ko„rsatilgan?
A. Kant, Gegel
B. Fixte, Golbax
S. Baxtin, Sartr
D. Kamyu, Sartr
29. Gnoseologik optimizm ta‟limoti qanday qarashni ilgari suradi?
A. Dunyoni anglash va bilish mumkin
B. Dunyoni bilib bo‗lmaydi
S. Dunyoni bilish mumkin, lekin shubha bilan qarash kerak
D. Hamma javob to‗g‗ri
42
30. Agnostitsizm namoyondalarining asosiy g„oyasi qaysi javobda to„g„ri
ko„rsatilgan?
A. Dunyoni to‗liq bilish mumkin
B. Dunyoni faqat sezgilar orqali bilish mumkin
S. Dunyoni bilib bo‗lmaydi
D. Dunyoni aqliy bilish mumkin
31. Falsafaning qaysi funksiyasida “Haqiqat nima? Uning mezonlari
qanday?” degan savollar beriladi?.
A. Gnoseologik funksiyada
B. Dunyoqarash funksiyasida
S. Mifologik funksiyasi
D. Integrativ funksiyasi
32. Falsafaning qaysi funksiyasi yetakchi o„rinni egallaydi?
A. Dunyoqarash funksiyasi
B. Gnoseologik funksiyasi
S. Ontologik funksiyasi
D. Tarbiyaviy funksiyasi
33. 2008 yil Seul shaxrida 22 Jahon falsafasi kongressi qanday umumiy nom
ostida o„tdi?
A. Hozirgi davrda falsafani qayta anglash
B. Tarix falsafasini o‗rganish
S. Falsafada yangi metodni yaratish
D. Falsafaning umumiy masalalari
34. Qadimgi mutafakkirlar har tomonlama komil insonni qanday atama bilan
ifodalagan?
A. Paydeyya
43
B. Animiya
S. Idealistlar
D. Sofistlar
35. Xalqaro Boston kongressida fransuz mutafakkiri Pyer Obenyak qanday
savolni o„rtaga tashlagan edi?
A. Insonning vahshiyona tabiatidan ma‘rifatli tabiatga o‗tish imkoniyati qay daraja
mavjud
B. Insonning kelib chiqish sabablari
S. Insoniyatning kelajakdagi muammolari
D. Olam va odamning o‗zaro munosabatlari
36. Falsafa Pratogor, Suqrot, va Platon aytganidek falsafa -bu ... ?
A. Ishontirish emas, to‗g‗ri fikrlash san‘atidir
B. Falsafa olamni bilish
S. Umumiylikni o‗rganuvchi fan
D. Ishontirish o‗rgatuvchi fan
37. “Umumiy nisbiylik nazariyasi” ta‟limotining asoschisi kim?
A. Eynshteyn
B. I.Nyuton
S. N.Bor
D. R.Ernest
38. Fanning mohiyati- bu ...?
A. Borliq to‗g‗risidagi obyektiv bilimlarni aniqlash va tizimlashtirish
B. Borliq to‗g‗risidagi subyektiv bilimlar
S. Dalillarsiz aniqlash
D. Hujjatlarni yig‗ish
44
39. Klassik mexanikaning qonunlarini qaysi olim ta‟riflagan?
A. I.Nyuton
B. R.Dekart
S. A.Eynshteyn
D. N.Bor
40. XX asrning 30-40 yillarida fan-texnikaning taraqqiyoti nimaga olib keldi?
A. Fan inqilobiga
B. Ma‘naviyatning inqirozi
S. Olamning anglashning qiyinlashuviga
D. To‗g‗ri javob yo‗q
41. Ssiyentizm quyidagi fikrlardan qaysi birini ilgari surgan?
A. Falsafani fan darajasiga tushirish va dunyoqarash masalasini olib tashlash
B. Falsafani dunyoqarash deb bilish
S. Falsafani fan deb bilish
D. Barcha javoblar to‗g‗ri
45
Falsafa darslarida “suqrotcha baxs”, “insert”,
“birgalikda ilm olish” metodlarining o„rni.
Falsafa darslari qiziqarli va talabaga boy axborot beradigan bo‗lishiga
yordam beradigan ulublar juda ko‗p. Lekin ular orasida falsafaning eng sinalgan va
eng qadimiy uslubi bo‗lgan ―suqrotcha bahs‖ga hech qaysi uslub yeta olmaydi.
Zero, aynan shu uslub dialektik fikrlash uslubidir va aynan shu uslub dunyoga
Suqrot, Platon, Aristotel, Forobiy, Ibn Sino kabi ko‗plab mutafakkirlarni
yetishtirgan. Ayni shu uslub Platon dialoglarida aks etgan va hozirgacha insoniyat
yetuk mutafakkirlarini kamolotga yetkazishda davom etmoqda. Bu uslubni yaxshi
bilish uchun mazkur dialoglarni chuqur o‗rganish kerak. Bugungi kunda ularning
o‗zbek tilidagi tarjimasi amalga oshirilgani esa ishimizni yanada yengillashtirdi.
Bu uslub seminarda emas, balki faqat ma‘ruzalar vaqtida o‗kaziladi. Bunda
o‗qituvchi Suqrotning, talabalar esa Suqrotning suhbatdoshi rollarini o‗ynaydilar.
Mazkur metodni mashq orqaligina namoyish etish mumkin. Shuning uchun bu
yerda ushbu uslubga boshqa to‗xtalmaymiz.
Lekin metodikadan o‗tkazadigan seminarlarimizda bu metodni maxsus mashq
qilib ko‗ra olamiz. Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, bu uslubni falsafani chuqurroq
biladiganlar o‗zlashtirishi mumkin va maqsadga muvofiqdir. Falsafa darslarining
xajmi juda qisqa bo‗lgan nofalsafa mutaxassisliklari darslarida esa uni qo‗llash
uchun yetarli vaqt topib bo‗lmaydi. Ammo bu uslub masalaning javobi baxs
qatnashchilaridan biriga ayon bo‗ladigan platoncha (suqrotcha) dialog emas,
albatta. Bu savollar va ularga javoblar to‗qnashuvi jarayonida kelib chiqadigan o‗z-
o‗zidan tashkillanishi kutiladigan nochiziqli kognitiv-kommunikativ muhitdir.
Falsafani o‗rganishga endigina kirishganlar esa avval osonroq uslublar asosida
o‗z tafakkurlarini rivojlantiradigan uslublar asosida ishlashlari maqsadga muvofiq.
Shunday ulublar qatoriga ―insert‖ uslubi turadi.
―Insert‖ uslubi yordamida talabalar, asosan, falsafiy matnlar (tekstlar)
yordamida o‗z tahliliy va tanqidiy tafakkurlarini rivojlantiradilar. Shu orqali
falsafiy g‗oyalarni tushunishni o‗rganadilar. Bu metod bilan ishlaganda talabalarga
46
muayyan falsafiy matn (Masalan, biron muallifning maqolasi yoki biron faylasuf
kitobidan olingan ko‗chirma) tarqatiladi. Ular tekstni o‗qib chiqib, varaq chetlariga
(polyalariga) o‗z belgilarini qo‗yadilar. Belgilarni oldindan kelishib olish
maqsadga muvofiqdir. Chunki bu talabalar ishini tekshirish va baholashni
osonlashtiradi. Belgilar quyidagicha bo‗lishi mumkin: talaba
« + » - belgisini o‗zi uchun yangi fikr qarshisiga qo‗yadi.
« - » - belgisini o‗z bilimlariga, fikrlariga zid keladigan
fikr qarshisiga qo‗yadi.
«V» - belgisini o‗z fikrlariga muvofiq keladigan fikr
qarshisiga qo‗yadi.
«? » - belgisini o‗zi tushunib yeta olmagan fikr qarshisiga qo‗yadi.
Talabalar tekstni o‗qib chiqib, tegishli belgilarini qo‗yib chiqqanlaridan
keyin o‗qituvchi ularga quyidagi jadvalga o‗z belgilarini qo‗yib chiqishlarini
tavsiya etadi.
V
-
+
?
Shundan keyin o‗qituvchi ―Insert‖ jadvaldagi bu axborotni tartiblashtirib
chiqadi. Talabalardan kim va nimalarni tushuna olmaganlarini va kim, nimalarni
tushuna olganlarini o‗rganadi. Bu unga talabalarni baholash uchun ham, kelgusi
ma‘ruza va seminarlarda buni hisobga olishi uchun ham kerak bo‗ladi. Darsning
keyingi bosqichida o‗qituvchi talabalar qilgan ishlari asosida tekstni muxokama
qilib, undagi ziddiyatli va tushunarsiz ko‗ringan yerlarini talabalarning o‗zlari
ishtirokida tahlil etib, yoritib oladi, ishni xulosalaydi.
Ish muxokamasini bilimi uncha yuqori bo‗lmagan talabalardan boshlash
maqsadga muvofiq. Shunda bilimi yuqoriroq talabalar muhokamada faol ishtirok
etishlari, o‗z bilimlarini mustahkamlab, o‗qituvchiga ham yordam berishlari
47
mumkin. Chunki, ushbu muhokamada ular boshqalar tushunib yeta olmagan
fikrlarni tushuntirib beradilar va talqinlari, tafakkurlari chiniqadi.
Endi “Birgalikda ilm olish” metodi haqida fikr yuritamiz. Bu metod faqat
seminar mashg‗ulotlarida qo‗llanishi mumkin va uning xillari juda ko‗p. Ularning
hammasini bu yerda keltirish uchun vaqt yetmaydi. Bu yerda, biz ulardan
ba‘zilarini namuna sifatida ko‗rsatamiz. Shu namunalar asosida, qolganlarini yosh
o‗qituvchi o‗zi kashf qilishi yoki boshqa manbalarni o‗qib, tushunib olishi ham
mumkin.
“Yozma va og„zaki yumaloq stol” metodi. Bu mavzuning muhokama
etiladigan masalasi bo‗yicha 3 bosqichli galma-gal fikr bildirish usulidir. Usulni
qo‗llash uchun, avvalo seminar guruhini har birida 5 talabadan iborat 4 ta mayda
guruhlarga ajratiladi.
Birinchi bosqichda, masalan, 1- va 2- guruh talabalari masalaning javobini
yozadilar, 3- va 4- guruh talabalari esa ularning javoblarini tahlil qiladilar. Javobda
1- va 2- guruh barcha a‘zolari qatnashadilar. Ya‘ni guruh a‘zolarining har biri
―yumaloq stol‖ atrofida o‗rtaga tashlangan savol (masala) bo‗yicha o‗z fikrlarini
yozma ravishda bildiradilar. Buning uchun javob qog‗ozga yozilishi va javob
ostiga javob muallifi o‗z familiyasini yozib qo‗yishi kerak. Birinchi talaba javobni
yozib bo‗lgach, qog‗oz bilan ruchkani o‗zining boshqa gruppadoshiga uzatadi va
h.k. Shu tarzda qog‗oz guruhning 5 a‘zosini aylanib chiqadi va tahlil uchun 3-, 4-
guruxlarga uzatiladi. Z- va 4- guruh a‘zolari javoblarni qiyosiy tahlil etib, tegishli
baholaydilar (―ball‖ qo‗yadilar).
Ikkinchi bosqichda Z- va 4- guruh a‘zolari mavzuning ikkinchi masalasi
bo‗yicha javob yozadilar, 1- va 2- guruh talabalari esa ularning javoblarini tahlil
etib, baholaydilar.
Uchinchi bosqichda ―og‗zaki yumaloq stol‖ o‗tkaziladi. Buning uchun
mavzuning uchinchi savoli 1-, 2- guruh a‘zolariga beriladi. Ular og‗zaki javob
beradilar, 3-, 4- guruhdagilar esa javoblarni og‗zaki muhokama qilib, og‗zaki
baholaydilar. Keyin mavzuning to‗rtinchi savoli 3-, 4- guruh a‘zolariga beriladi.
48
Ular og‗zaki javob beradilar, 1-, 2- guruhdagilar esa javoblarni og‗zaki muhokama
qilib, og‗zaki baholaydilar.
“Birgalikda ilm olish” metodining ikkinchi shakli: “uch bosqichli
intervyu” dir. Seminarni bu metod asosida o‗tkazish uchun seminar guruhida har
biri 3 talabadan iborat (7 yo 8 ta) mayda guruhlar tuziladi. Guruhchalarning
a‘zolarini A, B, G deylik. Bunda A Bdan intervyu oladi, G esa savolni va
javobning asosiy fikrlarini yozib oladi. Intervyu oluvchi o‗z partnyoriga o‗ylab
javob berishi uchun bir necha sekund vaqt berishi va asosiy savolga javob to‗liq
chiqishiga yordam beradigan qo‗shimcha savollarni ham berishi maqsadga
muvofiq.
Ikkinchi bosqichda, rollar almashadi. G A dan intervyu oladi, B yozib oladi.
Uchinchi bosqichda, B Gdan intervyu oladi, A esa yozadi. Demak, seminarni
bunday tashkillash uchun seminar asosiy savollarni uchtadan mayda savollarga
ajratish kerak bo‗ladi. Savollar soni gurux va guruhdagilar soniga bog‗liqdir.
Dars oxirida intervyu yozuvlari yig‗ib olinadi va o‗qituvchi tomonidan har
bir guruhning, jumladan, har bir a‘zoning ishi obyektiv baholanadi.
“Birgalikda ilm olish” metodining uchinchi shakli sifatida butun seminar
guruhini 3 ga - ―savol beruvchilar‖, ―javob beruvchilar‖ va ―baholovchilar‖ –
ajratib, har birining vazifalarini oldindan taqsimlash orqali amalga oshirilishi
mumkin. Seminar qiziqarli o‗yin tarzida kechishi uchun savol beruvchilarni
―jurnalistlar‖, javob beruvchilarni ―delegatlar‖, baholovchilarni ―kuzatuvchilar‖
yoki ―hakamlar‖ yoki ―arbitrlar‖ guruhi deb atash ham mumkin.
Bu usulda seminar tashkil etilganda birinchi guruh a‘zolariga seminarda
muhokama etiladigan masalalarni yoritishga xizmat qiladigan savollar ro‗yxatini
darsdan avval tayyorlab kelish topshiriladi. Ikkinchi guruh a‘zolari seminarning
asosiy savollari bo‗yicha javob berishga tayyorlanib keladilar. Uchinchi guruh
a‘zolari esa har ikki guruh ishini , ya‘ni savol-javoblarni eshitib, baholashga
tayyorlanib keladi. O‗qituvchi uchala guruh ishini nazorat qiladi, kerak bo‗lgan
hollarda munozaraning obyektiv va adolatli bo‗lishiga oid ko‗rsatmalar berib
turadi.
49
Bu metod kuchli guruhlarda va og‗zaki o‗tkaziladi. Guruhdagilar faolligi
yaxshi bo‗lsa, keyingi seminar ham ayni shu usulda, faqat guruhlarning rollari
almashtirilgan xolda o‗tkaziladi. Uchinchi marta ham shu usul rollarni almashlab
o‗tkazilganidan keyin bir sikl tugaydi va keyingi seminarlarda boshqa uslublarni
qo‗llashga o‗tish mumkin yoki shu yo‗sinda davom etish ham mumkin. Bu
masalani guruhdagilarning reaksiyasiga qarab aniqlanadi.
Darslarni muammoli o„tish, insert, birgalikda ilm olish va suqrotcha
baxs metodlarini qo„llashga bo„lgan asosiy talablar.
Falsafiy ma‘ruzalarni muammoli o‗qishning pedagogik va didaktik prinsip
va talablari, asosan, quyidagicha:
1. Talabaning muammo muhokamasiga nazariy va psixologik
tayyorgarligini hisobga olish.
2. Ta‘lim dasturi va mazmuni bilan uslub orasidagi uzviylikni
yo‗qotmaslik.
3. Muammo materialining dars moduli bilan uyg‗unligi.
4. Tanlangan material talaba ehtiyojlari va qiziqishlarilariga muvofiq
kelishi.
5. Tanlangan material chindan ham muammoli bo‗lishi, ya‘ni yechimi
aniq bo‗lmasligiga erishish.
6. Muammo muhokamasidan salbiy (negativ) xulosa va tajriba hosil
bo‗lmasligiga erishish.
7. Dars uzluksiz kechishini ta‘minlash, vaqtdan unumli foydalanish.
8. Muhokamada barcha talabalar ixtiyoriy qatnashishi uchun sharoit
yaratish va h.k.
50
Falsafadan ma‘ruza o‗qish va seminar o‗tkazishning metodik va didaktik
talablari, asosan, shulardan iborat. Auditoriyaning falsafiy mavzularni o‗zlashtirish
ko‗nikmalari ortgani sayin va ma‘ruzalarning kirish va fundamental mavzulari
talabalar tomonidan yaxshi o‗zlashtirilganidan keyin ma‘ruzalar vaqtida muammoli
masalalar sonini ko‗paytirib borish va xatto darsni boshidan oxirigacha muammoli
masalalar muhokamasi tarzida o‗tkazish ham mumkin. Keyingi holda dars
―suqrotcha baxs‖ tarzida o‗tgan, deyish mumkin. Suqrotcha baxs namunalarini
Platonning dialoglari misolida ko‗rishimiz mumkin. Bu, albatta, hozirgi davrda
falsafadan dars berish san‘atida eng oliy idealdir. Bu idealga yetish esa nafaqat
o‗qituvchi, balki talabaga, uning bilimga bo‗lgan o‗z ichki shaxsiy intilishiga,
qiziqishiga bog‗liq. Bunda o‗qituvchi faqat tashqi turtki rolini o‗ynay oladi.
51
GLOSSARIY
MIFOLOGIYA - (yunon. Miphos – doston, qissa, afsona va logos – ta‘limot)
ijtimoiy taraqqiyotning dastlabki bosqichidagi tabiiy va ijtimoiy hodisalarni
o‗rganuvchi fan. Ibtidoiy jamiyat taraqqiyotida afsonalar birlamchi bo‗lib, ular
nafaqat inson va tabiatning uyg‗unligiga qaratilgan, balki mifologik
dunyoqarashning alohida turi bo‗lib, tabiat hodisalari va jamoa hayotini obrazli
tasavvur qilishdir, ya‘ni ilmiy dalillarga asoslanmagan, his-tuyg‗ularga, ijtimoiy
xomhayollikka, ko‗pchilik tomonidan, ijtimoiy jarayonlarni va ushbu jarayonlarda
o‗zlarining tutgan o‗rinlarini noadekvat aks ettirishga tayangandir. Yer yuzida
yashovchi barcha xalqlarning mifologiyalari, afsonalari mavjud. Ular xalqlarning
tarixiy xotirasining ifodalanishida, ularni ijtimoiy tashkillashtirishda katta
ahamiyatga ega. Insonning hozirgi zamon ongida, madaniyatida mifologik
qarashlar ham mavjud.
FALSAFA
(filosofiya)
– insonning dunyoda tutgan o‗rni va
dunyoqarashining yaxlit sistemasini ifodalovchi ma‘naviy faoliyatining bir shakli.
Mil. 2-3 asrlarda o‗tgan yunon faylasufi Diogen Laertskiyning shohidlik
berishicha, yunon mutafakkiri Pifagor birinchi bo‗lib, o‗zini «filosof» deb atagan.
Bu so‗z Geraklitning falsafiy ta‘limotida narsalarning tabiatini tadqiq etishga
nisbatan qo‗llanilgan, tadqiqotchining o‗zi esa «filosof» deb atalgan. Keyinchalik
«filosof» so‗zi har taraflama, keng, tushunarli va haqqoniy fikr yuritishga
intiluvchi kishiga nisbatan qo‗llanilgan. Tarixiy ma‘lumotlar yunon. philosophia
so‗zi arabchaga «falsafa» bo‗lib o‗tganligi, arablar bu fanni «hikmat» deb atashi,
ruschaga «filosofiya» tarzida o‗tganligini tasdiqlaydi, demak, falsafa bilan filosof
so‗zlari bir xil ma‘noga ega.
FAN – dunyo haqidagi obyektiv bilimlar sistemasi: ijtimoiy ong shakllaridan
biri. Fan tabiat, jamiyat va tafakkur haqidagi yangi bilimlar hosil qilishdan to
ularni tadbiq qilishgacha bo‗lgan faoliyatni o‗z ichiga oladi. Kishi organizmi,
atrof-muhit, bepoyon olam sirlari va rivojlanish mexanizmlarini o‗rganib, ulardan
kishilik jamiyatining ravnaqi uchun foydalanish ilm-fanning bevosita maqsadidir.
52
Keng ma‘noda fanning vazifasi voqelikni nazariy aks ettirishdir. Tarixiy taraqqiyot
jarayonida fan jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchiga aylanib boradi.
Fan bilan san‘at, din va axloq o‗rtasida muayyan munosabat mavjud. Hozirgi
fan ulkan yutuqlarga erishgan sharoitda din fan natijalaridan foydalanishga
harakat qiladi. Aksincha, fan ham diniy dunyoqarashlardan foydalanmay iloji yo‗q.
San‘at va axloq ham fanga ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi. Fan bilan falsafa o‗rtasidagi
o‗zaro bog‗lanish murakkab munosabatga ega. Falsafa ozmi-ko‗pmi fan
metodologiyasi vazifasini bajaradi, falsafa va fan yutuqlari birgalikda ilmiy
dunyoqarashni ifodalaydi.
FANSHUNOSLIK – fanni vujudga kelishi va taraqqiyot qonuniyatlari,
strukturasi va dinamikasi, uning boshqa ijtimoiy omillar va jamiyatning moddiy
hamda ma‘naviy hayot sohasi bilan bog‗liq holda o‗rganuvchi yo‗nalish. Fanning
ayrim unsurlari (fanlar klassifikatsiyasi va ilmiy ijod masalalari) qadimdan falsafa
va xususiy fanlar tomonidan o‗rganildi. Aristotelning o‗z asarlari nomini «Fizika»,
«Metafizika», «Analitika», deb qo‗yishi fan klassifikatsiyasi sohasidagi dastlabki
g‗oyalardandir. Al-Xorazmiy ilmiy ijod kashfiyotining vazifasini ilmdagi
qiyinchilikni yengillashtirish, xatolarni to‗g‗irlab ketishdan iborat, deb bilgan.
Forobiy va Ibn Sino fanlar klassifikatsiyasi to‗g‗risida qiziqarli fikrlar aytishgan.
Beruniyning ilmiy tadqiqot metodlari, jumladan, tarixiy axborotlar haqidagi
mulohazalari, Mahmud Koshg‗ariyning fan asoslarini mujassamlashtiruvchi
«Devoni lug‗ati turk» asari katta ahamiyatga ega, Abdulloh al-Xorazmiy fanlar
tasnifini bergan.
FAN FALSAFASI – fanni bilish faoliyati sifatida o‗rganuvchi falsafa
fanining sohasi hisoblanadi. Fan falsafasining predmetini ilmiy bilishning umumiy
qonuniyatlari va tendensiyalari ( intilishlari) tashkil etadi.
Fan falsafasida ilmiy bilishga tarixiy rivojlanish davomida ilmiy bilimlarni
yaratilishi va ijtimoiy – madaniy o‗zgarib boruvchi sharoitlarda o‗ziga xos faoliyat
sifatida yondoshiladi.
Fan falsafasida ilmiy izlanish, «kashfiyot algoritmi», ilmiy bilimning
dinamikasi tadqiqot faoliyatining uslublari kabi muammolar tadqiq etiladi. Fan
53
falsafasining boshqa fanlardan farqi – u inson intellekti yordamida haqiqatga
erishish imkoniyatlarini izlashdir. Boshqa fanlarning maqsadi esa haqiqatni
izlashdir.
AGNOSTITSIZM - (yun. agnostos: a – inkor, gnostos – bilish, bilishni
inkor etish) – tabiat va jamiyat qonuniyatlari mohiyatini bilish imkoniyatlarini rad
etib, bilimning voqelikka muvofiq ekanini isbotlash mumkin emas, deb
hisoblaydigan fal-y ta‘limot. Antik skeptitsizm va o‗rta a. lardagi nominalizm
negizida paydo bo‗lgan. XIX–XX a.lar ijtimoiy tafakkurida, ayniqsa, marksistik
fal.da mazkur ta‘limot sun‘iy tarzda soddalashtirilib, unga to‗liq bilishni inkor
etuvchi ta‘limot sifatida baho berilgan. Vaholanki, bu ta‘limot vakillari obyektiv
borliqni bilish mumkinligini butunlay rad etmaydi, bilim va tafakkurining
cheklanganini ta‘kidlaydi, xolos. Haqiqatan ham, dunyoni mukammal bilish
mumkin emas, inson dunyoning siru sinoatini qanchalik chuqur o‗rganmasin,
uning tubiga yetib borolmaydi, bu olamning haddi hududi bo‗lmagani kabi, u
haqdagi bilimlar ham cheksizdir. Qad. yun. fal.sida skeptitsizm shaklida, paydo
bo‗lgan (Protagor, Pirron kabi faylasuflarning qarashlar asosida). A. keyinchalik
ingliz donishmandi David Yum va nemis faylasufi Immanuel Kant va b. g‗arb
olimlari tomonidan rivojlantirilgan. Agnostiklarning fikricha, dunyoni yaxlit va bir
butun holda bilib bo‗lmaydi. Inson uning bir qisminigina bilishga qodir, xolos.
Ular o‗z fikrini oqibatning sababdan farq qilishi bilan asoslab berishga urinadi.
Ular oqibat sababdan farq qiladi, sh.u. narsa hodisalarning mohiyatini anglash
mumkin emas, deb hisoblaydi. Bu oqim namoyandalari obyektiv ravishda mavjud
bo‗lgan sabab va oqibat o‗rtasidagi bog‗liqlikni isbotlash mumkin emasligiga
asoslanib, aposterior, ya‘ni tajribadan oldingi bilim vositasida, sh-dek, mantiq yo‗li
bilan ham oqibat va sabab o‗rtasidagi bog‗liqlikni aniqlash mumkin emas, degan
g‗oyani ilgari suradi. D.Yumning fikriga ko‗ra, tabiat mo‗jizalar kitobini to‗liq
ochmaydi, bizga obyektlarning ayrim tashqi sifatlarini o‗rganish imkonini beradi,
xolos. XIX A.da A. g‗oyasi turli yo‗nalishlarda rivojlantirildi. Mas., I.Myullerning
A.i (fiziologik idealizm), G.Gelmgolsning iyerogliflar A.i, vulgar materialistlar
54
(L.Byuxner, Y.Moleshott)ning A.i A.Puankarening konvensializmi, XX a.da esa
P.Yushkevichning ―prakseologik‖ A.i bunga yaqqol misol bo‗la oladi.
Dostları ilə paylaş: |