Falsafa pdf



Yüklə 1,28 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix28.11.2023
ölçüsü1,28 Mb.
#169012
falsafa



Islom ta'limoti asoslari 
UMFT 1 urs talabasi
Matyoqubov Temur 


Reja: 
1. Islom dining vujudga kelishi va tarqalishi 


Islom dini jahon dinlaridan biri hisoblanadi.Islom dini dunyoda
tarqalishi bo’yicha 2-o’rinda turuvchi din hisoblanadi
.
Dunyoning 172
mamlakatining aholisi Islom diniga e’tiqod qiladi. Hozirgi kunda yer
yuzida Islom diniga e’tiqod qiluvchilar soni ikki milliardga
yaqinlashdi
.
Faqatgina 18% foiz musulmonlar arab davlatlarida
yashaydi.Musulmonlarning yarmidan ko’pi Afrika qit’asiga to’g’ri
keladi.Pokiston va Bangladesh aholising 30% i,Hindistonning 10%
dan ortiq aholisi va Indoneziya aholisi ko’p qismi musulmondir.Shu
bilan birga musulmonlar AQSH,Xitoy,Yevropa mamlakatlarida ham
keng tarqalgan.Janubiy Amerikada Islom dini asosan Gayana va
Surinamda keng tarqalgan.
Islom so’zi arabcha “ bo’ysunish”, “itoat
etish”, “o’zini Alloh irodasiga topshirish” degan ma’nolarni anglatadi. 


Islom diniga e’tiqod qiluvchi mamlakatlar dunyo xaritasida 


Islom tarixida bu din kelmasidan avvalgi davr “johiliya” yoki “jahiliyat
davri” deb yuritiladi.”Johiliya“ so’zi arab tilida “bilmaslik”, ya’ni
“yagona xudo – Allohni tanimaslik” ma’nolarini beradi.Ba’zi
tadqiqotchilar johiliya davri 100-200 yil davom etgan degan fikrni
biladiradilar. Bu davrda arablar orasida al-vasaniya ya’ni ko’pxudolik
hukm surib,ular yakka xudolikdan bexabar edilar.Bundan tashqari
xalq orasida qizlarini tiriklayin ko’mish,mayxo’rlik va boshqa bir
qator ahloqiy buzuqliklar keng yoyilgan edi. Arablar orasida
ko’pxudolik shu darajada avj olgan ediki,xatto har bir qabila va har
bir oilaning o’z xudosi bo’lgan.


VII asr boshlarida Arabistonda yagona e’tiqod asosida mamlakatni
birlashtirish harakati boshlandi.Bu buyuk e’tiqod yakkaxudolikka
asolangan Islom dini edi.Allohning elchisi ya’ni payg’ambari Makka
shahrida dunyoga kelgan Muhammad Ibn Abdulloh (570-632) bu
harakatga rahnamolik qiladi.”Payg’ambar “so’zi “ezgu amallar haqida
xabar beruvchi” degan ma’noni anglatadi.Islomni qabul qilib,
Rasulullohga ergashgan uning izdoshlari “muslim” deb atalgan.
Muhammad (s.a.v) 630-yili arablarni yagona davlatga birlashtiradi.Arab
davlati Yamandan Sino yarim oroligacha,Qizil dengiz sohillaridan
Markaziy Qum sahrosigacha cho’zilgan hududlarni o’z ichiga olgan. 


Muhammad vafot etgach,davlatni xalifalar boshqarganlar.632-yildan
661-yilgacha bo’lgan vaqt ichida 4 nafar xalifa hukmronlik qilgan.Bular
Muhammadning qaynatalari Abu Bakr va Umar,kuyovlari Usmon va
Alilar edi. Xalifa Umar davrida Suriya,Falastin,Misr,Shimoliy Afrika,Iroq
istilo qilinib, Islom dini dunyo bo’ylab tarqala boshlagan.VIII asrda O’rta
Osiyoda fath etilgan yerlarda aholini Islom diniga kiritish harbiy
to’qnashuv,da’vat hamda soliq siyosati bilan amalga oshirildi. Islom dini
IX-X asrlarda Tataristonda, X-XII asrlarda Boshqirdistonda tarqalgan. 


Islom dining ta’limoti uning muqaddas kitobi Qur’oni karimda
bayon etilgan.Unga ko’ra islom ta’limotining asosini imon,islom
va ehson tashkil etadi.Imon 7 aqidaga asoslanadi. 


1.Alloh-dunyodagi barcha mavjudotlarni yaratgan.Olamda yuz bergan
va kelajakda yuz beradigan barcha voqea va hodisalar,dunyoning
tugashi va oxirat Alloh tomonidan belgilangan va uning irodasi bilan
sodir bo’ladi.U biluvchidir,u bilmaydigan ish yo’q.
2.Farishtalar-Allohning nihoyatda itoatli hech bir gunohsiz,nurdan
yaratilgan,odamlar ko’ziga ko’rinmaydigan
bandalaridir.Farishtalarning mashhurlari-Jabroil,Mikoil,Isrofil va
Azroillardir.
3.Payg’ambarlar Alloh taolo tarafidan buyurilgan din va shariat
hukmlarini bandalariga yetkazadilar,bandalarni haq dinga va yaxshi
ishlarga va’z,nasihat bilan chaqiradilar.
4.Muqaddas kitoblar-bu har zamonning o’ziga yarasha din va
muomalat hukmlarini bayon etib,o’sha zamonning payg’ambarlariga
yuborilgan vahiylar Alloh taoloning kitoblari,ya’ni muqaddas
kitoblardir.Alloh taolo payg’ambrlarga 100 sahifa va 4 ta kitob
yuborgan. 


5.Oxirat-bu dunyoda Alloh taoloning o’zidan va u xohlaganidan boshqa
hech narsa qolmaydigan kundir.Uning qachon bo’lishini Alloh taolodan
boshqa hech kim bilmaydi.
6 .Taqdir- Alloh taolo tomonidan bo’lgan va bo’ladigan yaxshi,yomon
ishlarning qayshi zamonda, qaysi joyda, qay ravishda bo’lmog’ini
hamda o’z ilmi azaliysi bilan bo’lmasdan turib oldindan belgilab
qo’yilishidir.
7.Alloh taoloning qudrati bilan o’lgan bandalar qayta tiriladilar,so’ngra
Alloh taoloning tayin qilgan yeriga borib yig’iladilar.Yig’iladigan joyning
nomi ”Mahshar yeri”, kun esa “Qiyomat kuni” deb ataladi.


 Islom dini 5 ustunga ega. 


1.Kalimayi shahodat- Allohdan o’zga iloh yo’qligiga va Muhammad (s.a.v)
uning bandasi va payg’ambar ekanligiga shohidlik beraman demoqlikdir.U
arab tilida shunday deyiladi:”Ashhadu an lo ilaha illallohu va ashhadu anna
Muhammadan abduhu va rasuluh”.
2.Namoz o’zini musulmomnan deb hisoblaydigan har bir bandaga buyurilgan
ibodatdir.Namoz ibodati kuniga 5 mahal o’qiladi.
3.Ro’za erta tongdan to kun botishiga qadar yemoq va ichmoqdan tiyilmoq
va shunga niyat qilmoqlik demakdir.Ro’za har bir musulmonning o’zi tutib
berishi shart bo’lgan farz ibodatidir.Ramazon oyi oxirida fitr sadaqasi
beiladi.Fitr sadaqasi-o’ziga to’q musulmonlarning muhtoj va hojatmandlar
uchun Ramazon oyida beradigan xayru ehsonalaridir.
4.Zakot-badavlat musulmonlarning boyliklari ichidagi faqiru miskinlarga
beilishi shart bo’lgan Allohning haqqidir.Zakot-berilishi shart bo’lgan
majburiy ehsondir.Zakot ehson bo’libgina qolmay ibodat hamdir.


5.Haj-bu Ka’batullohni tavof qilmoq, Safo va Marva Tepaliklari orasida
yurmoq,Arofat tog’ida bo’lmoq va zarur marosimlarni ado qilmoq uchun
umrda bir marotaba Makka shahriga ziyoratga bormoqlik demakdir. 


Islom dinidagi muqaddas kitoblar 


Qur’on Islom dining muqaddas kitobi hisoblanib,114 ta sura,6226
ta oyatdan iborat.Islom tarixiga ko’ra Qur’onning sura va oyatlari
Muhammad payg’ambarga parcha-parcha tarzida vahiy qilib
borilgan.Vahiy kela boshlagan kun “Laylat ul-qadr’ kechasi
boshlanib, 23 yil davom etgan.Muhammad (s.a.v) vafotidan so’ng
Qur’oni karim suralarini top’lash va mushaf qilish xalifa Abu Bakr
va Usmon nomlari bilan bog’liq. 


Xalifa Abu Bakr Qur’on suralarini yoddan biladigan kishilar bilan
suralarni to’plam ko’rinishiga olib kelib,Suhuf deb ataganlar.Xalifa
Usmon Qur’onni butun bir kitob holiga olib kelishga erishdi.Qur’onning
“Usmon to’plami” asl nusxasi Madinada qoldirilgan.Ko’chirilgan 4
nesxasi esa Makka,Kufa,Basra va Damashqqa yuborilgan.Islom
an’anasida Qur’onning asl nusxasi deb tan olingan “Usmon to’plami”
ning to’rtala nuxasi ham mavjud.Ulardan biri Toshkentdagi
Musulmonlar idorasi kutubxonasida saqlanmoqda.”Usmon to’plami”
ning qolgan 3 nusxasi Qohira,Makka va Madinada saqlanmoqda. 


Hadis musulmonlarda Qur’ondan keyingi ikkinchi muqaddas kitobdir.Hadis
arabcha so’z bo’lib, ”rivoyat”, ”naql” degan ma’nolarni anglatadi.Hadis-Islom
dinida Qur’ondan keyingi muqaddas manba,Muhammad payg’ambar(s.a.v.)
ning faoliyati va ko’rsatmalari haqida to’plangan ma’lumotlar yig’indisidir.
Hadislar VII-VIII asrlardan boshlab to’plana bordi.Hadis ilmi bilan shug’ullanuvchi
olimlarni 
muhaddislar deb ataladilar. 


Hadis ilmi rivojiga katta hissa qo’shgan
vatandoshimiz bu Imom al-Buxoriydir.Imom
al-Buxoriydan boy va qimmatli 20 dan ortiq
asar qolgan.Ularning ichida “Al-Jome as-
sahih” eng mashhuridir. “Al-Jome as-sahih”
asariga 7275 ta hadis kiritilgan.Hadisda
inson imoni mukammal bo’lmog’ining 3
sharti haqida bunday deyilgan:
a) to’g‘ri e’tiqodli bo’lish; b)kishilar bilan
yaxshi munosabatda bo’lish; d)kishi o’z ustida
ishlamog’i va o’zini ibodat hamd toatda
chiniqtirmog’i lozim.1998-yil oktabrda “Al-
Jome as-sahih” kitobi ilk bor o’zbek tilida
nashr etilib,kitibxonlarga taqdim etildi.


E’tiboringizz uchu rahmat. 
E’tiboringiz uchun rahmat. 

Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin