Falsafa tarixi


Bahouddin Naqshband-yangi tasavvuf ta’limotining asoschisi



Yüklə 85,78 Kb.
səhifə4/11
tarix03.06.2022
ölçüsü85,78 Kb.
#60476
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
FALSAFA T TUVALOV.B

1.2.Bahouddin Naqshband-yangi tasavvuf ta’limotining asoschisi
Naqshband ma’rifatni keng ma’noda tushunadi . U ruhiy kamolotning asosiy maqsadi ma’rifatli bo‘lishdir, deb biladi. Ma’rifatni ijmoliy (qisqa) va tafsiliy (to‘liq) deb ikkiga ajratadi. Bahouddindan so‘raydilar: «Sayru sulukdan maqsad nima?». U javob beradi: -«To ijmoliy ma’rifat tafsiliyga aylansin», ya’ni solik xabarchidan qisqagina qabul qilingan narsani, tafsil yo‘li bilan to‘la tanib olsin.
Bahouddin ijmoliy ma’rifat bosqichida dalilu hujjat vositasi bilan, ya’ni aqlu tafakkur ila amal qilish mumkinligini ta’kidlagan. Tafsiliy ma’rifat martabasi esa kashf va ayonlik ila, ya’ni Tangri inoyati orqali hosil bo‘ladi, deydi. Bahouddin«Tavhidga etish oson, lekin ma’rifatli bo‘lish murakkab jarayon , shuning uchun unga piru murshid rahbarligi orqali etishish mumkin», -deydi.
Naqshband «Haqqa etish talabida bo‘lgan soliklarning asl maqsadi tafsiliy ma’rifatdir», ya’ni Haqning talabida bo‘lgan inson-butun kullga to‘la singib ketishi, binobarin , sayru sulukning oxirgi maqsadidir, deb belgilagan.
Naqshband Haqqa etishish yo‘li o‘zini tanishdan boshlanishi, bu yo‘lda asosiy to‘siq kishining o‘zi ekanligini ta’kidlagan. Inson ma’rifatli bo‘lishi, o‘zini anglashi, o‘rganishi uchun avvalo o‘z-o‘zini boshqara olishi, barcha quvvatlarini ilohiy yo‘lga sarflashi, butun vujudini idora etib, uni ruhiy kamolot uchun safarbar etishi kerak.Shuning uchun Bahouddin poklanish kerakligani alohida ta’kidlagan. U aytgan: «Haq yo‘lining avvali botindan yomon sifatlarni yo‘qotishni talab etadi. Bilginki, erdan yaxshi hosil olish uchun uni barcha xashaku xaslardan tozalab, keyin urug‘ sepiladi. Xuddi shunday botinni poklab, so‘ng unga zikr urug‘ini sepish kerak». Bahouddin Naqshband ma’rifatli bo‘lishni fano holati bilan bog‘lagan. Bu holatga etgandan so‘ng kishiga ma’rifatning sirlari ochiladi, deydi. Buning uchun barcha hijob - to‘siqlar bartaraf bo‘lishi kerak . U yana ta’kidlaganki , ilm va aqlning yo‘li to fano sohiligachadir, ya’ni bu moddiy olam bilan bog‘langan narsalarni o‘rganishda ilm va aql ko‘maklashadi. Fano holatiga etib, yo‘qlik olamiga kirgandan keyin hayrat va benishonlik boshlanadi, ya’ni tafsiliy bilish jarayonida dalil va isbot emas, noratsional bilish usullari zarurligini aytmoqchi bo‘ladi. Bu jarayonni Naqshband bunday ta’riflagan: «Tanish shuxuddan vujudga keladi. SHu hud vujuddan emas, unga ziddir». Demak, bu irfoniy jarayonda aql emas, ruhiy bilish, qalb ko‘zi asosiy o‘rinni egallaydi. Bu «ko‘z» bilan g‘ayb olami sirlarini ko‘rib bo‘ladi. Dalilu burhondan so‘ng kashfu ayon martabasiga o‘tilishini ta’kidlagan u. Naqshbandning irfoniy ta’limotida vujud bilan shuhudtushunchalari bir-biriga qarshi turadi. Aql va ilm vujud bilan bog‘langan va dalil hujjat bosqichi, deyilsa, shuhud kashfu ayonlik darajasi bo‘lib, ruhiyat bilan bog‘langandir. Shuhud darajasiga etgan solik surat, kasrat martabalaridan o‘tib , ayoniy tavhid maqomiga etadi . Ko‘plikning suratiga qarab turib, shuning jamuljamida Haqni mushohada etadi. Unda Ollohdan o‘zga narsa va hodisalar mushohadasining o‘zi to‘la yo‘q bo‘ladi va har narsagaki ko‘zi tushsa, unda faqatgina haqni ko‘radi.4
Bahouddinning ma’rifatga oid 20 ta maslahati bor. Nodir maslahatlar hozirgi kunda ham ma’rifat talabidagi kishilar uchun bag‘oyat qimmatlidir. Bahouddin maslahatlarini berishdan oddiy insonni, ulardan foydalanishga tayyorlash maqsadida uqgarib o‘tgan: «Siz o‘zingizni bilim bilan to‘ldirmoqchisiz . Lekin bir narsani to‘ldirish uchun uni avval bo‘shatish lozim. Siz o‘zingizni to‘g‘ri bilimlar bilan to‘ldirish va bo‘shatish uchun quyidagi maslahatlarga amal qilishingiz va o‘zingiz uchun ularni qoida qilib olishingiz mumkin».
Bu bilan Bahouddin yangi, to‘g‘ri bilim bilan o‘zini to‘ldirmoq istagidagi kishiga, avvalo , o‘zidagi bor narsalarni olib tashlab , poklan ishga maslahat beradi . Bahouddin irfoniy ta’limotida bu maslahatlar hozir ham muhim ahamiyatga ega. «Hech qachon, qanchalik istagingiz kuchli bo‘lmasin, o‘qish muddatiga berilmang, o‘qish-o‘rganish shiddat holatida sezilmaydigan yo‘l-yo‘riqdir», - degan Bahouddin birinchi maslahatida. Bu bilan o‘qish-o‘rganish shiddat bilan, tezlik bilan, qisqa muddatda amalga oshadigan jarayon emasligini ta’kidlagan. Qisqa muddatda ilmdagi harfu-qoidani, uning tashqi tomonlarini yodlash mumkin, lekin asl mohiyat -uning botin tarafini anglash, tushunish, ko‘rish uzoq jarayon. «Hech qachon ichki kechinmalaringizga berilmang. Qachonki, siz ularning chegarasidan chiqsangiz bilimga etasiz. Ular sizni adashtirish uchundir», - degan bu ulamo ikkinchi maslahatida. Ma’lumki, har bir kishi atrofdagi voqea-hodisalarni o‘ziga xos tarzda ko‘radi, eshitadi, ta’sirlanadi, o‘zicha xulosalar yasaydi va bu ichki kechinmalar ob’ektiv ilm, haqiqatga etish uchun to‘siqdir demoqchi u. Qachonki ularni engib, olamga xolisona nazar tashlanadigan bo‘lsa, haqiqiy bilishga etishish mumkin Ichki kechinmalar olamni tor tushunishga, sub’ektiv qarashlarga olib keladi va ilohiy haqiqatii bilishga to‘siq bo‘ladi.«Agar sizni bilim izlash uchun yubormasalar, hech qachon sayohat qilmang. Sayohat bilim uchun sinovdir, yo‘l- yo‘riq emas »,- deydi Naqshband uchinchi maslahatida. Naqshband asoslagan ta’limot va naqshbandiya tariqatida «safar dar vatan» qoidasi bor. Unda insonshaxsiy kamoloti uchun o‘z-o‘zini anglash, o‘z vujudi bo‘ylab safar etishi, o‘zidagi yomon jihatlarini tashlab , yaxshi axloqni egallashi kerak, deyilgan.5
Tasavvufga doir barcha lug‘at, maqolalarda bilish haqida ran ketganda laduniy bilim-yaqin, to‘g‘ri bilim, haqiqat darajasidagi bilim Olloh inoyati bilan beriladi, deb ta’kidlangan.Yirik olim Frans Rouzental ham «Bilim-nur, so‘fizm» haqida gapirganda «ilm» va «yaqin» tushunchalarini taqqoslagan va «yaqin» ilohiy tomonidan beriladi degan tushunchani ilgari suradi . Bahouddin ta’limotida bu fikr boshqacha izohlangan .Uning fikricha, laduniy ilm bilan yaqin ilmi o‘rtasida farq mavjuddir. U bunday deb yozgan : « Laduniy va yaqin ilmlarning orasida farq shudirki, yaqin ilmi - asl zotning nuri va ilohiy sifatlarini idrok etishdan iboratdur. Laduniy ilm esa , ilhom orqali uning ma’nosini va Haqning kalomlarini fahmlay olishdir».Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqadiki, Naqshbandning fikricha , yaqin ilmi orqali so‘fiy Tangrining zoti va sifatlarini , nurlarini idrok qiladi. Laduniy ilmda esa ilhom orqali haq mohiyati va kalomlarini fahmlay oladi. Bahouddin Naqshband laduniy ilmni yaqin ilmdan ko‘ra yuqori darajada va butun olamdagi ilmlarning eng yuksagi deb qaragan. Chunki asl maqsad-bu nurlarni ko‘rish emas, balki haq mohiyati va kalomlari ma’nosini anglashdir.

Yüklə 85,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin