Konstantin boshchiligida Nikey shahrida xristianlarning 1-jahon yig’ilishi bo’ldi. Yig’ilish xristian dinining qonun-qoidalarini ishlab chiqdi. Xudoni uch shaxsning (ota xudo, mukaddas ruh, o’g’il xudo) birlikda ifodalanishi qabul qilindi. 381 yili xristianlarning Konstantinopolda bo’lib o’tgan 2-jahon yig’ilishida cho’qinish va qayta tirilish haqidagi yangi aqida qabul qilindi.
Injil rivoyatlariga ko’ra, yahudiyaning Nazaret viloyatidagi Vifleem shahrida yashaydigan yahudiy Yusuf (Iosif) farishta Jabroil tomonidan «muqaddas ruh»dan uning xotini Bibi Maryam bo’lajak payg’ambar Isoni tug’ishi haqida oldindan ogohlantirilgan. Maryam oldiga muqaddas ruh keladi. Undan Iso tug’iladi. Isoni onasi Maryam Vifleem shahri yaqinidagi g’orda tug’adi.
Yahudiyaning podshosi Isoning tug’ilganidan xabardor bo’lgan. O’sha vaqtdagi podsho Irod Vifleemda tug’ilgan barcha go’daklarni o’ldirishga farmon bergan. Biroq, xudo tomonidan yuborilgan farishta Isoni, onasini va barcha Yusuf oilasini Iroddan yashirib Misrga yashirin holda o’tkazib yuborib qutqarib qoladi. Shundan keyin Isoni hech kim ko’rmaydi va faqat 30 yoshga kirgandan keyingina Iso xalqqa ko’rinish beradi. Shundan boshlab, Iso o’z targ’ibotchilik faoliyatini boshlaydi. U bir qancha sodiq shogirdlarini-apostollarni o’z yoniga olib, ular bilan birga yangi dinni targ’ib qilish uchun butun mamlakat bo’ylab safarga chiqadi. Xuddi shu vaqtda apostol Ioann haloskorning kelganligi to’g’risida xabar tarqatadi. Iso va uning shogirdlari Iordan daryosi yaqinida Ioann bilan uchrashib qoladilar. Ioann ularni Ioardan daryosi suvida yuvintirib, cho’qintiradi. Ioann Isoni cho’qintirayotgan paytda osmondan nido kelib: bu mening sevikli o’g’lim, mening iltifotim ana shunda, degan ovoz eshitilgan emish.
Iso hamma odamlar xudo oldida teng, deb e’lon qilgan, lekin u hokimlik huquqini xudo bergan bo’lib, Davlat hukmiga, mahalliy hokimlar amriga bo’sunish xudo amrini bajarishdir, degan.
Iso uch yil davomida targ’ibot olib borgan. Lekin Yahudiya hokimi Pontiy Pilat Isoni tutib bergan kishiga 200 tilla pul berajagini e’lon qilgach, Isoning eng yaqin apostoli Iuda sotqinlik qilib, uni tutib bergan. Pontiy Pilat va yahudiy ruhoniylari Quddus shahrida Isoni sud qilib xochga mixlab o’ldirishga hukm qilganlar. Hukm Golgofa tog’ida qiynab o’ldirish orqali ijro etilgan.
Shu tariqa o’z jonini qurbon qilgan Iso uch kundan keyin mo’’jiza bilan qayta tirilgan, u yana 50 kun da’vat-targ’ibot olib borgach, otasi xudo oldiga osmonga chiqib ketgan, u qiyomat kuni qaytib keladi, deb tasavvur qilinadi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   228




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin