BILIMLARNI NAZORAT QILISH:
“Falsafa” fanidan talabalar bilimini reyting
tizimi asosida baholash mezoni
―Falsafa‖ fani bo‗yicha reyting jadvallari, nazorat turi, shakli, soni hamda
har bir nazoratga ajratilgan maksimal ball, shuningdek, joriy va oraliq
nazoratlarining saralash ballari haqidagi ma‘lumotlar fan bo‗yicha birinchi
mashg‗ulotda talabalarga e‘lon qilinadi.
Fan bo‗yicha talabalarning bilim saviyasi va o‗zlashtirish darajasining
Davlat ta‘lim standartlariga muvofiqligini ta‘minlash uchun quyidagi nazorat
turlari o‗tkaziladi:
joriy nazorat (JN) - talabaning fan mavzulari bo‗yicha bilim va amaliy
ko‗nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Joriy nazorat fanning
xususiyatidan kelib chiqqan holda ma‘ruza va amaliy mashg‗ulotlarda og‗zaki
so‗rov, test o‗tkazish, suhbat, nazorat ishi, kollekvium, uy vazifalarini
tekshirish va shu kabi boshqa shakllarda o‗tkazilishi mumkin;
oraliq nazorat (ON) - semestr davomida o‗quv dasturining tegishli (fanlarning
bir necha mavzularini o‗z ichiga olgan) bo‗limi tugallangandan keyin
talabaning nazariy bilim va amaliy ko‗nikma darajasini aniqlash va baholash
usuli. Oraliq nazorat bir semestrda ikki marta o‗tkaziladi va shakli (yozma,
og‗zaki, test va hokazo) o‗quv faniga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib
chiqqan holda belgilanadi;
yakuniy nazorat (YAN) - semestr yakunida muayyan fan bo‗yicha nazariy
bilim va amaliy ko‗nikmalarni talabalar tomonidan o‗zlashtirish darajasini
baholash usuli. Yakuniy nazorat, asosan, tayanch tushuncha va iboralarga
asoslangan "Yozma ish" shaklida o‗tkaziladi.
ON o‗tkazish jarayoni kafedra mudiri tomonidan tuzilgan komissiya
ishtirokida muntazam ravishda o‗rganib boriladi va uni o‗tkazish tartiblari buzilgan
hollarda ON natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda ON qayta
o‗tkaziladi.
28
Oliy ta‘lim muassasasi rahbarining buyrug‗i bilan monitoring va ichki
nazorat bo‗limi rahbarligida tuzilgan komissiya ishtirokida YAN ni o‗tkazish
jarayoni muntazam ravishda o‗rganib boriladi va uni o‗tkazish tartiblari buzilgan
hollarda YAN natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda YAN qayta
o‗tkaziladi.
Talabaning bilim saviyasi, ko‗nikma va malakalarini nazorat qilishning
reyting tizimi asosida talabaning fan bo‗yicha o‗zlashtirish darajasi ballar orqali
ifodalanadi.
Fan bo‗yicha talabalarning semestr davomidagi o‗zlashtirish ko‗rsatkichi
100 ballik tizimda baholanadi, shundan: Y.N.-30 ball, J.N.-40 ball va O.N.-30 ball
qilib taqsimlanadi.
Ball
Baho
Talabalarning bilim darajasi
86-100
A‘lo
Xulosa va qaror qabul qilish. Ijodiy fikrlay olish.
Mustaqil mushohada yurita olish. Olgan bilimlarini
amalda qo‗llash. Mohiyatini tushun-tirish.Bilish,aytib
berish. Tasavvurga ega bo‗lish
71-85
Yaxshi
Mustaqil mushohada qilish. Olgan bilimlarini amalda
qo‗llay olish. Mohiyatini tushuntirish.Bilish,aytib
berish. Tasavvurga ega bo‗lish
55-70
Qoniqarli
Mohiyatini tushuntirish. Bilish, aytib berish
Tasavvurga ega bo‗lish
0-54
Qoniqarsiz
Aniq tasavvurga ega bo‗lmaslik. Bilmaslik
Fan bo‗yicha saralash bali 55 ballni tashkil etadi. Talabaning saralash
balidan past bo‗lgan o‗zlashtirishi reyting daftarchasida qayd etilmaydi.
Talabalarning o‗quv fani bo‗yicha mustaqil ishi joriy, oraliq va yakuniy
nazoratlar jarayonida tegishli topshiriqlarni bajarishi va unga ajratilgan
ballardan kelib chiqqan holda baholanadi.
29
o
Talabaning fan bo‗yicha reytingi quyidagicha aniqlanadi: R=V*O‗/100, bu
yerda: V- semestrda fanga ajratilgan umumiy o‗quv yuklamasi (soatlarda); O‗ -
fan bo‗yicha o‗zlashtirish darajasi (ballarda).
o
Fan bo‗yicha joriy va oraliq nazoratlarga ajratilgan umumiy ballning 55 foizi
saralash ball hisoblanib, ushbu foizdan kam ball to‗plagan talaba yakuniy
nazoratga kiritilmaydi.
Joriy JN va oraliq ON turlari bo‗yicha 55 ball va undan yuqori ballni
to‗plagan talaba fanni o‗zlashtirgan deb hisoblanadi va ushbu fan bo‗yicha
yakuniy nazoratga kirmasligiga yo‗l qo‗yiladi.
Talabaning semestr davomida fan bo‗yicha to‗plagan umumiy bali har bir
nazorat turidan belgilangan qoidalarga muvofiq to‗plagan ballari yig‗indisiga
teng.
ON va YAN turlari kalendar tematik rejaga muvofiq dekanat tomonidan
tuzilgan reyting nazorat jadvallari asosida o‗tkaziladi. YAN semestrning oxirgi
2 haftasi mobaynida o‗tkaziladi.
JN va ON nazoratlarda saralash balidan kam ball to‗plagan va uzrli
sabablarga ko‗ra, nazoratlarda qatnasha olmagan talabaga qayta topshirish
uchun, navbatdagi shu nazorat turigacha, so‗nggi joriy va oraliq nazoratlar
uchun esa yakuniy nazoratgacha bo‗lgan muddat beriladi.
Talabaning semestrda JN va ON turlari bo‗yicha to‗plagan ballari ushbu
nazorat turlari umumiy balining 55 foizidan kam bo‗lsa yoki semestr davomida
joriy, oraliq va yakuniy nazorat turlari bo‗yicha to‗plagan ballari yig‗indisi 55
balldan kam bo‗lsa, u akademik qarzdor deb hisoblanadi.
Talaba nazorat natijalaridan norozi bo‗lsa, fan bo‗yicha nazorat turi
natijalari e‘lon qilingan vaqtdan boshlab bir kun mobaynida fakul‘tet dekaniga
ariza bilan murojaat etishi mumkin. Bunday holda fakul‘tet dekanining
taqdimnomasiga ko‗ra, rektor buyrug‗i bilan 3 (uch) nafardan kam bo‗lmagan
tarkibda appelyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.
30
Appelyatsiya komissiyasi talabalarning arizalarini ko‗rib chiqib, shu
kunning o‗zida xulosasini bildiradi.
Baholashning o‗rnatilgan talablar asosida belgilangan muddatlarda
o‗tkazilishi hamda rasmiylashtirilishi fakul‘tet dekani, kafedra mudiri, o‗quv-
uslubiy boshqarma hamda monitoring va ichki nazorat bo‗limi tomonidan nazorat
qilinadi.
Talabalar bilimini baholash tizimi:
Nazorat
turlari
Nazorat
shakllari
Nazorat
shakli bo„-
yicha belgi-
langan mak-
simal ball
Nazoratl
ar soni
Har bir
nazorat uchun
belgilangan
maksimal
ball
Nazorat
turlari
bo„yicha
saralash
bali
Joriy
baholash
(JB)
1.Talaba faolligi
(mavzular bo‗yicha
og‗zaki javob
berish, mavzular
bo‗yicha taqdimot
tayyorlash, testlarni
yechish)
20
29
0,7 - 26 ta,
0,6 - 3 ta
11
2.Uy vazifalari-ni
bajarish (top-
shiriqlar, masala-
lar,nazorat
savollari)
10
29
0,3 - 16 ta,
0,4 - 13 ta
5,5
3.Mustaqil ta‘lim
10
2
5
5,5
Jami
40
-
22
Oraliq
1.Yozma ish,test
30
2
15
17
31
baholash
(OB)
va boshqa
shakllarda
Jami
30
2
15
17
Yakuniy
baholash
Yozma ish, test va
boshqa shakllarda
30
1
30
17
Jami
30
1
30
17
Hammasi
100
55
Izoh: yakka tartibda va guruh bo‗yicha topshiriqlar quyidagicha bo‗lishi
mumkin: keys-stadi, taqdimot, esse, vaziyatli masalalar, variantlar asosida savol-
javob.
Yakuniy nazorat ―Yozma ish‖ shaklida belgilangan bo‗lsa, u holda yakuniy
nazorat 30 ballik ―Yozma ish‖ variantlari asosida o‗tkaziladi.
Agar yakuniy nazorat markazlashgan test asosida tashkil etilgan bo‗lib, fan
bo‗yicha yakuniy nazorat ―Test‖ shaklida belgilangan bo‗lsa, u holda yakuniy
nazorat quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi:
№
Ko„rsatkichlar
YAN ballari
maksimal ball
o„zgarish oralig„i
1.
Fan bo‗yicha yakuniy yozma ish
nazorati
30
0-30
2.
Fan bo‗yicha yakuniy test
nazorati
30
0-30
Jami
30
0-30
Yakuniy nazoratni “Yozma ish”asosida o„tkazish
MEZONI
Talabalar fandan yakuniy nazoratni test topshiriqlari yoki ―Yozma ish‖
usulida topshiradilar va ularni o‗zlashtirish ko‗rsatkichi 0 dan 30 ballgacha
32
baholanadi. Agar yakuniy nazorat ―Yozma ish‖ usulida amalga oshirilsa, sinov
ko‗p variantli usulda o‗tkaziladi. Har bir variantda mavzular yuzasidan beshtadan
savol bo‗lib, har bir savolga tegishli javoblar yoziladi. Har bir savolga yozilgan
javoblar bo‗yicha o‗zlashtirish ko‗rsatkichi 0-6 ball oralig‗ida baholanadi. Berilgan
har bir savolga talaba tomonidan fanning nazariy va uslubiy asoslari to‗g‗ri va
to‗liq yoritilsa, fan doirasida mustaqil fikrga ega bo‗lsa va uni yozma shaklda
bayon eta olsa, javobda mantiqiy yaxlitlikka erishilsa, o‗zlashtirish umumiy
ko‗rsatkichi 0-6 ball bilan baholanadi.
Berilgan har bir savolga javob yozilmasa, noto‗g‗ri javob yozilsa yoki o‗quv
adabiyotidan so‗zma-so‗z ko‗chirib yozilsa, amaliy topshiriq shartida belgilangan
amallar bajarilmasa, iqtisodiy hodisa va jarayonlarga ta‘sir etuvchi omillar
aniqlanmasa, xulosa yozilmasa o‗zlashtirish ko‗rsatkichi 0-1 ball bilan baholanadi.
Yozma sinov bo‗yicha umumiy o‗zlashtirish ko‗rsatkichini aniqlash uchun
variantda berilgan savollarning har biri uchun yozilgan javoblarga qo‗yilgan
o‗zlashtirish ballari qo‗shiladi va yig‗indi talabaning yakuniy nazorat bo‗yicha
o‗zlashtirish bali hisoblanadi.
Yakuniy nazoratni “Test topshiriqlari” asosida o„tkazish
MEZONI
Agar yakuniy nazorat ―Test topshiriqlari‖ asosida amalga oshirilsa, sinov
ko‗p variantli usulda kompyuter sinflarida o‗tkaziladi. Har bir variantda 30 tadan
test topshirig‗i bo‗lib, talabaga savollarning javobini belgilash uchun 30 daqiqa
vaqt beriladi. Har bir test topshirig‗iga talaba tomonidan berilgan javoblar 1 ball
bilan baholanadi.
33
Fan bo„yicha bilim, malaka va ko„nikmaga qo„yiladigan talablar
- ―Falsafa‖ o‗quv fanini o‗zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar
doirasida bakalavr:
- dunyoqarash tavsifidagi bilimlar tizimini egallagan bo‗lishi, gumanitar va
ijtimoiy-iqtisodiy fanlar asosini, davlat siyosatining dolzarb masalalarini bilishi;
ijtimoiy muammolar va jarayonlarni mustaqil tahlil qilish qobiliyatiga ega
bo‗lishi;
- falsafa tarixini bilishi; milliy va umuminsoniy qadriyatlar bo‗yicha o‗z nuqtai
nazarini bayon etishi hamda ilmiy asoslay olishi, milliy falsafani anglagan holda
Vatan tuyg‗usi shakllangan bo‗lishi;
- tabiat va jamiyatda yuz berayotgan jarayon va hodisalar haqida yaxlit tasavvurga
ega bo‗lishi, insonning ma‘naviy qiyofasi haqida bilimlarga ega bo‗lishi, ulardan
hayotda va kasbiy faoliyatda zamonaviy ilmiy tadqiqotlarda foydalana olishi;
- insonning inson, jamiyat, atrof- muhitga bo‗lgan munosabatini tartibga soluvchi
huquqiy va ahloqiy meyorlarni kasbiy faoliyatda joriy qilishi;
- axborotni to‗plash, saqlash, ularga ishlov berish va ulardan foydalanish usullarini
egallashi; o‗zining kasbiy faoliyatida asosli mustaqil qarorlar qabul qila bilishi;
- bakalavriatning mos yo‗nalishi bo‗yicha raqobatbardosh umumkasbiy
tayyorgarlikka ega bo‗lishi;
- yangi bilimlarni mustaqil o‗zlashtira olishi, takomillashtirishi va o‗z mehnatini
ilmiy asosda tashkil qila bilishi;
- dunyoning
global
muammolaridan
xabardor
bo‗lishi,
fundamental
globallashuvni globallashuvning boshqa jihatlaridan farqlay olishi, xususiy,
milliy,
mintaqaviy
muammolarni
o‗rganishi,
ijtimoiy
jarayonlarni
prognozlashtira olishi kerak.
34
Ma‟ruza rejasi
1. Falsafa tushunchasining kelib chiqishi.
2. Falsafa shakllanishining asosiy bosqichlari.
3. Dunyoqarashning mohiyati.
4. Dunyoni falsafiy idrok etishning o‗ziga xos xususiyati.
5. Falsafaning predmeti.
6. Falsafiy bilimning tuzilishi.
Mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar
1.
Qanday muammolar falsafiy muammolar deb ataladi?
2.
Mifologik dunyoqarashning o‗ziga xos jihatlarini ayting.
3.
Dinning asosiy funksiyalari qaysilar?
4.
Falsafiy dunyoqarashning mifologik va diniy dunyoqarashdan asosiy
farqi nimada?
5.
Falsafa nimani o‗rgatadi?
6.
Falsafa va fanning o‗zaro nisbati qanday?
7.
Dunyoqarashning asosiy tarixiy shakllarini ta‘riflang.
8.
Falsafa tarixini o‗rganish qanday maqsadni ko‗zlaydi?
9.
Nima uchun falsafa tarixida fikrlar rang-barangligi meyor
hisoblanadi?
10.
Ayrim insonning yaxlit falsafiy dunyoqarashi falsafiy plyuralizm
asosida qanday shakllanadi?
11.
Falsafa tarixida «falsafaning asosiy masalasi»ga ta‘rif berish qanday
amalga oshirilgan?
12.
Hozirgi dunyoda falsafa qanday vazifalarni hal qilmoqda?
Referat mavzulari
1.
Dunyoqarash va uning tarixiy shakllari.
2.
Diniy e‘tiqodlarning kurtaklari va tarixiy shakllari.
35
3.
Falsafaning predmeti va uning jamiyatdagi roli.
4.
Falsafa tarkibiy qismlarining o‗zaro aloqadorligi.
5.
Falsafaning asosiy funksiyalari.
6.
Falsafa dunyoni bilish usuli sifatida.
7.
Madaniyat tizimida falsafa.
8.
Insoniyatning muhim muammolarini hal qilishda falsafaning roli.
36
MAVZU BO„YICHA TESTLAR
1-mavzu. Falsafa: uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli
1. «Falsafa» atamasini birinchi bo„lib qaysi faylasuf o„z asarida qo„llagan?
A. Aristotel
B. Pifagor
S. Suqrot
D. Platon
2. Arxeolog olimlarning fikriga ko„ra, tik oyoqda yuruvchi “homo sapiens”
odam taxminan necha million yil oldin vujudga kelgan?
A. 5 mln avval
B. 3,5 mln avval
S. 1,5 mln avval
D. 2 mln yil avval
3. Dunyoqarashning qanday funksiyalari mavjud?
A. Bilish funksiyasi
B. Qadriyatlarga munosabati
S. A, B, D javoblar to‗g‗ri
D. Xulq atvorni belgilash
4. Dunyoqarashning tuzilishi qanday?
A. Dunyoni sezish
B. Dunyoni idrok etish
S. Dunyoni tushunish
D. A,B,S javoblar to‗g‗ri
5. Dunyoni sezish –bu...?
37
A. Bu o‗zini qurshagan dunyoni sezgilar yordamida hissiy idrok etish
B. Faqat obyektlarni anglash
S. Inson o‗zini tushunish
D. Aql yordamida tushunish
6. Insonga xos xususiyatni aniqlang?
A. Dunyoni sezish (qisman)
B. Dunyoni idrok etish
S. Dunyoni tushunish
D. Barcha javoblar noto‗g‗ri
7. Tarixan dunyoqarashning shakllari- bu...?
A. Mif, fan, ov
B. Mif, din, falsafa, fan
S. Din, san‘at, mehnat
D. Fan, falsafa, ov
8. Mif atamasi qanday ma‟nolarni anglatadi?
A. O‗yin, san‘at
B. San‘at, voqea
S. Rivoyat, afsona
D. Afsona, urush
9. Miflar nimalar orqali ifodalanadi?
A. Ertaklar, qo‗shiqlar
B. Rivoyat, ertaklar
S. Mehnat, ov
D. Qo‗shiq, kuy
10. Quyidagi funksiyalarning qaysi biri din funksiyalariga qarshi emas?
38
A. Dunyoni shakllantirish funksiyasi
B. Tartibga solish funksiyasi
S. Farovonlik funksiyasi
D. Kommunikatsiya funksiyasi
11. Fetishizm –bu...?
A. Ruxlar va tabiat kuchlariga sig‗inish
B. Odamlarga sig‗inish
S. U yoki bu predmetni odamlar hayotida ta‘sir ko‗rsatish deb sig‗inish
D. Bulutlarga sig‗inish
12. Magiya –bu...?
A. Ruhlar va ins-jinslarga sig‗inish
B. Hayvonlarga sig‗inish
S.Odamlarga sig‗inish
D. Yomg‗irga sig‗inish
13. Neolitik inqilobi- bu...?
A. Inson chorvachilik va ziroatchilik bilan shug‗ullanish
B.Inson ov va terib-termachilikka o‗tish
S. San‘atning vujudga kelishi
D. Dinning vujudga kelishi
14. Monoteizm –bu...?
A. Ko‗p xudolik
B. Yakka xudolik
S. Xudosizlik
D. Ruhlarga sig‗inish
15. Iudaizm qachon vujudga kelgan?
39
A. Mil.av XI asrda
B. Mil.av IX asrda
S. Mil. av VII asrda
D. Mil.av V asrda
16. Dunyoqarashning qaysi shakllari e‟tiqod va tuyg„ularga tayangan?
A. Falsafiy dunyoqarash
B. Mifologik va diniy dunyoqarash
S. Ilmiy dunyoqarash
D. Kundalik dunyoqarash
17. Falsafiy dunyoqarash dunyoni nimalarga tayangan holda tushuntiradi?
A. E‘tiqodga
B. Tuyg‗ularga
S. Aql va bilimlarga
D. Sezgilarga
18. Falsafada nima birinchi o„rinda turadi?
A. Savol, masala
B. Obraz
S. Aniq, javob
D. Dalillar
19. Falsafaning predmeti- bu...?
A. Olamning yaxlit birligi
B. Borliq
S. Inson
D. Fan
20. Kosmotsentrizmning asosiy xususiyati nimadan iborat?
40
A. Odamni tadqiq etishni
B. Yerni tadqiq etishni
S. Kosmos va tabiatni anglashni
D. Hayotni anglashni
21. 17-18-asrlarda falsafa fanlar bilan birlashib uning tadqiqotlar markazida?
A. Bilish va ilmiy o‗rin oldi
B. Globallashuv o‗rin oldi
S. O‗zlikni anglash oldi
D. To‗g‗ri javob yo‗q
22. Quyidagilardan qaysi biri dialektik bilimlar sohasiga tegishli?
A. Qonunlar va usullarni o‗rganuvchi fan
B. Axloq haqidagi ta‘limot
S. Hayot haqidagi ta‘limot
D. Rivojlanish va o‗zgarishlar haqidagi ta‘limot
23. Tafakkur qonunlari va usullari haqidagi fan- bu...?
A. Etika
B. Dialektika
S. Mantiq
D. Tarix
24. Materialistlar deb qaysi toifadagi kishilarni aytish mumkin?
A. Olamni azaldan, moddiy deb, ong bu materiyaning mahsuli deyuvchilar
B. Ongni birinchi o‗ringa qo‗yuvchilar
S. Olamning markaziga madaniyatni qo‗yuvchilar
D. To‗g‗ri javob yo‗q
25. Quyidagi qatorlardan kimlar subyektiv idealistlar hisoblanadi?
41
A. Arastu, Gegel
B. Dekart, F.Bekon
S. Gegel, Berdyayev
D. Platon, Dekart
26. Mexanistik materializm tarafdorlari kimlar?
A. Golbax, Lametri
B. Gegel, Kant
S. Fixte, Yum
D. Berkli, Bekon
27. Antik falsafaning asosiy savoli?
A. Inson nima?
B. Hayot yashashga arziydimi?
S. Dunyo nimadan yaratilgan?
D. Xudoning borligini qanday asoslash mumkin?
28. Ekzistensializm tarafdorlarining eng yirik vakillari qaysi javobda to„g„ri
Dostları ilə paylaş: |