2.2. Naqshbandiya tariqatinining ijtimoiy mohiyati. Har qanday jamiyat o‘z a’zolari tomonidan axloqiy diniy huquqiy talablarni bajarishini nazorat qiladi. Bunda shaxs o‘z oldiga qo‘yilgan talablarni anglagan holda o‘zida ijtimoiy nazariy talablari bilan birikib ketuvchi va shaxsning to‘lik ijtimoiylashuvini ta’minlovchi ko‘nikmalarni shakllantiradi, ammo ijtimoiy nazariy hamisha ham etarli darajada samarali bo‘lmaydi. Buning boisi alohida individlar taqiqning hamma qabul qilgan shakl va tizimlariga ko‘pincha salbiy munosabatda bo‘ladi. Bu ob’ektiv sabablar ham shaxsning sub’ektiv sifatlari bilan oldindan belgilangan holdir. Ijtimoiy-nazariy shaxs ijtimoiylashuvining boshqa yo‘nalishlari, masalan ijtimoiy tajriba muomalaga ham ta’sir qiladi.Insonni o‘z-o‘zini ijtimoiy talablariga muvofiq nazorat qilishda din muhim rol uynaydi. Ilohiy nazariyalar, jumladan islom dini ham xalq ongiga axloq orqali singdiriladi.Insonga ta’sir ko‘rsatishning boshqa usullariga qaraganda ilohiy ta’sir insonning nozik xislarini, ruhi orqali amalga oshirilishi bilan ham kuchli hisoblanadi. Bundan dinning inson hayotinining mazmuni, uning hozirgi real dunyodagi holati, yurish turishining oqibati jannat, bokiy dunyo uchun zamin hozirlashi kabi talablari kishilarni ruhan uylantiradi Bu xususiyatlar tasavvur ta’limotida va uning ko‘rinishlaridan biri bo‘lgan Naqshbandiya tariqatiga ham mos xususiyatdir. Markaziy Osiyodagi musulmonchilik dini tarixidan ma’lumki Movarounnaxr va Hurosonda yashagan axli ilmlar «ulumi mutodavala» dunyoviy ilmlarini egallab bo‘lganlaridan so‘ng odatda ilmu xol (avliyolik ilmi) ni egallashga qo‘l urishar, birorta murshidga qo‘l berib murid bo‘lar va suluhga kirar edilar.XIV asrdan keyin Markaziy Osiyoda mushhur bo‘lgan suluk Xuja Bahouddin Muhammad asos solgan Naqshbandiya suluki edi.Bizning davrimizda ham nomlari mashhur bo‘lgan Xoja Axror Vali, Abduraxmon Jomiy, Alisher Navoiylar ham Naqshbandiya sulukiga mansub bo‘lganlar.A.Jomiy «Nafoxiy ul-uns» A.Navoiy «Nasoyi ul-muhabbat» asarlarida Bahouddin Naqshbandga maxsus bob bag‘ishlaganlar. A.Navoiy bir qator dostonlari va g‘azallarida ham u kishini ta’riflab ajoyib misralar yozgan.
Tariqat shayxlarining fikr va axvollari safar yoki mukimlik borasida har xil bo‘lgan. Ulardan ba’zilar avvalda safar qilishadi va ohirda mukim bo‘lishadi ba’zilari esa avvalda mukim bo‘lib ohirda safar qiladilar. Yana ba’zilar borki avvalda ham ohirda ham safar qilaveradilar va mukim turmaydilar. Bu to‘rt toifaga safar qilmoq va mukim turmoqda o‘zlariga xos sodiq niyat va to‘g‘ri maqsad belgilovchi hisoblanadi.
Ammo Naqshbandiya tariqatida safar va mukimlikda o‘ziga xoslik shundaki avvalda ular safar qilib birorta aziz xizmatida va uning xuzurida mukim turadilar. Biroq o‘z yurtlarida shunday kishini topsalar tarki safar qilib uning mulozamatida.Yoshlar tarbiyasida milliy qadriyatlardan foydalanishning ayrimmasalalari bo‘lishida va ogohlik malakasini oshirish uchun qattiq harakat etadilar. Malakka xosil qilganlarida esa ularga safar-u mukimlik barobar bo‘lib koladi.
Hazrati Eshon (Ubaydullo Axror) aytadilarki avvalda safar qiluvchiga parishonlikdan o‘zga foyda yo‘q. Solix bir kishining suhbatina etishdimi demak unda hamisha ishtirok etish chidam xislatini xosil qilmoq lozim.Xojagonlar tariqati malakasini egallaganlar istagan erga borishi mumkin.