ATRIBUT - (lot. bag‗ishlayman, xus-yat beraman) – narsa yoki hodisaning
tub mohiyatini ifoda etadigan, eng muhim xarakterli xus-yati, belgisi. Mas.,
yaxshilik, ezgulik, adolat, erkinlik, haqiqat kabi t.lar yuksak ma‘-yatning doimiy
A.laridir. Fal. fanida A. atamasi dastlab Arastu ta‘limotida ishlatilgan bo‗lib, azaliy
haqiqatni, o‗tkinchi va tasodifiy holatlardan farq qilish uchun qo‗llangan.
GNOSTITSIZM - (yun. gnosis – bilish) – fikrlash qobiliyatiga ega bo‗lgan
insongina borliqdagi narsa-hodisalar va jarayonlarning mohiyatini bilishi
mumkinligini e‘tirof etuvchi fal-y ta‘limot. G. tabiat, jamiyat haqidagi bilimlar,
t.lar, g‗oyalar borliqning in‘ikosi ekanini, o‗z navbatida, ular borliqqa faol ta‘sir
ko‗rsatishi mumkinligini ta‘kidlaydi. Ushbu ta‘limot ijtimoiy borliq, inson va ular
o‗rtasidagi munosabat larni o‗zgartirishga qaratilgan bu ta‘sir insonning naz-y va
amaliy faoliyati jarayonida namoyon bo‗lishini e‘tirof etadi.
GUMANIZM - (lot. humanus – insoniy) – insonni ulug‗lovchi fal-y ta‘limot,
insonparvarlik tamoyillarining ustuvorligi barcha tuzumlar, davlatlar, jamiyatlar
uchun asosiy faoliyat mezoni bo‗lishi lozimligini ifodalaydigan t. Aksariyat G‗arb
mutaxassislari G.ning ―antropotsentrizm‖ (inson borliq mohiyatining asosiga
qo‗yilishi) g‗oyasiga tayanishini e‘tirof etadi. O‗rta a.lardagi G. rivojini quyidagi
bosqichlarga ajratish mumkin: 1) ilk G. – XIV a.ning 30-90-yillari; 2) G.ning
yuksalish davri – XIV a.ning birinchi yarmi; 3) bevosita gumanistik talqindagi
neoplatonizmning tarkib topishi – XV a.ning ikkinchi yarmidan XVI a.
boshlarigacha; 4) G. g‗oyalari mazmunidan chekinishlar va G. harakatining so‗nish
davri – XVI a.ning ikkinchi yarmi. Ilk gumanistlar insonning hayotiy ehtiyojlariga
e‘tibor qaratib, uni borliq markaziga qo‗ygan. Bu davrda inson haqidagi ilmlarga,
ayniqsa, she‘riyat va axloq ilmiga qiziqish kuchaygan. Qad. yunon va Rim
allomalari yaratgan meros jiddiy o‗rganilgan. Bu davr mutafakkirlari yerdagi
moddiy hayot faqat inson uchun yaratilgan, uni ezgulik va adolatning tabiiy
qonunlariga muvofiq ravishda tartibga solish ham insonning o‗ziga bog‗liqdir,
degan g‗oyani ilgari surgan. XV a. ikkinchi yarmidan boshlab gumanistlar
55
neoplatonizm g‗oyalarini yangicha talqin etishga kirishgan. Neoplatonchilar
insonning tangriga bo‗lgan munosabat ini talqin etishda ibtidoiy tasavvurlardan
voz kechib, borliqni yaxlit tizim sifatida tushunib, tabiat va ilohiy mohiyatning
o‗zaro ichki bog‗liqligiga e‘tibor qaratgan. Ular o‗rta a.larga xos tarkidunyochilik
kayfiyatidan yuz o‗girib, yorug‗ dunyo go‗zalligini ilohiylashtirgan. Jamiyat
ijtimoiy -siyosiy hayotida yuz bergan o‗zgarishlar ta‘sirida inson shaxsi borliq
asosiga qo‗yilib, uni ulug‗lashga yo‗naltirilgan qarashlar majmui sifatida talqin
etila boshlandi. Shu ma‘noda, G. t.si turli tarixiy davrlar va hududlarda tarqalgan
ta‘limotlar va dunyoqarash tizimlariga tatbiqan ham qo‗llanadi. O‗zbek tiliga keng
ma‘nodagi G. t.si ―insonparvarlik‖ deb o‗girilgan. Keyinchalik fanga ―Antik davr
G.i‖, ―Sharq G.i‖ ―Xristian G.i‖, ―Islom G.i‖ kabi t.lar kirib kelgan. G. bugungi
kunda ma‘-yat talablari va tamoyillarini amalga oshirish usuli va vositasi sifatida
xizmat qilib kelmoqda. Murod Usmonov, Abduxoliq Tashanov
DIALEKTIKA - (yun. dialektike – suhbat, bahs-munozara qilish) – tabiat,
jamiyat va tafakkur riv-shining eng umumiy qonuniyatlari to‗g‗risidagi ta‘limot, fal-
y yondashuv va ilmiy bilish usullaridan biri. Qadimda D. suhbat, bahs-munozara
vositasida haqiqatni ochish yo‗li va usuli sifatida talqin qilingan. Keyinchalik fal-y
tafakkur rivojlanib borishi bilan D.ning mazmuni ham boyib borgan. D. borliqdagi
barcha narsalar, hodisalar, jarayonlar mazmun-mohiyatini, ularning o‗zaro aloqasi,
sabab-oqibat bog‗lanishi, harakati, o‗zgarishi, ta‘sirlashuvi va riv-shi bilan
bog‗laydigan ta‘limot sifatida e‘tirof etiladi. D. ta‘limotiga ko‗ra, olamdagi barcha
narsa va hodisalar, sh-dek, ular haqidagi t. va bilimlar doimo o‗zgarishda, riv-shda
bo‗ladi. Tabiiy hodisalarni, ijtimoiy hayot va tafakkur jarayonlarini dialektik
n.nazardan tahlil qilish ularning obyektiv aloqadorligini, zaruriy bog‗lanishlarini,
o‗zgarish va riv-sh qonuniyatlarini ochib berish, istiqbolni aniqlash, taraqqiyotga
erishishning samarali yo‗llari va vositalarini ishga solish imkonini yaratadi.
DUALIZM - (lot. duo — ikki yoqlama) — moddiy va ma‘naviy asoslarni
teng huquqli deb hisoblaydigan ta‘limot. Fal. tarixida D.ning eng yirik vakillaridan
biri fransuz faylasufi R.Dekart edi. U ikki asos: moddiylik va ma‘n-ylikning
yonma-yon ravishda mavjud bo‗lishini ta‘kidlaydi. Uning fikricha, cheksiz va
56
abadiy bo‗lgan tabiat inson tafakkuriga bog‗liq bo‗lmagan holda mavjud bo‗ladi va
rivojlanadi. Nemis faylasufi I.Kant ham dualist bo‗lib, uning fikricha, ideal narsa
bilan (inson ongi b-n) bir qatorda hodisalarning obyektiv asosi bo‗lgan ―narsa
o‗zida‖ ham mavjuddir, lekin ―narsa o‗zida‖ni bilib bo‗lmaydi. Hozirgi davrda D.
psixofizik parallelizm naz-yasi uchun manba sifatida xizmat qilmoqda. SH-dek, D.
gnostitsizmning (bilish naz-yasi) asosiy yo‗nalishi bo‗lib, bu oqim tarafdorlari
moddiy va ruhiy dunyo o‗rtasida mustahkam chegara mavjud, deb ta‘kidlaydi.
Xullas, D. qadimiy g‗oya va qarashlar majmui bo‗lib, moddiy va ma‘naviy
asoslardan birining mutlaqlashtirilishiga qarshi ta‘limot hisoblanadi.
IDEALIZM (yun. idea – g‗oya, fikr) – insoniyat tafakkur tarixidagi eng qad.
o‗ziga xos fal-y yo‗nalishlardan biri. U ong va ruhni borliqning yagona asosi deb
e‘tirof etadi. I. olam ong, ―mutlaq g‗oya‖, ―dunyoviy ruh‖ ifodasi, go‗yoki
ko‗lankasi, deb hisoblaydi. I.ga ko‗ra, moddiy olam emas, bizning ongimiz real
tarzda mavjuddir. Moddiy borliq, narsa-hodisalar dunyosi, tabiat esa ong, sezgi, his-
tuyg‗u, tasavvur va t.lar hosilasidir. I., o‗z mohiyatiga ko‗ra, ikki – subyektiv va
obyektiv I.ga bo‗linadi. Subyektiv I. borliqning asosi sifatida alohida individium,
subyektning ongi va sezgisini tan oladi. Uning asoschisi ingliz faylasufi va
yepiskopi J.Berklidir. Olimning fikricha, narsa-hodisalarning barcha sifat va
xossalari inson sezgilarining namoyon bo‗lishi, xolos. YA‘ni, moddiy jismlar
bizning ongimizdan tashqarida obyektiv tarzda mavjud emas, odamlarning sezgi,
his-tuyg‗ularigina real mavjuddir. Bunday qarash pirovard natijada solipsizm deb
ataladigan holat – voqelikni aks ettiradigan subyektdan o‗zga barcha real narsa-
hodisalar, inson va insoniyat rad etiladigan darajaga olib keladi.
Obyektiv I. esa borliqning asosi sifatida individual ong, sezgini emas,
aksincha, mutlaqlashtirilgan, ilohiylashtirilgan ongni, ―universal iroda‖, ―mutlaq
g‗oya‖ kabi kategoriyalarni qabul qiladi. Obyektiv I. tarafdorlarining fikricha, har
qanday insonda mutlaq g‗oya mustaqil ravishda mavjud bo‗ladi.
I. qad. zamonlarda vujudga kelgan. Aflotun qad. yunon obyektiv I.ining
yorqin namoyandasidir. Uning fal-y qarashlarida doimo o‗zgarishda bo‗lgan
moddiy dunyoga o‗zgarmas, abadiy, har qanday harakatdan xoli bo‗lgan ―haqiqiy
57
borliq‖, ruhiy mohiyatlar olami, g‗oyalar saltanati qarshi qo‗yiladi. Aflotun g‗oyalar
olamini barcha narsalarning ibtidosi, moddiy olamni esa, uning mahsuli deb biladi.
Uningcha, real jismlar g‗oyalar olamining aksidir. Mas., daraxt, ot, suv u dunyodagi
mavjud daraxt, ot, suv to‗g‗risidagi g‗oyalarning nishonasi, hosilasi, xolos. Aflotun
qad. yunon fal-y tafakkurida shakllangan sensualistik ta‘limotlarni rad etadi.
Uningcha, sezgilar haqiqiy bilim manbai bo‗la olmaydi, chunki ular narsa-hodisalar
olamidan begonalashmagan. Haqiqiy bilim manbai insonning o‗lmas ruhiy
xotiralaridir. Ular g‗oyalar olamini idrok etish oqibatida yuzaga keladi. Aflotun
fal.sida dialektika bahs-munozara jarayonida ishlatiladigan t.larni qiyoslash va tahlil
qilish san‘ati sifatida talqin etiladi.
I. fal-y tafakkur tarixida materializm bilan muntazam bahsga kirishib, turli
dunyoqarashlar rivojiga asos bo‗lib keldi. I. fal-y tafakkur tarixida platonizm,
pifagorizm, realizm, kabbilizm, spiritualizm, tomizm va neotomizm, kantchilik,
tasavvuf, empiriomonizm, ekzistensializm, irratsionalizm kabi ta‘limotlarda o‗z
ifodasini topdi.
Dunyoning kattagina hududida marksizm fal.si hukmron bo‗lgan XX a.da
idealistik ta‘limotlar va ularning vakillari erishgan ilmiy yutuqlar ko‗p hollarda
kamsitilib, soxtalashtirildi, I. reaksion oqim sifatida baholandi va uni to‗laqonli
o‗rganish, targ‗ib etish taqiqlandi. Buning aksi o‗laroq, materializm ilm-fanning
charog‗on yo‗li, nurli g‗oyalar saltanati sifatida talqin qilinar edi. Amalda esa
buning aksini ko‗ramiz. Yunon faylasufi Aflotun bahs-munozara mad-tida dalillash
– argumentatsiya sohasida inson dahosi qo‗l urmagan yangi jabhalarni kashf etdi;
nemis faylasufi Gegel inson tafakkurining nechog‗liq murakkab mohiyatga ega
ekanini, dialektik tarzda fikr yuritish muhimligini tahlil qilib berdi; venalik psixiatr
Z.Freyd ―libido‖ ta‘limoti (jinsiy moyillik ta‘limoti) asosida ongdagi ongosti
qatlamida sodir bo‗ladigan jarayonlarni teran tahlil etishga muvaffaq bo‗ldi.
INTUITSIYA - (lot. intuitus – sinchiklab qarayman) – haqiqatni mantiqiy
dalillar yordamisiz, bevosita anglab olish, savqi tabiiy yo‗li bilan bilish qobiliyatini
anglatadigan t. Fal. tarixida I. t.si turlicha ifodalangan. Qad. fal-iy qarashlarda I.
bilishning alohida shakli deb hisoblangan. Mas., Aflotun ta‘limotiga ko‗ra,
58
bilishning obyekti – g‗oyalar dunyosidir, moddiy dunyo, narsalar to‗g‗risidagi
tasavvurlarimiz esa hissiy bilish orqali hosil bo‗ladi. Hissiy bilish, Aflotunning
fikricha, haqiqat emas, chunki u orqali kishilar g‗oyani emas, balki moddiy
narsalarni sezadi, ular to‗g‗risidagi tasavvurga ega bo‗ladi. Haqiqatni bilish,
uningcha, faqat sof tafakkur orqali amalga oshadi. Qad. Sharq fal.sida I.
payg‗ambarlarga, avliyo zotlarga xos bo‗lgan maxsus bilish usuli sifatida talqin
etilgan. Dekart ta‘limotida bilishning birdan-bir to‗g‗ri yo‗li ratsionalizmga
asoslangan deduktiv usuldir. U din va sxolastik fal. o‗rniga kishi aqlini, ilmiy
bilimni yuqori qo‗yadi. Dekartning fikricha, isbotning deduktiv shakli aksiomalarga
asoslanadi, aksiomalar esa, hech qanday isbotsiz sof intuitiv tarzda anglanadi.
Spinoza I.ni bilishning ―uchinchi xili‖, narsalarning mohiyatini qamrab oluvchi eng
ishonchli bilish deb hisoblagan. XX a. fal.sining ayrim vakillari (Bergson, Freyd)
I.ni butun ijodiy faoliyatni belgilovchi yashirin, qorong‗u, ongsiz, boshlang‗ich
ijod, deb qaraydi. Bu bilan ular I.ni intellektga qarama-qarshi qo‗yib, narsalar
mohiyatiga kirib borish aslo mumkin emas, degan g‗oyani ilgari suradi. Hozirgi
zamon fal.sining ayrim vakillari I. ni bevosita bilim, vositalangan bilim bilan
dialektik tarzda bog‗langan jonli mushohada sifatida talqin etadi va I.ni aqldan
ustun turadigan, mistik bilish qobiliyati, degan qarashni rad qiladi. I. haqiqatni
payqashning oddiy yo‗llaridan prinsipial og‗ish emas, u mazkur oddiy yo‗llarning
yuz berishining mantiqiy shakli va amaliyoti bilan bog‗liq qonuniy shaklidir.
Haqiqatni go‗yoki ―to‗satdan‖ payqash zamirida to‗plangan tajriba, ilgari hosil
qilingan bilim yotadi. I.ning psixologik mexanizmi kam o‗rganilgan, lekin mavjud
tajribaviy ma‘lumotlar uning zamirida individning atrofidagi muhit bilan
informatsion, signalli o‗zaro ta‘sir jarayonida bevosita anglangan natija bilan bir
qatorda yordamchi (anglanmagan) natijani aks ettirish qobiliyati bor, deb
hisoblashga imkon beradi. Biroq, muayyan sharoitda amaliyot natijasining mazkur
(ilgari anglanmagan) qismini individ tomonidan anglash imkoniyati tug‗iladi va
bunday intuitiv bilish natijalari vaqti kelib amaliyotda tekshirib ko‗riladi hamda
mantiqiy ravishda isbot qilinadi.
59
HAQIQAT - (arab. chin, to‗g‗ri) — inson ongida voqelikning to‗g‗ri,
haqqoniy aks etishi, olam, voqea-hodisa, tafakkur mahsuli, munosabatlar va b.ni
aslida qanday bo‗lsa shunday tushunishni ifodalaydigan t. Gollandiyalik faylasuf
Spinoza inson bilimlarining voqelikka muvofiq kelishini H. deb atagan. H.ning
quyidagi turlari bir-biridan farqlanadi: 1) obyektiv H. (olamdagi narsa va hodisalar
mohiyatining inson ongi va istaklariga bog‗liq bo‗lmagan holda mavjudligi); 2)
nisbiy H. (inson bilim doirasining cheklangani); 3) konkret H. (predmet yoki
hodisaning hamisha aniq joy va sharoitda mavjudligining inson ongida aks etishi);
4) mutlaq H. (predmet yoki hodisa mohiyatining inson ongida to‗liq aks etishi).
Mutlaq H. nisbiy H.lar majmuasidan tashkil topadi. H. mezoni ijtimoiy
amaliyotdir. H. ma‘-yatda eng ko‗p e‘tibor qaratiladigan t.lardan biri bo‗lib, inson
ma‘-yatining shakllanishi, riv-shida katta ahamiyat kasb etadi. H.ni chuqur anglash
inson ruhiyatiga turlicha ta‘sir ko‗rsatib, ma‘naviy xus-yatlarning jonlanishiga
turtki berish bilan o‗z natijalarini namoyon etadi. H.ni anglash orqali inson
tomonidan amalga oshiriladigan xatti-harakatlar yoki tafakkur mahsuli uning ma‘-
yati darajasini ham belgilab beradi va shunga ko‗ra, inson ma‘-yatini yuksaltirish
omillaridan biri hisoblanadi.
60
XULOSA
Bugungi kunda mamlakatimiz o‗ziga xos taraqqiyot yo‗lidan ildam
odimlamoqda. Barcha sohalarda tub islohotlar amalga oshirilib, huquqiy
demokratik davlat, ochiq fuqarolik jamiyatini barpo etish uchun mustahkam
asoslar yaratilayapti. Jumladan, ta‘lim tizimi rivojiga har qachongidanda katta
e‘tibor qaratilgan. O‗quv tarbiya jarayoniga eng ilg‗or zamonaviy uslublar tadbiq
etilmoqda. Ta‘lim tizimi yaratilgan huquqiy asoslar, dasturlar asosida rivoj topdi.
―Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi‖ talabiga ko‗ra akademik litseylardagi
o‗quvchilar uch yil o‗qish jarayonida oliy o‗quv yurtlariga kirish uchun aniq
maqsadlarga yunaltirilgan fanlarni chuqur o‗rganishga qaratilgan maxsus bilim
olish imkoniyatiga ega bo‗ldilar. Shuningdek, dasturda ilg‗or pedagogik
texnologiyalarni o‗rganib, ularni o‗quv jarayoniga olib kirish zarurligiga ham
e‘tibor qaratilgan. Shu bois, keyingi yillar ichida yaratilgan fan-falsafaga
bag‗ishlangan adabiyotlar soni ko‗payib bormoqda.
Fan va falsafa uning inson ma‘naviy kamolotidagi o‗rni haqida fikr yuritar
ekanmiz, falsafaning inson hayoti, qolaversa, fanlar o‗rtasidagi o‗rni beqiyosligini
ko‗rishimiz mumkin. U ilmiy yutuqlar va axloqiy qadriyatlarga tayanib, insonning
kamoloti, qolaversa, uni tabiatga bo‗lgan umumiy munosabatini o‗rganadi. Fan va
falsafaning vazifasi muayyan dunyoqarashni shakllantirish orqali kishilarning
ongiga va shu yo‗l bilan ularning amaliy faoliyatiga ta‘sir etishidadir. Bilimlar
umumlashgan falsafiy dunyoqarashni o‗zgartiradi, unga muayyan maqsad va
yo‗nalish beradi, uning olamni yaxlit voqelik sifatida o‗rganishga qaratilgan
faoliyatini chuqurlashtiradi va kengaytiradi.
Olimlarimiz falsafani umuminsoniy qadriyat sifatida tahlil etib, Sharq va
G‗arb falsafasini o‗rganishga, mustaqillikning nazariy muammolarini yoritishga
alohida e‘tibor bermoqdalar. Shuni ham aytish joizki, ijtimoiy va tabiiy fanlar
sohasida qilinayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari va ularning natijalari hozirgi zamon
talablariga javob bermoqda desak, adashmagan bo‗lamiz. Fanga umuminsoniy
qadriyatlar sifatida qarash, bu borada tarixiy meros va boshqa mamlakatlarning
61
tajribasidan foydalanish, ilmiy izlanishlarni O‗zbekiston oldida turgan keng
qamrovli vazifalar bilan bog‗lash jamiyatshunos olimlar oldida turgan muhim
vazifalardir.
Odamzotni tabiat haqidagi dastlabki qarashlari falsafa va fanning
metodologik xulosalarida o‗z ifodasini topdi. Turli sohalarini o‗rganuvchi fanlar
borliq haqida muayyan bilimlar hosil bo‗lishiga olib kelsa ham, ularning har biri
alohida holda dunyoqarashni shakllantirish imkoniyatiga ega emas. Shu sababli
ham jamiyat taraqqiyoti davomida alohida fanlar qanchalik tez va keng
rivojlanmasin, falsafiy dunyoqarashga bo‗lgan ehtiyoj susaymaydi, balki tobora
chuqurlashib, ortib boraveradi.
Fan va falsafiy tafakkur inson axloqiy saloxiyatining eng oliy cho‗qqisi,
ruhiy ehtiyojlar darajasining ko‗rsatkichi. Falsafiy tafakkur barcha fanlar
sohasidagi bilimlarni, amaliyot saboqlarini o‗rganish, umumlashtirish va shu
asosda olam haqida bir butun, yaxlit tasavvur hosil qilish ehtiyojidan kelib
chiqqan. Bu vazifani falsafadan boshqa biror fan bajara olmaydi. Shu sababli
falsafaning inson bilimlari taraqqiyotida tutgan o‗rni va ahamiyati beqiyosdir.
Falsafa barcha fanlarni bir-biri bilan bog‗lab turuvchi bo‗g‗in, tafakkur haqidagi
fikr, yetuk axloqqa tayangan tafakkurning omilidir.
Falsafa insonning mohiyatini, borliqqa munosabatini o‗rganish, boshqa
fanlar taraqqiyoti uchun metodologik yo‗l ko‗rsatibgina qolmay, balki inson
tafakkurining ichki imkoniyatlari va qirralarini tez davom etishini ta‘minlaydi. Fan
esa inson dunyoqarashini shakllantirishda minglab yillar davomida yuzaga kelgan
ilmiy va nazariy ta‘limotlardan keng foydalanadi. Jamiyat tarixini o‗rganish,
istiqbolini belgilash ham falsafiy dunyoqarashning mohiyatiga bog‗liqdir.
Falsafa odamzot tafakkur solohiyatining eng umumiy tushunchalar, bilimlar,
xulosalar va umuman, dunyoqarash shaklida namoyon bo‗lishidir.
Insonning o‗zligini anglashi, o‗z mohiyatini ruhiy jihatdan tahlil etishi,
barcha maqsadlari va ular bilan bog‗liq faoliyatini tarix saboqlari, zamon talablari
va imkoniyatlari, istiqbol muammolari bilan uzviy bog‗liq holda hamda yangi
ehtiyojlar, ilmiy xulosa va qadriyatlarga tayanib yo‗naltirishi, boshqa odamlar
62
bilan adolatli munosabatda bo‗la bilishidir. Shu sababli inson o‗zligini va
o‗zgalarni anglashi hamda shu asosda borliqqa bo‗lgan munosabatini belgilashi
ham falsafiy muammolar tizimiga kiradi va uning eng murakkab sohasini tashkil
etadi.
Falsafa turli davrlarda dunyoning turli mamlakatlardan to‗plangan
bilimlarni,
tajribalarning
yakunlarini
umumlashtiradi,
yaqinlashtiradi
va
birlashtiradi.
Shu
asosda
fanlarning
yaqinlashuvi,
muammolarning
mushtaraklashuvi insoniyat ilmiy va amaliy faoliyatining kengayishi uchun yangi
imkoniyatlar yuzaga keladi. Insonning amaliy faoliyati, ilm-fanning rivojlanishi
hech qachon falsafiy tafakkurga bo‗lgan ehtiyojni zaiflashtirmagan, aksincha, yana
ham kuchaytirdi. Inson bu tafakkur orqali o‗z mohiyati, jamiyat, tabiat, tafakkur
haqida tizimli bilimlar ko‗nikmasini hosil qilish bilan cheklanmay, ular asosida
ilmiy tafakkur rivoji, amaliy faoliyati uchun muhim bo‗lgan umumiy xulosalar
chiqarishga ham intiladi. Oqibatda fan uchun yangi kashfiyotlar dunyo yuzini
ko‗radi. Bu esa fanning takrorlanmas yutug‗idir. Sir emaski, hozirgi davrda falsafa
faniga bo‗lgan qarash keskin o‗zgarib bormoqda. Yosh avlodning, tafakkurini
shakllantirish, ularning dunyoqarashini tarbiyalash ularning o‗zi va dunyoga
munosabatini takomillashtirib borish bu kunning dolzarb masalalari qatoriga
kiradi. Chunki yosh avlod ertangi kunimizning davomchisidir.
Hozirgi davr uchun muhim bir vazifa hisoblangan komil insonni
tarbiyalashda fan va falsafiy fanlarning o‗rni juda katta. Asrlar davomida komil
inson masalasi dolzarb bo‗lib kelgan, chunki uning jamiyat taraqqiyotidagi o‗rni
beqiyosdir. Bu yo‗lda tabiiy va ijtimoiy fanlar kabi falsafa fani ham o‗z xissasini
qo‗shib boraveradi. Vaxolanki, yangi davr talabi va istagi ham shuni taqozo etadi.
63
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO„YXATI
1. RAHBARIY ADABIYOTLAR:
1. Karimov I.A. Asarlar to‗plami. 1-23 jildlar. -T.:―O‗zbekiston‖, 1996-
2015.
2. Karimov I.A. Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch. – T.:―Ma‘naviyat‖,
2008.
3. Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada
chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. – T.:
―O‗zbekiston‖, 2010.
4. Karimov I.A. O‗zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida.-T.:
―O‗zbekiston‖, 2011.
5. Karimov I.A. Ona yurtimiz baxt-u iqboli va buyuk kelajagi yo‗lida
xizmat qilish – eng oliy saodatdir. –T.:‖O‗zbekiston‖, 2015
6. Karimov I.A. Asosiy vazifamiz — jamiyatimizni isloh etish va
demokratlashtirish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish jarayonlarini yangi
bosqichga ko‗tarishdan iborat. - T.: ―O‗zbekiston‖, 2016.
7. Karimov I.A. Ozodlik havosidan to‗yib nafas olgan xalq o‗z yo‗lidan
hech qachon qaytmaydi. –T.:‖O‗zbekiston‖, 2016.
8. Karimov I.A. Hayot sinovlarida toblangan Qashqadaryo eli har qanday
yuksak marrani egallashga qodir. –T.:‖O‗zbekiston‖, 2016.
9. Mirziyoyev Sh.M. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining
qo‗shma majlisidagi so‗zlagan nutqi. Xalq so‗zi. 2016 yil 9 sentabr. 179 – son.
10. SH.Mirziyoyev. ―Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta‘minlash –
yurt taraqqiyoti va xalq farovonligi garovi‖ mavzusidagi O‗zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‗ishlangan tantanali
marosimdagi ma‘ruzasi. Xalq so‗zi. 2016 yil 8 dekabr. 243-son.
11. SH.Mirziyoyev Tanqidiy tahlil, qat‘iy tartib-intizom va shaxsiy
javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‗lishi kerak.
Toshkent: O‗zbekiston. – 2017.
Dostları ilə paylaş: |